Forwarded from Far·hod·jon
Clubhouse chiqqanidan keyin hamma shoshilib qoldi. Ikkala katta ijtimoiy tarmoqlar — Facebook ham, Twitter ham raqobatchisini chiqarmoqchi.
Lekin Telegram ulgurdi birinchi. Bugungi chiqqan versiyasidan boshlab, avval guruhlarda ishlatish mumkin bo’lgan ovoz chatlarni engi kanallarga ham qo’shish mumkin. Xuddi Clubhouse’dagidek tinglovchilar ham “qo’l ko’tarib” suhbatda ishtirok eta oladi.
Yana yaxshi tarafi (va bu podkastlarga katta zarar yetkazishi mumkin): shu ovoz chatlarni yozib qoldirish mumkin.
Asosiysi, Android foydalanuvchilari ham baxtli endi.
https://telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids
#telegram

Telegram
Voice Chats 2.0: Channels, Millions of Listeners, Recorded Chats, Admin Tools
Voice Chats first appeared in December, adding a new dimension of live talk to Telegram groups. Starting today, they become available in channels too – and there are no more limits on the number of participants. This update also brings recordable voice chats…
Talaba ukamga tavsiyalar
Tibbiyot va boshqa yo'nalishlarda o'qiyotgan.
O'zi aslida o'qishga kirishdan avval 1 yil tanaffus olib, maqsadlaringni aniqlashtirib olishing kerak edi. Kirishga kirib bo'lding. 2 hafta o'tdi va universitet sen o'ylagan narsa emasligini tushunib yetding. Hatto Garvardga kirganlarda ham shunday bo'ladi, hech qisi yo'q.
Siqilma. Borgan har bir joyingda o'qishingni yomonlab yurishni bas qil. Hammasi o'z qo'lingda hali ham. Universitet haqida aytgandim, uning vazifasi ta'lim berish emas, bilimlarni sistemalash, intizomga o'rgatish va fikrdoshlar bilan tanishish.
Ishlashni boshla. 2-kursni o'zidan. Xohlasang universitetni o'zida. Yoki kursdoshlaring bilan biznesda. Yoki biror bir tashkilotda. Tibbiyot sohasida o'qiyotgan bo'lsang, aptekaga sotuvchilikka emas, reanimatsiya bo'limiga navbatchilikka joylash. Oson yo'llarni izlama, o'zing rahmat deysan hali.
Meni vazifam o'qishku? Ishlab nima qilaman dema. Bitirib borganingda 10 ta joydan 8 tasi tajriba so'raydi. Studentlarda tajriba yo'qligini kechirishadi. Bitiruvchilarda esa yo'q.
Patogingdagi Nozimaga so'lagingni oqizishni bas qil. Qizlarga sarf qilayotgan (qilmoqchi bo'lgan) vaqtingni yarmini Ilm olish, til o'rganish va shaxsiy rivojlanishga sarfla. Qizlar uni rasmini yotvolib tomosha qiladigan macho bo'lmassan, lekin turmushga chiqishga kelganda hammasi seni va senga o'xshagan yigitlarni kutishadi.
Magistraturaga chet elga ketmoqchisan. Bu yaxshi. Lekin ketolmay qolsang depressiyaga tushib qolmasliging uchun o'z yurtingdagi o'qish/ishga ham bor mehringni ber. Mevasi albatta shirin bo'ladi.
P.S.
Maqola qiz bolalarga ham ishlayveradi. Ukam degan joyini singlim, Nozima degan joyini Nozim deb o'qilsa kifoya.
manba:@azizrakhimov_blog

T-shakldagi bilim
Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik.
Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa, bu odamning bilimi “I-shaped” — I-shakldagi deyiladi. Chunki bilimning darajasi I harfini eslatadi.
Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq bilimga ega bo’lsa va birortasida ham ekspert bo’lmasa, unda uning bilimi “dash-shaped” — chiziq shaklidagi (“dash” — chiziqcha) deyiladi.
Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq, lekin shulardan bittasi kuchli ekspert bo’lsa, unda bu bilim — “T-shaped” (T-shakldagi). Chunki yuqoridagi ikkita xususiyatni birlashtirgan hisoblanadi.
Komanda boshida tashkil qilinayotgan T-shakldagi odamlarning o’rni muhim: biror ishni turli tomondan qarab chiqishga yetarli bilim bor va frontend/backend/QA/design kommunikatsiyasi uchun uzoq vaqt ketmaydi. Ya’ni, komanda tezroq harakat qiladi.
Bu mavzuda o’qish uchun ikkita maqolani tavsiya qilaman:
- Why T-shaped people?
- How to develop T-shaped people
Mavzuga chuqurroq kirilsa, E/M/V/X/π shakldagi odamlar haqida ham o’rganish mumkin.
manba:https://t.me/FarLives

Medium
Why T-shaped people?
A T-shaped person is capable in many things and expert in, at least, one.
Ramazonov Murodkhon (Virtual Coding)
Talaba ukamga tavsiyalar Tibbiyot va boshqa yo'nalishlarda o'qiyotgan. O'zi aslida o'qishga kirishdan avval 1 yil tanaffus olib, maqsadlaringni aniqlashtirib olishing kerak edi. Kirishga kirib bo'lding. 2 hafta o'tdi va universitet sen o'ylagan narsa emasligini…
Shunga o’xshash tushunchani bir paytlar Nikolay Toverovskiy qiziq shaklda bergandi: mutaxassisning mahoratlarini (skills) sakkizoyoqning oyoqlariga o’xshatishgan.
Mutaxassis rivojlantirgan mahoratlariga qarab sakkizoyoqning qaysidir oyog’i uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Masalan, dizaynerda: topshiriqlarni bajarish, loyihalarni yuritish, interfeyslarni loyihalash, tipografika, grafik dizayn va hokazo “oyoqlar” (mahoratlar) uzunroq shakllangan bo’ladi. Art-direktorga esa, qo’shimcha ravishda topshiriqlarni o’tkazish (delegation), muzokalarni olib borish, jasorat kabilar rivojlanishi muhimroq bo’ladi.
https://bureau.ru/bb/soviet/20161013/
Har qanday soha vakillari uchun shunaqa mahoratlar to’plamini tuzish va shuning ustida ishlash mumkin.

Бюро Горбунова
Как организовать личный рост?
Forwarded from Far·hod·jon
Odatda, kod yozish yoki dasturlash bilan shug’ullanish haqida gapirilganda bir qancha vaqt talab qiladigan qiyin qadamlar xayolga keladi. Lekin yildan-yilga kod yozishni boshlash osonlashib boryapti. Yaqinda tanishgan ikkita uskunani (tool) aytib o’tmoqchiman. Ikkalasiyam sohaga kirishni va sohadagi odamlarning ishini juda osonlashtirib beradi.
1. Replit. Shundoq brauzerda kod yozishni va uni ishlatishni boshlab ketaverasiz. IDE (kodni yozadigan muhit) brauzerning o’zida, Google Docs yoki Figma kabi bir nechta odam bir paytda kod yozsa bo’ladi (multiplayer, videosi bu yerda) va chati ham bor. Keyin shu yozilgan kodni Replit’ning bulutida (cloud) bajarish mumkin. Paketlarni o’rnatish va boshqarish ham interfeysda, keyin kichik ma’lumotlar omboriyam beradi.
Yana bir tomoni: GitHub’dan tayyor reponi olib ham ishlatish mumkin va tayyor loyihalar ham mavjud.
Asosiysi, Replit brauzerda bo’lgani uchun eng oddiy kompyuterlar yoki smartfondayam ishlayveradi.
2. Deepnote. Bunisi ma’lumotlarni tahlil qiladiganlar uchun: Data Scientist, Data Analyst va h.k. Bulardayam “multiplayer” bor: bir paytda bir nechta odam birga ishlay oladi. Bular ham o’zlarining bulutini berishadi hisoblash uchun. Va bulardayam, sinab ko’rish uchun tayyor loyihalar bor.
