Ramazonov Murodkhon (Virtual Coding)
3 subscribers
50 photos
13 videos
3 files
94 links
VirtualCoding_uz saytining rasmiy Telegram kanali. Veb dasturlash bo'yicha , maqolalar, tarjimalar. HTML, CSS, JavaScript, React ,Node Js, va boshqalar
Admin - @Murodkhon_27
Download Telegram
Forwarded from Temurning PM Blogi
HADI davri (tsikli) freymvorki haqida eshitganmisiz?
HADI (Hypothesis, Action, Insights, Data) davri gipotezalarni aniq tuzishga va faqatgina biznesni rivojlantirish uchun e’tiborni qaratishga yordam beradi.
1. Hypothesis – Gipotezani yozamiz
2. Action – Gipotezani tekshiramiz
3. Data – Tekshirilgan ma’lumotlarni olamiz
4. Insights – Xulosa chiqaramiz.

Productimizni reklama qilish keysi bo’yicha HADI davri instrumentidan foydalanib ko’ramiz. Demak bizda hozirda ishlayotgan 3 ta reklama turi bor.
- Kontekst reklama (Internet resurlardagi reklama bannerlarimiz) – ushbu reklamadan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 1 000 so’mga tushmoqda.
- Facebookdagi reklamamizdan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 1 800 so’mga tushmoqda.
- Instagramdagi reklamamizdan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 1 600 so’mga tushmoqda.

Keling endi reklamadan yanada foydaliroq foydalanish uchun HADI davri orqali gipotezani tuzib, uni tekshirib ko’ramiz.
Hypothesis (Gipotezani yozamiz) – Telegram kanallarda reklama joylashtirish bizga ancha arzonroqqa tushishi bo’yicha bizda gipoteza paydo bo’ldi.
Action (Gipotezani tekshiramiz) – Gipotezamizni tekshirish uchun telegram kanallarda reklama joylashtiramiz.
Data (Tekshirilgan ma’lumotlarni olamiz) – Telegram kanallarda reklamani joylashtirib bo’lganimizdan keyin natijalarni tekshirib ko’ramiz. Telegram kanallardagi reklamalarimizdan har bir foydalanuvchi saytimizga o’tishi bizga 600 so’mga tushdi.
Insights (Xulosa chiqaramiz) – Hamma reklamalarimizni xarajatlarini bir-biri bilan solishtirganimizda ko’rib turibmizki Telegram kanallarda reklama joylashtirish bizga ancha arzonga tushmoqda. Demak bizning gipotezamiz tasdiqlandi!

HADI davri orqali xoxlagan gipotezamizni tekshirib ko’rishimiz mumkin, faqatgina uni to’g’ri tekshira olsak bo’ldi!

HADI davrini tez o’sish uchun yangi ish boshlayotganlar yoki ishlab kelayotgan kompaniyalar yangi productni tezda ishga tushirish uchun foydalanish mumkin.

#uz
Kelajak bu hozirgi zamon ekanligi haqida
January 9, 2022
Bugun Shvetsiya gazetalarida bir xabar tarqaldi. Unga ko’ra Shvetsiyaning g’arbiy qismida joylashga bir kichik shaharda 71 yoshli amaki qor kurayotgan vaqtida yuragi yomon bo’lib yiqilib tushadi. Haligi amaki hudoga yoqadigan ishlar ko’p qilgan shekilli, shu payt uni yiqilib tushganini Mustafo Ali degan bir inson ko’rib qoladi. Taqdirni qarangki Mustafo kasbi shifokor ekan va tungi navbatchilikka ketayotgan ekan. Birinchi yordam berish qoidasiga ko’ra yurakni massaj qilish bilan birgalikda inson atrofdagilarga xabar berishi va kimdandir 112 telefoniga qo’ng’iroq qilishi shart. Agar atrofda hech kim bo’lmasa massaj qilish vaqtida o’zi qilishi kerak. 

