Ramazonov Murodkhon (Virtual Coding)
3 subscribers
50 photos
13 videos
3 files
94 links
VirtualCoding_uz saytining rasmiy Telegram kanali. Veb dasturlash bo'yicha , maqolalar, tarjimalar. HTML, CSS, JavaScript, React ,Node Js, va boshqalar
Admin - @Murodkhon_27
Download Telegram
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Hozir o'tirib Python ekosistemasidagi ohirgi trendlar haqida o'ylanib qoldim.

Yaqingacha Django bilan Flask frameworklar ichida qirol va qirolicha bo’lishgan. Ularga boshqa frameworklar teng kela olmasdi.

Lekin Pythonga async hususiyatlar qo’shilishi boshlangandan so’ng, boshqa bir framework juda mashhur bo’lib ketyapti: FastAPI.

Menimcha FastAPI yaqin orada Flaskni o’rnini deyarlı to’laligicha egallaydi. Djangoni o’rnini bosa olmasa kerak chunki Django juda katta framework, Flask va FastAPIl ar esa ancha kichikroq.

Shunda, qirol qirolligicha qoladi, lekin qirolicha almashadi. Qirol sho’x ekan. Nima ham derdik.

Oldik 🥂
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Hozir o'tirib O'zbekistondan turib Software Engineer sifatida qancha topsa bo'ladi degan savol ustida o'ylanib qoldim.

Mahalliy kompaniyalarda ishlash variant emas. Eng zo’ri o’zimizda filiali bo’lgan xalqaro kompaniyalarda ishlash yoki remote ish topish. Albatta o’zingizning kompaniyangizni ochish niyatingiz yo’q bolsa.

Covid zamoni remote ish bo’lishining afzallik tomonlarini ko’rsatib qo’ydi. Shuning uchun qaysi kompaniyalarda remote ish joylari borligi bilan qiziqib ko’rdim. Quyidagi kompaniyalarda remote ish joylari bor ekan:

- DataDog
- Zapier
- GitLab
- TopTal
- Invision
- DuckDuckGo

Barchasi juda zo’r produktlik va “engineering culture” lik kompaniyalar. Barchasida yiliga $100.000 dan oshiq maosh to’lanadi.

Ha, Komil Allamjonov aytganlaridek “Hammasi oson” emas. Lekin imkoniyat bor. Eplasa bo’ladi.

Yana qaysi zo’r kompaniyalarda remote ish joylari mavjud?
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Hozir o'tirib IT kompaniyalarda ishlatilayotgan ohirgi trendlar haqida o'ylanib qoldim.

Ohirgi 5-6 yıl Docker va Kubernetes hamma yo’qda trend bo’lgandi. Shu qatori O’zbekistondagi kompaniyalarda ham ishlatiladi bu texnologiyalarni.

Hozir “Infrastructure as a Code” degan tushincha ko’p kompaniyalarda “default” yo’l bo’lib qolgan. Buni qilish uchun Terraform yoki CloudFormation degan texnologiyalar ishlatilyapti ekan. Lekin bularni men Uzbdagi kompaniyalar ishlatishni boshlashdimi yo’qmi bilmayman.

Boshlandimi bu trend bizda ham?
Forwarded from Nuruddin Blogs
Haqiqiy bilim olish universitetni bitirganingizdan keyin boshlanadi va undan keyin hech qachon to'xtamaydi. (c)
Want to build your dream setup?
This website allows you to design your very own gaming desk setup https://deskspacing.com/
Forwarded from MJ
"Frontend dasturlash asoslari" onlayn kursi saralash bosqichining hozirgacha tayyor darslari MohirDevga joylandi:

https://mohirdev.uz/courses/frontend-dasturlash-asoslari-saralash/

Kiring, ko'ring, kod yozing, o'rganing, saralashga tayyorlaning, dam oling. Maza qiling 😁

P.S. Hozirgacha 47 kishi ro'yxatdan o'tdi
https://spend-elon-fortune.netlify.app/ Elon Musk togamizni pulariga nimalar sotvosa bolardi kirib koramiza
Forwarded from Bahodir Ahmedov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳеч қачон ўз ютуғинг билан мақтанишинг бировни камситиш эвазига бўлмаслиги керак.

