World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
1.37K subscribers
1.66K photos
160 videos
9 files
948 links
Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining rasmiy Telegram-kanali

Официальный Telegram-канал представительства Всемирного банка в Узбекистане

https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan
https://www.vsemirnyjbank.org/ru/country/uzbekistan
Download Telegram
🌐🇺🇿 O‘tgan hafta Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ta’lim masalalari bo‘yicha menejeri Rita Almeyda Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi. Almeyda xonim O‘zbekiston hukumatidagi hamkorlarimiz bilan samarali muzokaralar olib bordi, jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🤝 Muzokaralar chog‘ida amaldagi va kelgusidagi loyihalar, shuningdek, O‘zbekistonda Jahon bankining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan tahliliy tadqiqotlar muhokama qilindi. Ushbu loyiha va tadqiqotlar maktabgacha, maktab va oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va bitiruvchilarining malakasini oshirish, ta’lim muhiti va infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, pedagogik va boshqaruv jarayonlari sifatini yaxshilash maqsadida ta’limni raqamlashtirishga qaratilgan.

💻 Shuningdek, tomonlar o‘qituvchi va o‘quvchilar malakasini oshirish va o‘qitish jarayonlariga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalarini integratsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

🎤 Bundan tashqari, Almeyda xonim Jahon banki ko‘magida Times Higher Education (THE) tomonidan tashkil etilgan birinchi Markaziy Osiyo universitetlar forumida ham ishtirok etdi. Tadbir doirasida u mintaqada oliy ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan panel sessiyalaridan birida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

🎒 Shuningdek, Almeyda xonim Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatning turli hududlaridan kelgan ta’lim sohasidagi mahalliy ekspertlar Jahon banki tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi "Maktabgacha ta’lim natijalari va ta’lim sifatini o‘lchash" (MELQO) tadqiqoti natijalari bilan tanishdi.

📷 Foto: O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi.
🌐🇺🇿 На прошлой неделе Ташкент с рабочим визитом посетила Рита Алмейда, менеджер по вопросам образования Всемирного банка (ВБ) для региона Европы и Центральной Азии. Г-жа Алмейда провела продуктивные переговоры с нашими партнерами из правительства Узбекистана, включая встречи с министром дошкольного и школьного образования Хилолой Умаровой и министром цифровых технологий Шерзодом Шерматовым.

🤝 В ходе переговоров обсуждались текущие и будущие проекты, а также аналитические исследования, реализуемые в Узбекистане при финансовом содействии ВБ. Эти проекты и исследования направлены на расширение доступа к дошкольному, школьному и высшему образованию, повышение квалификации учителей и выпускников образовательных учреждений, развитие образовательной среды и инфраструктуры, а также на цифровизацию образования с целью улучшения качества педагогических и управленческих процессов.

💻 Стороны также рассмотрели возможность интеграции инструментов цифровых технологий и искусственного интеллекта в процессы обучения и развития навыков преподавателей и учащихся.

🎤 Г-жа Алмейда также приняла участие в первом Центральноазиатском форуме университетов, организованном Times Higher Education (THE) при поддержке ВБ. В рамках мероприятия она выступила в качестве спикера на одной из панельных сессий, посвященной развитию высшего образования в регионе.

🎒 Кроме того, г-жа Алмейда участвовала в семинаре, организованном Министерством дошкольного и школьного образования совместно с ВБ. В ходе мероприятия местные эксперты в области образования из разных регионов страны познакомились с результатами исследования «Измерение результатов дошкольного обучения и качества образования» (MELQO) в Узбекистане, подготовленного ВБ.

📷 Фото: Министерство дошкольного и школьного образования, Министерство цифровых технологий Узбекистана.