Sohaga shunchaki qiziqayotgan yoki ba’zida ishlab turadigan odamlar endi qanaqadir alohida qimmat kompyuter yig’ishi shartmas.
Bu maqsad uchun Google Colab ham bor, lekin Deepnote qulayroqdek tuyulyapti.
–––––
Shunaqa uskunalar intervyular uchun ham yaxshi: intervyuga kelgan odam o’zining kompyuterida kod ishlaydigan muhitni tayyorlashga vaqt sarflamaydi. Oldindan tayyorlangan loyiha shundoq yuborilishi yetarli.

GPT-3 haqida eshitganlar bordir. Tabiiy tilni qayta ishlaydigan, odamnikiga o’xshagan matnlarni beradigan hozirgi kundagi eng to’liq model. Faqat ingliz tiliga mo’ljallangan lekin. Odamlar shu model orqali yangiliklar, maqolalar, chat-botlar yaratishyapti va ba’zida odamdan farq qilish qiyin (misollar bu yerda). GPT-3’dan foydalanish hozircha faqat taklif yoki Microsoft Azure orqali.
Masalan, manavi blog uchun g’oya generatsiya qiladigan tajribaga “how to learn python” matni berilsa u bunaqa maqola beryapti:
How To Learn Python: Stepby Step With Bootcamp
This Python tutorial is for absolute beginners with no experience in programming whatsoever and no knowledge of Python whatsoever. You’ll learn how to program using Python by following a step-by-step guide. Through hands-on exercises, you’ll start writing code in Python from the very first lesson…
Rus tili uchun esa Sber(bank) ruGPT-3 modelini tayyorlagan. Yuqoridagi GPT-3 asosida qurilgan va rus tilidagi matnlarni davom ettira oladi. GitHub, Habrdagi maqolasi, sinab ko’rish uchun demo. Shu demodan qiziq tajribalar quyida.
>>> An Uzbek developer started implementing
An Uzbek developer started implementing the game, and he is currently working on it - he even has a downloadable game available for that. But there are a lot of problems with it too, like the fact that the game works in two windowed versions, and a third window doesn't fit into the corners. I think he could have adopted the idea of a hex editor, or even a plugin, for Uzbeks who want to use Uz-Syntax.
>>> Узбекские программисты научились
Узбекские программисты научились самостоятельно производить чипы из облученных америций-торий-свинцовых сплавов. По словам исследователей из Карнеги-Меллона, при переработке отходов ядерного топлива получается более дешевая продукция, чем из высокочистых металлов, особенно если ее применить в производстве процессоров.
>>> Узбекистан впервые в мире
Узбекистан впервые в мире спустил на воду мини-субмарину "Марса". Создатель проекта крупнейшего в мире подводного беспилотника израильский конструктор Ифтах Зохар рассказал в эксклюзивном интервью корреспонденту "Вестника Мордовии". "Узбекская компания "Сяхыл" успешно провела пробные погружения для работы над созданием подводного транспортного средства "Марс".
Qiziq dunyoda yashayapmiz.
#machine_learning

https://www.instagram.com/reel/CN2Ag9gA0ai/?igshid=1a2q15u2b7ftg
free mentor for Mern developer
Want to find out if a picture has been Photoshopped ?
This is an interesting website that will help you find out if anyone has made alterations to a picture. There are also some tutorials on there so you can better learn how to figure out what’s been photoshopped and what hasn’t been. It’s best to use this site with the original picture.
http://fotoforensics.com

Forwarded from Khumoyun Codes
Salom do’stlar, bir necha kun oldin bo'lib o'tgan EPAM kompaniyasi bilan interviewdan savollarni sizlar bilan ulashmoqchiman:
Interview haqida qisqacha:
Interview tili: Rus & Ingiliz
Kompaniya: EPAM Systems
Kompaniya lokatsiyasi: USA
Kandidat: Khumoyun Inoyatov
Pozitysiya: Middle Frontend Developer
Stack: React, Redux
Vaqt: 1 soat 30 daqiqa
JavaScript:
- JavaScript qanday ma’lumot turlari (data type) mavjud?
