Web Dasturlash kanali
9.85K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
Frontend va Backend nima?
Ularning vazifalari va farqlari

Web sayt yaratish ham qiziqarli, ham murakkab jarayon. Uni oʻrganuvchilar tobora chuqurlashgani sayin, ikki qismga boʻlib, oʻrgana boshlashadi.

Bular:
Frontend va Backend

🔹 Veb saytni maktabga qiyoslab, bu qismlarni oddiy til bilan tushuntirsak. Fronted maktabning old qismi, eshik va romlari boʻlsa, backendga misol qilib uning ichki qismi, yaʼni undagi xonalar, jihozlar, oʻquvchi va oʻqituvchilar hamda dars jarayonlarini aytish mumkin.

Aniqrogʻi, frontend bu foydalanuvchi koʻrib turadigan vizual tasvirlar. Backend esa, saytning orqa qismidagi bazaga qoʻshish, roʻyxatdan oʻtganda maʼlumotlar uzatilishi, tugmalar bosilganda boʻladigan jarayonlar kabilarni oʻz ichiga oladi.
#frontend #backend

@webdev07 | Manba
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤔Murod Nazarovning muvaffaqiyati sababi nimada?

Taniqli tadbirkor, "Murad Buildings" kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning yoshlarga muhim maslahat va tavsiyalari bilan quyidagi videoda tanishing.

@webdev07 | Manba
​​O’zbekistonda freelancing orqali pul ishlash uchun eng yaxshi 10 ta sayt

Freelancing internet orqali pul ishlashni boshlashingiz uchun eng qulay yo’l. Bir jihatdan uni boshlash uchun hech qanday boshlang’ich daromad talab etilmasa, boshqa tomondan har qanday freelance xizmat uchun dunyo bo’ylab doim talab bo’lishi bu sohani boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqaradi. Bu yo’nalishdagi imkoniyatlarni sanab o’tishdan avval freelancing va freelancer tushunchalari haqida aytib o’tmoqchiman.

FREELANCING (talaffuzi: “frilansing”) sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida “mardikorlik” deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer (freelancing bilan shug’ullanuvchi kishi) esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt (elektron mehnat bozori) orqali boshqariladi va tartibga solinadi. Ammo mustaqil freelancerlar o’z saytlari orqali ish beruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishlari ham mumkin.

Hozirgi kunda, mening shaxsiy kuzatishlarim asosidagi fikrimcha, quyidagi 6 yo’nalishda bo’lgan xizmatlar uchun freelancing bozorida talab juda katta

1. YOZISH. Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz
2. GRAFIK DIZAYN. Fotoshop (yoki Illustrator) dasturida qoyilmaqom suratlar chiza olasizmi? Agar shunday bo’lsa, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma asosida chizish orqali ishlashdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.
3. DASTURLASH. Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan HTML, CSS, Java, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!
4. MIJOZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH.
5. INTERNET MARKETING.
6. TARJIMA.

10
ta sayt
1. ELANCE.COM
2. PEOPLEPERHOUR.COM
3. TEXTBROKER.COM
4. FREELANCESWITCH.COM
5. BEHANCE.NET
6. 99DESIGNS.COM
7. UPWORK.COM
8. GURU.COM
9. FIVERR.COM
10. FREELANCER.COM

O’z bilimi va orzulariga ishonuvchi kishilarga doim omad kulib boqadi. Kun davomida uyingizdan turib, internet orqali, oilangiz davrasini tark etmagan holda yaxshigina daromad keltiradigan ish bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin. Bunday erkinlikka esa mehnatsiz erishib bo’lmaydi. Omadingizni bersin!

@webdev07
Кеча билимли эдим, дунёни ўзгартирмоқчи эдим,
Бугун ақллиман ўзимни ўзгартирмоқчиман
©Румий

Фикрлаш қобилияти скрипка ёки роял чалишга ўхшайди. У билан ҳар куни шуғулланиб туриш керак.
© Чарли Чаплин

Билим бу – мактабда ўргатилган ҳамма нарса эсингдан чиқиб кетгандан кейин ўзингда қолган нарсалардир. Савол беришдан тўхтамаслик жуда муҳим. Қизиқувчанлик одамга бежиз берилмаган. Чегараларини бир марта кенгайтирган идрок ҳеч қачон эски жойига қайтмайди.
© Aлберт Эйнштейн

Дунё сизга нимадир қилиб бериши керак, деган фикрга алданманг. У сизгача ҳам бўлган, сиздан қарздор эмас.

Ўзингизга бўлган ишончни сўндирмоқчи бўлганлардан узоқлашинг. Буюк инсон, аксинча, сиз ҳам буюк бўла олишингизга ишонч уйғотади.
©Марк Тҳем

Вақтингизни деворга уриб, ундан эшик пайдо қилишга сарфламанг.—
© Kоkо Чанел
#motiv

@webdev07
Ajoyib effect 🥰

Javascript html va CSS yordamida chiroqni o'chirgichni qanday yaratish mumkin
#html #css #js

@webdev07
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juda ta'sirli va ruhlantiruvchi gap bo'libdi!

Saidbek Arslonov bilan "Osmondagi bolalar" loyihasini ko'rib maza qildim. Quyidagi video o'sha suhbatdan bir parcha.

Yoshlar, kimga havas qilayotganimizga e'tibor beraylik! Saidbek kabi yigitlar ko'paysin!

To'liq video 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I

@webdev07 | Manba
Qisqa satrlarda JavaScript. Kirish

JavaScript
yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Pyhton va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Shu jihatlarni inobatga olib biz sizga Javascript haqida “Qisqa satrlarda JavaScript” turkum maqolalarini taqdim etmoqdamiz. Maqolalarni yaratishda mashhur dasturchi, blogger Flavio Copes tomonidan yaratilgan qo’llanmani asosiy manba sifatida foydalandik. Qoʻllanmada 80/20 qoidasiga rioya qilingan, yaʼni vaqtingizning 20% ini sarflab, materialning 80% ini oʻrganishingiz mumkin. Shu jihati meni o’ziga rom etdi desam ham bo’ladi.

@webdev07
davomi:
https://medium.com/@falconur/qisqa-satrlarda-javascript-c3b5d78244ae