Vibecoding.uz
2.4K subscribers
156 photos
96 videos
118 links
AI bo'yicha yopiq hamjamiyat - Claude Club:
99 000 so'm/oylik.

Joyingizni egallang: vibecoding.uz/klub

Savollar bormi? Yozing: @iakadirov
Download Telegram
Claude uy vazifasiga bir xil shaklda fikr bersin

Skill — Claude'ga bir marta yozib beriladigan ish tartibi. U mezonlar va javob shaklini eslab qoladi.

— Sinov. Claude Code'da 3 ta o'ylab topilgan insho, bir xil so'rov.
— Skill'siz. Har javob boshqa shaklda, 1 692–1 903 belgi. Bittasida baho yo'q.
— Skill bilan. Uchalasi bir xil 4 qator, 389–446 belgi. Baholar: 5/5, 3/5, 4/5.

Yaratish: yangi chatda «skill yaratmoqchiman» deng va savollarga javob bering. Claude SKILL.md faylini yasaydi, siz saqlaysiz. Code execution yoqilgan bo'lsin. Free tarifida ham bor.

Nusxa oling:
Uy vazifasini tekshiradigan Skill yarat.
Mezonlar, har biri 1 ball:
1. Mavzuga moslik.
2. Kamida 5 gap.
3. Bosh harf va nuqta.
4. o' g' x h imlosi.
5. Shaxsiy misol.
Javob faqat 4 qator:
Baho: N/5
✓ Yaxshi
✗ Tuzatish
→ Keyingi safar


Manba

@vibecodingkurs
👍5😁1
«Tayyor» degan gapga dalil so'rang

Claude Code hujjatida shunday deyilgan: Claude ish tayyor ko'ringanda to'xtaydi. Tekshiruv bo'lmasa, testchi vazifasini siz bajarasiz.

Yechim — Claude'ga «o'tdi/o'tmadi» qaytaradigan narsa bering: test, linter yoki tekshiruv skripti. Shunda u o'zi tekshiradi va buzilganini o'zi tuzatadi.

Bizda shunday: 28-oktabrda Claude reklama videolarimiz uchun sifat skripti yozdi.
— Maket. Matn ustma-ust tushmaganmi, kadrdan chiqmaganmi.
— Joy. Har element kadr chetidan 64 px ichkarida.
— Ovoz. Balandlik −16 ±1 LUFS, eng baland nuqta ≤ −1 dBTP — bizning chegara.

Bitta shart buzilsa, video render qilinmaydi. O'sha kuni 15 ta videoning har birida «✓ xato 0» chiqdi.

Nusxa oling:
Natijamni tekshiradigan skript yoz. Shartlar: [1], [2], [3]. Har shart uchun ✓ yoki ✗ chiqarsin, bittasi ✗ bo'lsa xato bilan tugasin. Keyin ishni qil va skript ✓ bermaguncha tuzat. Oxirida buyruq va chiqishini ko'rsat.


Manba

@vibecodingkurs
👍4❤1
Yangi videodars: Qanday qilib 😊Claude ichida ishlaydigan ilova yasashni o'rganamiz.

Artifact — Claude chatning o‘zida yasab beradigan tayyor buyum: sahifa, o‘yin, simulyatsiya yoki ilova. Bu darsda uchta artifact yasaymiz: xarita nega yolg‘on gapirishini tushuntiradigan interaktiv dars, tirbandlik qayerdan paydo bo‘lishini ko‘rsatadigan 3D simulyatsiya va telefonda ishlaydigan odatlar trekeri.

Darsda:
🔵Artifact nima va Claude’da qayerda turadi
🔵Bitta prompt bilan interaktiv o‘quv sahifasi
🔵Ma’lumotni eslab qoladigan, telefon va kompyuterda birga ishlaydigan ilova
🔵3D simulyatsiya va uni boshqarish
🔵Artifactni havola orqali ulashish va HTML fayl qilib saqlash

Darsda yasalgan ilovalar (linklari izohda):
✔️ Xarita sizni aldaydi
✔️ Tirbandlik 3D simulyatsiyasi
✔️ Odatlar trekeri

👉 DARSNI KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5
Telegram'ning Mac ilovasida AI agent paydo bo'ldi

Sergey Pimenovga Dictator'ning yopiq betasi keldi. Bu Telegram jamoasining AI yordamchisi, Hermes dvigatelida qurilgan.

— Oddiy tilda. «O'tgan hafta kelgan PDF'ni top» yoki «chatda nimani o'tkazib yubordim?» deb yozasiz.
— O'zi bajaradi. Yozishmalardan qidiradi, ovozli xabarni matnga o'giradi, xabar tayyorlaydi, eslatma qo'yadi. Diktovka ham bor.
— Ruxsat bilan. Agent Mac'dagi alohida Linux virtual mashinada ishlaydi. Xabarni avval kartochkada ko'rasiz, yuborishni o'zingiz tasdiqlaysiz.

O'z obunangizni ulasa bo'ladi: Pimenov ChatGPT Pro ulagan. Birdan o'rnatilmagan, Codex yordamida ishga tushirgan.

