Web Dasturlash kanali
8.29K subscribers
1.47K photos
462 videos
31 files
1.11K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17
Download Telegram
🤔 Gemini 3.5 Pro qayerda qoldi?

Google may oyida I/O'da 3.5 oilasini e'lon qildi. Flash o'sha kuniyoq chiqdi, Pro esa... yo'q. Pichai(Googleni rahbari) sahnada "bir oy sabr qiling" dedi — zalda norozi ovozlar ko'tarilgani ham yozildi.

O'sha "bir oy" 2,5 oyga cho'zildi. Iyun o'tdi. 17-iyul degan sana tarqaldi — u ham o'tdi. Bugun ham API'da 3.5 Pro yo'q.

Sabab nima?

Bitta so'z bilan: kod.

Bloomberg yozishicha, model ichki kutilmalarni qondirmayapti — ayniqsa dasturlash bo'yicha. Google iyun oxirida trening datasini yangilab ko'rgan, natija esa "hafsalani pir qilgan". Raqiblar (OpenAI, Anthropic) aynan shu yo'nalishda oldinda.

Pichai buni yashirmadi ham: "kodlash va agentik kodlashni yaxshilashimiz kerak" dedi va gapni Gemini 4 ga burdi — u hozir pre-training bosqichida, Google buni "eng ambitsiyali trening yurishi" deb atayapti.

Ya'ni Google flagmanni kechiktirib, arzon Flash liniyasiga tayanib turibdi:

Gemini 3.6 Flash
3.5 Flash-Lite
3.5 Flash Cyber

Uchalasi ham iyulda chiqdi. Pro esa hamon "hamkorlar bilan sinovda".

Qachon chiqadi?

Rasmiy sana yo'q. Pichai "tayyor bo'lganda" deydi, xolos.

Mening taxminim: avgust oxiri — sentyabr o'rtasi. Sababi — Google oylik model chiqarish tempiga o'tishni rejalashtiryapti, Gemini 4 esa hali uzoq. Oradagi bo'shliqni to'ldirish uchun 3.5 Pro'ni cho'zaverish ularga ham foydasiz.

Lekin bu faqat taxmin. Google 2 marta sanani o'tkazib yuborgan — uchinchisi ham bo'lishi mumkin 🙃
‼️ Bugun yangi 15 ta link oldim. Faqat bu linklar 1 kun ichida ishlatilmasa, kuyib qolishi mumkin.

Shu sababli bittasini 8$ (96 000 so‘m)dan beraman.

Bu xabar 12 soatda uchiriladi
Faqat bugun shu narxda.

Kimga kerak bo‘lsa, @javohirberdiyev1 ga “karta” deb yozing. To‘lovni qilishingiz bilan linkni yuboraman.
🔥1
5 ta qoldi )
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI startapingiz MVP bosqichidami?

President AI Award 2026 tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda.

Tanlov davlat boshqaruvi, sanoat va tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim, yashil iqtisodiyot hamda agrotexnologiyalar yo‘nalishidagi AI-startaplar uchun mo‘ljallangan.

Nimalar beriladi?
• 25 ta startap akseleratsiya dasturiga qabul qilinadi.
• 15 ta g‘olib investitsiya oladi.
• 1-o‘rin — 100 ming dollar.
• 2-o‘rin — 60 ming dollar.
• 3-o‘rin — 40 ming dollar.

Investitsiyalar IT Park Ventures tomonidan startapdagi 10 foizgacha ulush evaziga kiritiladi. Ishtirok etish uchun ishlaydigan MVP va uni rivojlantirishga tayyor jamoa bo‘lishi kerak.

Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz
👍2
‼️ Bugun yangi 5 ta link Gemini PRO 18 oylik qoldi qo'limda. Faqat bu linklar bugun ichida ishlatilmasa, kuyib qolishi mumkin.

Shu sababli bittasini 90 ming so‘m)dan beraman.

Faqat bugun shu narxda.

Kimga kerak bo‘lsa, @javohirberdiyev1 ga “karta” deb yozing. To‘lovni qilishingiz bilan linkni yuboraman.
3 ta qoldi
GEMINI haqida u qanday kuchga
Yangi dars bugun YouTube kanalimda!
Tez orada chiqadi.

Kutayotganlar bormi? 🔥🔥
👍2
Forwarded from Javohir Berdiyev | IT
Gemini Pro — bu shunchaki bitta tool emas, balki to'liq Google AI ekosistemasi 🌐

Ko'pchilik shunday tushunchaga ega: "Obuna bo'lsam, chatda ko'proq savol beraman". Haqiqat esa boshqacha. Bir oy davomida ishlatish natijasida, eng katta qiymat Gemini chatning o'zida emas, uning atrofida joylashgan 8-10 ta alohida mahsulotda ekanligi aniqlandi.

Bitta obuna orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz

— Gemini 3.1 Pro: 1 million tokenli kontekst, chuqur tadqiqot va oddiy limitdan 4 barobar ko'p imkoniyatlar.
— Gemini Spark: fonda 24/7 ishlaydigan shaxsiy agent, bir vaqtda 15 tagacha vazifani bajaradi.
— NotebookLM: 5 barobar ko'proq notalar, qo'shimcha manbalar va audio sharhlar.
— Google Flow + Veo: Sun'iy intellekt asosida video yaratish.
— Nano Banana Pro: Rasm, tipografiya va infografika.
— Lyria: To'liq musiqa treklarini yaratish.
— Antigravity: Google'ning agentga asoslangan dasturlash platformasi.
— Jules: GitHub repozitoriyalarga ulanadi, fonda muammolarni hal qiladi va kod so'rovlarini ochadi.
— AI Studio: Kod yozish uchun maxsus agent.
— Gems: Foydalanuvchiga moslashtirilgan shaxsiy sun'iy intellekt yordamchilari.
— Qo'shimcha: 5 TB joy va YouTube Premium Lite.


Alohida ko'rib chiqilsa, Veo, NotebookLM va dasturlash agentlari uchun alohida to'lov qilish qancha mablag'ni talab qilishi mumkin?

Mening samarali ishlanish sxemam quyidagicha:
— Jules: Kichik xatolarni tuzatish va kodni qayta ishlash (boshqa ishlarni bajargan holatda).
— Flow: Instagram uchun video kontent yaratish.
— NotebookLM: IELTS materiallarini to'plash va ularni audio formatda tinglash.
— Gems: Mening uslubimni biladigan va kanal uchun postlar yozadigan maxsus assistent.
— Spark: ertalabki pochta va rejalarni saralash


Obuna narxi asl — oyiga $19.99.

Xulosa qilib aytganda: Agar Gemini Pro'ni faqat "chat obunasi" deb qarasangiz, mablag'lar befoyda sarflanadi. Biroq, uni to'liq ekosistema deb baholab, har bir vositani o'z sohasida samarali qo'llasangiz, $20 qiymati bir hafta ichida o'zini to'liq qoplaydi.

Agar bu ma'lumot yoqgan bo'lsa 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
Gemini va undan maximal foyda olish bo'yicha to'liq kecha chiqargan darsimda ko'rishigniz mumkin

👇👇
https://youtu.be/rGXRFviYe0k

like bosish esdan chiqmasin 😉🔥❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3