Forwarded from Raqamli marketing
Endi Telegramda ham jonli podkastlar eshitamiz
🎙 Ovozli format tobora trendga aylanib borayotgan bir vaqtda, Telegram messenjerining beta versiyasida koʻplab qulayliklar qatorida mazkur formatga mos funksiyalar ham taqdim etildi.
🧑🏻💻 Gap shundaki, endilikda sevimli messenjerimizda translyatsiya guruhlari tashkil etish imkoni paydo boʻladi. Bu guruh cheksiz koʻp aʼzolarga ega boʻlishi mumkin, ammo unda faqatgina adminlar xabar yozish imkoniga ega boʻladilar. Kanaldan farqli oʻlaroq, xabarlarda ularni joylashtirgan mualliflarning nomlari mavjud boʻladi.
🙋♂️ Bundan tashqari, siz jonli efirda ovozli suhbatni boshlashingiz mumkin, ammo undagi aloqa faqat guruh egalari uchun mavjud bo'ladi. Doimiy ishtirokchi munozaraga qoʻshilishi mumkin, ammo nazorat huquqiga ega boʻlgan adminlar unga bunday imkoniyatni taqdim etmasligi ham mumkin.
P/S: Funksiya barchada ishlay boshlaganda, Ayfonchilar ClubHouseʼda suhbatlashsa, biz Androidchilar Telegramda podkastlar uyushtiramiz🥳
📲 @raqamlimarketing

Forwarded from Marketing bo'limi
Google qidiruv tizimidan kim foydalanyabdi?
Men google'dan borgan sari kamroq foydalanayotganimni sezib qoldim. Ya'ni googleda hamma narsani topish mumkin degan tushuncha yoqolib bormoqda, go’yo. Faqat mahsulot kerak bo’lsa qidiraman.
Chunki endi ma'lumotlar faqat yozuv ko'rinishida emas, balki foto va video ko'rinishida tarqalmoqda. Tiktok, Instagramlarda tonnalab foydali ma'lumotlar saqlanadi, ammo ularni googleda qidirib topa olmaysiz.
Shu bilan birga, instagram va tiktokda ham so'z orqali qidiruv qilib bo'lmaydi. Hozir ijtimoiy tarmoqda qidiruv amalga oshirsangiz, siz yoki biron foydalanuvchi, yoki biron guruhni izlayabsiz deb o’ylaydi. Ana shu muammoning yo’lini topib, ijtimoiy tarmoqning o’zida kerakli ma’lumotlarni so’zlar orqali topish imkoni kiritilsa yaxshi bo'lardi.
Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi

Forwarded from Sariq Dev
Wakatime — Googlening sobiq dasturchilaridan o'z samaradorligingizni nazorat qilish uchun ajoyib hizmat.
Wakatime dasturlash muhitiga plagin sifatida o'rnatiladi, va kun davomida necha soat kod yozdingiz, qaysi loyihalar va dasturlar ustida ishladingiz, qaysi fayllarga o'zgartirish kiritdingiz saqlab boradi. Kunlik va haftalik tahlilni esa chiroyli grafiklar ko'rinishida ko'rsatadi.
Yana bir qiziq jihati, hizmat yordamida hamkasblar yoki boshqa dasturchilar bilan kim ko'p yozishda "bellashish" mumkin.
Wakatime Leaderboards sahifasida haftaning eng faol dasturchilari ro'yxati, necha soat ishlagani va qaysi dasturlash tillaridan foydalanishini ko'rishingiz mumkin.
Plagin deyarli barcha dasturlash muhitlari bilan ishlaydi.

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi sifatida pul topish yo'llari
Oylik bu pul topishning yagoni usuli emas. Ayniqsa dasturchi sifatida, sizda daromadingizni ko'paytirish uchun juda ham ko'p yo'llar mavjud. Bu postda shu usullar haqida o'rganasiz.
- Ish yoki freenalcerlik qilish: Eng ko'p ucharydigan usul bu biror bir korxonada ish topish yoki freelancerlik qilish. Deyarli hamma baribir karyerasi davomida shu yo'ldan foydalanadi.
- Digital mahsulotlar sotish: Bunday mahsulotlarga har xil pluginlar, componentlar, temalar kirishi mumkin. Masalan, yaxshi wordpress themalarini $50 dan $100 atrofida sotishingiz mumkin: https://wordpress.com/themes/premium
- SaaS (Software as a Service) qurish: Ya'ni, boshqalar foydalana oladigan and pul to'lashga rozi bo'ladigan kichik bir mahsulot yaratish. Masalan, https://www.copy.ai/ marketingga bog'liq tekstlarni avtomatik tarzda yozib beruvchi mahsulot. Yoki https://builtwith.com/ kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma'lumot beruvchi mahsulot. Ikkalasini ham ishlatadiganlar oyiga yoki yiliga pul to'laydi.
- Blog yuritish: Agar ko'plar o'qiydigan blog yarata olsangiz, reklamar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo'ladi. Yoki realpython.com ga o'xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz, ular sizga har bir post uchun $200-$300 atrofida pul to'laydi.
- Onlayn Kurslar yaratish: Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko'p. Udemy, Educative.io, testdriven.io, gumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.
- Open Source: Agar sizda ko'pchilik foydalanadigan Open Source proyektingiz bo'lsa Github Sponsors va Patreonga o'xshagan platformalar orqali sponsorlar va donat qiladiganlarni topishingiz mumkin.
Yana qanday usullar bor?

