Web Dasturlash kanali
9.85K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
💣 CSS dagi yangiliklar.

CSS ham $$$ dek o’sishdan toxtamasdan yangiliklar bilan boyitiladi, shunga asosan quyidagi maqolani o’qib ko’rib, "pure CSS" ga ham, ancha o’zgartirishlar kiritilganini bildim. Tog’ri, hozircha barcha o’zgarishlar ham, 100% browser'larda ishlamaydi. Lekin yaqin 3-5 yil ichida, barcha o’zgarishlar 100% ishlasa kerak.

Menga yoqgan yangiliklar:

- :has - selektori, ota elementda ma’lum bir “bola” element borligini bilib, shunga yarasha stilni o’zgartirishingiz mumkinligi

- text-wrap: balance - 4 qatorgacha bo’lgan sarlavhalarni kenglik bo’yicha “muvozanat”ga olib kelish

- Dynamic viewport units - browser oynasida (ayniqsa mobil telefonlarda) browserning qo’shimcha oynalari ochiq yoki yopiqligiga qarab viewport o’lchamlarini olish. Buni yaxshilab o’qib ko’rsangiz, ko’p uchrashi mumkin bo’lgan muammolarga yechim bo’la oladi.

- Nested styles - huddi SASS/SCSS dek, ichma ich joylashgan selektorlarni yozish. Shuning o’zi ham frontendchi/verstalshik hayotini juda osonlashtirishi mumkin.

- Popover API - z-index ni boshqarmasdan elementni eng yuza qavatga olib chiqish va undan yashirish.

- Scroll-Driven Animations API - Sichqonchani burash orqali boshqariladigan animatsiyalarni yaratishni ancha osonlashtirish uchun CSS va JS ga qo’shilgan yangiliklar.

Bundan tashqari ko’pgina foydali o’zgarishlar haqida quyidagi maqolada o’qishingiz mumkin 👉 Batafsil

©️Khumoyun Codes

👉
@WebDev07
👍22🔥4👏1👌1
📌 ReactJS haqida qisqacha ...

😍 React bu - Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end Javascript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

🔥 React kabi javascript platformalari hozirgi kunda ko’plab topiladi. Masalan EmberJs birinchi bo’lib UI framework sifatida dunyo yuzini ko’rdi, ammo, judayam og’ir ishlashi tufayli hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Undan so’ng AngularJs yaratildi va front-end chilar orasida ommalasha boshladi. Hozirgi kunda murakkab strukturaga ega bo’lgan web da ishlovchi ko’plab texnologiyalar, jumladan Google Drive, Google Docs, Google Sheets va boshqalar AngularJs yordamida yaratilgan. AngularJS boshqa yangi framework larga solishtirganda o’rganish uchun biroz qiyinchilik tug’diradi va hozirgi kunda faqatgina katta kompaniyalar beradigan ish e’lonlaridagina dasturchilardan talab qilinadi.

✏️ AngularJS dan so’ng yaratilgan texnologiya bu React bo’lib, raqobatchi texnologiyalardan farqi o’zining judayam yengil va o’rganish uchun osonligidadir. Eng oxirgi yaratilgan Javascript front-end UI framework bu VueJS. Bu texnologiya ham hozirgi kunda judayam ommalashib bormoqda. Ammo React ning VueJs dan afzal tomoni shundaki, u dasturchilarga mobil aloqa telefonlariga, yani Android va iOS operatsion sistemalarida ishlovchi qurilmalarga React Native platformasi orqali dastur yozish imkonini beradi.

📒 ReactJS ayni paytda dasturchilar tomonidan eng ko’p qo’llaniladigan front-end framework hisoblanadi. Ushbu maqolada uchta eng mashxur front-end texnalogiyalarini statistikasi berib o’tilgan. Maqoladan ko’rinib turibdiki, React ko’plab sohalarda o’z raqiblarini ortda qoldiradi. ReactJS dasturchilari tomonidan minglab tayyor holga keltirilgan komponentlar yaratilgan bo’lib, bu Sizga ishni muddatidan avvalroq yakunlash imkonini beradi.

💰ReactJS daturchilar hozir o'rtacha necha pul topadi ?
Hozirgi vaqtda o'rtacha react developerlar yiliga 120 000$ tapishadi,(o'rtacha oyliklari 10 000$) 22 aug 2023 ma'lumot manba: ziprecruiter.com

👉 @WebDev07
👍14🔥2👏2🕊1🤓1
📌 Texnologiyalar bilan bog`liq qiziqarli ma'lumotlar

Kompyuterda ishlayotganda 1 daqiqada o'rtacha 7 marta ko`zimizni yumib ochamiz va biz kompyuterda bo'lmaganimizda bu raqam 20 taga yetadi. Kompyuterda ko'zning qurishi aynan shu sababdir.

Oddiy ish kunida klaviaturada barmoqlarimiz bosib o'tgan masofa taxminan 20 km bo'lishiga nima deysiz?

Kompyuter ekranidan biror narsa o'qiyapsizmi? Sizning o'qish tezligingiz qog'ozda o'qishdan 10 foizga sekinroq.

Apple ning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo'lgan Macintosh haqiqatdan ham olma turidan "mcintosh" nomini oldi.

Siz iTunes ga a'zo bo'lish paytida qabul qilgan shartlarga muvofiq ravishda iTunes dan foydalanib yadro qurolini yasamaslik majburiyatini olgansiz.

Muntazam sizning telefoningiz vibratsiya beradimi? Ammo unga qaraganingizda hech qanday bildirishnoma yoki qo'ng'iroqlar yo'qligini ko'rasizmi? Siz yolg'iz emassiz va biz sizning tashxisingizni aytamiz: "Ghost Vibration Syndrome"

@WebDev07 | Manba
👍12🔥3🤓32
Forwarded from Lazizbek.io 🗽
😁74🤣43👍9🔥8🥴1🤨1
Java, Go, Flutter yo'nalishlaridan birida mutaxassis bo'ling.

⚡️ Dasturlashda boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega, endi ma'lum bir yo'nalishda mutaxassis bo'lishni istaydiganlar diqqatiga.

"Najot Ta'lim" markazida bootcamp-result bosqichining Java, Go, Flutter yo'nalishlari bo'yicha saralash imtihoniga qabul boshlandi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar 3 yo'nalishdan birida mutaxassis bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Sizda ham shu yo'nalishlardan birida mutaxassis bo'lish istagi bo'lsa, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting

🔗 Ro'yxatdan o'tish
👍10😁4🔥1👌1🕊1
🤓 Dasturlash bo'yicha bilimlaringizni o'yin o'ynab oshirishga nima deysiz ?

— Shunday o'yinlar borki ular orqali dasturlashni qulay, tushunarliroq tarzda o'rganish mumkin. 😇

1. alexnisnevich.github.io/untrusted
2. screeps.com
3. flexboxfroggy.com
4. cyber-dojo.org
5. playcodemonkey.com
6. flukeout.github.io
7. dungeonsanddevelopers.com
8. codingame.com/start

ℹ️ Yuqorida keltirilgan barcha saytlar bepul! Biroq, ushbu saytlarda foydalanishdan oldin dasturlash bo'yicha hech bo'lmaganda boshlang'ich bilimlarga ega bo'lishingiz kerak.

👉 @WebDev07
👍15👏2🔥1👌1🤓1
📌 TOP 8 React uchun animatsiya
kutubxonalari
.

React loyihalaringizda qo'llashingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi animatsiya kutubxonalari. 😉

• Framer Motion 👉 framer.com

• React Anime 👉 alain.xyz

• React spring 👉 react-spring.io

• Pose 👉 popmotion.io

• React Motion 👉 react-motion

• React Reveal 👉 react-reveal.com

• AOS 👉 npmjs.com

• React GSAP 👉 greensock.com

🔖 Postni saqlab oling va dasturchi do'stlaringiz bilan ulashing!

👉
@WebDev07 | #foydali
👍122🔥1👏1🤨1
#effect

Ajoyib loading Animatsiya

Bu loading animatsiya asosan SVG va Moveit kutubxona birgalikda yasalgan.

👉 @WebDev07
👍16👏5🔥3😍1🤓1
🤔 Google qidiruv tizimi qanday ishlaydi?

🔍 Qidiruv: Google avtomatlashtirilgan o'z dasturlari bilan internetdagi sahifalarni qidiradi.

🔐 Indekslash: O'rgnib chiqilgan sahifalarga skanerlanadi va har bor sahifa nima ekanligini tahlil qiladi. Bu ma'lumotlar indekslanadi!

Natijalar: User qidiruvni amalga oshirganda, Google eng yuqori sifatli natijalarni keltirishga harakat qiladi. Sahifalarni yuqoriga qo'yish uchun siz reklamadan foydalanishingiz kerak yoki google algortimlari buni o'zi amalga oshirishi mumkin.

Yanada yaxshiroq o'rganish uchun 👉 Batafsil

👉 @WebDev07 | #foydali
👍10🔥311👏1👌1
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Nimaga xato qilishdan biz ko‘proq qo‘rqamiz?

Chunki bizga yoshlikda ruchka ishlatish o‘rgatilgan xato qildingmi tamom.

Agar yoshlikda qalam ishlatish o‘rgatilganda vaziyat boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi 🙂

@javohir_webdev
👍21😁17👏31🔥1
👍12🔥1👏1
Console ga nima chiqadi ?
Anonymous Quiz
20%
True
25%
"Hello World"
20%
5
36%
Undefined
👍12🔥2👌2👏1
72 yoshli C++ ixtirochisi Bjarne Stroustrup hayotiy maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi

✓ Kelajakni bilishingizga juda amin boʻlmang. Moslashuvchan boʻling. Martaba va ish uzoq muddatli narsa ekanligini unutmang.

