Vibecoding.uz
2.4K subscribers
156 photos
96 videos
118 links
AI bo'yicha yopiq hamjamiyat - Claude Club:
99 000 so'm/oylik.

Joyingizni egallang: vibecoding.uz/klub

Savollar bormi? Yozing: @iakadirov
Download Telegram
Uchrashuvni bepul va botsiz yozib oling

Yogurt — uchrashuvlar uchun AI yozuvchi, Granola'ning bepul va ochiq kodli muqobili. Uni Frigade jamoasi qilgan.

— Yozuv. Mikrofon va kompyuter ovozini yozadi, qo'ng'iroqqa bot qo'shilmaydi.
— Natija. Jonli transkript, xulosa, Markdown eksport. Bir nechta uchrashuv bo'yicha savolga manbali javob beradi.
— Maxfiylik. Ovoz, transkript va AI ishlovi kompyuteringizda qoladi. Modellar yuklangach internetsiz ishlaydi.

Suhbatdoshlar botni ko'rmaydi, shuning uchun yozayotganingizni o'zingiz ayting.

Talab: Mac (Apple Silicon, macOS 14.4+), Windows 10 (2004 va yangi) yoki Ubuntu 22.04+, kamida 8 GB xotira. Akkaunt kerak emas.

Ulash:
1. GitHub'dan Mac, Windows yoki Linux versiyasini yuklang.
2. Birinchi ochishda modellar yuklanadi.
3. Keyingi qo'ng'iroq boshlanganda Yogurt yozishni taklif qiladi.

Manba

@vibecodingkurs
👍5
YouTubega chiqarilayotgan darslarimizda izohlarni o'qib xursand bo'laman, ko'pchilik uchun mana shu videodarslar yangilik bo'lyapti va foydasi tegayapti.

Yangilikni aytaymi? Claude va undan maksimal foydalanish bo'yicha 100 ta mini dars tayyorlashni reja qilganmiz.

Bosqichma bosqich darslarni chiqarib bormoqdamiz.

Izohlarni o'qib boraman va sizlarga qiziq bo'lgan mavzularni ham alohida darslik sifatida tushuntirib yozib, amalda ko'rsatib beraman.

Agar hali YouTubega obuna bo'lmagan bo'lsangiz
👉 OBUNA BO'LING
👍17❤4
Mif: «Gemini'ga pul to'lasam, suhbatlarim AI'ni o'qitmaydi»

Google 16-noyabrda Gemini maxfiylik sahifasini yangiladi. Unda pullik obunaga istisno ko'rsatilmagan.

— O'qitish. Gemini History (avvalgi Keep Activity) yoqiq bo'lsa, keyingi suhbatlaringiz AI'ni o'qitishga ketadi. O'chiq bo'lsa ketmaydi, lekin 👍/👎 yuborsangiz, shu suhbat ketadi.
— Saqlash. O'chiq bo'lsa ham suhbatlar taxminan 2 oy saqlanadi. 10-noyabrda sahifada 72 soat yozilgan edi.
— Odamlar. Sozlamadan qat'i nazar suhbatlarning bir qismini Google va uning xizmat ko'rsatuvchilari o'qiydi. O'qilganlari 3 yilgacha saqlanadi.

myactivity.google.com/product/gemini ni oching: o'qitishni o'chiring va avto-o'chirish muddatini tanlang.

Ish yoki maktab akkauntida shartlar boshqacha bo'lishi mumkin.

Manba

@vibecodingkurs
👍2❤1
Gemini bepul. Endi u bilan quring

9-oktabrdan O‘zbekiston talabalari Google AI Plus’ni 1 yil bepul oladi (aileaders.uz, talabalik SheerID orqali tasdiqlanadi). Ko‘pchilik undan faqat savol so‘raydi. Karuselda — u bilan quriladigan 3 narsa.

Gem (shaxsiy bot)ga konspekt va ko‘rsatma berasiz — vazifani har safar boshidan tushuntirmaysiz. Canvas (ish maydoni)da test sahifasini yasab, shu yerda ko‘rasiz va gapirib tuzatasiz. Deep Research (chuqur izlanish) savolingiz bo‘yicha ko‘p manbani o‘qib, havolali hisobot tayyorlaydi.

Men AI Asoslari kursining 1-oyida o‘quvchilarimga prompt → Gem → Canvas tartibida o‘rgataman. Boshlanishi — bepul 1-dars «AI nima, prompt qanday yoziladi».

Bepul 1-darsni ochish →
👍7😁3❤2
RLS (Row Level Security) — jadvalingiz qulfi

Supabase ta'rificha, RLS — bazaning ichida ishlaydigan ruxsat qoidalari: qaysi qatorni kim ko'rishini belgilaydi.

