Web Dasturlash kanali
9.87K subscribers
1.41K photos
440 videos
31 files
1.05K links
πŸ–₯ Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Til bilish bizga qanchalik kerak 😱?

to'liq video πŸ‘‰ link
βœ… @javohir_webdev
Dasturchiga ekspertdan 5 ta maslahat

Ekspert: John Cotterel, game dev

1. Dasturchi bitta dasturlash tilini mukammal bilishi kerak, qolganlari haqida esa hech bo'lmasa tushunchaga ega bo'lishi kerak

2. Och qorinda ishlash, bu to'g'ri kelmaydi. Lekin ortiqchasi, undan ham yomoni

3. O'zingizni shunday narsalar bilan ta'minlangki, ular sizning ishingizni effektini oshirsin va qulaylik ta'minlasin. Masalan, yomon internet, kuchsiz kompyuter...

4. O'z xatongizni o'zingiz to'g'rilashga harakat qiling.

5. Har doim vaqtida uxlashga harakat qiling. Sport bilan shug'ullaning, zararli odatlarni tashlang. Sizning jismoniy holatingiz ishingizga ta'sir qiladi

Shaxsan mendan maslahat olishni istaysizmi? Maslahatim, do'stlar, shu ekspert akamizni maslahatlariga amal qiling! πŸ˜†

βœ… @webdev07
WINDOWS UCHUN HOTKEYLAR TO'PLAMI

Do'stingizga sichqonchasiz ko'p ishni qilish mumkinligini ko'rsatib, maqtanmoqchimisiz?

WIN + E β€” Mening kompyuterim katalogini ochadi
WIN + R β€”"Π’Ρ‹ΠΏΠΎΠ»Π½ΠΈΡ‚ΡŒ" oynasini ochadi
CTRL + SHIFT + ESC β€” "ДиспСтчСр Π·Π°Π΄Π°Ρ‡" ni ochadi
CTRL + ALT+ DELETE β€” Turli xil amallarni to'plamini ochadi
CTRL + A β€” Hamma narsani belgilab oladi
CTRL + PKM (ΠŸΡ€Π°Π²Π°Ρ ΠΊΠ½ΠΎΠΏΠΊΠ° ΠΌΡ‹ΡˆΠΊΠΈ) β€” Saralab belgilash, ya'ni alohida
WIN + D β€” "Π Π°Π±ΠΎΡ‡ΠΈΠΉ стол" ga tez o'tish
WIN + PAUSE β€” Sistema xususiyatlari (Бвойства)
SHIFT + CTRL + N β€” Yangi papka ochish

#hotkeys

βœ… @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Infografika: mashhur frontend-freymvorklar

Javascript uchun frontend-freymvorklar qay tarzda rivojlanganini ko'rishni istaysizmi?

Flourish Studio taqdim qilgan infografika 2010-2021-yillar davrini o'z ichiga olib, turli freymvorklar mashhurligining o'zgarishlarini ravon ko'rsatgan. Ayrim freymvorklarni hatto umuman uchratmagandirsiz ham.

βœ… @webdev07
JavaScriptda yozilgan, hajmi 13Kb dan oshmaydigan ajoyib o'yinlar.

Onoff
Ushbu rang-barang va dinamik platformerning barcha darajalarini yengib o'tish uchun bo'shliqlar bo'ylab yugurib, tubsizlikdan sakrab chiqing va o'lchamlarni o'zgartiring. 25 ta standart xonalarga qo'shimcha ravishda, pleyer mukammal darajadagi muharrir tufayli o'z to'siqlarini yaratishi mumkin.
πŸ‘‰ Play the Game

Underrun
Oldimizda bosh qahramon vayron qilingan laboratoriyadan qochib, o'rgimchak dushmanlarini o'ldiradigan, terminallarni qidirish va kompyuter tizimlarini qayta ishga tushiradigan otishma bor. O'yinda ingl. Silliq, pikselli grafika chiroyli, ovoz ajoyib va hatto yorug'lik effektlari ham baland.
πŸ‘‰ Play the Game

