Web Dasturlash kanali
9.9K subscribers
1.41K photos
440 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganiga 29 yil bo'ldi.

#html #css bilan bayrog'ni birgalikda yasab ko'ramiz

@webdev07
Xatolar bu sizni to'xtatmasigi kerak, Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarilsa rivojlanish, o'sish mumkin 😊

@webdev07
🔥1
​​UX/UI dizayn nima? U haqida batafsil

Yangi boshlovchilar uchun UX va UI bilan bog'liq juda ko'p tushunarsiz savollar mavjud. Ko'pincha, oddiy odamlar UX / UI kontseptsiyasining mohiyatini bilmasliklari va nima haqida gaplashayotganlarini bilmasliklari sababli, ular o'zlari bilgancha talqin qilishadi.

Men hozir mavjud bo’lgan "UX / UI dizayni" haqidagi xato fikrlarga butunlay nuqta qo’ymoqchiman.

Siz biror marta arifmometr (hisoblash qurilmasi) tugmasini bosganmisiz, pichoq charxlagichning ushlagichini aylatiriganmisiz yoki smartfon telefoningiz ekranini surganmisiz ?

Albatta bularning biron-birini qilgansiz, bularning barchasi interfeyslar hisoblanadi. Ular yordamida siz mexanizmga ta’sir o’tkazasiz. Buning uchun interfeys aynan elektron ko’rinishda bo’lishi shart emas. "interface" so'zi ingliz tilidan bizga juda yaqin vaqtlarda o’zlashtirildi va texnologiyalar va elektronlashgan bir davrda bu bizga elektron qurilma ekrani sifatida tushunilib qolindi.

UX/UI dizaynerining maqsadi foydalanuvchi interfeysini ba'zi mantiqiy nuqtaga olib kelishdir. Shunday qilish kerakki, foydalanuvchi o’z maqsadiga erishsin.

UX/UI’ning to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi

UX - User Experience (so'zma-so'z: "foydalanuvchi tajribasi"). Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi interfeysi bilan ishlay oladigan tajriba / taassurot. U maqsadga erishish oladimi va buni bajarish qanchalik oddiy yoki murakkab shuni belgilaydi.

UI - User Interface (so'zma-so'z "foydalanuvchi interfeysi") - interfeysning qanday ko'rinishda va qanday jismoniy xususiyatlarga ega bo'lishi. Mahsulotingiz qanday rangga ega bo'lishi, foydalanuvchilar uchun mahsulotingiz tugmalarini bosish qulay bo’ladimi, unga yozilgan xarflarni o’qish qulaymi…

UX/UI dizayn - bu har qanday foydalanuvchi interfeyslarini foydalanishga qulay qilish va tashqi ko’rinishini hisobga olib loyihalashtirish hisoblanadi.
manba:teletype.in

Dizaynga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFleJXuGgkALbemLHw

Telegram | YouTube | Instagram
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥Boshlamoqchi bo'lsangiz boshidan boshlang!

💻 0 dan boshlovchilar va eshitmaganlar uchun yangi kanal ochdik.
Yangi kanalimizda darslarni tartib bilan topishingiz mumkin 👉 @webdev_lesson kanalga a'zo bo'ling!
Comment nima maqsadda kod yozilganini(vazifasini) bildirish uchun yoziladi. Kod nomini yozish uchun emas 😕

@webdev07
🔥1
⁉️ Ko'pchilik mustaqil o'rgana olmasligining yoki juda qiynalishining sababini bilasizmi ?
Chunki ularning ko'pchiligida yaxshi reja bo'lmaydi.

Men sizlarga yaxshi bo'lgan reja beraman.

Front endni o'rganishni maqsad qilgan lekin nimadan boshlashini yoki yarim yo'lda nimadan davom etishni bilmayotganlar uchun ajoyib reja. https://flaviocopes.com/vue-developer-roadmap/


Agar siz bu reja bo'yicha yaxshilab o'rganib borsangiz ishoning, albatta, juda zo'r darsturchi bo'lib chiqasiz ❇️

@webdev07
JavaScriptni qaysi HTML tag ichiga e'lon qilamiz(joylashtiramiz)?
Anonymous Quiz
10%
<scripting>
23%
<javascript>
46%
<script>
9%
<js>
12%
Javascript htmlda e'lon qilinmaydi
Qay bir logo yaxshi ? Sizning fikringiz qanday?
Anonymous Poll
45%
1
9%
2
18%
3
27%
4
​​ Backend yoki Frontend: qaysi biri osonroq?

