Ramazonov Murodkhon (Virtual Coding)
3 subscribers
50 photos
13 videos
3 files
94 links
VirtualCoding_uz saytining rasmiy Telegram kanali. Veb dasturlash bo'yicha , maqolalar, tarjimalar. HTML, CSS, JavaScript, React ,Node Js, va boshqalar
Admin - @Murodkhon_27
Download Telegram
Forwarded from Alimoff
Нимани яхшироқ биласанг шуни қилишинг кераклиги ҳақида

Жуда кўпчилик одамлар ўзларининг қизиқишлари ва орзулари бўла туриб бошқа соҳаларда ўқишади ёки эрталаб соат 9 дан кеч 6 гача "амаки" учун ишлашади.

Уйга қайтади чарчаб, кейин ўзи севган иш билан шуғулланади вақт топса. Кимдир чеварчилик қилади, кимдир видеоблог кўради, кимдир плейстейшн ўйнайди.

Бу ишларни у ўзининг ишхонасида қилаётган ишидан кўра яхшироқ билади ва севиб қилади...

Так вот, одам ўзи яхши биладиган ва яхши кўрадиган ишини максимал ривожлантириши керак. Ўша ишни асосий касбига айлантира олиши керак. Балки сен так себе врачдурсан лекин Дотани яхши ўйнарсан? Киберспортга марҳамат. Магазинда сотувчисан аммо компни яхши тушунасан? Программистликка марҳамат. Балки сен ажойиб шеърлар ёзарсан ва лекин ўзинг қурилишда ишларсан? Шеърият сени кутяпти.

Хуллас мени тушундинг. Ўзинг биладиган ва қизиқадиган, жамият назарида эса паст статусдаги касбда профессионал бўлиш, пресстиж касбда так себе бўлиб ўртада юришдан афзалроқдир.

Каналга қўшилинг 👉@nurbekalimov
Forwarded from Azim Pulat
Hali ham ko'zingizni yumib kompyuterda yoza olmasangiz, Typing Clubdagi bepul darslar va mashqlar sizga yordam beradi.

typingclub.com

ushbu habarni ko'zimni yumib yozdim :)
Forwarded from FUTBOL TV | RASMIY
Tik Tok Yevro - 2020 musobaqasining rasmiy hamkoriga aylandi.

Hamkorlik doirasida TikTok tematik AR-effektlar, heshteg-chellenjlar, jonli efirlar va rasmiy ovozlardan iborat videolarni joylaydi. UEFA TikTokda rasmiy akkauntini ochadi va unda o‘zining eksklyuziv kontentini e’lon qilib boradi. Ta’kidlanishicha, TikTok Yevropa chempionatining rasmiy hamkoriga aylangan ilk ko‘ngilochar mobil ilova bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevro - 2020 musobaqasi aslida 2020-yilning yozida mintaqaning 12 shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab musobaqa 2021-yilning yoziga qoldirilgandi.


🖥FUTBOLTV rasmiy sahifalari👇

Telegram| Insta| YouTube| Facebook
Forwarded from Nuruddin Blogs
​​Clubhouse nima?

Oxirgi paytlarda internet olamida shu so’z keng tarqalmoqda - Clubhouse. Clubhouse bu faqatgina maxsus taklifnoma bilan kirish mumkin bo’lgan audio-chat asosida qurilgan ijtimoiy tarmoq.

Bu huddi podkastlarni jonli ravishda eshitayotgandek, oddiyroq davralarda esa guruh qo’ngiroqlarini tinglayotgandek tuyuladi.


Clubhouse o’zi yangi ilova bo’lmasada, Elon Musk bu haqda tvit qilgandan keyin yanada mashhurlashib ketti.

Ijtimoiy tarmoqning o’ziga hosligi unga faqatgina kimdir taklif qilsagina qo’shila olasiz va u faqat iOs tizimida ishlaydi.

Clubhouseni twitter kabi mashhur bo’lib ketishini prognoz qilishyapti. Yana kim bilsin.

Batafsil: https://www.businessinsider.com/what-is-clubhouse-app

Rasmda clubhouse ilovasidan skrinshot
Forwarded from Raqamli marketing
Endi Telegramda ham jonli podkastlar eshitamiz

🎙 Ovozli format
tobora trendga aylanib borayotgan bir vaqtda, Telegram messenjerining beta versiyasida koʻplab qulayliklar qatorida mazkur formatga mos funksiyalar ham taqdim etildi.

🧑🏻‍💻 Gap shundaki, endilikda sevimli messenjerimizda translyatsiya guruhlari tashkil etish imkoni paydo boʻladi. Bu guruh cheksiz koʻp aʼzolarga ega boʻlishi mumkin, ammo unda faqatgina adminlar xabar yozish imkoniga ega boʻladilar. Kanaldan farqli oʻlaroq, xabarlarda ularni joylashtirgan mualliflarning nomlari mavjud boʻladi.