RLS'siz jadval — qulfsiz eshik. Ochiq rolga ruxsat bo'lsa, saytdagi kalit bilan begona ham uni o'qiydi va yozadi.

— Tekshiruv. 2-noyabrda Handelsblatt va Crissy Field 159 041 Lovable loyihasini tekshirdi. 24 664 sayt ochilishidayoq login'siz baza yozuvlarini yubordi.
— Misollar. Bitta forumda 200 000 dan ortiq chat xabari ochiq edi. Boshqa xizmatda pasport raqamli 1 000 dan ortiq yozuv bor edi.

Har jadvalda RLS'ni yoqing. Shundan keyin policy yozmaguningizcha API orqali hech narsa ko'rinmaydi. Policy'da kimga nima ochiqligini belgilaysiz.

Tekshiring:
alter table public.jadval_nomi enable row level security;


Manba 1 · Manba 2

@vibecodingkurs
❤3
ChatGPT obunangiz endi boshqa ilovalarda ham ishlaydi

OpenAI «Sign in with ChatGPT»ni dasturchilarga ochdi. Ilovaga ChatGPT akkaunti bilan kirasiz, AI so'rovlar tarifingizdan ketadi. Alohida API kalit kerak emas.

— Ruxsatsiz. Ochiq kodli dastur yoki kompyuteringizda ishlaydigan shaxsiy loyiha — o'zi ulaydi.
— Zayavka bilan. Pullik yoki serverdagi servis — sayt, bulut — OpenAI'dan ruxsat so'raydi.
— Kim ulandi. Notion, Warp, Vercel, Devin, Kilo Code, Amp Code va boshqalar. Ochiq koddan: OpenClaw, OpenCode, Pi, T3.

Tariflar: Go, Plus, Pro, Business. Sarf tarif limitidan ketadi. ChatGPT sozlamalarida har ilovaga alohida chegara qo'yasiz.

Ruxsatni o'zingiz berasiz. Ilova suhbatlaringizni ko'rmaydi.

ChatGPT — har kimga!

Manba 1 · Manba 2 · Manba 3

@vibecodingkurs
👍8❤1
OpenRouter 3 provayderni chiqardi: sozlamangizni tekshiring

Promptingiz ba'zan modelgacha router va arzon sotuvchilardan o'tadi. Har bo'g'in uni to'liq ko'radi.

Dragos 5 oyda 2 millionga yaqin tuzoq-prompt yubordi. Har birida noyob soxta kalit va havola bor edi: ishlatilsa, sizish bilinadi.

— Buzilish. Kamida 3 provayderga hujumchi kirgan, promptdagi kalitlar ishlatilgan.
— Sotuvchilar. Ayrim arzon sotuvchilar promptlarni logdan o'qib, saqlagan.
— ZDR. «Saqlanmasin» belgisi ham to'xtatmagan: bitta laboratoriya shunday so'rovlarning taxminan uchdan ikkisidagi havolalarni ochgan.

22-noyabrda OpenRouter yana 125 endpointni ZDR ro'yxatidan oldi. Uning o'zi buzilmagan.

Tekshiring:
1. Promptga parol, API kalit, mijoz ma'lumotini qo'ymang. Yuborgan bo'lsangiz, kalitni yangilang.
2. openrouter.ai/settings/privacy — o'qitadigan provayderlarni o'chiring, ZDR'ni yoqing.
3. Maxfiy ishni to'g'ridan-to'g'ri OpenAI, Anthropic yoki Google API'si orqali qiling.

Manba 1 · Manba 2

@vibecodingkurs
👍2
📱 DICTATOR: AI ENDI TELEGRAM ICHIDA ISHLAYDI - TO'LIQ DARS

✔️ Telegram o‘zining AI agentini chiqardi: Dictator. Bu darsda uni Mac’ga o‘rnatamiz, ChatGPT obunasi bilan ulaymiz, plaginlar, ruxsatlar va xotirani sozlaymiz, keyin Telegram’dan chiqmasdan agentga ish beramiz: 10 sahifali taqdimot tayyorlatamiz va videoga subtitr qo‘ydiramiz. Kod yozilmaydi, hammasi oddiy matn bilan.

Darsda:
🔵Dictator’ni o‘rnatish va ChatGPT akkaunti bilan ulash
🔵Plaginlar: Mac ilovalari, brauzer, Canva, Gmail, kalendar
🔵Bot orqali agentni telefondan boshqarish
🔵Telegram chatida agentga vazifa berish: taqdimot va PDF
🔵Videoga subtitr qo‘yadigan agentni noldan yasash

👉 DARSNI KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4