Super Chrono Portal Maker
Asl 30 darajali platforma Super Mario. Har bir tugagandan so'ng, o'yin mexanikasi yanada rang-barang bo'lib boradi, bu juda qiziqarli va hayajonli. Shuningdek, bu yerda darajali konstruktor mavjud, shuning uchun siz o'zingizning shaxsiy lvlingizni loyihalashingiz va do'stlaringiz bilan bo'lishishingiz mumkin.
πŸ‘‰ Play the Game

Offline Paradise
Bu odatiy platformerga o'xshaydi: yugurish, sakrash va to'siqlarni yengish. Unda avtomatik nazorat punkti shaklida faqat bitta yoqimli xususiyat mavjud, agar biron bir sinov o'tkazilmagan bo'lsa, o'yinchini qaytarib beradi. Bundan tashqari, FPS o'yinlari barqaror yuqori va yoqimli musiqa va animatsiya chiroyli fon yaratadi.
πŸ‘‰ Play the Game

βœ… @webdev07
DASTURCHIGA DIPLOM KERAKMI?

Dasturlashni o'rganish va dasturchi bo'lish uchun diplom shart emas!

Nega deysizmi?

Agar siz Google va YouTube nimaligini bilsangiz, undan tashqari ingliz va rus tilini bilsangiz, diplomga 4 yil o'qishingiz shart emas. Youtube'da shuncha blogerlar bor. Ular dasturlashni noldan o'rgatishadi. Ha, 0 dan. Saytlardan kerakli narsalarni olasiz, buning uchun Google'ga yozasiz, albatta, yoniga tas-ix deb qo'ying. Bo'lmasa, ko'p kutasiz. Github degan sayt-resurs ham bor. Unda kodlarning namunalarini topasiz. Sololearn ham bor. Unda siz online kompilyator ham topasiz. Github'dek kod namunalari bor.

Shuncha saytlar, resurslar bor. Ammo, ulardan muntazam foydalanish uchun internet tez bo'lishi kerak. Internet tez bo'lishi bu ertak (bizda). Shuning uchun, tinchgina institutni bitirib, o'sha yerda C++ ni 4 yil suvday ichib, keyin boshqani o'rganib, xullas, oxirida... Frilanser bo'lamiz. Ayrim kompaniyalar bor, hujjatboz bo'ladi. Aynan o'shandaylarga diplom kerak. Lekin diplomni hamma ham olavermaydi, bilimi borlar oladi. Shuning uchun institutni bitirgan va dasturlashni Senior yoki Middle darajada biladiganlar hamma yerda talab qilinadi.

#consultation

βœ… @webdev07
NoJs

Hamma saytlarga ham chiroyli va ko'rkam bo'lish uchun Javascript kerak emas. Bu Javascriptsiz webning namoyishi.

Nega?

Developerlar zamonaviy web-saytlar yaratishda Javascriptni suiiste'mol qilishni boshladilar. Sahifalar ma'lum bir matnli kontentni ko'rsatish uchun yuzlab kilobayt js-kutubxonalarini yuklaydilar.

Keraksiz Javascript saytlarni shishirib yuboradi, resurslarni yeydi, josuslik qiliish imkonini yaratadi, devays va kliyentlarga xos bo'lgan qulaylikka to'sqinlik qiladi hamda sayt xavfsizligini pasaytiradi.

Xush kelibsiz: https://nojs.club/

βœ… @webdev07
Dasturlash sohasini o'rganayotganlar va bu bo'yicha ishlayotganlar uchun eng yaxshi qulayliklardan biri β€” shubhasiz, onlayn tarzda, uyda turib ham ishlay olish. Ayniqsa, ayol-qizlar uchun bu qulaylik ayni muddao bo'lishi mumkin.

Ayol-qizlar orasida ham dasturlashning tub mohiyatini tushuna oluvchi, sohaning professionallari bo'lishga yetarli potensialga ega bo'lganlar talaygina.

Xususan, statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, bugungi kunda ayollar egallayotgan har to'rtta kasbning bittasi IT bilan bog'liq bo'lgan soha hisoblanilar ekan.

Aynan, ayollarni qo'llab-quvvatlash orqali, ham opa-singillarimizning ilm olishlariga, ham dasturlash sohasining ommalashishiga sababchi bo'lishimiz mumkin.

