Ramazonov Murodkhon (Virtual Coding)
3 subscribers
50 photos
13 videos
3 files
94 links
VirtualCoding_uz saytining rasmiy Telegram kanali. Veb dasturlash bo'yicha , maqolalar, tarjimalar. HTML, CSS, JavaScript, React ,Node Js, va boshqalar
Admin - @Murodkhon_27
Download Telegram
Forwarded from MJ
"Frontend dasturlash asoslari" onlayn kursi saralash bosqichining hozirgacha tayyor darslari MohirDevga joylandi:

https://mohirdev.uz/courses/frontend-dasturlash-asoslari-saralash/

Kiring, ko'ring, kod yozing, o'rganing, saralashga tayyorlaning, dam oling. Maza qiling 😁

P.S. Hozirgacha 47 kishi ro'yxatdan o'tdi
https://spend-elon-fortune.netlify.app/ Elon Musk togamizni pulariga nimalar sotvosa bolardi kirib koramiza
Forwarded from Bahodir Ahmedov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳеч қачон ўз ютуғинг билан мақтанишинг бировни камситиш эвазига бўлмаслиги керак.

Ҳа, олий таълимда сифат қониқарли даражадамас. Ҳа, кўп олий маълумотлилар яхши ишга жойлашолмайди. Лекин тадбиркор бўлмаса ёки интеллектуал салоҳияти жуда юқори бўлмаса уларни камситиш керак эмас. Кимдадир билим бўлиб, лекин иши юришмаса, ёки бизнеслар қилишга уқуви бўлмаса уни устидан кулиш керак эмас. Бугун сендаги омад эртага бошқада.

Шоир Маҳмуд Тоир айтганидек:

Оллоҳим, кўзини тўқ қил йигитни,
Бир нафс йўлида минг куйга солма.
Бергувчи ўзингсан, олгувчи ўзинг,
Отини олсанг ҳам, омадин олма.


Шу гапидан кейин у айтган олий маълумотли одамлар нафратланиб ўтиргандур.

👉@bahodirahmedoff
Forwarded from Alimoff
☝️ Шунинг учунам ўзбекдан Стив Жобс ва Марк Цукерберглар чиқмайди. Чунки у 2 сўм пул топса ўзидан кетиб қолади.

@nurbekalimov
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi sifatida pul topish yo'llari

Oylik bu pul topishning yagoni usuli emas. Ayniqsa dasturchi sifatida, sizda daromadingizni ko'paytirish uchun juda ham ko'p yo'llar mavjud. Bu postda shu usullar haqida o'rganasiz.

- Ish yoki freenalcerlik qilish: Eng ko'p ucharydigan usul bu biror bir korxonada ish topish yoki freelancerlik qilish. Deyarli hamma baribir karyerasi davomida shu yo'ldan foydalanadi.

- Digital mahsulotlar sotish: Bunday mahsulotlarga har xil pluginlar, componentlar, temalar kirishi mumkin. Masalan, yaxshi wordpress themalarini $50 dan $100 atrofida sotishingiz mumkin: https://wordpress.com/themes/premium

- SaaS (Software as a Service) qurish: Ya'ni, boshqalar foydalana oladigan and pul to'lashga rozi bo'ladigan kichik bir mahsulot yaratish. Masalan, https://www.copy.ai/ marketingga bog'liq tekstlarni avtomatik tarzda yozib beruvchi mahsulot. Yoki https://builtwith.com/ kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma'lumot beruvchi mahsulot. Ikkalasini ham ishlatadiganlar oyiga yoki yiliga pul to'laydi.

- Blog yuritish: Agar ko'plar o'qiydigan blog yarata olsangiz, reklamar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo'ladi. Yoki realpython.com ga o'xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz, ular sizga har bir post uchun $200-$300 atrofida pul to'laydi.

- Onlayn Kurslar yaratish: Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko'p. Udemy, Educative.io, testdriven.io, gumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.

- Open Source: Agar sizda ko'pchilik foydalanadigan Open Source proyektingiz bo'lsa Github Sponsors va Patreonga o'xshagan platformalar orqali sponsorlar va donat qiladiganlarni topishingiz mumkin.

@jakhonrakhmon
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Python yaxshimi yoki Golang yaxshimi?

