Web Dasturlash kanali
9.9K subscribers
1.41K photos
437 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
​​Web dasturlash haqida, Frontend nima?
2-qism
Siz bilan Web dasturlash nima ekanligi bilan qisqacha tanishib chiqdik. Endi hozir siz bilan Frontend haqida qisqacha tanishib chiqamiz

Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.

Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.

Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.

Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.

Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak? 3-qismda shu haqida to'xtalamiz

@webdev07
🔥1
Savol: Web Dasturchi Freelancer (online) ishchi bo'lib, ishlay oladimi? Javob: Ha, albatta!

🌐 O'zbekiston va Dunyo miqyosidagi ko'pchilik dasturchilar online ya'ni Freelancer bo'lib, ishlaydilar. Chunki Freelancer bo'lib ishlash uchun ortiqcha sarf-xarajat ketmaydi ya'ni ishga borish, yo'l xarajatlari, ofis chiqimlari va boshqalar.

👨‍💻 Freelancer ishchi esa uydan turib, istalgan grafik asosida bemalol ishlashi mumkin. Bundan tashqari Freelancer'lik sohasida doimo ish topiladi va bu ishlar doimiy va vaqtinchalik bo'lib, ishga qarab yoki kelishilgan holda maosh to'lanadi.

🤓 Freelancer bo'lib ishlash uchun yana nimalar talab qilinadi? - Javob: Agar, ijtimoiy tarmoqlardan ozgina xabaringiz bo'lsa, juda yaxshi bo'ladi. Ingliz yoki Rus tillaridan tajribangiz va bilmingiz bo'lsa, nur ustiga nur bo'ladi.

🤔 Ho'sh ishlarni qayerdan topsam bo'ladi deysizmi? - Quyidagi Mahalliy internet saytlardan Freelancer'lik ishlarini topishingiz mumkin: Hirelancer.uz - Giglancer.uz - Frilanser.uz - Yoki Xalqaro Internet saytlardan ish topishingiz mumkin: Modber.ru - Clancer.ru - Fl.ru

@webdev07
​​Web dasturlash haqida
3-qism
Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak?

🔥 Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Asosan o'raganish kerak bo'lgan manbalar bo'lar(Frontend uchun)
🔻 Front-End quyidagi texnologiyalar o'rganiladi (mana shu ketma ketlikda):
🔸 Html5
🔹 Css3
🔸 JavaScript (Es6)
🔹 Bootstrap
🔸 jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular
🔹Sass

🧑‍🎨 HTML va CSS
HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.

🧑‍🔧 JavaScript va jQuery
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.
davomi bor...

@webdev07
🔥1
❇️ Codier.io - Frontend Dasturlash bo'yicha tajribangizni oshiring

Codier.io veb saytida ko'pgina qiziqarli vazifalar berib o'tilgan va vazifalar oson darajadan murakkab darajagacha mavjud. Bu vazifalar orqali HTML, CSS, JavaScript bo'yicha tajribangizni mazza qilib mashqlarni bajarish orqali oshirsangiz bo'ladi.
Ko'p foydalanuvchilarimizdan har xil savollar kelib tushmoqda, qanday qilib frontendda o'zimni tajribamni oshirsam bo'ladi yoki qandaydir yaxshiroq topshiriqlar bormi? degan foydalanuvchilarimiz uchun juda foydali sayt.

↗️ Codier.io veb saytiga o'tish - https://codier.io/

@webdev07
🔍 Web Dasturlashga Web dizaynning aloqasi haqida.

💬 Ko'pchilik web dasturlashning web dizaynga aloqasi yo'q, bu ikki soha umuman boshqa soha deb o'ylashadi. Lekin shunday deganlar adashganlardir. Bu ikki soha bir-biriga chambar-chast bog'liq desak to'g'ri bo'ladi. Dizayn deyarli barcha zamonaviy kasblarda o'z o'rniga egadir.

🤔 Web dizaynni qayerda o'rgansa bo'ladi? Web dizaynni ko'pchilik xususiy dizayn studiyalarida yoki online kurslar orqali o'rganadi. Albatta bular pullik bo'ladi. Agar bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, youtube.com dan ingliz, rus va boshqa tillardagi darsliklarni o'rganishingiz mumkin.

😎 Ikki sohani bir vaqtda o'rganib va bir vaqtda shu ikki sohada ishlasa bo'ladimi? - Albatta, ha! Agar siz shu web dasturlashni bilsangiz va keyinchalik web dizaynni o'rgansangiz, ortiqcha vaqt sarflamaysiz ya'ni boshqa web dizaynerlarga murojaat qilmaysiz. Barchasini o'zingiz tayyorlab olaverasiz. Web dizaynerning pulini ham o'zingiz olasiz. Va qo'shimcha daromadga ega bo'lasiz.