Dunyoning turli burchaklarida ayol-qizlarning dasturlash bo'yicha amalga oshirayotgan ishlari ko'pchilikning hayratiga sababchi bo'layotgan ekan, nega endi o'zbek opa-singillarimizning bu sohaga bo'lgan harisligini qo'llamasligimiz kerak?

Najot Ta'lim markazi ayni shu maqsadni ko'zlab, faqatgina ayollar uchun mo'ljallangan Frontend dasturlash kursini yo'lga qo'yibdi. Bu esa, opa-singillarimizning dasturlashni o'rganishlari uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin.

Bunday imkoniyatga ega bo'lish uchun esa, quyidagi raqamlarga murojaat qilsangiz bo'ladi! πŸ˜‰

πŸ‘‰ Ayol-qizlar uchun dasturlash kursiga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998995150011
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanalimizdagi darslarni 0 dan boshlamoqchi bo'lganlar uchun πŸ‘‡

πŸ”ΈHTML
πŸ”ΉCSS
πŸ”ΈJavaScript
πŸ”ΉjQuery

tez kunda react darslarimizni boshlaymiz πŸ₯³
savol javob uchun @webdev07_lesson
Heroku β€” veb-ilovalarni saqlash uchun cloud platforma

Bu sayt sizning loyihalaringizni bulutda saqlash uchun ajoyib platformadir. Kichik loyihalarni bepul saqlash mumkin. Ushbu platformaning asosiy afzalligi shundaki, platforma serverdagi barcha jarayonlarni o'z bo'yniga oladi. Bu sizga faqat loyihangizga e'tibor qaratish imkonini beradi.

Heroku ko'plab tillarni qo'llab-quvvatlaydi β€” Ruby, Java, Node.js, Scala, Clojure, Python va PHP. Platformada ko'plab monitoring va tahlil vositalari mavjud. Siz keshlashni boshqarishingiz, ilovangizning unumdorligini aniqlashingiz, pochtalarga xatlarni yuborishingiz va boshqa ko'plab amallarni bajarishingiz mumkin.

LINK πŸ‘‰ https://www.heroku.com/

βœ… @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib Dropdown Menu 😍
html css js bilan birgalikda 🀝

Proyekt va uning kodi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://codepen.io/flavio_amaral/pen/xxqQLoa

βœ… @webdev07
Yosh kasb β€” biznes-analitik

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi butun dunyo biznesmenlarining strategiyasiga ta'sir o'tkazdi. Oldinlari, biznes jarayonlarini tahlil qilish uchun boshliqlarning o'zi yetarli bo'lgan bo'lsa, 90-yillarda bu kamlik qilishni boshladi. Korxonalar daromadlari pasayib borgach, biznes-analitik kasbi vujudga keldi.

Nima ish qiladi

Biznes-analitik kompaniyaning ichki strukturasi bilan shug'ullanadi. Boshqaruvdagi muammolarni aniqlab, ularga yechim tatbiq etadi. U barcha biznes jarayonlarni avtomatlashtirsh bilan shug'ullanadi: raqamli hujjat almashinuvi, buxgalteriya, mijozlar bilan muloqot va h.k.

Maoshi uning tajribasi, sohasi va ko'nikmalariga bog'liq. Yirik shaharlarda o'rtacha oylik 1500$ ga boradi, sohaga yangi kirib kelganlar bu summaning yarmiga umid qilishlari mumkin.

βœ… @webdev07
CSS generatorlar

CSS generatorlar sizni qo'lda birma-bir stillarni yozib chiqishdan halos etadi. Qulay web-interfeys orqali tezda kerakli effektlarni sozlab, tayyor CSS kodni olish mumkin.

1. Neumorphism/Soft UI generator
Neumorphism orqali gradient va soyalarni yaratish mumkin. Bundan tashqari, u yordamida saytingiz uchun ranglar to'plamini hosil qilish mumkin: https://neumorphism.io/

2. Smooth Shadow generator
Soyalar generatori. Qulay UI orqali box-shadow xususiyatlarini o'zgartirishingiz mumkin. http://shadows.brumm.af/

3. Fancy Border Radius Generator
Bu generator yumaloq burchakli qiyin figuralarni chizish imkonini beradi. Natijada esa border-radius xususiyatlar to'plamini qo'lga kiritamiz: http://9elements.github.io/fancy-border-radius

βœ… @webdev07
πŸ‘1
-Kim pythonni o'rganishni xohlaydi?
-Kim matemetikani o'rganishni xohlaydi?
-Kim data scienceni o'rganishni xohlaydi?