- null va undefined ham ma'lumot turlariga kiradimi?
-
- hoisting haqida ma'lumot bering
- hoistingda temporary dead zone tushunchasi nima?
-
- o'qli funksiya (arrow function) va oddiy functionni farqi nimada?
- JavaScriptda
-
-
- call, bind, apply metodlarini farqi nimada?
- JavaScriptda
- Sahifa addressini olish uchun Window global obyektini qaysi xususiyatidan foydalaniladi?
- JavaScriptda DOM dagi elementlarni olish uchun qanday metodlar mavjud?
-
React:
- Reactda qanday komponent turlari mavjud?
- Class kompoentlar bilan qanday ishlanadi?
- Class komponentlarda qanday hayot sikli metodlarini bilasiz?
- Hayot sikli metodlari funksional komponentlarda qanday ishlatilinadi?
- Reactda Virtual DOM haqida ma'lumot bering
-
- Funksional komponent va class komponentlarda state yozilishi farqi nimada?
- Reactda
- Reactda formalar bilan qanday ishlagansiz?
-
-
Amaliy savollar:
- JavaScriptda array ichidagi sonlarni qo’shish funksiyasini yozib bering
- JavaScriptda ikkita obyektni solishtirish funksiyasini yozib bering
- JavaScriptda ichma ich joylashgan obyektlarni solishtirib berish funksiyasini yozib bering
- Arrays in array strukturasidagi ma'lumotni array of object strukturasiga o'tkazuvchi funksiya yozib bering
e.g. “Khumoyun”, “Inoyatov”, … “Maqsud”, “Karimov” => {firstname: “Khumoyun”, lastName: “Inoyatov”}, ... {firstname: “Maqsud”, lastName: “Karimov”},
- obyekt ichidagi metodni turini oddiy funksiyadan o’qli funksiyaga o’zgartirganda this o’zgaradimi yo’qmi, ko’rsatib bering
- Reactda kinoportaldan ma’lumot olib uni domga chiqarib beruvchi komponent yozib bering (API ga yo’nalish berilgan)
Software Development Process:
- Code review nima, ishlagan joyingizda code review jarayoni bo’lganmi, o’zingiz code review qilganmisz?
- Dasturlashda kod yozish amaliyotini yaxshilash uchun qanday prinsip (KISS, DRY, SOLID) va qurollar (tool)dan (ESLint, Prettier) foydalanasiz?
- Qanday vazifalarni boshqarish metodologiyalarni (task managent methodologies) bilasiz (Agile, Scrum, Kanban)?
- Ishlagan joyingizda Scrum vazifalar boshqari tizimi qanday tuzilgandi?
Xulosa:
Bu suhbatda duch kelingan eng katta muammo bu hech qaysi kodni ishlatib ko’rmasdan o’zini yozib berish kerakligi bo’ldi. Amaliy savollar qismidagi savollar uchun yozilgan kodni ishlatib ko’ra olmadim va shu qismda qiynaldim.
@khumoyun_codes
Interview haqida qisqacha:
Interview tili: Rus & Ingiliz
Kompaniya: EPAM Systems
Kompaniya lokatsiyasi: USA
Kandidat: Khumoyun Inoyatov
Pozitysiya: Middle Frontend Developer
Stack: React, Redux
Vaqt: 1 soat 30 daqiqa
JavaScript:
- JavaScript qanday ma’lumot turlari (data type) mavjud?
- null va undefined ham ma'lumot turlariga kiradimi?
-
var, let va const orqali o'zgaruvchi e'lon qilishni farqi nimada?- hoisting haqida ma'lumot bering
- hoistingda temporary dead zone tushunchasi nima?
-
Set, Map, WeakSet va WeakMap haqida ma’lumot bering- o'qli funksiya (arrow function) va oddiy functionni farqi nimada?