Bunday savollar faqat har bir millisekund muhim bo'lgan produktlarda o'rinli. Mana Discordning holatini o'qib chiqing: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust

Goda yozilgan ekan bir servisi. Zo'r yozganmiz deyapti. Lekin Go tilining "Garbage Collector"i o'ziga hos ishlagani uchun Discordga to'g'ri kelmabdi. Ba'zida shu sababli sekinlashish kuzatilibdi. Shuning uchun Godan Rustga o'tishibdi.

Siz oddiygina API yozasizmi? Sizda hali millionlab foydalanuvchilar yo'qmi? Qaysi tilni jamoangiz yaxshi bilsa o'sha tilni tanlang. Bu PHP bo'ladimi, JavaScript bo'ladimi, Python bo'ladimi, Golang bo'ladimi...farqi yo'q.

@jakhonrakhmon
Forwarded from MJ
Izohlarda bir savol berishdi: kursda o'rganish va mutaxassisga shogird tushib o'rganishning qanday farqlari bor?

Javobi audioxabarda.
Forwarded from MJ Chat
#DIQQAT

❗️Amaliyot o'tamoqchi bo'lganlar diqqatiga! Aldanib qolmang.

Bugun menga bir talabadan g'alati bir xabar kelib tushdi. Uni o'z holicha sizlarga havola qilaman.


"❗️Hamma o'qisin.

Men 2021-yili aprel oyida *** nomli kompaniyaga ish so‘rab bordim, suhbat bo‘ldi kichkina, suhbatdan o‘tdim keyin menga shartnoma berishdi shartnoma 10 varaqdan ko‘p edi men o‘qib o‘tirmadim va qo‘l qo‘ydim. Keyin ish joyiga borsam ish deb ham bo‘lmaydi hamma norozi ishdan, o‘z soham bo‘yicha ishlamoqchi bo‘lsa, ish bermasdan boshqa ish beryapti, men norozi bo‘ldim va qarshilik bildirdim.

-- Men ishdan ketaman - dedim.

Endi foydasi yo‘q ketolmaysan sen bilan shartnoma qilganmiz dedi. Oddiy ishga kirganim haqida shartnoma nima bo‘pti desam uni ichida har xil menga minusga ishlaydigan shartlar bor ekan.

Men siqilib nima qilishni bilmay yurdim akamlardan maslahat so‘radi va ketishga qaror qildim. Ketishimdan oldin bordim men ketaman dedim. Meni yuridik tanishlarimni maslahatiga ko‘ra diktafon yoqib ol har ehtimolga qarshi deyishdi.

Men diktafonni yoqib kirdim aytganidek menda shartnomi yo‘q qilish uchun pul talab qilishdi keyin men ho‘p dedimda zapisni yo‘qolmaydigan joyga qo‘ydimu u yerdan surdim.


Bugun menga bitta tanishim shunday firmaga duch kelib, xuddi meni xolimga tushib qolgani haqida aytishdi. U ham men borgan odam tomonidan ochilgan lekin nomi o‘zgartirilgan ekan. Nomini o‘zgartirib bollarni qo‘rqitib majburlab ishlatishar ekan. Men ham ishga borgan paytimda bollardan so‘rasam hammasi norozi, qo‘rqib ishlab yurishardi, chunki shartnomada katta jarima summasi yozilgan edi.

Aytmoqchi bo‘lganim shuki darrov shartnomaga shoshilmang 1 2 hafta ishlab ko‘ring yoqmasa shartnoma qilmang. Qadriyatlarini o‘rganing, kompaniya haqida ma‘lumot to‘plang, tanishlaringizdan maslahat oling.

Bunday kompaniyalarni eng katta minus tomoni bollarni IT dan sovitib ham qo‘yishyabdi, shuning uchun har doim e‘tiborli bo‘ling o‘zingiz yoqmagan ishda ishlamang."

P.s: Bu firma haqida batafsil ma'lumot olib, bu bo'yicha post qilamiz. Shuni unutmang, shartnomaga qo'l qo'yishdan oldin uni o'qib chiqing. Aldanib qolmang!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
Forwarded from Rukhiddinov's blog (Umid Rukhiddinov)
Shu joyga meni ham ishga taklif qilishgan,umuman ishlab bolmaydi borganimdan nafasim qisgan befayz joy umuman kirgisi kelmaydi odam ichkariga. Aldanib qolmang har qanday shartnoma bolsa ham 10 varoq bo'ladimi yoki undan ko'pmi o'qib chiqing va kirmoqchi bo'lgan ishxonangiz nomini google dan izlab ko'ring diqqatga arziydigan ishlar qilinmagan bo'lsayu lekin shartlari ko'p bo'lsa vaqt borida surib qoling.

