Shoir Fayzullo Gofurov ijodi✍
2 subscribers
45 photos
2 videos
Ko'ngillar sinmoqda suyaklar butun.
Sohillar qirg'oqda qirg'oqlar sokin.
Dunyo tashvishlardan iborat nechun.
Hayollar og'ushi bermaydi taskin.

Fayzullo G'ofurovπŸ“š
Download Telegram
Ayrildik.

Jim.sukutli nigohlar o'ychan boqaman.
Telimda yangraydi, ayriliq kuyi.
Jahlda baqirdim senga bilaman.
Va sen ham tilingni tiymading bilib.

Ayriliq sababi yolg'oning bo'ldi.
Bahorda tanishdik yetmadik yozga.
Bizni ko'rolmaslar quvonchga to'ldi.
Erk berdik to'satdan qupol ovozga.

Arzimaysan dedik bir birimizga .
Arzimas sababni qildik bahona.
Savol ham bermadik hech o'zimizga.
Nechun uzoqlashib ketdik tobora.

O'sha eski shahar, o'sha minora.
Sevgimizga guvoh ko'lning yonlari.
Balki unutarsan topolmay chora.
Menchi unutmayman o'sha onlarni.

Mayli baxting topgin bo'lsam ham baxting.
Axir kulgularing dardim malhami.
Boshqa ne ham qilay so'zlarim aytsin.
Mendan yaxshisini izlab top qani.

Shoir Fayzullo G'ofurov ✍

@hayolann
26.05.2022
Dengizni tubida yotgan marjon dur.
Guyoki farishta qiyoslasam hur.
Allohim iltifot qilib bandangga .
So'ragan soliham hadya etib ber.

Muallif Fayzullo G'ofurov.✍
@hayolann.

29.05.2022. 22:35
Hayol kechinmalari.

Savol berdi kimdir.?
Sherlaring namuncha dartli.
Sukut saqladim bir zum.
O'zimni qidirib yuribman chog'i.

Nimadir yozish istayman.
Lekin nima?
Uxshamagan she'rlar.
Tubi yo'q orzular.Kimnidir sevishni hohlayman .
Lekin kimni shuni marhum.
Dartdan bitilgan satrlar.
Tugallanmagan gaplar.
Aytaolmagan izhorlar.
Hayoldagi u.
Hullas chalkash.
Uzi nimani hohlayman.
Bazi istaklarga imkoniyatlar kelmaydi most.
Kimgadir oddiy narsa kim uchun ulkan havas.
Ishq izlab yuribman asli.
Na bir qalam na siyoh kerak.
Yozilmagan sherlarim qancha.
Yozilgani shunchaki ermak.

Bilmadim ne istayman uzi.
Uzligimni kashf etmoq orzu.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann
Sen juda ham boshqacha eding.

Negadir bir muddat yozmadim hech she'r.
Ruhiyatim tushkun hayollar alg'ov.
Yuragim so'raydi uni topib ber.
Hayolda kezasan Gulasal darrov.

Muallif Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann
Hat.

Senga ortiq yo'llamayman hat.
Ne ham qilay yetib bormasa.
Men yomonman hudbinligim ayt.
O'zga yorni sevgim kelmasa.

Men alovman yonib turgan cho'g'.
Muz yuraging eritsa zora.
Tushda emas hayolimda bo'g'.
Sensiz o'lib bo'ldim tobora.

Men tavoni shilingan darvesh.
Telbasifat, surganim hayol.
Seni so'rab yig'layman har kech.
Yo yo'qlashdan qilasan hayo.

Muallif Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann
04.08.2022
Baxtli bo'l.

Taqdirga yo'yibmizda hammasini.
Hatto kurashish ham kelgandi malol.
Endi o'zga uchun oq libosdasan.
Men senga nomahram u senga halol.

Shoir Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann
Yozsam so'zim ko'p.
Aytsam gapim .
Lekin jim turishni avzal ko'raman
Izlaganim.

Tanish kulgu, tanish qiyofa.
His etaman yurishlaringgiz.
Jonga yaqin, yaqin tobora.
Hatto yurak urishlaringgiz.

Izlaganim hayoliy malak.
Tushlarimning tanho yulduzi.
Yuragimda birgina so'roq?.
Qachon sizni ko'raman o'zi.

Boray desam yo'q manzilinggiz.
Sizsiz axir bu dil qiynoqda.
Kutmoqdaku jim taqdiringgiz.
Sajdalarda so'rab quymoqda.

Qaylardasiz mendek o'ylovchi.
Beg'uborim, bezabonginam.
Sajdalarda meni so'rovchi.
Sog'inchlarda qoldimku men ham.

SHOIR FAYZULLO G'OFUROV✍
@hayolann
Milliyda o'qiydigan bir qizni iltimosiga ko'ra yozildi.

Oliygohim faxrim quvonchim.
Senda topdim asli baxtimni.
Ustozlarim mening suyanchim.
His etaman har on taftingni.

Talabangman senda shod hurram.
Ne daholar chiqmadi minglab.
Jonga yaqin dilga yaqinsan.
Charchamasman mathingni kuylab.

