Vatandosh
561 subscribers
394 photos
588 videos
13 files
73 links
Erkin fikrlashni istaguvchilar uchun!
Download Telegram
Hozirda jamiyatda bilishning ekletika usulidan foydalanayotganlar juda koʻp. Shu asnoda obyektning mohiyatiga bir yoqlama yondashish, voqelikni oʻz qarichiga moslab olish va buni haqiqat deb isbotlashga urinish koʻpaygan. Balki shu sababdan insonlar ijtimoiy hayotda, oʻzaro munosabatlarda bir-birlarini tushunmaydilar. Ekletik asoslariga tayanib oʻzlarini haq deb hisoblaydilar.
Ekletika - qarama-qarshi konsepsiyalardan prinsipsiz oʻzlashtirilgan, kontekstdan yulib olingan faktlar, taʼriflar, iqtiboslar va shu kabilardan muayyan bir yoqlama maqsadda foydalanish va ularni buzib talqin qilishdir.
Ekletika hech qanday bilim faoliyati bilan bogʻlanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolgʻon aks ettiradi.
Ekletika bilish nazariyasi ham, metod ham, dunyoqarash ham hisoblanmaydi. Uni shunchaki baʼzan bilim elementi deb talqin qilishimiz mumkin...
Hayot oʻzi shunday.
Yomon odamlar boʻlmaydi, ularni atrofdagilar kashf qiladi...
Erkak chiroyli boʻlishga majbur emas.
Erkak kuchli boʻlishga majbur emas.
Erkak aqlli boʻlishga majbur emas.
Erkak boy boʻlishga majbur emas.
Erkak, "ERKAK" boʻlishga majbur!

Xarakter - bu hamma narsa!
Qanday bo'lmasin, uydan chiqib ketayotib, o'zingizni yaxshi his qilguningizcha yuqoriga ko'taring, boshingizni baland ko'taring va o'pkangizni havo bilan to'ldiring;
Quyosh nurini ochko'zlik bilan namlang;
Do'stlaringizga tabassum bilan salom bering. Sizni noto'g'ri tushunishlaridan qo'rqmang va dushmanlaringiz haqida bir daqiqaga vaqt sarflamang.
Siz nima qilishni xohlayotganingizni qat'iy qaror qilishga harakat qiling va shundan keyin to'g'ri maqsadga o'ting.
O'zingiz amalga oshirmoqchi bo'lgan katta va ajoyib narsalar haqida o'ylang va vaqt o'tishi bilan bilishingiz kerakki, nima qilishingiz kerak bo'lsa, barchasiga imkoniyatlaringiz etadi.
Oldingizda aqlli, jiddiy va muvaffaqiyatli bo'lishni istagan kishining portretini chizib qo'ying va fikrlaringiz sizni shunday odamga aylantiradi.

Fikr eng buyuk kuchdir. O'zingizni yaxshi tuting - har doim kuchli va shijoatli bo'ling, harakatdan to'xtamang.

To'g'ri o'ylash yaratish degani. Hamma narsa xohish bilan amalga oshiriladi va har bir samimiy iltimos bajariladi. Biz yuraklarimiz bizni majburlaydigan narsaga aylanmoqdamiz.
Qaddingizni va boshingizni baland tuting va tez-tez tabassum qiling.

© Deyl Kornegi
#terminlar

KAKISTOKRATIYA - ENG YOMON RAHBARLIK BOSHQARUVI.

Bunda boshqaruvning yuqori boʻgʻinida turgan vazir oʻzidan quyiga ahmoqroq, tajribasizroq nomzod tanlaydi. Quyida turgan yuqoridagidan aqlli boʻlsa kun kelib amal kursisini tortib oladi degan qoʻrquv bor chunki. Natijada Kakistokratiyaga yoʻl ochiladi - boshqaruv lavozimiga eng yomon nomzodlar tayinlanadi.

Eng yomon rahbar korrupsiya va ahmoqona qarorlar zanjirini davom ettiradi.

Mabodo biror vijdonli va isteʼdodli rahbar kelib qolsa uni turli yoʻllar bilan siqib chiqarish shart!

Kakistokratiyada otarchi siyosatga aralashishi, quruvchi sogʻliqni saqlash vaziri boʻlishi, savodsiz xushomadgoʻylar rahbarlik lavozimida ishlashi normal holat.

