Forwarded from Marketing bo'limi
Instagram va TikTok Google qidiruv tizimi hamda xaritasi auditoriyasining bir qismini “tortib olmoqda”
Google top menejerining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar ma’lumot topish uchun qidiruv saytlariga emas, Instagram va TikTok’ka murojaat qilmoqda. Bu haqda “TechCrunch”ga tayanib, “Vc.ru” xabar berdi.
Top menejer Prabxakar Ragxavaning kompaniyaning tahlillari natijasidan ma’lum qilishicha, yoshlarning 40 foizi tushlik uchun joy qidirganda “Qidiruv” yoki “Xarita”ga emas, balki Instagram yoki TikTok’ka kiradi. Ular kalit so‘zlar bilan qidirishdan ko‘ra “yangi usul”ni qo‘llashni afzal ko‘radi.
Xodim tahlillarning natijalari hali ommaga taqdim etilmagani, ammo unda AQSHning 18-24 yoshli fuqarolari qatnashganini qo‘shimcha qilgan.
Bu muhim signal. O‘zbekistondagi ayrim brendlar hattoki tarmoqlardagi sahifalarini normal yuritolmayapti. Google yoki Yandeks xaritasiga o‘zi haqida ma’lumot qo‘shish borasidaku, gapirmasa ham bo‘ladi. Bu amaliyotni qo‘llagunimizcha, yangilari kelyapti.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi

👍2