Web Dasturlash kanali
9.8K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
Texnologiyalar bilan bog`liq qiziqarli ma'lumotlar

1. Kompyuterda ishlayotganda 1 daqiqada o'rtacha 7 marta ko`zimizni yumib ochamiz va biz kompyuterda bo'lmaganimizda bu raqam 20 taga yetadi. Kompyuterda ko'zning qurishi aynan shu sababdir.

2. Oddiy ish kunida klaviaturada barmoqlarimiz bosib o'tgan masofa taxminan 20 km bo'lishiga nima deysiz?

3. Kompyuter ekranidan biror narsa o'qiyapsizmi? Sizning o'qish tezligingiz qog'ozda o'qishdan 10 foizga sekinroq.

4. Apple ning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo'lgan Macintosh haqiqatdan ham olma turidan "mcintosh" nomini oldi.

5. Siz iTunes ga a'zo bo'lish paytida qabul qilgan shartlarga muvofiq ravishda iTunes dan foydalanib yadro qurolini yasamaslik majburiyatini olgansiz.

6. Muntazam sizning telefoningiz vibratsiya beradimi? Ammo unga qaraganingizda hech qanday bildirishnoma yoki qo'ng'iroqlar yo'qligini ko'rasizmi? Siz yolg'iz emassiz va biz sizning tashxisingizni aytamiz: "Ghost Vibration Syndrome"

@webdev07 | Manba
Hammasini suvday ichvoraman

Najot Ta'lim jamoasi
ushbu post orqali, odatda bilim olishni boshlaganlarda uchraydigan asosiy muammolardan birini "Trolljon va G'ishtmat" hikoyasi bilan ochib berishga harakat qildi.

Rasmlar orqali o'zingiz ko'ring va xulosa chiqaring. Ustozlarimiz, bunday vaziyatda beradigan maslahat esa: "Sen ham G'ishtmatdek bo'l"😉

@webdev07 | Manba
Qisqa satrlarda JavaScript. Kirish

JavaScript
yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Pyhton va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Shu jihatlarni inobatga olib biz sizga Javascript haqida “Qisqa satrlarda JavaScript” turkum maqolalarini taqdim etmoqdamiz. Maqolalarni yaratishda mashhur dasturchi, blogger Flavio Copes tomonidan yaratilgan qo’llanmani asosiy manba sifatida foydalandik. Qoʻllanmada 80/20 qoidasiga rioya qilingan, yaʼni vaqtingizning 20% ini sarflab, materialning 80% ini oʻrganishingiz mumkin. Shu jihati meni o’ziga rom etdi desam ham bo’ladi.

@webdev07
davomi:
https://medium.com/@falconur/qisqa-satrlarda-javascript-c3b5d78244ae
🔥 Bugun xudo xohlasa Javascript 16- darsni o'tamiz 🥰

O'tgan darsimizning davomi, Javascript 16-dars. Getter-Setter va Try Catch lar haqida

Agar siz dasturlashda yangi bo'lsangiz Javascriptni o'rganish uchun HTML va CSS dan ozroq xabaringiz bo'lishi kerak.

Bizning HTML va CSS bo'yicha darslarimiz mavjud. Youtube kanalimizda yoki @webdev_lesson kanalmizdan topshingizmi mumkin.

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib form validation 🥰

shunday formani yasashni youtubega dars qilib chiqaraymi nima deysiz? 🤔

@webdev07
Dasturlashni oʻrganuvchilar quyidagi tezlikda oʻrganishadi.

Oddiy oʻrganuvchilar 1x - tezlik

Ingliz tilini ham biladigan oʻrganuvchilar 2x - tezlik

Ingliz tili + Matematikani ham biladigan oʻrganuvchilar 3x - tezlik

Dasturlash bilan uzviy bogʻliq boʻlgan Ingliz tili va Matematika haqidagi bilimlar sizga Dasturlashni tez oʻrganishga katta yordam beradi

@webdev07
Maqsad sari intiling

«Natija sari emas, maqsad sari intiling. Ya'ni, biror vazifani o'zingizga yoqqani, yoki bu faoliyat kimgadir foyda keltirishi, yoki foydali mashg'ulot ekanligi uchun bajaring. Moddiy foyda yoki obro'ni ko'zlab ish tutmang. Ularning o'zi sizni qidirib keladi. Dunyo shu tamoyil bilan ishlaydi» ― Robin Sharma

👉 @webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi formani qanday yasalishini bilmoqchi bo'lganlarga 👇

https://youtu.be/Rkw_p-GsPi0
​​🔷 Ish beruvchilar uchun eng talabgor dasturlash tillari

Bu sohada Python va JavaScript eng ommabop dasturlash tili bo'lib qolmoqda, ammo ish beruvchilar orasida aynan ularga talab u darajada yuqori emas, deb yozadi ZDNet. “Hired” kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda ish beruvchilardan Go, Scala va Rubyni biladigan dasturchilar eng ko'p taklif oldilar.

Go ko'nikmalariga ega bo'lgan mutaxassislar har 2-6 haftada o'rtacha 9,2 marta, Scala 8,5, Ruby 8,2 va TypeScript 7,9 marta ishga olish oldidan suhbatlarga taklif qilindi.

Dasturchilarga bo'lgan talab darajasi, shuningdek, ularning ish tajribasini ham istisno qilmadi. Masalan, eng talabgor mutaxassislar 4-6 yillik tajribaga ega Go, 6-10 yillik tajribaga ega Rubi dasturchilari bo'ldi. 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchilar esa, agar ular Scala va Go'ni bilsalar, suhbatga ko'proq taklif etildilar.

Lekin yuqorida keltirilgan dasturlash tillari dasturchilar orasida u qadar mashhur emas. So'rovda qatnashganlarning 63 foizi JavaScript, 44 foizi Python, 38 foizi Java tillarini afzal ko'rishni yozishgan. Kotlin va Objective-C eng kam ommalashgan, Ruby va PHP dasturchilar orasida eng sevimli tillar ro'yxatida.

#Dasturlash_tillari

👉 Kanalga a’zo bo’lish.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Responsive navigation barni yasashini bilasizmi ? Javascriptda yasash qo'laymi yoki CSS bilan ham yasasa bo'ladimi ?

Xudo xohlasa ertaga darsimiz mana shu haqida bo'ladi 😉
Responsive navigation barni sIzga qaysi bilan yasaganim maqul?
Anonymous Poll
30%
CSS bilan 🎨,
28%
JavaScript bilan ⚡️
42%
Ikkalasi bilan ham ko'rsating 😁