🙋‍♂️ Bundan tashqari, siz jonli efirda ovozli suhbatni boshlashingiz mumkin, ammo undagi aloqa faqat guruh egalari uchun mavjud bo'ladi. Doimiy ishtirokchi munozaraga qoʻshilishi mumkin, ammo nazorat huquqiga ega boʻlgan adminlar unga bunday imkoniyatni taqdim etmasligi ham mumkin.

P/S: Funksiya barchada ishlay boshlaganda, Ayfonchilar ClubHouseʼda suhbatlashsa, biz Androidchilar Telegramda podkastlar uyushtiramiz🥳

📲 @raqamlimarketing
Forwarded from Marketing bo'limi
Google qidiruv tizimidan kim foydalanyabdi?

Men google'dan borgan sari kamroq foydalanayotganimni sezib qoldim. Ya'ni googleda hamma narsani topish mumkin degan tushuncha yoqolib bormoqda, go’yo. Faqat mahsulot kerak bo’lsa qidiraman.

Chunki endi ma'lumotlar faqat yozuv ko'rinishida emas, balki foto va video ko'rinishida tarqalmoqda. Tiktok, Instagramlarda tonnalab foydali ma'lumotlar saqlanadi, ammo ularni googleda qidirib topa olmaysiz.

Shu bilan birga, instagram va tiktokda ham so'z orqali qidiruv qilib bo'lmaydi. Hozir ijtimoiy tarmoqda qidiruv amalga oshirsangiz, siz yoki biron foydalanuvchi, yoki biron guruhni izlayabsiz deb o’ylaydi. Ana shu muammoning yo’lini topib, ijtimoiy tarmoqning o’zida kerakli ma’lumotlarni so’zlar orqali topish imkoni kiritilsa yaxshi bo'lardi.

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
Forwarded from Sariq Dev
Wakatime — Googlening sobiq dasturchilaridan o'z samaradorligingizni nazorat qilish uchun ajoyib hizmat.

Wakatime dasturlash muhitiga plagin sifatida o'rnatiladi, va kun davomida necha soat kod yozdingiz, qaysi loyihalar va dasturlar ustida ishladingiz, qaysi fayllarga o'zgartirish kiritdingiz saqlab boradi. Kunlik va haftalik tahlilni esa chiroyli grafiklar ko'rinishida ko'rsatadi.

Yana bir qiziq jihati, hizmat yordamida hamkasblar yoki boshqa dasturchilar bilan kim ko'p yozishda "bellashish" mumkin.

Wakatime Leaderboards sahifasida haftaning eng faol dasturchilari ro'yxati, necha soat ishlagani va qaysi dasturlash tillaridan foydalanishini ko'rishingiz mumkin.

Plagin deyarli barcha dasturlash muhitlari bilan ishlaydi.
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchi sifatida pul topish yo'llari

Oylik bu pul topishning yagoni usuli emas. Ayniqsa dasturchi sifatida, sizda daromadingizni ko'paytirish uchun juda ham ko'p yo'llar mavjud. Bu postda shu usullar haqida o'rganasiz.

- Ish yoki freenalcerlik qilish: Eng ko'p ucharydigan usul bu biror bir korxonada ish topish yoki freelancerlik qilish. Deyarli hamma baribir karyerasi davomida shu yo'ldan foydalanadi.

- Digital mahsulotlar sotish: Bunday mahsulotlarga har xil pluginlar, componentlar, temalar kirishi mumkin. Masalan, yaxshi wordpress themalarini $50 dan $100 atrofida sotishingiz mumkin: https://wordpress.com/themes/premium

- SaaS (Software as a Service) qurish: Ya'ni, boshqalar foydalana oladigan and pul to'lashga rozi bo'ladigan kichik bir mahsulot yaratish. Masalan, https://www.copy.ai/ marketingga bog'liq tekstlarni avtomatik tarzda yozib beruvchi mahsulot. Yoki https://builtwith.com/ kompaniyalar qanaqa texnologiyalar ishlatishi haqida ma'lumot beruvchi mahsulot. Ikkalasini ham ishlatadiganlar oyiga yoki yiliga pul to'laydi.

- Blog yuritish: Agar ko'plar o'qiydigan blog yarata olsangiz, reklamar orqali, affiliate linklar orqali yoki sponsorliklar orqali yaxshigina daromad topsangiz bo'ladi. Yoki realpython.com ga o'xshagan bloglar uchun postlar yozsangiz, ular sizga har bir post uchun $200-$300 atrofida pul to'laydi.

