Samarqand viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
13.8K photos
1.24K videos
80 files
5.62K links
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi.
Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34
Bot: @dsq_anticorrupciya_bot
📞Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Download Telegram
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

🔷 Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

🔷 Jumladan, bo‘lim xodimlari savdo komplekslari, bozorlar, do‘konlarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini joylashtirmoqda va tadbirkorlik subyektlariga flayerlar tarqatmoqda.

🔷 Targ‘ibot materiallarida soliq idoralari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan korrupsion xatti-harakatlar, tadbirkorlik faoliyatiga sun’iy ravishda to‘sqinlik qilish holatlariga duch kelinsa, Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy org@soliq.uz yelektron pochtasiga, Telegram messenjeridagi @dsq_anticorrupsiya@_botga, 71-244-98-98 va 1198, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining 55-704-16-06 va 55-704-10-34 Ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkinligi aks ettirilgan.

🔷 Tadbirkorlik subyektlari vakillari Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlarining tushuntirish ishlaridan mamnunligini bildirib, bu kabi tadbirlar emin-erkin va qonuniy faoliyat yuritishda muhimligini ta’kidladi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_solig‘i

☝️15-oktabrjismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni!

⚡️Soliq to‘lovchilar o‘z hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini soliq.uz saytidan oson aniqlashi mumkin.

🔹Jismoniy shaxslar ushbu soliqlarni uydan chiqmagan holda Soliq va boshqa mobil ilovalar orqali ham to‘lashlari mumkin.
🟢 Samarqand shahri 4-sektori hududidagi “Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘inida “Qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan ayollar va bolalar bilan ijtimoiy ish asoslari” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan treningda Samarqand shahri 4-sektorining “Ayollar daftari” bo‘yicha ma’sul xodimlari ishtirok etdi. Hududdagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sektorning o‘rni va vazifalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
#Bilasizmi

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
_________
#знаете_ли_вы

🟢Доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду, не облагаются налогом на доходы физических лиц.
📗
п.19-1 ст.378 НК

👉
У студентов не требуется наличие электронной цифровой подписи при постановке на учет договоров аренды

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SAVOL: Biz aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisimiz. Agar bugungi kun holatiga 1 milliard 35 million so‘mga elektron hisobvaraq-faktura bersak, qachondan soliq to‘lashning umumbelgilangan rejimiga o‘tib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashimiz kerak?

Oybek Yo‘ldoshev

🔷 JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan, biroq QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilikda belgilangan muddatlarda – ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning boshida QQS to‘lovchisiga aylanadi.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan, biroq QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt QQS bo‘yicha hisobot topshirib belgilangan tartibda QQSni to‘laydi, biroq soliqni hisobga olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bunday huquq faqat QQS guvohnomasini olgandan keyin paydo bo‘ladi.

📢 Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bekzod Saliyev javob berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Talabalar turar joylarni ijaraga olgani uchun soliq to‘lamaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
❇️“Soliq” mobil ilovasi orqali o‘z uylarini ijaraga bermoqchi bo‘lgan ko‘chmas mulk egalari juda oson ijara shartnomalari hisobga qo‘yilishi mumkin.

“Soliq”mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Тelegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha to‘lashni unutmang!

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#blits_intervyu

SAVOL: Talabalar “Soliq” mobil ilovasi orqali ko‘chmas mulk egalari bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yish mumkinligidan xabardormi?

📲 "Soliq"mobil ilovasining "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube