Web Dasturlash kanali
9.85K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
πŸ–₯ Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
Live stream finished (38 minutes)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ›Έ Pantuo Pantala Concept H β€” havo taksisi

Newatlas.com saytining xabarlariga ko'ra Chjuxaydagi (Xitoy) aviasalonda keyinchalik eHang qurilmalari bilan osmon uchun raqobatlasha oladigan Pantuo Pantala havo taksisining yangi konsepsiyasi taqdim etildi.

Ayni paytda ishlab chiqaruvchilar qurilmaning texnik xususiyatlarini oshkor qilishmadi, biroq unda 2024-yilgacha kosmosga uchmoqchilar.

βœ… @webdev07
Forwarded from Najot Ta'lim
Uzoq kutilgan navbatdagi suhbat

πŸ”₯ Xabaringiz bor, "Osmondagi bolalar" loyihasi biroz muddatga "jimib qolgan" edi. Bu jimlik ortida yangi soha vakillari kashf etilishi rejalashtirilgan ko'rinadi.

🎯 Loyihaning bu galgi sonida kimyo fani bo'yicha ko'p yutuqlarga erishgan, o'n minglab shogirdlar yetishtirgan Doniyor Nasriddinov o'z hayotiy tajribalarini yoshlar bilan bo'lishibdilar.

🀩 Loyiha mehmoni biror marta davlat imtihonlarini topshirmasdan qanday qilib magistr bo'lganligini bilishni istaysizmi?

⚑️Unda sizni bugun, soat 20:00 da, "Osmondagi bolalar" loyihasining YouTube sahifasida kutamiz.

πŸ”— Havola: https://youtu.be/w9I5XJfBw3M
Eng yaxshi o'quv markaz qaysi ? bilasizmi?

Shu haqida bir qisqacha to'xtalamiz
πŸ‘‰ https://youtu.be/a_5iminGxzw
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilikni o'rganishga mablag'ingiz yo'qmi? Muammosiz!

Web dasturlashni endi tartib bilan o'rganib borishingiz mumkin

⚑️ Endi siz Telegram orqali qisqa muddat ichida kasb o'rganib, haqiqiy professionalga aylanishingiz mumkin.

⏰ Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun botga hoziroq ulanib oling: @WebLessonBot
@WebLessonBot botmiz hozirda beta versiyada agar sizlarga qo'shimcha fikr va mulohazalaringiz bo'lsa qoldirishingiz mumkin.
World of Tanks o'yinidagi barcha tanklar narxi qancha?

World of Tanks o'yinlarining muxlislari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lganlar orasida uchrashadi. O'yin juda katta auditoriyaga ega va uni kuniga 24 soat o'ynaydiganlar ham topiladi.

Bu o'yinda umumiy hisobda 556 ta tank mavjud bo'lib, ular oddiy va premium turlarga bo'linadi. Oddiy turdagi barcha tanklarni sotib olish uchun 2 mln oltin yoki $6255 kerak bo'ladi. Premium turdagi barcha tanklarni xarid qilish uchun esa $1855 sarflashingizga to'g'ri keladi. Demak umumiy hisobda o'yindagi barcha tanklarni sotib olish uchun esa $8110 kerak bo'ladi.

βœ… @webdev07
πŸ‘1
Dasturlashni bepul o'rganing

Towardsdatascience.com saytida e'lon qilingan dasturlashni o'rganish uchun 10 ta eng yaxshi bepul veb-saytlarni e'tiboringizga havola etamiz.

1. HackerRank
2. freeCodeCamp
3. GeeksforGeeks
4. Codecademy
5. Codementor
6. HackerEarth
7. W3Schools
8. Programming Medium Platforms
9. Youtube
10. GitHub

βœ… @webdev07
πŸ’» O'tmish texnikasi: birinchi noutbuk

O'tgan asrning 70-yillarida Osborne & Associates nashriyotining egasi Adam Osborn 1980-yilda birinchi noutbuk loyihasini amalga oshirishga qaror qilgan.

Protsessorning 3,5 MGts chastotaga va 64 KB operativ xotiraga ega bo'lib, narxi 1795 dollar deya baholangan. Noutbukning 10 mingga yaqin nusxasi sotilgan.

Siz qanday modeldagi noutbuk ishlatasiz?

βœ… @webdev07
Kalta o'ylamang.

Dasturchilikda (va umuman hamma sohada) birinchi ishni topish qiyin. Keyingilari xudo xohlasa o'zi sizni topadi.