- Onlayn Kurslar yaratish: Hozir kunda onlayn kurslar uchun platformalar juda ham ko'p. Udemy, Educative.io, testdriven.io, gumroad va hokazolar sizga onlayn kursingizni sotishga sharoit yaratib beradi.

- Open Source: Agar sizda ko'pchilik foydalanadigan Open Source proyektingiz bo'lsa Github Sponsors va Patreonga o'xshagan platformalar orqali sponsorlar va donat qiladiganlarni topishingiz mumkin.

Yana qanday usullar bor?
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Ana endi tasavvur qiling! Sizda 2-3ta onlayn kurslaringiz bor. Oyiga ~$500 keltiradi. Blogingiz reklama va boshqalardan yana ~$500 keltiradi.

$1000ga O'zbekistonda bemalol yashasa bo'ladi. Ya'ni siz 24 soat hohlagan ishingiz bilan shug'illanishingiz mumkin.

Mana shu erkinlik!

#freedom
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Hayotiy misol. Building Your Own Python Web Framework kursi 2019 Noyabr oyida "ishga tushgan" va o'sha paytdan beri $4.2k olib kelgan.

Boshlang'ich ishdan tashqari, men hech nima qilmaganman.

Ko'p emas, lekin juda yoqimli!
Forwarded from Olimov's blog
Flutterni WEBga endi bemalol stable ishlatish mumkin

Eng asosiy yangiliklardan biri bo'ldi, endi javascriptda qiynalish shart emas

#AskFlutter #FlutterEngage
Flutter Engage LIVE:
👉youtu.be/yll3SNXvQCw
👉@bars222
Buni biznes deyishadi... mi?

Barchamiz DELL kompaniyasining kompyuter olamidagi obro'sidan xabardormiz. Ammo ular dunyo miqyosida shuhrat qozonishdan oldin qilgan xatosidan xabaringiz bormi?

DELL hali hozirgi paytdagidek mashhur bo'lmagan paytlar. Kompyuter bozoriga kirib borishni maqsad qilgan yangi kompaniya. Birinchi navbatda ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni o'ylashadi. Buning uchun ishchi kuchi narxi past mamlakatlarda kompyuterning turli qismlarini yig'ishni reja qilishadi.

Kompyuterni to'liq yig'ish ishlari esa Tayvanda amalga oshishi kerak edi. Tayvanliklar uchun esa bu juda muhim bo'lgan, sababi yangi ish o'rinlari bilan ta'minlanish va biznesda katta tajribalarga ega Garvard mutaxassislaridan ish o'rganish taklifiga kim ham yo'q deydi axir?!

Tayvanliklar nima qilishdi?

Gap shundaki, o‘sha paytda DELL kompaniyasi tayvanliklarni 24 soat ish bilan ta’minlashga yetadigan buyurtmalar bilan ta’minlab bera olmas edi. Arzon ishchi kuchi, bolalar mehnatidan foydalangan Tayvan kompaniyasi uchun 24 soatlik ish kuni muhim edi. Ular ishchilarni ish bilan ta’minlashga majbur edi.

Shunda ular DELL kompyuterlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi uchinchi bir kompaniyaga taklif bilan chiqishadi. Sifati DELL kompyuterlaridan kam bo‘lmagan, lekin narxi ancha arzon noutbuklarni sotish bo‘yicha uchinchi kompaniya bilan shartnoma imzolashadi.

Tushunyapsiz-a? Ya’ni, DELL tayvanliklarga 1000 ta kompyuterga buyurtma berdi, lekin tayvanliklarning 3000 ta kompyuter ishlab chiqarishga salohiyati bor. Xo‘sh, qolgan 2000 ta kompyuterni nima qilish kerak?

Albatta, sotish kerak, lekin DELL bundan xabar topmasligi kerak. Mana shunday qilib dunyo ASUS kompyuterlarini tanishni boshladi.

manba: https://t.me/texnoman
Forwarded from Gʻurbatda Gʻarib
Иш топиш ҳам хотин қидиришга ўхшайди. Иш берувчи талаблари юқори, баландпарвоз. Иш изловчи ҳам ўзини аслидан яхшироқ қилиб кўрсатишга уринади. Ишга киргандан кейин маълум бўладики, унчалик қўрқинчли жой эмас, иш ҳам кутганидан оддий, ўйлаганчалик қийин ҳам эмас .
Қиссадан ҳисса, зоҳирига қараб , " менга бўлмайди, мен мос эмасман " деб чўчиманг. Ишга топшириб кўраверинг, ёки ёқтирган қизингизга оғиз солаверинг, бўлса бўлди, бўлмаса йўқ-да! Осмон узилиб ерга тушармиди? !