👨‍💻 Ushbu Web Dizayn sohasini siz,
- Xususiy Studiyada - 3 oydan 2 yilgacha.
- Online kurslarda - 2 oydan 1 yilgacha.
- Oliy ta'limda - 3 yildan 7 yilgacha.
- O'quv markazda - 3 oydan 1 yilgacha.
- Shogirdlikda - 6 oydan 2 yilgacha.
- Inernetda - Belgilanmagan muddatda.

P/S: Hozirda Web Dizayn yo'nalishi ham alohida soha bo'lib chiqmoqda. Va web dizaynga bo'lgan talab ham ortmoqda.

@webdev07
🔥1
#bugun #bootstrap #lesson2
Bootstrap 2 dars. Bootstrap bilan ishlash, va uning qo'layliklari

Biroz vaqtdan so'ng youtube kanalimda

👇👇👇
@webdev07
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib Pure CSS Product Card.
Yuqoridagi Ui dizayn uchun yozilgan cod 😍
Olib ishlatib ko'rishingiz mumkin pastdagi button(codepen)ni bosing

@webdev07
😎 Chet elda va Chet el kompaniyalarida dasturchi bo'lib ishlashim uchun nimalarni bilish kerak?

👥 Ko'pchilik Chet elda ishlash uchun qo'shimcha yo'nalish (soha) talab qilinmaydi deb o'ylaydi. Lekin bunday fikrlaganlar qattiq adashganlardir.

👨‍💻 Siz Chet elda va Chet el kompaniyalarida ishlashingiz uchun, jumladan AQSH da. Siz ingliz tilini bilishingiz va IELTS imtixonidan kamida 6.5 ball olishingiz kerak. Bu sizga Chet elda ishlashingiz uchun bu yetarli.

👨‍🎓 Ho'sh men bularni egallab bo'ldim, endi yana nimalarni bilishim va bajarishim kerak? - Siz AQSH ga bormoqchi bo'lsangiz, siz uchun u yerda kimdir bo'lishi kerak ya'ni sizni kimdir kutib olishi va boshqa tarafdan sizga yordam berishi kerak.

🔍 Men bularni barchasini bajardim va kelishdim, endi ishni qayerdan topishim mumkin desangiz!? — Siz u yerda kichik kompaniyalarda yaxshigina oylik evaziga ish topasiz. Agar siz o'z sohangizda Professional bo'lsangiz, Google, Microsoft, Apple, Amazon, Tesla va boshqa shu kabi gigant kompaniyalardan qimmat baho oylik evaziga ish topishingiz aniq.

Maslahat: Dasturchilik bilan birga siz Ingliz tilini ham o'rganib qo'yavering. Albatta bu ham katta foyda beradi. Omad!

@webdev07
#maqola #javascript

JavaScript dasturlash tilining asoschisi

💻 Dasturlash olamidagi daholardan biri bo'lgan, JavaScript tilining asoschisi Brendan Eich haqida bilasizmi? Eich JavaScriptdan tashqari Mozilla qo'shma korxoansiga va keyinchalik Brave Software korxonasiga ham asos solgan. Brendan Eich haqidagi to'liq ma'lumotni maqola orqali o'qing.

Havola: Maqolani o'qish

👨‍💻
@webdev07
👨‍💻 Dasturchilik sohasida tajriba orttirmoqchi bo'lganlar va yangilar uchun qo'shimcha maslahatlar.

🔴 Ko'pchilik sohada tajribani ko'paytirish mahsadida shogirdlikka tushadi yoki treninglarda qatnashadi. Albatta bularning tajriba uchun yaxshi foydasi bor. Lekin siz kattaroq tajriba orttiqmoqchi bo'lsangiz quyidagilarni bajaring:

🔻 O'z sohangizga oid ishlarni iloji boricha ko'proq bajaring. Hatto ular bepul bo'lsa ham va siz tayyorlayotgan ishlar mavjud bo'lmasa ham. Bu sizga tajriba orttirishingiz uchun katta foyda beradi va kelajakda albatta tirgak bo'ladi.

🔻 O'z sohangizda tajribangiz 4-5 yildan kam bo'lmasa, shogird oling. Shogirdlarga o'rgating. Kerak bo'lsa, shogirdlardan ham o'rganing. Qolaversa shogirdlar bilan birga siz ham o'rganing. Bu ham sizga hech bo'lmaganda bitta shogird chiqarginingizcha anchagina tajriba beradi.

🔻 Dasturchilik sohasidagi katta tajribaga ega dasturchilarning ishlari (va shaxsiy bloglari) ni kuzating. Ularnikidek ishlarni siz ham tayyorlashga harakat qilib ko'ring. Bu bilan ulardan o'g'irlang demoqchi emasmiz, aksincha ulardan ko'chiring 😉 Bu esa sizga boshqalardek bo'lishga va ularnikidek tajribali bo'lishingizga ozgina bo'lsada hissasini qo'shadi.

