Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
13.2K photos
1.13K videos
72 files
5.35K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
#Bilasizmi

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
_________
#знаете_ли_вы

🟢Доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду, не облагаются налогом на доходы физических лиц.
📗
п.19-1 ст.378 НК

👉
У студентов не требуется наличие электронной цифровой подписи при постановке на учет договоров аренды

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SAVOL: Biz aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisimiz. Agar bugungi kun holatiga 1 milliard 35 million so‘mga elektron hisobvaraq-faktura bersak, qachondan soliq to‘lashning umumbelgilangan rejimiga o‘tib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashimiz kerak?

Oybek Yo‘ldoshev

🔷 JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan, biroq QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilikda belgilangan muddatlarda – ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning boshida QQS to‘lovchisiga aylanadi.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan, biroq QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt QQS bo‘yicha hisobot topshirib belgilangan tartibda QQSni to‘laydi, biroq soliqni hisobga olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bunday huquq faqat QQS guvohnomasini olgandan keyin paydo bo‘ladi.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Talabalar turar joylarni ijaraga olgani uchun soliq to‘lamaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
❇️“Soliq” mobil ilovasi orqali o‘z uylarini ijaraga bermoqchi bo‘lgan ko‘chmas mulk egalari juda oson ijara shartnomalari hisobga qo‘yilishi mumkin.

“Soliq”mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashni unutmang!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#blits_intervyu

SAVOL: Talabalar “Soliq” mobil ilovasi orqali ko‘chmas mulk egalari bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yish mumkinligidan xabardormi?

📲 "Soliq"mobil ilovasining "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Soliqlar – iqtisodiyot tayanchi

🔷 Samarqand viloyati Matbuot uyida “Soliqlar – iqtisodiyot tayanchi!” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔷 Matbuot anjumanida Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Axmedjanov mavzusidan maʼlumot berib, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i stavkalari, ayni paytda soliqlarning undirilishi holatlari xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

🔷 Taʼkidlash lozimki, viloyat bo‘yicha 875 510 nafar mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchisi mavjud. Ayni paytga qadar mol-mulk va yer soliqlaridan 223 471,3 million so‘m undirilishi taʼminlangan. Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida viloyat davlat soliq xizmatining masʼul xodimlariga SAYT dasturi yuklangan 183 ta “P2-SUNMI” qurilmasi taqdim etilgan. Ushbu qurilma orqali mol-mulk va yer soliqlarini naqd pul yoki bank plastik kartochkasida to‘lash imkoniyati mavjud.

🔷 Viloyat bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan jami 444 042,1 million so‘m undirishga hisoblangan. Shundan mol-mulk solig‘i 152 368,78 million so‘mni va yer solig‘i 291 673,30 million so‘mni tashkil etadi. 2022-yil 1-oktabr holatiga viloyat bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan 226 626,4 million so‘m undirildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, mol-mulk va yer solig‘ini uydan chiqmasdan Soliq, Paynet, Payme, Click, Upay, Oson, Anor mobil ilovalari orqali to‘lash imkoniyati mavjud.

🖊 Samarqand viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari 🗓 12-oktabr kuni «Yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslari hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini to‘ldirish» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится 🗓 12 октября на тему «Заполнение налоговой отчетности по земельному налогу, налогу на имущество, за пользование водными ресурсами и недрами».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
ANONIM SO‘ROVNOMA

Hurmatli respondent!

❇️Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-avgustdagi 12/2-330-sonli topshirig‘iga asosan Davlat soliq qo‘mitasining “Ochiq, shaffof va hisobdor qo‘mita” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi qabul qilingan. Shu bois, Sizni soliq organlarida korrupsion holatlarning mavjudligi yuzasidan anonim so‘rovnomada ishtirok etishga taklif etamiz.

Anketa anonim bo‘lib, unda Siz to‘g‘ringizda hech qanday ma’lumot yozish talab etilmaydi. Ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!
1. Siz yashab turgan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan soliq organida korrupsiya darajasini qanday baholagan bo‘lar edingiz ?
Anonymous Poll
12%
a) Yuqori darajada.
17%
b) O‘rta darajada.
9%
с) Past darajada.
63%
d) Korrupsiya holatlari mavjud emas.