- JavaScriptda
context deb nimaga aytiladi?-
this kalit so'zi va uni ishlatilishi haqida ma’lumot bering-
__proto__ va prototype ni haqida ma'lumot bering va farqini ayting- call, bind, apply metodlarini farqi nimada?
- JavaScriptda
Window global obyektida qanday xususiyatlar mavjud?- Sahifa addressini olish uchun Window global obyektini qaysi xususiyatidan foydalaniladi?
- JavaScriptda DOM dagi elementlarni olish uchun qanday metodlar mavjud?
-
getElementById va getElementsByClassName ni farqi nimada?React:
- Reactda qanday komponent turlari mavjud?
- Class kompoentlar bilan qanday ishlanadi?
- Class komponentlarda qanday hayot sikli metodlarini bilasiz?
- Hayot sikli metodlari funksional komponentlarda qanday ishlatilinadi?
- Reactda Virtual DOM haqida ma'lumot bering
-
state va props ni farqi nimada?- Funksional komponent va class komponentlarda state yozilishi farqi nimada?
- Reactda
Context tushunchasi nima?- Reactda formalar bilan qanday ishlagansiz?
-
controlled va uncontrolled componentlar haqida ma'lumot bering?-
useRef dan qanday foydalaniladi?Amaliy savollar:
- JavaScriptda array ichidagi sonlarni qo’shish funksiyasini yozib bering
- JavaScriptda ikkita obyektni solishtirish funksiyasini yozib bering
- JavaScriptda ichma ich joylashgan obyektlarni solishtirib berish funksiyasini yozib bering
- Arrays in array strukturasidagi ma'lumotni array of object strukturasiga o'tkazuvchi funksiya yozib bering
e.g. “Khumoyun”, “Inoyatov”, … “Maqsud”, “Karimov” => {firstname: “Khumoyun”, lastName: “Inoyatov”}, ... {firstname: “Maqsud”, lastName: “Karimov”},
- obyekt ichidagi metodni turini oddiy funksiyadan o’qli funksiyaga o’zgartirganda this o’zgaradimi yo’qmi, ko’rsatib bering
- Reactda kinoportaldan ma’lumot olib uni domga chiqarib beruvchi komponent yozib bering (API ga yo’nalish berilgan)
Software Development Process:
- Code review nima, ishlagan joyingizda code review jarayoni bo’lganmi, o’zingiz code review qilganmisz?
- Dasturlashda kod yozish amaliyotini yaxshilash uchun qanday prinsip (KISS, DRY, SOLID) va qurollar (tool)dan (ESLint, Prettier) foydalanasiz?
- Qanday vazifalarni boshqarish metodologiyalarni (task managent methodologies) bilasiz (Agile, Scrum, Kanban)?
- Ishlagan joyingizda Scrum vazifalar boshqari tizimi qanday tuzilgandi?
Xulosa:
Bu suhbatda duch kelingan eng katta muammo bu hech qaysi kodni ishlatib ko’rmasdan o’zini yozib berish kerakligi bo’ldi. Amaliy savollar qismidagi savollar uchun yozilgan kodni ishlatib ko’ra olmadim va shu qismda qiynaldim.
@khumoyun_codes
Forwarded from MJ
Dasturlash hammaga ham emas.
Dasturlashni o'rganayotganda har kuni yangi narsalarni ko'rib odam "bu sohada zerikmasam kerak" deb o'ylaydi. Lekin bu ham boshqalarga o'xshagan bir kasb - takrorlanuvchi, zeriktiruvchi ishlar ham bo'ladi.
Har doim ham dasturchi o'ta ko'p summada oylik olmasligi mumkin.
Dasturchi bel va ko'z bilan bog'liq sog'liqdagi muammolarga uchrashi ehtimoli kattaroq.
O'quv markazlari o'quvchilarni uzogi' bilan junior darajasigacha olib chiqishi mumkin. Agar o'quvchi intiluvchan bo'lsa. Davomi endi o'quvchining o'z sarguzashti bo'ladi.