Kim aytgan o'zi dasturlash uchun matematika kerak emas deb 😁

βœ… @webdev07
πŸ”₯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuklanish uchun placeholder

Ushbu vosita orqali siz o'z saytingizga CSS da yozilgan kontent yuklanish animatsiyasini osongina qo'shishingiz mumkin.

Havolada ushbu vositaning ishlashi hamda uni o'rnatish bo'yicha qo'llanma keltirilgan:

LINK πŸ‘‰ https://github.com/zalog/placeholder-loading

βœ… @webdev07
Kutubxona va freymvork: farqi nimada?

Kutubxona
β€” ma'lum bir muammoni yechishga qaratilgan klass va funksiyalar konteyneri. Masalan:

jQuery – DOM bilan ishlashga qaratilgan funksiyalar to'plami.
D3 – SVG yordamida vizualizatsiyalar yaratishga qaratilgan kutubxona.
React – ma'lumotlarni ko'rsatish hamda DOM daraxtni boshqarishga qaratilgan kutubxona.

Freymvork – kutubxonalardan tashkil topgan ilova karkasi. Freymvork ilovangiz arxitekturasi tuzilishini belgilaydi. Masalan:

AngularJS – SPA yaratishga mo'ljallangan freymvork, shuningdek, ishlab chiqarish va tekshirish (developing and testing) uskunalari bor.
Vue.js – Angular kabi SPA yaratishga mo'ljallangan.
Ember.js – SPA yaratish uchun.

*SPA - single page app, "yagona sahifali ilova"

βœ… @webdev07
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
It ❌ - IT βœ…
Qisqartirma so'zlar kichik harflarda yozilmaydi πŸ€¦β€β™‚οΈ
Ma'no o'zgarib ketadi. Shunga e'tiborli beraylik

@javohir_webdev
Video.js kutubxonasi

Agar o'z saytingizga video qo'ymoqchi bo'lsangiz, ushbu kutubxonaga e'tibor bering. Bu kutubxona yordamida siz sahifada qulay player joylashtirishingiz mumkin.

Ushbu player ko'p platformalar bilan ishlay oladi, ko'rkam ko'rinishga ega hamda standart imkoniyatlarini kengaytiruvchi anchagina plaginlari bor:

LINK πŸ‘‰ https://videojs.com/

βœ… @webdev07
Domen tanlashda maslahatlar

Saytni yozib bo'ldingiz, endichi? To'g'ri, uni internetga joylash kerak. Bu uchun esa to'g'ri domen tanlay olishingiz kerak. Quyida asosiy maslahatlar:

Domen zonasini tanlash
Domenlar shartli ravishda 2 turga bo'linadi: geografik joylashuviga qarab (.ru, .uz, .kz); yo'nalishiga qarab (tijoriy saytlar β€” .com, ta'limiy saytlar β€” .edu, notijoriy saytlar β€” .org va h.k).

Domen nomi
Sayt nomini tanlashda turli belgi va raqamlardan foydalanmang. Ular eslab qolish uchun qiyin. Shuningdek, nom tanlab bo'lganingizdan keyin uni Google dan qidirib ko'ring. Agarda u raqiblaringiz domenidan bitta harf yoki tire bilan farq qilsa unda boshqa variantlarni ko'ring.

Kompaniya faoliyati yoki brend nomi?
Siz saytingizga o'z kompaniyangiz faoliyatidan kelib chiqib nom berishingiz mumkin. Masalan, telremont.uz, tashmebel.uz. Kamchiligi, bunday nomlar allaqachon band bo'lishi mumkin.

2-variant esa bu bevosita brend nomidan foydalanish. Ko'p kompaniyalar shu yo'ldan boradi: samsung.com, toshiba.com, artel.uz. Kamchiligi, boshlang'ich etapda reklama qilish qiyin bo'ladi. Hech kim notanish firmani internetdan qidirmaydi.

βœ… @webdev07