Yurak senga talpirar har on.
Olis ketsam qumsagay tezda.
Shoirlaring chiqdi bir jahon.
Buyuklarning vorisi senda.

Oqlagayman nomingni milliy.
Men ham yetuk inson bo'laman.
Seni sevgan bir faqat menmi.
Seni desam baxtga to'laman.

Muallif Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann
Hayollar.

Yarim tun bedorlik suradi hukum.
Baland binolarning chirog'i o'chig'.
Erta tong ishiga otlanmoq uchun.
Vaqtliroq uyquga ketishgan chog'i.

Hayolga hech narsa kelmaydi durus.
Qiynalib yashashdan topmadim ma-ni.
Hatto tushlarimda aytadi bir so'z.
Vadamda turmadim  kechiring mani.

Va sekin deraza yoniga bordim.
Yo'lning chiroqlari guzal manzara.
Oppoq qor yog'moqda buni his qildim.
Va seni izladim topmadim sira.

Yoyilib yotibti kitoblarim ham.
Yarimiga yetmagan kabi, hayotim
Va o'qib tugatdim, Jojo moyesning.
To seni topguncha degan kitobin.

Nega kitoblarda baxtlidir yakun.
O'ylanib qolaman tortaman hadik.
Axir bu kitobmas etaman taqdim.
Yangi sahifalar qilinar tortiq.

Hayollar og'ushi qoymaydi bir zum.
Yetaklab ketadi uzoq uzoqqa.
O'ylama baxtingni topasan bir kun.
Tasalli beradi singan yurakka.

Shoir Fayzullo G'ofurov✍

@hayolann

08.02.2023
Maskva
Keldimda ketdim.

Quzg'unlar to'plandi lek yo'q o'laksa.
Dardlar ham yig'ildi yorilmoq mushkul.
Milyonlab odamday, yurar o'rmalab.
Yuzlari kuladi ,ruhiyat tushkun.

Soatga tezmulib utar soniya.
Navbati kelmaydi baxt sayyorasin.
Bir nuqtaga qarab ko'zim toldiya.
Osmon ham mayli yukin tashlasin.

Sen bilan boshlandi ishqning darchasi.
Va senla tugaydi bo'laver shohid.
Men ketdim. Ketganim hech kim bilmasin.
Ha men gunohkorman yurma qo'shilib.

Shoir Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann

19.03.2023. 16:24 maskva
May tugallanmagan sevgi.

Qara bir yil bo'libti, yo'qotilgan ishqqa ham.
Ko'nglim bir oz sinibti,aytolmayman ko'zda nam.
Kutmoqdaman hali ham, yutmoqdaman dard alam.
Meni kechiring deya,
Tashlab ketdi bir sanam.

Shundan beri orom yo'q,
Na tunim na o'ngimda.
Unutilmas iz bo'ldi, u qiz mening ko'nglimda.
Rasmlari saqlangan, o'chirilmas telimdan.
O'zdan kechaman gohi, kecholmayman sevgimdan.

Biz uchrashgan may oyi, men telbaman savdoyi.
Usha baland minora, usha ko'lning yonlari.
Men sog'indim so'zlaring , qora jayron ko'zlaring.
Sen ketgan kundan beri,
Sensizlikda muzladim.

Izlaringni izladim,
Gulim sensiz muzladim.

Shoir Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann

22.04.2023
Iqror noma.

U har gal men sizni chumchuqni ko'z yoshicha yaxshi ko'raman derdi.
Negaligini so'raganimda chumchuq ko'z yosh to'ksa u o'ladi, derdi.
Biz ayrildik, siz o'ylarsiz u o'ldimi? deb so'rarsiz, yo'q u o'lmadi, o'ldirdi.
Hotiralarda qoldirdi.
Undan kiyin hayotimga bir qancha qizlar kirdi.
Uni o'rnini bosa olmadi.
Ilk muhabbat bir umr qalbda qolib ketarkan.
Har gal uni o'ylasam u baribir boshqacha edi deyman beixtiyor.
Uni unutolmadim, aslida unutishni istamayman ham, u mendan ketdi.
U sizlikda yolg'iz qoldim.
Meni sevgan qizlar sizlardan uzur so'rayman. Sizni seva olmayman.
U bilan qalban birgaman.
Tushlarda.
Hayollarda,
Ruyolarda...

Muallif Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann

28.04.2023
Darvishingman

Darvishlik firqasin kiymoq qiyindir.
Bu yo'lda bardavom yurmoq qiyindir.
Jon jondir, odammi, qushmi, yo hayvon.
Barchasi bir erur, bitta jon erur.

Chiroyli xulq birla bollansin tiling.
Zikring shaxodatdan etsin nishona.
Alloh, Alloh deya jonlansin diling.
Bazida jahriy ayt, bazan pinhona.

Tariqat, shariat hukmi adolat.
Bu yo'lning oxiri bo'ladi jannat.
Kofirlik, fosiqlik, bu yo'l jaholat.
Oxir oqibatda manzili do'zox.

Muallif Fayzullo G'ofurov✍

@hayolann
15.05.2023 22:35
Mensizlik.