"Videokurs, o'quv kursni bir amallab tugatib olsam, demak, ishli bo'lar ekanman" - xato. Sustkashlik qilayotgan o'quvchini darslardan ertaroq ketkazilishi ham menga, ham o'quvchining o'ziga foydali.
Dasturchi eng muhim, salmoqli tajribani ish joyida oladi, ish joyida tezroq o'rganadi. Lekin bu uning fundamental bilimlarni puxta o'rganib keyin ishga chiqishi kerak degan fikrni bekor qilmaydi.
Dasturchi kod yoz olishi - uning bilishi kerak bo'lgan narsalarning bir uchigina, xolos. Undan boshqa soft skillarda ham yaxshi bo'lishi kerak.
Yozishmalar odobi, madaniyatini dasturchi bilishi shart.
"Bilmadim. Mavzuga umuman tushunmadim. O'rgana olmayapman" - absurd. 100 foiz mavzuni to'lig'icha tushuna olmaslik juda noodatiy holat. O'quvchi mavzuning qaysidir qismini tushungan bo'ladi. Mavzudan aynan qaysi nuqtani tushunmayotganini yozib olishi, o'qituvchi "umuman tushunmadim" degan o'quvchini yo'naltiruvchi savollar bilan aynan nimani o'rganishda qiynalayotganini bilib olishi kerak.
O'quv kurslardan keyin super-puper texnologiyalarni o'rganib, ommada ko'p marta nomi eslanadigan o'quvchilar - istisno. Bu o'quvchilar odatda oldindan o'zi o'rganishga qobiliyatli, qiziquvchan va tajribali bo'lishadi. O'qituvchi ular uchun mavzularni tartiblab beruvchi, kerak paytda "o'ngga" yoki "chapga" deb yo'naltirib turuvchi bo'la oladi.

Forwarded from Programming ∀
Shu o'rinda ushbu postga qo'shimcha fikrlarimni ham etib o'tmoqchiman. Har qanday ilmni o'rganish jarayonida birqancha aniq prinsplarni qo'yib olishni va shularga amal qilishni tavsiya etaman misol tariqasida o'zim qo'ygan prinsplarni bazilarini etib ketaman
1. O'rganganimni hayotga tadbiq qilish.
2. O'zim uchun vaqt ajratish va doimo o'z ustimda ishlash
3. Doimo maqsadlarimga yarasha harakat qilish. Bu yo'lda boshqa yo'llarga kirmaslik. (Yani moddiyat ham iltimos ham boshqasi ham o'tmaydi. Hechkim maqsadimdan chalg'ita olmaydi va yo'limdan to'xtata olmaydi so'ngi nafasimgacha toki erishmagunchimcha oxiirgacha.... Ohiri esa Allahdan)
4. Mobodo hammasi teskarisiga o'zgarib ketganda ham doimo oldinga yurish (Kerak bo'lsa oqimga qarshi suzish )) )
5. Maqsadga yetish uchun boshqa prinsplarimga ham amal qilish. (Aytaylik birorta diynimga yoki hulqimga to'g'ri kelmaydigan loyiha taklif qilindi loyihada juda zor tajriba va daromat olsa bo'ladi. Ammo mani prinsplarimga bu to'g'ri kelmasa tamom o'ylab o'tirmay rad etaman)
6. Har bir imkoniyatdan maksemal foydalanish va tavakkaldan umuman qorqmaslik. Biror imkoniyat bo'lsa osha narsaga o'zim ishonsamu ammo boshqalar ishonmasa manga qizig'i yo'q )). Tavakkal qilib sababini qilaman. Agar shu narsa o'xshasaham teskarisi bo'lsa ham bu barbir manga manfatli bo'lishiga ishonaman yani har qanday holatga rozi bo'laman.
Bu prinsplar hammasi avvalidan bo'lmagan bazilari vaqt o'tib shakillangan. Umuman olganda har bir inson hayotda yo'lini tanlashdan oldin maqsadini va shunga muofiq xarakatlarini belgilab olishi kerak.