Oʻz lavozimiga nomunosib rahbarlar oʻz rahbarlarining topshiriqlariga qarshi chiqmaydi - ular uchun oliy qadriyat davlatchilik yoki xalq manfaatlari emas oʻtirgan kursisi hisoblanadi. Shuning uchun kursisiga mahkam yopishib pora olib, oʻzidan yuqoriga pora uzatgancha yashab yuraveradi...


Sizga tanishmi...🤔
Kanal obunachilarini ushlab qolish uchun faqat "oʻldim-kuydim"dan post qilish kerakmi🤔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men yaxshi odam emasdirman. Ammo men oʻzimman! Men soxta emasman! Vertual va real hayotda ham bir xilman!
Xayr soxtalar, biz davom etamiz...
Siz shunchaki "qabul qilib" yurgan insonni ham oʻz prinsip va qarashlari borligini unutmang!
Futbol ham rasvo boʻldi a😢
#donolarbisotidan

Eng xavfli inson chala tushunib, qattiq ishonadigan insondir.
       © Anton Chexov

Birinchi yolgʻondan soʻng barcha haqiqatlar shubhalidir.
Ikkinchi yolgʻondan soʻng barcha shubhalar haqiqatdir.
       © Aristotel

Har bir erkak kishi oʻladi, lekin hammasi ham rostakam yashamaydi.
       © Vilyam Vallas

- Sizdagi bilimning oʻndan biriga ham ega boʻlmaganlar sizdan bir necha barobar koʻproq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?
- Men bilmoq uchun oʻrgandim, ular bilinmoq uchun!
       © Mahmud Kamol
- Do‘stim islom uchun, din uchun nima qilding?

- Men islom ummati uchun juda katta foydali ish qilyabman ya'ni, aqlim yetmaydigan mavzularda sukut saqlayabman - debdi bir oqil inson...

@Vatandosh_rasmiy
Insonlar koʻp narsaga qodir, lekin hamma emas va hamma narsaga ham emas!

"Vatandoshlik dasturi"
Yillar mobaynida maktabda "Zakovat" intelektual oʻyinini oʻtkazib kordinatorlik qilib keldim. Afsuski joriy yil maktabdagi nosogʻlom muhit tufayli oʻyinlarimiz toʻxtab qolgan. Ammo bugungi quvonchli xabardan koʻnglim yorishdi. Shogirdlarimiz tuman bosqichida gʻolib boʻlib viloyat bosqichiga yoʻllanma olishibdi!
Barakalla bolalar! Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin!!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iskandar Makedonskiy, Killian Mbappe va Useyn Boltni kitoblarini o'qishni tavsiya qilaman...

@Vatandosh_rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ona tilini mensimagan — o‘zligini yo‘qotgan!

Davlat tili o‘zbek tili bo‘lsa-da, bugun o‘zbeklar o‘z tilida gapirgandek qilib, har uchinchi so‘zini ruschaga almashtirib yuribdi. Bu nima? Bu tilni buzish emas, bu — tilni tahqirlash. Bu — millatga xiyonat!

"Zapis qildim", "otpravit bo‘ldi", "vremya yo‘q" degan iboralar har kuni qulog‘imizni qomatga keltiradi. Bu shunchaki so‘zmas, bu — asrlar davomida shakllangan ona tilimizga suiqasd!

Bu holatni "zamonaviylik" deb oqlab, omma oldida gapirayotganlar ham bor. Ular aslida millat kushandasi,zararli parazitdir. Bu zamonaviylik emas — bu o‘zligimizdan voz kechishdir.

Til — millatning tomiri. O‘z tiliga befarq inson — tomiri kesilgan daraxtga o‘xshaydi: yerni ham ushlay olmaydi, meva ham bermaydi.

Afsuski, ayrimlar rus tilini bilishni ustunlik deb o‘ylaydi. Bilgin, ruscha so‘z aralashtirib gapirish seni aqlli qilib qo‘ymaydi. Faqatgina o‘zini past ko‘ruvchi kishi o‘z tilidan uyalar!

Endi bu befarqlikni to‘xtatadigan vaqt keldi,menimcha,aslida juda kechikdik ham! Ona tilimizga hurmat shunchaki bayramlarda emas, har kuni, har bir so‘zda bo‘lishi kerak. O‘zbek tilini yo‘qotish — o‘zbek millatini yo‘qotish bilan barobar!

G‘urur bilan o‘zbekcha gapir! Bu sening burching!