👌 Bu borada kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin, biroq Full-stack dasturchilar bilan olib borgan suhbatlarimiz natijasida Backend ham, Frontend ham bir xilda qiyin ekanligini tasdiqlashgan. Ularning ikkalasi ham, siz istaysizmi-yo‘qmi, e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan juda ko‘p nozik taraf va murakkabliklarga ega.

▫️ Misol uchun, Backend dasturlash barqaror, eng asosiysi, barcha kodlar nazorat qilib boriladigan ish muhitida amalga oshiriladi. Shuning uchun, agar veb-loyiha kodida xatolik bo‘lmasa, hamma narsa o‘zgarishsiz uzoq vaqt ishlashi mumkin.
▫️ Frontend’da esa barchasi o‘zgacha, tashqi tarafdagi yondashuvlar kun sayin o‘zgarib boraveradi, shuning uchun butun jarayonni qo‘lga olib, yangiliklarni ilg‘ab olishga harakat qilish kerak. Ya’ni, bu turdagi dasturlash dizayn bilan ishlash va o‘zgarishlarni yaxshi ko‘ruvchi ijodkor kishilar uchun ko‘proq mos keladi.

Dasturlashning qaysi turini tanlashingdan qat’iy nazar, muhimi uni o‘rganish va shu yo‘nalishda ishlash o‘zingga yoqsin, aks holda barchasi zerikarli va qiyin bo‘lib tuyuladi.
O‘rgan, rivojlan va bil ❇️

@webdev07
Framework nima?

Framework – bu texnik jihatdan murakkab loyihalarni va xizmat ko’rsatishni soddalashtiradigan dasturiy mahsulotlardir. Qoida tariqasida, framework faqat asosiy dasturiy modullarni o’z ichiga oladi va loyihaga tegishli barcha komponentlar va ular asosida ishab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi. Framework nafat yuqori tezligini, balki yuqori samaradorlik yechimlarining ishonliligini ham ta’minlaydi.

Ko’pchilik foydalanadigan JavaScript-frameworklar:
Angular
Vue.js
Node.js
React

Ko’pchilik foydalanadigan PHP-frameworklar:
Yii
Symphony
Zend
Laravel
Kohana
Codelgniter

Ko’pchilik foydalanadigan Python-frameworklar:
Django
Plone
Twisted
Flask
Tornado

‼️ Ha aytgancha siz boshlashda frameworklardan o'rganishni boshlamang . Agar darsturlash tilini yaxshi bilsangiz shu darsturlash tilining frameworkini o'rganish uchun sizga qisqa vaqt yitarli bo'ladi ❇️
🤗Agar siz ham frameworklar haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz, bu haqida kommentariylarda yozing☺️

@wevdev07
Sizda ham shundaymi 🤣

@webdev07
🔥1
​​🤩Python haqida qisqacha va ajoyib ma'lumotlarga ega bo'ling❗️

🥰Python xususiyatlari:

🔷O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega. Bu o’rganuvchini qisqa vaqt ichida yodlab olish imkonini beradi.

🔷O’qish oson: Python kodi juda aniq va ko’zga ko’rinadigan bo’ladi.

🔷Oson ishlash: Pythonning muvaffaqiyati – manba kodi juda oson.

🔷Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da o’zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi.

🔷Interaktiv usul: Pythonda ishlashda terminalda ishlash uchun juda qulay terminalda test qilib ko’rsa bo’ladi.

🔷Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega.

🔷Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo’shishingiz mumkin. Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini samaraliroq bo’lishiga qo’shish yoki sozlash imkonini beradi.

🔷Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlaydi.

🔷GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi.

🔷Moslashuvchan: Python, qobiq buyruq fayliga qaraganda katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.

@webdev07
​​Dasturlashni oʻrganishda dangasalikka duch keldingizmi?

U holda sizga quyidagi maslahatlarni beramiz!

1️⃣ Ish joyingizni bir muddat oʻzgartiring. Mabodo uyda ishlasangiz, ofis/kovorking yoki kafega boring

2️⃣ Oʻyinlar va ijtimoiy tarmoqlar, filmlar va seriallar, yangiliklar va bloglar — barchasini unuting! Bu degani, ish vaqtida ularga kirishni cheklang. Shunda ish samaradorligingiz oshganini koʻrib hayron qolasiz.

3️⃣ Har bir kunning boshida, ishga kirishishdan oldin, kunning oxiriga qadar amalga oshirishni istagan uchta vazifani aniqlab oling. Faqat oʻzingizni aldamaslikka harakat qiling, vazifalar sizni maqsadingizga yaqinlashtiradigan asosiy ish boʻlishi kerak.

Siz-chi, dangasalikka qarshi kurashda qanday usullarni qoʻllaysiz?
Izohlarda javoblaringiz bilan boʻlishing.

@webdev07
👍2