Hozircha bu yopiq beta, hammaga ochilmagan.

Manba

@vibecodingkurs
👍4
Ofisdan: «Topilmadi (4-marta)»

Ofisimizda har tong 04:30 da Claude Opus bozorni o'qib, bir sahifalik fayl yozadi. Qoidasi bitta: har da'vo manba havolasi bilan, topilmagani «topilmadi». 2–17-noyabrda 16 fayl va 166 ta havola yig'ildi. O'zbekiston va MDH'dagi AI ta'lim reelslari reytingi esa to'rtinchi marta «topilmadi» bo'ldi.

O'z promptingizga qo'shing:
Har da'vo uchun manba havolasini yoz. Topa olmasang — topilmadi deb yoz.

@vibecodingkurs
👍5
Uchrashuvni bepul va botsiz yozib oling

Yogurt — uchrashuvlar uchun AI yozuvchi, Granola'ning bepul va ochiq kodli muqobili. Uni Frigade jamoasi qilgan.

— Yozuv. Mikrofon va kompyuter ovozini yozadi, qo'ng'iroqqa bot qo'shilmaydi.
— Natija. Jonli transkript, xulosa, Markdown eksport. Bir nechta uchrashuv bo'yicha savolga manbali javob beradi.
— Maxfiylik. Ovoz, transkript va AI ishlovi kompyuteringizda qoladi. Modellar yuklangach internetsiz ishlaydi.

Suhbatdoshlar botni ko'rmaydi, shuning uchun yozayotganingizni o'zingiz ayting.

Talab: Mac (Apple Silicon, macOS 14.4+), Windows 10 (2004 va yangi) yoki Ubuntu 22.04+, kamida 8 GB xotira. Akkaunt kerak emas.

Ulash:
1. GitHub'dan Mac, Windows yoki Linux versiyasini yuklang.
2. Birinchi ochishda modellar yuklanadi.
3. Keyingi qo'ng'iroq boshlanganda Yogurt yozishni taklif qiladi.

Manba

@vibecodingkurs
👍5
YouTubega chiqarilayotgan darslarimizda izohlarni o'qib xursand bo'laman, ko'pchilik uchun mana shu videodarslar yangilik bo'lyapti va foydasi tegayapti.

Yangilikni aytaymi? Claude va undan maksimal foydalanish bo'yicha 100 ta mini dars tayyorlashni reja qilganmiz.

Bosqichma bosqich darslarni chiqarib bormoqdamiz.

Izohlarni o'qib boraman va sizlarga qiziq bo'lgan mavzularni ham alohida darslik sifatida tushuntirib yozib, amalda ko'rsatib beraman.

Agar hali YouTubega obuna bo'lmagan bo'lsangiz
👉 OBUNA BO'LING
👍17❤4
Mif: «Gemini'ga pul to'lasam, suhbatlarim AI'ni o'qitmaydi»

Google 16-noyabrda Gemini maxfiylik sahifasini yangiladi. Unda pullik obunaga istisno ko'rsatilmagan.

— O'qitish. Gemini History (avvalgi Keep Activity) yoqiq bo'lsa, keyingi suhbatlaringiz AI'ni o'qitishga ketadi. O'chiq bo'lsa ketmaydi, lekin 👍/👎 yuborsangiz, shu suhbat ketadi.
— Saqlash. O'chiq bo'lsa ham suhbatlar taxminan 2 oy saqlanadi. 10-noyabrda sahifada 72 soat yozilgan edi.
— Odamlar. Sozlamadan qat'i nazar suhbatlarning bir qismini Google va uning xizmat ko'rsatuvchilari o'qiydi. O'qilganlari 3 yilgacha saqlanadi.

myactivity.google.com/product/gemini ni oching: o'qitishni o'chiring va avto-o'chirish muddatini tanlang.

Ish yoki maktab akkauntida shartlar boshqacha bo'lishi mumkin.

Manba

@vibecodingkurs
👍2❤1
Gemini bepul. Endi u bilan quring

9-oktabrdan O‘zbekiston talabalari Google AI Plus’ni 1 yil bepul oladi (aileaders.uz, talabalik SheerID orqali tasdiqlanadi). Ko‘pchilik undan faqat savol so‘raydi. Karuselda — u bilan quriladigan 3 narsa.

Gem (shaxsiy bot)ga konspekt va ko‘rsatma berasiz — vazifani har safar boshidan tushuntirmaysiz. Canvas (ish maydoni)da test sahifasini yasab, shu yerda ko‘rasiz va gapirib tuzatasiz. Deep Research (chuqur izlanish) savolingiz bo‘yicha ko‘p manbani o‘qib, havolali hisobot tayyorlaydi.

Men AI Asoslari kursining 1-oyida o‘quvchilarimga prompt → Gem → Canvas tartibida o‘rgataman. Boshlanishi — bepul 1-dars «AI nima, prompt qanday yoziladi».

Bepul 1-darsni ochish →
👍7😁3❤2