Ana endi tasavvur qiling! Sizda 2-3ta onlayn kurslaringiz bor. Oyiga ~$500 keltiradi. Blogingiz reklama va boshqalardan yana ~$500 keltiradi.
$1000ga O'zbekistonda bemalol yashasa bo'ladi. Ya'ni siz 24 soat hohlagan ishingiz bilan shug'illanishingiz mumkin.
Mana shu erkinlik!
#freedom
$1000ga O'zbekistonda bemalol yashasa bo'ladi. Ya'ni siz 24 soat hohlagan ishingiz bilan shug'illanishingiz mumkin.
Mana shu erkinlik!
#freedom
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Hayotiy misol. Building Your Own Python Web Framework kursi 2019 Noyabr oyida "ishga tushgan" va o'sha paytdan beri $4.2k olib kelgan.
Boshlang'ich ishdan tashqari, men hech nima qilmaganman.
Ko'p emas, lekin juda yoqimli!

Forwarded from Olimov's blog
Flutterni WEBga endi bemalol stable ishlatish mumkin
Eng asosiy yangiliklardan biri bo'ldi, endi javascriptda qiynalish shart emas
#AskFlutter #FlutterEngage
Flutter Engage LIVE:
👉youtu.be/yll3SNXvQCw
👉@bars222

Buni biznes deyishadi... mi?
Barchamiz DELL kompaniyasining kompyuter olamidagi obro'sidan xabardormiz. Ammo ular dunyo miqyosida shuhrat qozonishdan oldin qilgan xatosidan xabaringiz bormi?
DELL hali hozirgi paytdagidek mashhur bo'lmagan paytlar. Kompyuter bozoriga kirib borishni maqsad qilgan yangi kompaniya. Birinchi navbatda ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni o'ylashadi. Buning uchun ishchi kuchi narxi past mamlakatlarda kompyuterning turli qismlarini yig'ishni reja qilishadi.
Kompyuterni to'liq yig'ish ishlari esa Tayvanda amalga oshishi kerak edi. Tayvanliklar uchun esa bu juda muhim bo'lgan, sababi yangi ish o'rinlari bilan ta'minlanish va biznesda katta tajribalarga ega Garvard mutaxassislaridan ish o'rganish taklifiga kim ham yo'q deydi axir?!
Tayvanliklar nima qilishdi?
Gap shundaki, o‘sha paytda DELL kompaniyasi tayvanliklarni 24 soat ish bilan ta’minlashga yetadigan buyurtmalar bilan ta’minlab bera olmas edi. Arzon ishchi kuchi, bolalar mehnatidan foydalangan Tayvan kompaniyasi uchun 24 soatlik ish kuni muhim edi. Ular ishchilarni ish bilan ta’minlashga majbur edi.
Shunda ular DELL kompyuterlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi uchinchi bir kompaniyaga taklif bilan chiqishadi. Sifati DELL kompyuterlaridan kam bo‘lmagan, lekin narxi ancha arzon noutbuklarni sotish bo‘yicha uchinchi kompaniya bilan shartnoma imzolashadi.
Tushunyapsiz-a? Ya’ni, DELL tayvanliklarga 1000 ta kompyuterga buyurtma berdi, lekin tayvanliklarning 3000 ta kompyuter ishlab chiqarishga salohiyati bor. Xo‘sh, qolgan 2000 ta kompyuterni nima qilish kerak?
Albatta, sotish kerak, lekin DELL bundan xabar topmasligi kerak. Mana shunday qilib dunyo ASUS kompyuterlarini tanishni boshladi.
manba: https://t.me/texnoman