@webdev07
Kitob Nolasi
Sizni charchatadi telefonlar ham,
Oynayi jahonu kompyuter ichi.
Dardingizga ular bo‘lolmas malham,
Bunga temirlarni yetmaydi kuchi...
#nazm
©Xayrulla Hamidov

@webdev07
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalarida faqatgina diplom uchun o’qiydiganlar ko’p. Albatta, diplom kerak va u bilan ko’p ishlar qilsa bo’ladi 😁.
Ammo IT sohasida ishga joylashish uchun, sizdan faqat bilim va tajriba talab etiladi.

@webdev07
🔥1
Web Dasturlashni qayerdan o'rgansam bo'ladi, degan savolga eng oddiy va oson, muhimi aniq javob bu - Google.com - YouTube.com - Yandex.com saytlaridan o'rganishingiz mumkin.

Sizdan esa harakatchanlik, o'z sohangizga qiziqish, intiluvchanlik va maqsadlilik talab qilinadi.

@webdev07
🔥1
Web Dasturlashda sohasida siz Web Dasturchi bo'lmasangiz ham ishlashingiz mumkin. Web saytlar uchun mijoz topish.

Siz web dasturchi bo'lmasangiz ham yaxshigina pul topsangiz bo'ladi. Qanday qilib deysizmi?! - Siz web sayt uchun online zakaz olib, ularni esa tanish web dasturchi do'stlaringuzga yo'naltirishingiz mumkin. Ular esa sizg albatta kelishuv asosida haq to'lashadi.

Ho'sh zakazlarni qayerdan olaman deysizmi? ~ Zakazlarni quyidagi uch usullar bilan olishingiz mumkin.

1. Modber.ru - Clancer.ru - Fl.ru - Freelance.com yoki Frilanser.uz - webdastur.uz - Giglancer.uz - Hirelancer.uz saytlaridan zakaz olsangiz bo'ladi. Bu juda oson.

2. Telegram kanallar va guruxlar orqali yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali taklif qilish asosida kuniga 5 tagacha zakaz olib, uni bajarish uchun topshirishingiz mumkin.

3. Bu variant u-n ozgina mehnat zarur. Siz yaqin oradagi kompaniya, katta do'kon, o'quv markaz va xususiy ta'lim muassasalariga web sayt yaratish xizmatini taklif qilib, hamkorlik qilishingiz mumkin.

@webdev07
​​Savol berish tartibi?

Menga kuniga kamida 10 dan ziyod savollar kelib tushadi. Bu yaxshi albatta, chunki bu bizni o'rganuvchilar va jiddiy qiziqadiganlar kuzatayotganidan dalolat beradi.

📌Aslida savolni qanday berish kerak?

Savol berish tartibi:

1. Aniq va lo'nda savol bering. Har bir savol ma'lum bir muammoni hal qilish uchun yo'naltirilgan bo'lishi kerak
2. Faqat bitta savol bering. Berilayotgan savol faqat bitta muammoni hal qilish yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Agar boshqa muommoni hal qilish ehtiyoj bo'lsa, uni alohida savol ko'rinishida berishingiz kerak
3. Savolingiz dasturlash, elektronika va tizim administratorligiga oid bo'lishi kerak
4. Savol o'zbek tilida va imloviy xatolarsiz berilishi lozim. Ushbu loyihani yaratishdan asosiy maqsad internet olamida o'zbekcha axborot texnologiyalariga oid ma'lumotlarni yaratish, ularni ko'paytirish va boshqalar bilan bo'lishishdan iborat. Shu sababli savollar faqat o'zbek tilida va imloviy xatolarsiz, boshqa tillar so'zlarini ishlatmasdan(atamalar bundan mustasno) berilishi zarur;
5. Savol dasturlashdagi biron muommo haqida bo'lsa, savolda dasturni o'sha muommoli qismi ko'rsatib o'tilgan bo'lishi kerak. Dasturingizni birorta joyi noto'g'ri ishlasa yoki o'z yechimingizdan ko'ra optimal yechim topmoqchi bo'lsangiz, berayotgan savolingizda o'z yechimingizni yoki kodingizni noto'g'ri ishlayotgan qismini ko'rsatishingiz lozim

"Albatta, bilimsizlikning shifosi savoldir" Janobimiz Muhammad (Sollollohu alayhi vasallam)

@webdev07
🔥1
Ajoyib loading Animatsiya
.
Bu loading animatsiya asosan SVG va Moveit kutubxona birgalikda yasalgan.

@webdeb07
🔥1