I got a bad idea🚬
3.64K subscribers
989 photos
285 videos
10 files
295 links
Kayfiyatga qarab yozaman (18+)

Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot

Geek madaniyat: @geekxona
Download Telegram
Soon
73🔥14❤12😁6❤‍🔥4🍾22
Robert Eggersning Werwulf - Bo‘ri odami premyerasiga bir necha oy bor, ammo posterga maza qildim.
❤‍🔥53❤1210💔9
Ko‘rdim. Faqat bir narsani aytishim mumkin - o‘zga sayyoraliklarni mavjudligni kashf etish uje aktual mavzu emas.

5/10
5211💔8❤‍🔥7❤4🗿4
Kinoni IMAXda ko‘ringlar )
😁1858❤‍🔥5❤432
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oldindam o‘zimizni sug‘urta qilib qo’yayapman )

Podkastni bugun soat 19:00 boshlab ko‘rishingiz mumkin.
🔥37😁8❤‍🔥7🗿53❤2
Karllar nihoyat birinchi podkastimizni YouTubega joyladik. Tomosha qilishingiz mumkin.

Ichida kamchiliklar, texnik xatolar, quloqni qonatadigan spoylerlar bor. O'zimni oqlash niyatim yo'q, hali bu borada juda yangimiz, o'rganadigan narsamiz yetarlicha. So'kinglar, tanqid qilinglar, xullas fikrlar bilan o'rtoqlashing. Har qanday fikr keyingi safar yaxshiroq qilishimizga yordam beradi )
🍾49❤1577❤‍🔥4😁4
Forwarded from Geekxona (ʙᴀᴋʜᴛɪʏᴏʀᴏᴠ)
#anons

Ikkinchi sonimizning mavzusi Dark seriali. Mehmonimiz - Jasurbek Bozorboyev.

Dastlabki video haqida bildirilgan fikr va mulohazlar uchun tashakkur. Tanqidga ochiqmiz. Oʻylaymanki, keyingi sonlarimiz mazmunan yanada boy va yaxshiroq boʻladi !

Youtube sahifamizga obuna bo'lishni unutmang.
1❤‍🔥2486❤5🍾11
#trendmush

Gemini ham, GPT ham bitta odamni chiqardi.
😁68❤8❤‍🔥86
Kampirim bilan bir yil yashab qo‘yibmiz. O‘tgan yil shu vaqtda to‘yxonada tirjayib o‘tirgandik )
😁130❤‍🔥198❤5🔥222
Eng ashaddiy va xavfli fashizim o‘zini o‘ta madaniyatli, aqlli, ekologiyani asraydigan, tolerant hamda kitobxon deb hisoblaydigan elita qatlam ichida yashaydi. Ular o‘z qadriyatlariga mos kelmaydigan har qanday oddiy odamni madaniyatsiz, nodon deb hisoblab, jamiyatdan butunlay o‘chirib tashlashga tayyor turadi.

Tarixdagi eng daxshatli jinoyatchilarning ko‘pchiligi klassik musiqani sevgan, asarlar yozgan va oliy ma‘lumotli bo‘lgan. Men aqlliman va haqman degan mutloq ishonch insonga boshqalarni jazolash uchun ma‘naviy huquq bergandek bo‘ladi.

Shulardan bittasi - man
😁101❤17151210🍾2🔥1
Gilermo del Toroning Pinokkiosini ko‘rdim. Vizual tomonlama haqiqiy shedevr, hikoya chizig‘i ham chakki emas. Tavsiya qilaman, ko‘ringlar.

8/10
❤33❤‍🔥1354💔2
Aytgancha bugun Bad poetry day. Hoshimjon Ro‘zining quyidagi she’ri bilan bu qutlug' kunni sharaflasak:

Ko‘chalar, o‘o‘o‘ begona ko‘chalar,
Stolba lip-lip qildi,
Mushuk deydi miyov-miyov,
Pitpildig'im qaydasan...

Izohlarda ijod namunalaringizni ulashishingiz mumkin )
😁91❤15❤‍🔥44
Edvard Norton 57 yoshga to‘libdi. Hali ham navqiron ko‘rinyapti.

Yaqin orada shedevrlar kutib qolamiz.
🍾62😁5595❤2🗿1
Kun fakti

Hammaning uyida - yozmaydigan, lekin tashlab ham yuborilmaydigan ruchka bor.
😁1129❤21
Paradoks

Mehmon kelishidan oldin bir soat ichida uyda yashash uchun mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan darajada ideal tartib yaratiladi.
😁1371210❤2🍾1
Oilaviy filmlarning borligi yaxshi. Bu birlashish, o‘zaro fikr almashish, umuman qanchadir vaqtga chinakam oila bo‘lish imkonini beradi. Yil hisobida shunaqasidan ikkitasini ko‘rdim, biri - Project Hail Mary, ikkinchisi - The Sheep Detectives.

Film juda samimiy va o‘zgacha boshlanadi: har kuni kechasi qo‘ylariga detektiv romanlarni o‘qib beradigan cho‘pon to‘satdan o‘ldirib ketiladi. Politsiya o‘zicha ovora bo'lib yurgan bir paytda, har kuni kitob eshitib detektivlikni o‘rganib olgan qo‘ylar xo'jayinini qasosini olish va haqiqatni aniqlashtirish uchun surishtiruvni o‘z tuyoqlariga olishadi. Bir qarashda absurd, bolalarcha komediya, lekin film ko‘nglimni ancha yorishtirdi. Ayrim kinolardagi kabi ortiqcha shafqatsizlik yoki miyani g‘ash qiladigan tushkunlik yo‘q. Angliyaning sokin qishloq manzaralari va kadrdagi umumiy kayfiyat kishiga bir dunyo shinamlik bag'ishlaydi. Hikoya chizig‘i va izquvarcha elementlari ham joyida.

Ayniqsa, o‘lim mavzusini odamning dimog‘iga uradigan g‘amginlik yoki dahshat bilan emas, balki qandaydir bir xazonrezgi, ammo iliq va xotirjam kayfiyat bilan ochib berolishgan. O‘zi bolalar va oilaviy kinolarda yaqin insonning yo‘qotilishi mavzusini ko‘rsatish juda murakkab - yoki bolalarcha yuzaki, yoki o‘ta og'irlashtirib yuborishadi. Bu yerda esa o‘sha oltin oraliq topilgan.

Tavsiya qilaman.

7.5/10
❤‍🔥35❤158🔥4💔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muallif: Anvar Obidjon

O‘qidi: Jasur Karamazov

Bratim kusheyib ketibdilar😁
😁74❤86🗿42
Karllar watch listi

Shu post izohiga:

- film
- serial
- anime
- multfilm

tavsiyalaraingizni yozib keting. Yil hamda janri bo‘lsa - nur ustiga nur.

P.s: sonini ahamiyati yo‘q.
❤24❤‍🔥118
Karllar reading listi

Shu post izohiga tavsiya qiladigan asarlaringizdan yozib keting. Yil hamda janri bo‘lsa - nur ustiga nur.

P.s: sonini ahamiyati yo‘q.
❤‍🔥33❤871