Xush kelibsiz!
Mening ismim Doniyor.
Ushbu kanalni yaratishimning motivi nima edi?
Kitob o'qiyotganimda tez-tez bir xil muammoga duch kelaman: juda ko'p mualliflar aniq va tushunarli tushuntirish o'rniga ko'pirtirib yozishadi? Mavzularni sodda va mohiyatiga ko'ra yoritish qiyinmi? Balki, men biror narsani tushunmayotgandirman. Tushunib olish vaqti keldi.
Maqsadim nima?
Murakkab narsalarni tushunishga yordam beradigan oddiy, aniq va qisqa matnlar yozishni o'rganish. Yana, o'z fikrlarimni yozma ravishda ifodalash hamda subyektiv qarashlarimni qiziqarli shaklda baham ko'rish.
Qanday mavzularni ko'taraman?
Atrofimizdagi insonlar, ish, texnologiyalar va tasodifiy fikrlar.
Sizga nima naf?
Siz mening boshlang'ich yozuvchi sifatida kasbiy o'sishimga guvoh bo'lasiz. Bu yerda ko'plab mulohazalar, g'oyalar va o'ylashga majbur qiladigan mavzular bo'ladi.
Men kimman?
Ko'chmas mulk sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyada dasturchiman.
PS: Eski obunachilarim bilishadi, ilgari men kontentni rus tilida olib borgan edim. Ammo ularning ko‘pchiligi noqulaylik sezgani sababli, hamma narsani o‘chirib, endi faqat o‘zbek tilida yozishga qaror qildim.

👍11🔥8🫡5😁4😢1
Sog'lom piyoda
Yilning boshida to'satdan to'liq hayot kechirishdan to'xtagandek his qildim o'zimni. Kunlar tez, bir xil va zerikarli o'tar edi. Go‘yoki hammasi joyida, ertalab imkon qadar, mashg'ulotga borardim, so'ngra sevimli ishimga, kechqurun esa dars qilardim yoki shunchaki filmlar ko'rardim. Ammo baribir nimadir yetishmayotgandek tuyulardi.
Dadamlar bilan bo'lgan bir voqea yodimga tushdi. Ular kechasi ishdan qaytayotganlarida, haydovchisilaridan uyga 2-3 km masofa qolganida ularni tushirishlarini so'rab, qolgan yo'lni piyoda yurardilar. Biz ularni yaxshi kayfiyatda kirib kelishlarini guvohi bo'lardik.
Men ham shunday qilishni sinab ko'rishga qaror qildim. Ertalab o'zimni tetik his qilganim uchun uchun kechki paytni tanladim. Endi esa ishdan qaytayotganda, uyimga 1-2 km qolganda tushib, qolgan yo'lni piyoda yuraman. Hayotimdagi bu oddiy o'zgarish kayfiyatimni sezilarli darajada yaxshiladi.