Telegram
Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari
Ushbu kanal Texnoman.uz saytining rasmiy kanali! Texnoman.uz - o'qib, o'rganib, o'rgatib, O'zbekistonda buyuk kelajak uchun Axborot Texnologiyalarini yanada rivojlantirish!
Forwarded from Gʻurbatda Gʻarib
Иш топиш ҳам хотин қидиришга ўхшайди. Иш берувчи талаблари юқори, баландпарвоз. Иш изловчи ҳам ўзини аслидан яхшироқ қилиб кўрсатишга уринади. Ишга киргандан кейин маълум бўладики, унчалик қўрқинчли жой эмас, иш ҳам кутганидан оддий, ўйлаганчалик қийин ҳам эмас .
Қиссадан ҳисса, зоҳирига қараб , " менга бўлмайди, мен мос эмасман " деб чўчиманг. Ишга топшириб кўраверинг, ёки ёқтирган қизингизга оғиз солаверинг, бўлса бўлди, бўлмаса йўқ-да! Осмон узилиб ерга тушармиди? !

Forwarded from Far·hod·jon
Clubhouse chiqqanidan keyin hamma shoshilib qoldi. Ikkala katta ijtimoiy tarmoqlar — Facebook ham, Twitter ham raqobatchisini chiqarmoqchi.
Lekin Telegram ulgurdi birinchi. Bugungi chiqqan versiyasidan boshlab, avval guruhlarda ishlatish mumkin bo’lgan ovoz chatlarni engi kanallarga ham qo’shish mumkin. Xuddi Clubhouse’dagidek tinglovchilar ham “qo’l ko’tarib” suhbatda ishtirok eta oladi.
Yana yaxshi tarafi (va bu podkastlarga katta zarar yetkazishi mumkin): shu ovoz chatlarni yozib qoldirish mumkin.
Asosiysi, Android foydalanuvchilari ham baxtli endi.
https://telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids
#telegram

Voice Chats 2.0: Channels, Millions of Listeners, Recorded Chats, Admin Tools
Voice Chats first appeared in December, adding a new dimension of live talk to Telegram groups. Starting today, they become available in channels too – and there are no more limits on the number of participants. This update also brings recordable voice chats…
Talaba ukamga tavsiyalar
Tibbiyot va boshqa yo'nalishlarda o'qiyotgan.
O'zi aslida o'qishga kirishdan avval 1 yil tanaffus olib, maqsadlaringni aniqlashtirib olishing kerak edi. Kirishga kirib bo'lding. 2 hafta o'tdi va universitet sen o'ylagan narsa emasligini tushunib yetding. Hatto Garvardga kirganlarda ham shunday bo'ladi, hech qisi yo'q.
Siqilma. Borgan har bir joyingda o'qishingni yomonlab yurishni bas qil. Hammasi o'z qo'lingda hali ham. Universitet haqida aytgandim, uning vazifasi ta'lim berish emas, bilimlarni sistemalash, intizomga o'rgatish va fikrdoshlar bilan tanishish.
Ishlashni boshla. 2-kursni o'zidan. Xohlasang universitetni o'zida. Yoki kursdoshlaring bilan biznesda. Yoki biror bir tashkilotda. Tibbiyot sohasida o'qiyotgan bo'lsang, aptekaga sotuvchilikka emas, reanimatsiya bo'limiga navbatchilikka joylash. Oson yo'llarni izlama, o'zing rahmat deysan hali.
Meni vazifam o'qishku? Ishlab nima qilaman dema. Bitirib borganingda 10 ta joydan 8 tasi tajriba so'raydi. Studentlarda tajriba yo'qligini kechirishadi. Bitiruvchilarda esa yo'q.
Patogingdagi Nozimaga so'lagingni oqizishni bas qil. Qizlarga sarf qilayotgan (qilmoqchi bo'lgan) vaqtingni yarmini Ilm olish, til o'rganish va shaxsiy rivojlanishga sarfla. Qizlar uni rasmini yotvolib tomosha qiladigan macho bo'lmassan, lekin turmushga chiqishga kelganda hammasi seni va senga o'xshagan yigitlarni kutishadi.
Magistraturaga chet elga ketmoqchisan. Bu yaxshi. Lekin ketolmay qolsang depressiyaga tushib qolmasliging uchun o'z yurtingdagi o'qish/ishga ham bor mehringni ber. Mevasi albatta shirin bo'ladi.
P.S.
Maqola qiz bolalarga ham ishlayveradi. Ukam degan joyini singlim, Nozima degan joyini Nozim deb o'qilsa kifoya.
manba:@azizrakhimov_blog