Amakini uyida qor kurayotgan emasmidi, xotini yugurib chiqadi va Mustafo aytganini qilib 112 ga qo’ng’iroq qiladi. Mustafo tez yordam markazi bilan gaplashadi va vaziyatni tezda tushuntiradi. Oradan uch daqiqa o’tmasdan osmondan vertolyot ovozi eshitiladi, lekin uni ovozi vertolyotnikidan ancha past edi. Mustafo tepaga qarasa katta dron nimadir olib kepti. Yaxshilab qarasa ”qayta tiriltirish” uchun ishlatiladigan apparat - defibrilyator ekan. Mustafo haligini ulaydi va amaki hayotini saqlab qoladi.

Defibrilyator yurak xurujida o’z vaqtida ishlatsa bemor hayotini saqlab qolsihda juda katta ahamiyatga ega. Bunday holatda har bir daqiqa muhim. 

Aytishlaricha bunday dron xizmati hozir test rejimida ekan va hozirgacha real bemorlarga 12 marta jo’natishipti. Aksar holatlarda tez yordam mashinasidan oldin yetib kelgan. 

Kecha o’yinchoq deb qaralgan uskuna bugun insonlar hayotini saqlab qolyapti. Har qanday texnologiyani ijobiy jihatidan foydalansa bo’ladi.
Forwarded from Avlo Podcast
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ustoz-shogird” an’anasi unutilmasligi kerak

Ko‘pchilik eng kuchli IT mutaxassisi kimligiga qiziqadi. Javob oddiy. Eng kuchli IT mutaxassisi bir paytning o‘zida ham o‘rgatuvchi, ham o‘rganuvchi kishidir. Bunda “ustoz-shogird” an’anasi juda muhim.

🎙 Loyihamiz mehmoni, “Project Managers” asoschisi Alisher Tojiyev bilan muhim va dolzarb savollarga javob izladik.

👉 https://youtu.be/sJwrA57kyvU

Toʻliq suhbat juma kuni YouTube kanalimizda.
Сен халиям 5 курсда практика қилиб юрганингда, синфдошинг программалаштиришни ўрганиб 1000 долдирдан топяпти.



Ома, бир томондан уларга катетер қўя оладиган фақат сенсан.
Keyboard shortcut in windows
SHift + windows + s screenshot
Forwarded from Bexruz - IT blog
Dasturchilar qayerdan ish izlashadi?

O'zbekiston sharoitidagi IT mutaxassislar uchun ish izlash platformalari bilan tanishing:

-IT Jobs Uzbekistan - Telegram
-IT Jobs Tashkent - Telegram
-Ustoz Shogird - Telegram
- Uzdev-Jobs - Telegram
- Click jobs - Telegram
- Javascript Jobs - Telegram
- TeamworkUz : Freelance - Telegram
- Tashkent HH
- olx.uz
- Rabota.uz
- It Market uz

Manba: Registan IT

@bexruz_ru
IT and WAR
Urushning IT ga ta'siri
#podcast

Birinchi bor podcast chiqarishga qaror qildim. Kamchiliklar bo'lsa meni ma'zur tutasiz. Podcast mavsuzi xozirgi urush holatining IT sohasiga ta'siri qanchalik bo'lishi haqida bo'ladi.

@bexruz_ru
Audio
Podkastimizning navbatdagi epizodi Telegramda online yozildi. Bugun Ukrainadagi urush, Rossiyaga sanksiyalar, iqtisodiyotimiz uchun salbiy ta’siri, aslida qanday sohalarda iqtisodiyotimiz uchun kutilmagan ijobiy turtki bo’lishi mumkinligi va qo’ldan boy berilgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdik. Tinglang, ulashing, izoh bering.

Har doimgidek, eshitish va obuna bo’lish uchun:
Podbean (veb sayt), Spotify, Yandex, Stitcher

@uzbekonomics
@iqtisodchi_kundaligi
Qiziqarli ish, qiziqarli odamlar

Daromading ko’payganidan keyin pul sen o’ylaganchalik muhim emasligini tushunib qolasan. Qancha berishlari emas, ishning qanchalik qiziqligi muhim bo’ladi sen uchun.