@rukhiddinov_blog
Forwarded from Ulug'bek Creative🚀
Pul yo'q, lekin yaqinda cho'ntagimda pul bor ediku? Yaqinda shuncha xarajatlarim bor endi nima qilaman?

Shunaqa savollar keldimi? Demak shaxsiy moliyaviy boshqaruvda yetarli bilim va ko'nikmalar yo'q.Bu normal holat.Chunki bunga bizni o'rgatishmaydi.Iqtisodiyot fanini yaxshi o'qiganlar yoki keyinchalik moliya va pul haqida o'zi o'qiganlar o'rganganmiz, deyishlari mumkin, lekin ular kamchilikni tashkil qiladi.
Ayrim holatlarda o'zim ham shunday holatlarga tushaman, tavakkalchilik va moliyaviy resurslarni to'g'ri boshqarmaganligim uchun.
Shu sababli sizlarga ikki uchta usullarni yozib qo'yaman :
1) Hali qo'lingizda bo'lmagan pulni sarflamang!Bu pul hali sizga kelmasidan boshqaning cho'ntagiga ketadi degani. (oddiy haqiqat) lekin ko'pchiligimiz amal qilmaymiz afsuski.
2) Qo'lga ushlashli miqdorda pul topsangiz bir qismini jamg'aring (20% yoki eplasangiz 30%) yoki investitsiya qiling(Avval investitsiya qilish haqida bilimingizni va ko'nikmalarni shakllantiring albatta)
3) Miyangizdagi barcha hisob kitoblarni mobil ilova yoki excel jadval (online da bu google sheets) ga, juda bo'lmaganda yondaftarga ko'chirish.
Miyada turli fikrlar, hayollar, muammolar yig'iladi va ba'zan oddiy hisob-kitoblarga vaqt bo'lmaydi yoki hayoldan ko'tariladi.
Diqqat! Yaxshi Yechim : Money Manager
(Yuklab olish uchun : https://play.google.com/store/apps/details?id=com.realbyteapps.moneymanagerfree)

Pulni hisob-kitobi bo'lsa asab tinch bo'ladi do'stlar.
Sog' bo'ling va pullaringiz doimo yaxshi ishlarga sarf bo'lsin 💵💪🏻🚀

Shunday holatga tushgan do'stlaringiz bilan bo'lishing👋

#moliya #pul #ulugbekismatov
NFT — yil soʻzi deb tan olindi

Collins lugʻatiga koʻra bu yilning eng mashhur soʻzi — NFT. New York Post maʼlumotiga koʻra, NFT soʻzi ishlatilishi 11,000 foizga oshgan (albatta, chunki undan avval bu soʻz yoʻq edi 😅)

NFT — ingliz tilidagi akronim boʻlib, Non Fungible Token (tarj. oʻzaro almashtirib boʻlmaydigan token) degani. Qisqa qilib aytganda, biron bir digital mahsulotning blokcheyndagi unikal koʻrinishi. Mmmm... tushunarliroq boʻlmadi shekilli.

NFT paydo boʻlganidan soʻng, hamma oʻziga tegishli narsalarni NFT koʻrinishiga keltirib, sota boshladi. Masalan, Twitter asoschisi oʻzining birinchi tvitini. Yoki quyida keltirilgan GIF.

NFT bozori milliardlab dollarga baholandi. Bugungi kungacha eng qimmat sotilgan NFTʼlardan biri, Beeple taxallusli digital sanʼatkorning asari — $69 millionga sotilgan. Tasavvur qiling. Fizik hayotda mavjud boʻlmagan, qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, faqat internetda koʻrsa boʻladigan surat narxi — 69 million AQSH dollari.

Agar NFT haqida maʼlumotlar qiziq boʻlsa, bu haqida alohida postlar yozishimiz mumkin. Faqat hey deb qoʻying ;)

Manba : @oqnet — digital marketing xabarlari
Forwarded from Temurning PM Blogi
HADI davri (tsikli) freymvorki haqida eshitganmisiz?
HADI (Hypothesis, Action, Insights, Data) davri gipotezalarni aniq tuzishga va faqatgina biznesni rivojlantirish uchun e’tiborni qaratishga yordam beradi.
1. Hypothesis – Gipotezani yozamiz
2. Action – Gipotezani tekshiramiz
3. Data – Tekshirilgan ma’lumotlarni olamiz
4. Insights – Xulosa chiqaramiz.