T-shakldagi bilim
Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik.
Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa, bu odamning bilimi “I-shaped” — I-shakldagi deyiladi. Chunki bilimning darajasi I harfini eslatadi.
Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq bilimga ega bo’lsa va birortasida ham ekspert bo’lmasa, unda uning bilimi “dash-shaped” — chiziq shaklidagi (“dash” — chiziqcha) deyiladi.
Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq, lekin shulardan bittasi kuchli ekspert bo’lsa, unda bu bilim — “T-shaped” (T-shakldagi). Chunki yuqoridagi ikkita xususiyatni birlashtirgan hisoblanadi.
Komanda boshida tashkil qilinayotgan T-shakldagi odamlarning o’rni muhim: biror ishni turli tomondan qarab chiqishga yetarli bilim bor va frontend/backend/QA/design kommunikatsiyasi uchun uzoq vaqt ketmaydi. Ya’ni, komanda tezroq harakat qiladi.
Bu mavzuda o’qish uchun ikkita maqolani tavsiya qilaman:
- Why T-shaped people?
- How to develop T-shaped people
Mavzuga chuqurroq kirilsa, E/M/V/X/π shakldagi odamlar haqida ham o’rganish mumkin.
manba:https://t.me/FarLives

Medium
Why T-shaped people?
A T-shaped person is capable in many things and expert in, at least, one.
Ramazonov Murodkhon (Virtual Coding)
Talaba ukamga tavsiyalar Tibbiyot va boshqa yo'nalishlarda o'qiyotgan. O'zi aslida o'qishga kirishdan avval 1 yil tanaffus olib, maqsadlaringni aniqlashtirib olishing kerak edi. Kirishga kirib bo'lding. 2 hafta o'tdi va universitet sen o'ylagan narsa emasligini…
Shunga o’xshash tushunchani bir paytlar Nikolay Toverovskiy qiziq shaklda bergandi: mutaxassisning mahoratlarini (skills) sakkizoyoqning oyoqlariga o’xshatishgan.
Mutaxassis rivojlantirgan mahoratlariga qarab sakkizoyoqning qaysidir oyog’i uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Masalan, dizaynerda: topshiriqlarni bajarish, loyihalarni yuritish, interfeyslarni loyihalash, tipografika, grafik dizayn va hokazo “oyoqlar” (mahoratlar) uzunroq shakllangan bo’ladi. Art-direktorga esa, qo’shimcha ravishda topshiriqlarni o’tkazish (delegation), muzokalarni olib borish, jasorat kabilar rivojlanishi muhimroq bo’ladi.
https://bureau.ru/bb/soviet/20161013/
Har qanday soha vakillari uchun shunaqa mahoratlar to’plamini tuzish va shuning ustida ishlash mumkin.

Бюро Горбунова
Как организовать личный рост?
Forwarded from Far·hod·jon
Odatda, kod yozish yoki dasturlash bilan shug’ullanish haqida gapirilganda bir qancha vaqt talab qiladigan qiyin qadamlar xayolga keladi. Lekin yildan-yilga kod yozishni boshlash osonlashib boryapti. Yaqinda tanishgan ikkita uskunani (tool) aytib o’tmoqchiman. Ikkalasiyam sohaga kirishni va sohadagi odamlarning ishini juda osonlashtirib beradi.
1. Replit. Shundoq brauzerda kod yozishni va uni ishlatishni boshlab ketaverasiz. IDE (kodni yozadigan muhit) brauzerning o’zida, Google Docs yoki Figma kabi bir nechta odam bir paytda kod yozsa bo’ladi (multiplayer, videosi bu yerda) va chati ham bor. Keyin shu yozilgan kodni Replit’ning bulutida (cloud) bajarish mumkin. Paketlarni o’rnatish va boshqarish ham interfeysda, keyin kichik ma’lumotlar omboriyam beradi.
Yana bir tomoni: GitHub’dan tayyor reponi olib ham ishlatish mumkin va tayyor loyihalar ham mavjud.
Asosiysi, Replit brauzerda bo’lgani uchun eng oddiy kompyuterlar yoki smartfondayam ishlayveradi.
2. Deepnote. Bunisi ma’lumotlarni tahlil qiladiganlar uchun: Data Scientist, Data Analyst va h.k. Bulardayam “multiplayer” bor: bir paytda bir nechta odam birga ishlay oladi. Bular ham o’zlarining bulutini berishadi hisoblash uchun. Va bulardayam, sinab ko’rish uchun tayyor loyihalar bor.
Sohaga shunchaki qiziqayotgan yoki ba’zida ishlab turadigan odamlar endi qanaqadir alohida qimmat kompyuter yig’ishi shartmas.
Bu maqsad uchun Google Colab ham bor, lekin Deepnote qulayroqdek tuyulyapti.
–––––
Shunaqa uskunalar intervyular uchun ham yaxshi: intervyuga kelgan odam o’zining kompyuterida kod ishlaydigan muhitni tayyorlashga vaqt sarflamaydi. Oldindan tayyorlangan loyiha shundoq yuborilishi yetarli.