Biror kishi Dasturlashni o'rganaman deb birnecha yildan beri yuriptiyu ammo boshqa ish bilan shug'ulanmoqda...
Bunday holatda u kishiga dasturlash armon bo'lish extimoli afsuski ko'proq. Qisqasi jon bermasang jonona qayda )))

Forwarded from Aziz Rahimov
Krizis paytida nima qilish kerak
Ikkita ishda ishlash shart emas!
Iqtisodiyot endi oldingidek emas. Butun dunyo 1-2 yilga chuqur inqirozga qarab ketyapti. Agar sen niqob yoki antiseptik sotmagan bo’lsang demak moliyaviy ahvoling yomonlashgan bo’lishi mumkin.
Xo’sh nima qilsa bo’ladi?
Ikkita ishda ishlashga shoshilma. Agar bosib qo’ygan puling (yoki поддержка qilib turadigan ota-onang) bo’lsa umuman ishlamaganing ma’qul. Sabab: hozir hamma ish qidirib yurgan va kompaniyalarda pul kam paytida ishingga munosib oylik olish qiyin kechadi.
Aqlli odam bunday payt o’z ustida ishlashni kuchaytirib yuboradi. Til, dasturchilik, dizayn, buxalteriya, yangi hunar o’rganish bilan band bo’ladi yoki ko’p kitob o’qiydi. Avvalgilari o’tgani kabi bu krizis ham o’tib ketadi Insha Alloh va 1-2 yilda firmalar yana kadrlarni ovlashni boshlab yuborishadi. Shu payt sen yarq etib chiqib kelasan va hammadan ajralib qolasan.
Chunki atrofingdagilar majburlikdan ishga joylashib ketganida, sen o’z ustingda ishlading. Ilm va hunar olding. Pulsizlikka sabr qilding. Endi seni ishga chaqirgan kompaniyani eshigini bemalol tepib kirsang ham yarasho’uradi)
#yangisidanyōqmi turkumidan
@azizrakhimov_blog

Forwarded from TTS Uzbekistan | TTS.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt yo'nalishida stajirovka uchun chet-elga borish shart emas!
AICOM - Sun'iy intellekt hamjamiyati 20ta dasturlash ko'nikmalariga ega yoshlar uchun stajirovka dasturini e'lon qiladi.
Ketma-ketlik bilan tanishing:
1) aicom.uz saytiga kirib amaliyotchilar uchun degan joydan ro'yxatdan o'tasiz
2) 11-Iyundan boshlab sizga aloqaga chiqishlarini kutasiz
Robotics Lab, TISS va TTS Uzbekistan kompaniyalari o'z yo'nalishlari bo'yicha tanlab bo'lganlaridan keyin javoblar e'lon qilinadi.
AICOM barchaga omad tilab qoladi👋
Sun'iy intellekt hamjamiyatiga qo'shilish: @aicomuz

Forwarded from Frank ⚫
Assalom Aleykum hammaga👋🏻✌🏻
Bizda yangi loyiha ochilishi munosabati bilan quyidagi yo'nalishlarga kamida 1 yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxasislar tanlab olinmoqda:
-Android Developer
-Web designer (UI/UX, Canva, Avacode master)
-Full stack developer
-Frontend developer
-Backend Developer
-CMS developer (Tilda,Bitrix24,Bubble,)
-Dropshipping platforms master (Shopify,Zenma,Aliexpress affiliates)
-SMM,Accaount Manager, SMM assist
Ushbu yo'nalish bo'yicha o'z shogirdini yetishtirish va o'z biznes komandasini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan barcha yoshlar, xususan Turinian developerlar ishga taklif qilinadi
Oylik 300$ - 500$ umumiy o'rtacha qiymatda. Ish vaqti: sizga va bizga ma'qul bo'lgan kun va ma'qul bo'gan soat . Batafsil suhbat asosida kelishiladi.
Qiziqgan va Ishlashga tayyor bo'lgan har bir inson @developer_f ga murojaat qilishi mumkin. Hurmat bilan Frank va uning jamoasi✊🏻