Ayni paytda ertalablari ham sayr qilishni boshlashni o‘ylayapman.
🔥11👍5💯4🤷♀2🙏2
Madaniy boʻlinish?
Chet elda yashashim davomida 15–25 yoshdagi Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar yigitlari xulq-atvori sezilarli darajada farq qilishini sezdim.
Keling, vaziyatni tasavvur qilamiz: men avtobusga chiqib, odatda uch yoki to‘rtta birlashtirilgan o‘rinliklar bo‘lgan orqa o‘rinliklarga o‘tiraman. Ushbu o‘rinliklarda ikki yigit o‘tiribdi, va men uchinchi bo‘lib o‘tiraman. Bir oz vaqt o‘tgach, yana bir yigit bizga qo‘shilib, to‘rtinchi o‘rinlikni egallaydi. Halaqt bermaslik uchun , men biroz joyimni o‘zgartirib, oyogimni yopib, uning qulay o‘rnashishi uchun imkoniyat yarataman.
Endi reaksiya. Markaziy Osiyoda bunday xulq-atvor ba’zan zaiflik belgisiga o‘xshab qabul qilinadi: yigit meni "qo‘rqdi" deb o‘ylashi mumkin va javoban o‘z joyini yanada kengaytiradi, go‘yo o‘z pozitsiyasini ta’kidlayotgandek. Boshqa mamlakatlarda esa bu harakat, aksincha, hurmat ko‘rsatilishi sifatida qabul qilinadi: boshqa odam, meni uning qulayligini inobatga olishga intilishimni ko‘rib, o‘z navbatida bevosita kamroq noqulaylik ko‘rsatishga harakat qiladi.
Yana bir vaziyat. Biror kishi ko‘chada yordamga muhtoj vaziyatda bo‘lsa. Markaziy Osiyodan tashqaridagi mamlakatlarda ko‘pincha rad javobini olish mumkin. U yerdagi odamlar ehtiyotkorroq bo‘lib, muammoga tushib qolish yoki firibgarlar qurboniga aylanishdan qochishga harakat qilishadi. Markaziy Osiyoda, aksincha, yordam ko‘proq beriladi: ishonch darajasi yuqori va firibgarlik hozircha odamlarni xavotirga solish darajasida tarqalmagan.

Albatta, men barchani nazarda tutmayapman, faqat eng o‘ziga xos vakillar haqidagi kuzatuvlarim bilan bo‘lishyapman.
👍13💯7🔥6🤷5🤝3
Harbiy o‘quv yurti qanday qilib meni dasturchiga aylantirdi?
Barchasi 2020 yilda, harbiy o‘quv yurtida o‘qiyotgan paytlarimda boshlandi. Kun tartibi tun va kunning tugashi kabi aniq edi: ertalabki badantarbiya, tozalash ishlari, nonushta va darslar, ular 14:30gacha davom etardi. Shundan so‘ng, reja bo‘yicha qo‘shimcha darslar bo‘lardi. Bir qarashda tanlov keng edi: matematika, fizika, rus tili va informatika. Harbiy o‘quv yurti aniq fanlarga qaratilgani uchun matematika va fizika ortiqcha bo‘lib, meni ichki noroziligim bu fanlarni muhokama qilishga ham kirishmasdi.
Rus tili? Xo‘sh, rostini aytsam, ilhomlantirmagan. Bir o‘ziga xos imkoniyat bor edi: darsga bormaslik, lekin u holda komandir tomonidan ushlab olinsa, ko‘cha tozalash ishlariga yuborilishi mumkin edi, bu harakat xam unchalik qiziqish uyg‘otmagandi.
Shu tariqa, men informatika fanini tanladim. Bu mening kompyuterga bo‘lgan birinchi qadamlarim edi, maqsadim doimgidek «Counter-Strike» o‘ynash emas, balki yangi bilimlarni o‘rganish edi.

Dastlabki qadam tasodifiy bo‘lsada, tezda kirishib ketdim. Shundan so‘ng barchasi boshlandi.
👍14🔥5🫡3⚡2🎉2
Yangiliklarni o‘qishni to‘xtatish kerakmi?
Avvalo, yangiliklarda odatda nima ko‘rsatilishini aniqlab olaylik: siyosat, baxtsiz hodisalar va keraksiz maʼlumotlar. Bu mavzular ko‘pchilikni jalb qiladi va yuqori reytingni taʼminlaydi, yaʼni ko‘proq pul olib kelishini anglatadi.
Buni tushunganimdan so‘ng, bir yilcha oldin yangiliklarni o‘qishni to‘xtatdim. Qanday muhim yangiliklarni o‘tkazib yubordim? Hech qanday. Urushlar, inqiloblar yoki mashhur shaxslarning o‘limi haqida yangiliklar – bunday maʼlumotlarga ehtiyojim yo‘q. Buning evaziga, hayotimga taʼsir qilmaydigan voqealar haqida tashvishlanmasdan ko‘p vaqt va asabimni tejadim.
Agar yangiliklarni bilishni xohlasangiz, umumiy yangiliklar kanallariga emas (kun.uz, daryo.uz ...), balki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha maxsus kanallarga obuna bo‘ling. Shunda hayotingizga haqiqatan ham foydali bo‘lgan maʼlumotlarni olasiz.