Puling ko’paygach tanishlaring ko’payadi. Hammaga ham vaqt ajrata olmay qolasan. Qiziqarli odamlar uchun esa vaqt ajratging kelaveradi. Kim bo’lsa ham.

Demak…

Puling yo’q paytida ham qiziqarli odamlar bilan, qiziqarli loyihalarni boshlashga harakat qilaver. Shunda puling ko’payganda hech nimani almashtirmaysan. Kelajakdagi afsuslar o’rnini, o’tmishga bo’lgan rahmatlar egallaydi.

@azizrakhimov_blog
Nimax maktabi o'z kurslarini bepul ochib qo'ydi

Rossiyaning Nimax maktabi o'zining barcha kurslariga kirishni ochib qo'ydi. VC portali xabar berishicha, Nimax agentligining rahbari Nikita Miheenkov hodisa haqida xabar berib, shunday degan:

"Biz Nimax maktabining tijoriy yo'nalishini yopdik. Sabablari ko'p, foydaga chiqa olmadik, ijtimoiy tarmoqlar bloklanganidan so'ng ayrim kontent Rossiya foydalanuvchilari uchun eskirdi. Fokusni agentlikka qaratish uchun maktabni yopdik, ammo barcha kurslarimizga eshiklarni ochdik"

Quyidagi yo'nalishlarda darsliklar mavjud:
Veb analitika
Saytlarning dizayn konsepsiyasi
Brending. Tizimli yondashuv
Digital PR
Kontent loyihalarda trafik boshqaruvi

Barcha kurslar Nimax YouTube sahifasiga joylashtirilgan.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Тажриба ортиб бориши билан мулжал камаяди ва кабул килиш билан алмашади. Биринчи марта имконият пайдо бўлганда у натижа беришига умид киламиз. Мўлжалларимиз факатгина ўша имкониятга асосланган булади. Иккинчи мартада эса кутаётган натижаларимиз реалликка асосланади. Содир бўлаётган жараёнларни тушуна борамиз ва аста-секинлик билан умидларимизни аникрок башорат қилиш қобилияти ва натижаларни борича қабул қилишга алмаштирамиз. Шу сабабга кўра ҳам энг янги "тезда бойлик ортти риш" ва тез озиш усулларига учиб коламиз. Янги режалар бизга умид багишлайди, чунки ундан нималар кутиш мумкинлигини билишга ёрдам берувчи тажрибамиз йўқ. Умидларимиз ҳеч нарса билан чегараланмагани сабабли янгича ёндашувлар эскиларидан жозибалироқ кўринади. Аристотел айтганидек, "Ёшлар умид килишга мойиллиги учун тез алданиб колади". Балки, бу жумлани "Ёшлар факат умид килгани учун тез алданиб колади", деб айтсак яна ҳам тўғрироқ бўлар. Чунки уларда суяниш мумкин бўлган тажрибанинг ўзи йўқ. Бошланишида факат умид бўлади, холос.
Forwarded from Allaev Uz
Windows-dagi "буфер обмена" haqida...

— Har qanday ma'lumotni nusxalashda u bufer xotiraga o'tadi. Keyinchalik biz uni taniqli CTRL + V tugmasi yordamida joylashtirishimiz mumkin.

— Ushbu usul bilan bog'liq muammo shundaki, faqat oxirgi nusxa ko'chirilgan fragmentdan foydalana olamiz. Buni Windows 11/10 da tuzatish uchun kengaytirilgan "буфер обмена" mavjud.

— Unga kirish uchun WIN + V tugmalarini bosing. Agar birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, "Enable" tugmasini bosib qo'yishni unutmang. Endi nusxalangan ma'lumotlaringiz buferda to'planadi.

Bu bufer xotirada nafaqat matn, balki grafik ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin
Forwarded from Дохтир блоги
Духтирни урганга жазо йўғу, эшшакни урганга 12 сутка.

Эшшакчалик қадри бўлмаган духтирим.