Aslida so'zlarim, she'rlarim yolg'on.
Bilaman mensiz ham baxtli bo'lasan.
Kim uchun baxtmanu- kimgadir armon.
Men uchun yig'laysan, men deb kulasan.

Har tuning uyqusiz bedor o'tadi.
Har so'ngi habaring kelmaydi yetib.
Bir qiyo boqishing kimlar kutadi.
Men esa ketaman jimgina o'tib.

Ko'rishmoq umidi bilan yashaysan.
Sajdalar aylaysan, duo qilasan.
Pokiza soddadil qizga o'xshaysan.
Senga talpinishim dushvor bilaman

Fikru hayolingni o'g'irladimmi.
Ko'zingni yumsang ham ko'rinmoqdaman.
Kechir. Sen sevgandek sevolmadimmi.
Men sensiz, yashashga urinmoqdaman.

Shoir Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann

19.05.2023
Avval.

Loydan qurilgandi hatto devorlar.
Yuzdamas, qalbida aks etar chiroy.
Bugunchi hashamat ulkan binolar.
Qalbidan huzurni his qilmas birov.

Shoir G'ofurov Fayzullo✍

@hayolann

15.06.2023maskva
Kezib qancha millat elatni.
Korib qaytdim turli odatni.
Topolmadim jonga rohatni.
Ona yurtim boyi boshqacha.
Ozbehimni toyi boshqacha.

Dillardagi sururga qarang
Davradagi fayz nurga qarang.
Tillardagi shukurga qarang.
Har kimni hayol oyi boshqacha.
Ozbegimning toyi boshqacha.

Avvalombor assalomu alaykum.
Dobri vechir dami daragi gaspada
Hello lodidon jentelmin.
Bonjur madam bonjur mesi.
Assalomu alaykum.dustonayi aziz nuri deda tojizar.

Assalomu alaykum yaxshilar
Qutluq qadam kishilar.

Shodlik tola kongillar.
Opalaru singillar.

Uzun qisqa ogalar.
Amakiyu togalar.

Ammajonlar holajonlar.
Ham shumtaka bolajonlar.

Eshon huja domlalar.
Hursand bolgan bojalar.

Yigitlaru shox qizlar.
Semizlaru arriqlar.

Menga qarab kulganlarga.
Ham qovugin solganlarga

Tanishlarga bilishlarga.
Dugonalarga begonalarga.
Oddiylarga jiddiylarga

Hullas kalom tinglab tinglab turgan
Bolsa kim barchanglarga deymizkim ozbekona lutf bilan .
Assalomu alaykum.

Mana bugun dostim qadrdonim.
Sabhiddinjonni visol baxt oqshomida otirar ekanmiz.
Men bu ikkala yoshga .
Baxt .
Baxtdan tole toj.
Keng fel ketmas davlat.
Shirindan asal farzandlarni tilayman
Albat.
Shu honadonda toy bolsin faqat deymanda tugallayman.
Dostim toying muborak .
Baxtli bo'l .
Hurmatdasan salomat bolinglar.
Uzur.

Yozilmagan sherlar uzur.
Uvol bo'lgan so'zlar uzur.
Meni sevgan qizlar uzur.
Yoshga to'lgan ko'zlar uzur.

Topmoq uchun halovvatni.
Qiyomatda shafoatni.
Kanda qilmay salovvatni.
Aytolmagan tillar uzur.

Ishonchini oqlolmagan.
Oyda bir bor yo'qlolmagan.
Sog'insada borolmagan.
Tilka bo'lgan qalblar uzur

Ayriliqqa ko'ngan kimdir.
Judolikdan o'lgan kimdir.
Anglolmagan bitta mendir.
Zoyil ketgan vaqtlar uzur

Endi neni istar yurak.
Sohta sevgi bari ertak
Ilohiy ishq malham kerak.
Kech angladim Yo Rob uzur.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann

16.07.2023
Qo'llarimda uzildi tasbeh.
Donalari sochildi har yon.
Yig'moq uchun kirishdim tez-tez.
Qaydan izlay, lekin bilolmam.

Garchi tasbeh mening umrimdek.
Topilgani qolgan imkonim.
Yo'qotilgan vaqt esa essiz.
Topilmagan tasbeh misoli.

Shoir Fazullo G'ofurov✍

@hayolann
23.07.2023. Maskva
Eskirgan qarashlar, nigohlar tolgan.
Yo'llarda uzilgan qadamlar izi.
Biz kimda qolganmiz, bizda kim qolgan.
Garchi hotiradan ketolmam o'zib.

Visolsiz yashadim, quchmadim yorni.
Gunohga yuyildi, dil isxorlarim.
Sog'inib kutaman har tong bahorni.
Qalbimni chechagi muzlab qolganmi?

Ichimda portlaydi, g'azabli vulqon.
Va birdan sukut-la jazolanadi.
Bazan o'z-o'zimga qilaman isyon.
Va meni jarlikka olib boradi.

Hayotdan mazmunni, izladim no-goh.
Kelmog'im, ketmog'im, sababi tayin.
Va tushunib yetdim, angladim ey voh.
Balki Robbim meni sinar atayin.

07-09- 2023 Maskva
@hayolann