Siz qanday fikrdasiz?
💯18👍6🤷♀4⚡3🔥2
Qancha to‘lash kerak?
Keling, bir vaziyatni tasavvur qilaylik: men do‘stlarim bilan kafeda o‘tirib, oxirida hisobni bitta odam to‘lashiga kelishib olib, qolganlar esa uning karta hisobiga o‘z ulushlarini o‘tkazishiga kelishgandik. Natijada, summa 310.000 so‘mni tashkil etdi, yaʼni har bir kishi 77.500 so‘mni to‘lashi kerak.
Yaqin vaqtgacha minnatdorchilik sifatida bir oz ko‘proq — 80.000 yoki 100.000 so‘mni o‘tqazardim.
Ammo yaqinda tushundim, bunday xulq ko‘pchilik tomonidan to‘g‘ri qabul qilinmaydi. Bunday holatda, inson o‘zini menga qarzdor his qilishi yoki keyingi safar ham shunday qilishga majbur bo‘lgandek tuyulishi mumkin. Bundan tashqari, bu takabburlik sifatida ham qabul qilinishi mumkin.
Shunday qarorga keldim, faqat zarur bo‘lgan summani to‘lash kerak, yaʼni aynan 77.500 so‘m. Hatto 78.000 so‘m ham ortiqcha bo‘ladi.
Agar chin dildan minnatdorchilik bildirishni xohlasangiz, to‘liq hisobni to‘lash eng samimiy yo‘ldir.

Siz bu haqda nima deb o‘ylaysiz?
💯20👍15🔥4🫡4🤝1
Muhim muammo?
Ko‘pincha odamlar xavotirga tushib qolishlarini kuzataman. Ular har doim biror narsa haqida o‘ylaydilar, tashvishlanadilar, tinchlanolmaydilar.
Masalan, imtihon arafasida odam doimo u haqida o‘ylaydi va tashvishlanadi. Ammo bundan nima o‘zgaradi? Hech narsa.
Agar inson tayyorgarlik ko‘rsa, u topshiradi. Agar yo‘q bo‘lsa, topshira olmaydi. Istisnolar bo‘lishi mumkin, lekin ular juda kam.
Ko‘pincha bizning vazifamiz — qo‘limizdan kelgancha harakat qilish va natijasi Alloh taoloning qo‘lida ekanini unutamiz. Biz unga taʼsir qila olmaymiz.
Xavotirlanishni to‘xtating, o‘zingizning va atrofingizdagilarning asablarini behuda sarflamang.

Faqat bir o‘ylab ko‘ring.
👍19💯9🫡5❤3🔥2
Dialekt (sheva) — bu katta kamchilikmi?
Menimcha, tilimizning rivojlanishiga dialekt jiddiy to'siq bo'lmoqda.
Agar siz boshqa zamonaviy tillarga qarasangiz, odatda bunday muammo yuzaga kelmaydi. Siz ingliz tilida dialektlar bor deb aytishingiz mumkin, lekin ular dialektlar emas, balki sinonimlar va boshqa mintaqalarda chalkashliklarni keltirib chiqarmaydigan so'zlardir. Rus tilida ham regionlarga qarab farqlar bor, lekin bu ham dialektlar emas.
O'zbek tilini o'rganayotgan bir koreyalik do'stim bor. U tez-tez mendan nima uchun bir xil so'z turli joylarda turlicha ekanligini so'raydi va men kulib, bilmayman deb javob beraman. Bu tilni o'rganishni ancha qiyinlashtiradi.
Misol: yaqinda vodiylik odam bilan muloqotda u "opoqi" so'zini ishlatdi va men u "opa" (сестра/sister) so'zini mehrli tarzda aytgan deb tushundim. Ammo keyin u "bobo" so'zini nazarda tutganini aytdi va men ajablandim. Bir so'zning qancha variantlari borligini o'ylab ko'ring: "bobo", "doda", "opoqi", "katta ota", "babay" va boshqalar.
Ushbu muammoni qanday hal qilish kerak? Men aniq javob berish uchun tilshunos emasman. IT sohasidagi tajribamga ko'ra, bu rivojlanishni sezilarli darajada cheklaydi. O'zbek tilida sifatli sistemalar yaratish uchun juda ko'p ish talab etiladi, misol uchun hali ham sifatli va aniq tarjima qiladigan mukammal tarjimon bot yo'q.

Biz hech bo'lmaganda ona tilimizda to'g'ri yozishni boshlashimiz kerak.
👍16🔥10💯10🤨2😐2
Men o‘zimning ishonuvchan xalqimga juda achinaman.
So‘nggi 4-5 yil ichida o‘zbekistonliklar firibgarlar uchun asosiy nishonga aylanib bormoqda. Endi ularning o‘ljasi biz bo‘lib qoldik.
Firibgarlikning ikkita eng keng tarqalgan turi mavjud:
1) Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda zararli dasturlar yoki havolalar mavjud bo‘lgan xabarlar.
2) Telefon qo‘ng‘iroqlari.
Zararli xabarlar
So‘nggi paytlarda firibgarlar Telegram messenjeridan faol foydalanib, zararli xabarlarni tarqatmoqda. Ularda nima bo‘ladi?
1) Soxta manbalarga havolalar. Siz havolaga o‘tganda, Telegramning asliga o‘xshaydigan avtorizatsiya sahifasi chiqadi. Ishonib, maʼlumotlaringizni kiritasiz. Bir necha vaqt o‘tib esa akkauntingizga kirish huquqini yo‘qotasiz. Ularning maqsadi nima? O‘g‘irlangan akkauntlar bazasini kengaytirish, ularni katta firibgarlik harakatlariga qo‘llash yoki sizga tanish odamlarga bukmekerlik kompaniyalari yoki kazinolarni reklama qilish.
2) Zararli ilova yuborish. So‘nggi yillarda firibgarlar ko‘p hollarda quyidagi mazmundagi xabarlarni jo‘natmoqda: «Assalomu alaykum. Sizni rasmlaringizni topib oldim» va xabarga zararli dastur ilova qo‘shiladi. Bu dasturni yuklab olganingizdan so‘ng, nafaqat Telegram akkauntingizni, balki telefondagi barcha maʼlumotlarni yo‘qotishingiz mumkin.
Telefon qo‘ng‘iroqlar
Eski usul. Firibgarlar bank xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilib, hisobingizda shubhali harakatlarni ko‘rishganini aytgan holda, SMS orqali kelgan kodni aytishingizni so‘rashadi. Agar kodni aytsangiz, kartangizdan pullarni yechib olishadi.
Yangi usullar. Hozirgi kunga kelib, firibgarlar o‘zlarini har qanday shaxs sifatida tanishtirishlari mumkin: Milliy gvardiya yoki militsiya xodimi sifatida, farzandingiz jinoyat ustida qo‘lga olinganini aytishadi. Masalani hal qilish uchun shoshilinch ravishda pul berishingiz kerakligini taʼkidlashadi. Ota-onalar qo‘rquvda farzandi bilan bog‘lanishga ulgurmaydi va aldanib qolishadi.
Yana ular o‘zlarini yangi qo‘shningiz sifatida tanishtirib, qarzga pul so‘rashlari mumkin. Chunki ular siz haqingizda maʼlumotlarga ega va bu hikoyani ishonarli ko‘rsatadi.
Bu qachon tugaydi?
Afsuski, hech qachon. Firibgarlar kundan-kunga yana-da aqlliroq bo‘lib bormoqda. Faqat telefon va internetdan foydalanmaydiganlar yoki firibgarliklarga qarshi immunitetga ega bo‘lganlargina omon qolishadi.