Productimizni reklama qilish keysi bo’yicha HADI davri instrumentidan foydalanib ko’ramiz. Demak bizda hozirda ishlayotgan 3 ta reklama turi bor.
- Kontekst reklama (Internet resurlardagi reklama bannerlarimiz) – ushbu reklamadan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 1 000 so’mga tushmoqda.
- Facebookdagi reklamamizdan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 1 800 so’mga tushmoqda.
- Instagramdagi reklamamizdan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 1 600 so’mga tushmoqda.

Keling endi reklamadan yanada foydaliroq foydalanish uchun HADI davri orqali gipotezani tuzib, uni tekshirib ko’ramiz.
Hypothesis (Gipotezani yozamiz) – Telegram kanallarda reklama joylashtirish bizga ancha arzonroqqa tushishi bo’yicha bizda gipoteza paydo bo’ldi.
Action (Gipotezani tekshiramiz) – Gipotezamizni tekshirish uchun telegram kanallarda reklama joylashtiramiz.
Data (Tekshirilgan ma’lumotlarni olamiz) – Telegram kanallarda reklamani joylashtirib bo’lganimizdan keyin natijalarni tekshirib ko’ramiz. Telegram kanallardagi reklamalarimizdan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 600 so’mga tushdi.
Insights (Xulosa chiqaramiz) – Hamma reklamalarimizni xarajatlarini bir-biri bilan solishtirganimizda ko’rib turibmizki Telegram kanallarda reklama joylashtirish bizga ancha arzonga tushmoqda. Demak bizning gipotezamiz tasdiqlandi!

HADI davri orqali xoxlagan gipotezamizni tekshirib ko’rishimiz mumkin, faqatgina uni to’g’ri tekshira olsak bo’ldi!

HADI davrini tez o’sish uchun yangi ish boshlayotganlar yoki ishlab kelayotgan kompaniyalar yangi productni tezda ishga tushirish uchun foydalanish mumkin.

#uz
Kelajak bu hozirgi zamon ekanligi haqida
January 9, 2022
Bugun Shvetsiya gazetalarida bir xabar tarqaldi. Unga ko’ra Shvetsiyaning g’arbiy qismida joylashga bir kichik shaharda 71 yoshli amaki qor kurayotgan vaqtida yuragi yomon bo’lib yiqilib tushadi. Haligi amaki hudoga yoqadigan ishlar ko’p qilgan shekilli, shu payt uni yiqilib tushganini Mustafo Ali degan bir inson ko’rib qoladi. Taqdirni qarangki Mustafo kasbi shifokor ekan va tungi navbatchilikka ketayotgan ekan. Birinchi yordam berish qoidasiga ko’ra yurakni massaj qilish bilan birgalikda inson atrofdagilarga xabar berishi va kimdandir 112 telefoniga qo’ng’iroq qilishi shart. Agar atrofda hech kim bo’lmasa massaj qilish vaqtida o’zi qilishi kerak. 

Amakini uyida qor kurayotgan emasmidi, xotini yugurib chiqadi va Mustafo aytganini qilib 112 ga qo’ng’iroq qiladi. Mustafo tez yordam markazi bilan gaplashadi va vaziyatni tezda tushuntiradi. Oradan uch daqiqa o’tmasdan osmondan vertolyot ovozi eshitiladi, lekin uni ovozi vertolyotnikidan ancha past edi. Mustafo tepaga qarasa katta dron nimadir olib kepti. Yaxshilab qarasa ”qayta tiriltirish” uchun ishlatiladigan apparat - defibrilyator ekan. Mustafo haligini ulaydi va amaki hayotini saqlab qoladi.

Defibrilyator yurak xurujida o’z vaqtida ishlatsa bemor hayotini saqlab qolsihda juda katta ahamiyatga ega. Bunday holatda har bir daqiqa muhim. 

Aytishlaricha bunday dron xizmati hozir test rejimida ekan va hozirgacha real bemorlarga 12 marta jo’natishipti. Aksar holatlarda tez yordam mashinasidan oldin yetib kelgan. 

Kecha o’yinchoq deb qaralgan uskuna bugun insonlar hayotini saqlab qolyapti. Har qanday texnologiyani ijobiy jihatidan foydalansa bo’ladi.