Shuning uchun kasb tanlashda "1 yildan keyin qayerda bo'laman" deb emas, 3-4 yildan keyin qayerda bo'lishingizni o'ylang. Dasturchilar juda tez ko'tariladi (albatta doimiy o'z ustida ishlash sharti bilan).

Men tanigan, 2-3 yil oldin junior ishlarni qilib yurgan dasturchilar hammasi ko'tarilib ketgan. 1500$ dan kamiga ishlashmaydigan darajaga chiqib olishgan. O'rta tempda ketganingizda ham uzog'i 5 yilda o'zingizni eplab, 1000-2000$ mensimaydigan senior dasturchi bo'lasiz.

Boshqa sohalarda bu qadar tes o'sish kam uchraydi. Ayqnisa quruq jismoniy mehnatda o'sishni o'rniga so'nib borasiz. Bugun kuchingiz ko'pida jozibador ko'ringan ishlar, 5-6 yilda charchatadi. Aqliy mehnat bilan esa faqat o'sib borasiz.

@sariqdev
πŸ‘1
πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Dasturlash va dasturchilar haqida qiziqarli faktlar.

β€’ Barcha platformalar uchun universal dasturlash tili bu β€” Java hisoblanadi.

β€’ Dasturlash tillarining jami soni 698 dan ortiq ekan. Qoyilmaqom...

β€’ Ilk dasturchi ayol kishi bo'lgan va uning ismi Ada Lovelace bo'lgan.

β€’ Birinchi kompyuter o'yini 1961-yilda yaratilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, u deyarli pul ishlamagan. O'yin nomi esa Space War bo'lgan bo'lishi mumkin.

β€’ MacOS uchun eng koβ€˜p talab qilinadigan til bu β€” Swift boβ€˜ladi. Bu oβ€˜ta mukammal til, uning yordamida chiroyli interfeysli dasturlar yaratish mumkin.

πŸ‘‰ @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli
Ion bilan ishlaydigan minibotlar

Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari hasharotlar kattaligidagi kichik robotlarni harakatlantirish uchun ionli harakatdan foydalanishni taklif qilishdi.

Ularning prototipi atigi 2 sm uzunlikda va 66 gramm og'irlikda. Quvvat va boshqaruv simlar orqali amalga oshiriladi, chunki batareya va boshqaruv blokini robotga joylashtirishning iloji yo'q.
Minirobotda kerakli yo'nalishda harakatlanishni ta'minlash uchun ma'lum bir ketma-ketlikda yoqiladigan/o'chirilgan 4 ta elektrod majmuasi mavjud.

βœ… @webdev07
πŸ”₯ React JS 6-dars, React State haqida.

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

βœ… @webdev07
πŸ’¬ Portfolio'ingiz qanday holatda?

― Portfolio haqida deyarli barcha frilanserlar biladi, menimcha. Ammo ba'zi-bir dasturchilarda esa portfolio mavjud emas. Bu juda yomon.

― Xo'sh, Dasturchi portfolio'si qanday holatda bo'lishi kerak? Iloji boricha internet saytlarda bo'lishi zarur. Ya'ni mashhur frilans saytlarda va o'zi yaratgan shaxsiy saytlarda demoqchimiz. Shaxsiy internet saytingiz eksklyuziv, boshqalarnikidan tuzilishi va dizayni ancha farqli va bir tarafdan qiziqarli bo'lishi kerak.

P.s: Bu xalqaro frilans bozorida juda muhim. Ayniqsa, katta loyihalar ustida ishlashda...

πŸ‘‰ @webdev07
ANDROID 12L β€” katta ekranli qurilmalar uchun yangi tizim

Google kompaniyasining rasman e'lon qilingan bu so'nggi operatsion tizimi katta ekranli qurilmalar uchun mo'ljallangan. Googlening iPad va boshqa katta ekranli qurilmalari bilan raqobatlashuvchi ushbu dasturni Lenovo 12 Pro planshetida ham sinab ko'rishingiz mumkin. Google Android 12L ning uchta beta versiyasini chiqarishni rejalashtirmoqda. Ulardan birinchisi joriy yilning dekabr oyida sinovchilarga topshiriladi. Yangi operatsion tizimning yakuniy versiyasi 2022 yilning birinchi choragida tayyor boβ€˜lishi kerak.

βœ… @webdev07
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Endi meni darslarimini tartib bilan topishingiz mumkin πŸ‘‰ @WebLessonBot

Xudo xohlasa qolgan darslarni ham yuklayapmiz tez orada yuklab bo'lamiz, agar takliflar bo'lsa qoldirsangiz biz buni to'g'irlaymiz )
Hali bot beta versiyada