Ҳа, олий таълимда сифат қониқарли даражадамас. Ҳа, кўп олий маълумотлилар яхши ишга жойлашолмайди. Лекин тадбиркор бўлмаса ёки интеллектуал салоҳияти жуда юқори бўлмаса уларни камситиш керак эмас. Кимдадир билим бўлиб, лекин иши юришмаса, ёки бизнеслар қилишга уқуви бўлмаса уни устидан кулиш керак эмас. Бугун сендаги омад эртага бошқада.

Шоир Маҳмуд Тоир айтганидек:

Оллоҳим, кўзини тўқ қил йигитни,
Бир нафс йўлида минг куйга солма.
Бергувчи ўзингсан, олгувчи ўзинг,
Отини олсанг ҳам, омадин олма.


Шу гапидан кейин у айтган олий маълумотли одамлар нафратланиб ўтиргандур.

👉@bahodirahmedoff
Forwarded from Alimoff
☝️ Шунинг учунам ўзбекдан Стив Жобс ва Марк Цукерберглар чиқмайди. Чунки у 2 сўм пул топса ўзидан кетиб қолади.

@nurbekalimov
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi sifatida pul topish yo'llari

Oylik bu pul topishning yagoni usuli emas. Ayniqsa dasturchi sifatida, sizda daromadingizni ko'paytirish uchun juda ham ko'p yo'llar mavjud. Bu postda shu usullar haqida o'rganasiz.

- Ish yoki freenalcerlik qilish: Eng ko'p ucharydigan usul bu biror bir korxonada ish topish yoki freelancerlik qilish. Deyarli hamma baribir karyerasi davomida shu yo'ldan foydalanadi.

- Digital mahsulotlar sotish: Bunday mahsulotlarga har xil pluginlar, componentlar, temalar kirishi mumkin. Masalan, yaxshi wordpress themalarini $50 dan $100 atrofida sotishingiz mumkin: https://wordpress.com/themes/premium

- SaaS (Software as a Service) qurish: Ya'ni, boshqalar foydalana oladigan and pul to'lashga rozi bo'ladigan kichik bir mahsulot yaratish. Masalan, https://www.copy.ai/ marketingga bog'liq tekstlarni avtomatik tarzda yozib beruvchi mahsulot. Yoki https://builtwith.com/ kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma'lumot beruvchi mahsulot. Ikkalasini ham ishlatadiganlar oyiga yoki yiliga pul to'laydi.

- Blog yuritish: Agar ko'plar o'qiydigan blog yarata olsangiz, reklamar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo'ladi. Yoki realpython.com ga o'xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz, ular sizga har bir post uchun $200-$300 atrofida pul to'laydi.

- Onlayn Kurslar yaratish: Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko'p. Udemy, Educative.io, testdriven.io, gumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.

- Open Source: Agar sizda ko'pchilik foydalanadigan Open Source proyektingiz bo'lsa Github Sponsors va Patreonga o'xshagan platformalar orqali sponsorlar va donat qiladiganlarni topishingiz mumkin.

@jakhonrakhmon
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Python yaxshimi yoki Golang yaxshimi?

Bunday savollar faqat har bir millisekund muhim bo'lgan produktlarda o'rinli. Mana Discordning holatini o'qib chiqing: https://discord.com/blog/why-discord-is-switching-from-go-to-rust

Goda yozilgan ekan bir servisi. Zo'r yozganmiz deyapti. Lekin Go tilining "Garbage Collector"i o'ziga hos ishlagani uchun Discordga to'g'ri kelmabdi. Ba'zida shu sababli sekinlashish kuzatilibdi. Shuning uchun Godan Rustga o'tishibdi.

Siz oddiygina API yozasizmi? Sizda hali millionlab foydalanuvchilar yo'qmi? Qaysi tilni jamoangiz yaxshi bilsa o'sha tilni tanlang. Bu PHP bo'ladimi, JavaScript bo'ladimi, Python bo'ladimi, Golang bo'ladimi...farqi yo'q.

@jakhonrakhmon
Forwarded from MJ
Izohlarda bir savol berishdi: kursda o'rganish va mutaxassisga shogird tushib o'rganishning qanday farqlari bor?

Javobi audioxabarda.
Forwarded from MJ Chat