✓ Dasturchilar eng yaxshi kodni yozsam, dunyoni oʻzgartiraman deb oʻylamang

✓ Men tarix va matematikaga sarflagan vaqtimdan hech qachon afsuslanmadim.Matematika fikringizni charxlaydi, tarix sizga dunyoda nimalar boʻlayotgani haqida bir oz tasavvur beradi.

C++ dasturlash tili 1985-yilda chiqarilgan

Ⓜ️ Botir Ziyatov

👉 @WebDev07 | #foydali
👍10🔥4👏4😁1
📌 iOS dasturchilari kimlar va ularning vazifalari haqida.

📱iOS
— soni bo‘yicha ilovalar dukonidagi ikkinchi mobil operatsion tizimi sanaladi. Apple ma’lumotlariga ko‘ra, hozir AppStore’dagi ilovalari soni 2 milliondan ortiq, dasturchilari esa qariyb yarim millionni tashkil qiladi. Xo‘sh, iOS-ishlanmalari bilan kim shug‘ullanadi?

— Hozirda iOS 30 yoshli dasturchilar orasida ommalashgan platforma hisoblanadi.

— iOS’da oddiy ilovani ishlab chiqish uchun oliy ma’lumot shart emas. Har to‘rtinchi dasturchi bu ishni bajara oladi.

🤔 Ishni boshlash uchun qanday texnik bilimlar kerak?

ℹ️ iOS
’da dastur yaratishni boshlash juda oddiy. Muvaffaqiyatli start olish uchun kerak bo‘ladigan narsalar:

Obyektli-mo‘ljalli dasturlash tamoyilini bilish.
Xcode ishlanmalari muhitida ishlashni bilish.
Objective-C yoki Swift dasturlash tilini bilish.

iOS Dasturchi birinchi ilovasini ikki oyda yaratsa bo‘ladi, bir yilda esa o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘la oladi.

👉 @WebDev07 | #foydali
👍12🤓32🔥2
📌 Ma'lumotlar bazasi haqida (qisqa ma'lumot).

— Web saytga qandaydir ma'lumotlar kiritiladi, sayt qandaydir ma'lumotlarni saqlaydi va qayta ishlaydi hamda so'rov asosida qandaydir ma'lumotlarni beradi.

— Web dasturchi shu ma'lumotlarni qayerda va qanday saqlash kerakligini o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi.

— Ma'lumotlar omborida barcha ma'lumotlar bir-biriga bog'langan holda saqlanadi.

— Ma'lumotlar Omborini Boshqarish Tizimi (MOBT) bu omborga ma'lumotlarni yozadi, o'chiradi, o'zgartiradi va shunga o'xshash ishlarni amalga oshiradi.

👉 Batafsil

👉 @WebDev07 | #foydali
👍10🔥4👌2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Funny

Sizda ham shu holat kuzatilganmi ? 😅

👉 @WebDev07
🤣53🔥4👏3😁3👍21👌1
📌 "Web Developer" bilishi kerak bo'lgan 5 ta termin.

1. Algoritm:
Algoritm ma'lum vazifalarni bajarish uchun qadamlar to'plami. Kompyuter dasturlashida algoritmlar muammoni hal qilishning muhim qismi. Algoritmni yaratishda, developer - lar muammoni hal qilish uchun barcha zarur qadamlarni va har bir bosqich nimani o'z ichiga olganligini hujjatlashtiradi.

2. API - Application Programming Interface. API ikkita turli xil dasturlarni developer - larga veb-sayt kodining ba'zi qismlarini taqdim etish orqali bir-biri bilan aloqa qilish imkon beradi. Developer - lar ushbu kodni, ya'ni API-ni ushbu veb-saytga ulanadigan vositalar va vidjetlarni yaratish uchun ishlatishlari mumkin. Misol uchun, saytingizda Google orqali ro'yxatdan o'tish imkonini berish uchun Google API - dan foydalansiz.

3. App yoki Application: Siz, shubhasiz, application (ilova) bilan tanishsiz va har kuni ulardan bir nechtasini ishlatasiz. Application, asosan, foydalanuvchiga turli xil vazifalarni bajarishga imkon beradigan dastur. Misol uchun Telegram bu ham application. Developer sifatida, desktop app, mobile app va web app - lar orasidagi farqni tushinishingiz kerak.

4. Frontend: Veb-saytning tashqi ko'rinishi - bu foydalanuvchi ko'radigan va ishlatadigan qism. Frontend tillari HTML, CSS va JavaScript - ni o'z ichiga oladi, ularning barchasi veb-saytning tashqi ko'rinishini boshqaradi.

5. Backend: Veb-saytning server tomonida ishlaydigan kod, bu backend kodi deyiladi. Backend ma'lumotlar ba'zasiga ma'lumotlarni joylash, tahrirlash va o'chirish va saytning ort tomonida bajariladigan barcha logikani o'z ichiga oladi.

👉 @WebDev07 | #foydali
👍20🔥3👨‍💻3👏1🤔1