Hushyor bo‘ling!
👍36🔥4💯4⚡2🫡2
Allayorov's Dot
Men o‘zimning ishonuvchan xalqimga juda achinaman. So‘nggi 4-5 yil ichida o‘zbekistonliklar firibgarlar uchun asosiy nishonga aylanib bormoqda. Endi ularning o‘ljasi biz bo‘lib qoldik. Firibgarlikning ikkita eng keng tarqalgan turi mavjud: 1) Ijtimoiy tarmoqlarda…
Аslida, bu post hozirgidan ancha uzunroq boʼlishi kerak edi. Uni oʼqish oson boʼlishi uchun biroz qisqartirishga toʼgʼri keldi. Аxir firibgarlik mavzusi juda keng qamrovli. Аvval videorolik suratga olishni oʼylagandim, lekin buning vaqti hali yetib kelmaganini tushundim.
Men uchta post orqali firibgarlar odamlarni qanday aldashlari, ularning tuzogʼiga tushib qolmaslik uchun oʼzingizni qanday himoya qilishingiz va mamlakatimizda ularga qarshi qanday choralar koʼrilayotgani haqida batafsil tushuntirishni rejalashtirganman.

👍26🔥6⚡4🤝3🫡3
Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabr yetmay qoladi.
Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi.
Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi.
Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi.
Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi.
Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi…
©️ Aziz Rahimov

💯29👍12🔥5⚡4😢2
O‘tgan yilning oxirida ko‘pchilik: «Kelgusi yildan maqsadlarimga erishishni boshlayman», deb aytgan edi.
Xo‘sh, boshladingizmi yoki yana keyingi yilga qoldirdingizmi?
🎉20🔥10😢8👍7🤷5
Milliy gvardiya va maktabdagi davomat
Ko'pchilikka ma'lumki, yaqinda Milliy gvardiya maktablardagi davomatni nazorat qilishni boshladi. Ushbu o'zgarish ko'plab o'quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan salbiy qabul qilindi.
Ba'zilar, "Maktab o'quvchilarini nazorat qilishdan ko'ra, ularga muhimroq ish topilsa, yaxshiroq bo'lardi", deb hisoblashmoqda, ba'zi blogerlar esa bu vaziyatni kulgiga aylantirmoqda.
Ammo, afsuski, ko'pchilik bu masalaning chuqurligini tushunmayapti.
Ko'plab ota-onalar "farzandim o'qib, olim bo'lardimi? Undan ko'ra, ko'chaga chiqib 1-2 so'm pul ishlab, bizga yordam bersin", deydi. Bunday qarashlar sababli ko'plab o'quvchilar ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo'layapti.
Milliy gvardiya aynan shu bolalar uchun ularga o'qish imkoniyatini qaytarishda yordam bermoqda.

Sabrli bo'ling.
Balki ayrim maktablarda ta'lim sifati yomon bo'lishi mumkin, lekin shu turdagi bolalar uchun maktabda o'qish, hozir qilayotgan qora ishlaridan ancha afzalroqdir.
👍20💯9👎8🤝4🫡4
Agar ijtimoiy tarmoqlar xalq rivojiga shu qadar zarar yetkazayotgan bo‘lsa, unda davlat nima uchun ularni bloklamaydi?
Yurtimizda ishsiz va bekor yurgan odamlar juda ko‘p. Ishsiz odam esa ko‘pincha jinoyatga moyil bo‘ladi.
Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlar zararli bo‘lsa ham, odamlarni band qilib, chalg‘itib turadi. Agar ularning qo‘lidan shu oxirgi ko‘ngilochar vositani olib qo‘ysa, ko‘pchilik energiyasini jinoyatga yo‘naltirishi mumkin.

E'tibor uchun!
Telegram — bu ijtimoiy tarmoq emas, balki oddiy messenger.
💯20❤11👍6🔥3🤷3