Forwarded from Bobil Kutubxonasi
Kecha yarim tunda Erdo'g'an hech kimga xabar bermay bitta rasmiy qaror bilan butun boshli universitetni yopdi.
Istanbuldagi Bilgi Universiteti Turkiyada ijtimoiy fanlar bo'yicha eng oldi dargohlardan sanalardi. Yolg'on bo'lmasin, men ham aslida uning Qiyosiy Adabiyotshunoslik bo'limida o'qishni istardim, lekin yillik kontrakti 8.000 dollar bo'lganidan keyin jimgina Anqaraga ketaverdim.) Xususiy universitetni qimmatlik bilan ayblolmaymiz, albatta.
Yopilish sababi sifatida universitetning egasi bo'lmish qaysidir holdingdagi noqonuniy pul yuvish jinoyatlarini bahona qilishyapti. Lekin akademiyadagi hamma asil sababni bilib turibdi.
Turkiyadagi davlat universitetlarida siquvga olingan demokratik, liberal va sekulyar professorlar ko'pincha Bilgiga bosh urib borardi. Bo'limlaridagi domla profili ayni chempionlar ligasiga o'xshardi. Kimdir Harvardda dars bergan, boshqasi Sorbonnaning qaysidir fakultetida dekanlik qilgan va hokazo...
2021-yili Turkiyaning eng hurfikr universiteti bo'lmish Bo'g'ozichiga Erdo'g'an shaxsan o'zi yangi rektor tayinladi. Vaholanki, Bo'g'ozichi qurilgan kunidan beri o'z rektorini o'zi saylar va davlat uning ichki siyosatiga umuman aralasholmasdi. Shu bois Bo'g'ozichini demokratiyaning qal'asi deb atashardi. Keyin esa Erdo'g'an keldi va viloyatlardagi bilim dargohlariga men rektor tayinlayman, sening ulardan nima farqing bor, deb qaysidir tanishini shundoq o'tqazib qo'ydi. Undan avval ham o'z rektorini o'zi saylaydigan Anqara, Yaqin Sharq Texnik va Bilkent kabi liberal universitetlar Erdo'g'anning bu 'qishloqilashtirish' siyosatiga qurbon bo'lgandi. Uning bu qaroriga qarshi chiqqan barcha professor o'qituvchilar ishdan haydaldi, akademiyada ishlashlari ta'qiqlandi. Lekin, haydalgan domlalarning ko'pi shundog'am yaxshi mutaxassis bo'lgani uchun Amerika va Yevropadan osongina ish topdi. Turk universitetlari esa bo'm-bo'sh yo Toyyibning besavod tarafkashlari bilan qolaverdi.
Bo'g'ozichi va boshqa universitetlardan ketib, Turkiyada qolgan domlalarning ko'pi Bilgi Universitetidan qo'nim topgandi. Endi u ham yopildi va Turk akademiyasi tom ma'noda avomga taslim bo'ldi.
Bugun fakultetda o'tirgan paytim domla yonimga keldi. Yosh avloddan kechirim so'rashimiz kerak, dedi. Davlat Oliy Ta'lim Komissiyasini qurgandayoq qarshi chiqishimiz kerak edi. Biz, ha biz, katta avlod universitetlar erkinligi va suveren muhtoriyatini saqlab qolsak bo'lardi. Endi o'sha komissiya orqali davlat hamma universitetni inkubatorga aylantiradi, dedi.
Avval kimgadir aytgandim... Oliy Ta'lim Vazirligi degan vazirlik bor mamlakatda universitet bo'lmaydi. Bunga qarshi chiqqan odamlar esa hamon kommunizm sarqitidan qutulolmagan, umrida tuzuk-quruq akademiya ko'rmagan bechoralar, xolos.
@bobil_kutubxonasi

💔50🗿6🔥5❤3❤🔥2
Do‘stlik tushunchasiga deyarli imkonsiz ma’naviy majburiyatlar yuklab yuborganmiz.
Nega boshqa bir inson o‘zining tirikchiligi, oilasi va shusiz ham arang sudrab yurgan hayoti turib, bizning xatolarimiz yoki injiqliklarimiz uchun javob berishi kerak ? Insonlarning do‘stlikdan ko‘ngli qolayotganining sababi qarshisidagi odamning yomonligidan emas, balki unga qo‘yilgan kutilmalarning absurd darajada kattaligidandir. Hech kim sen uchun qahramon bo‘lishga majbur emas. Birovdan u bera olmaydigan fidoyilikni talab qilish va u buni berolmaganda undan nafratlanish bolalik xolos.

🗿45💔30❤🔥26❤17🔥8😁3🍾3
Kelayotgan bayram munosabati bilan sizlarga hayitlik bo’lsin. Tanlov uyushtirmoqchiman. Rasmga olish mahoratlaringizni sinovdan o’tkazamiz. O’zingiz o’qigan biror kitobni suratga oling va rasmni shu post ostida qoldiring. Nimalarga e’tibor beraman:
- Rasmning tiniqligi, yorugʻlikdan qanchalik toʻgʻri foydalanilganligi.
- Kitobning kadrda joylashuvi. Atrofdagi detallar kitob kayfiyatini ochib bera olganligi.
- Kitob muqovasi va fondagi ranglarning oʻzaro mosligi.
- Kreativ va orginal yondashuv.
1-o’ringa - 200.000
2-o’ringa - 150.000
3-o’ringa - 100.000
Qabul 24 maydan 27 maygacha - 3 kun. Natijalarni 29 may kuni e’lon qilaman.
Eslatma: Faqat o‘zingiz olgan (mualliflik) rasmlar qabul qilinadi. Internetdan olingan tayyor fotolar tanlovda qatnashmaydi. Shunigdek, faqat obunachilargina rasm yuborishi mumkin.
Hammaga omad.

1❤37❤🔥27💔14😢4🗿4🔥1🍾1
Film seansiga 16 kishi kirgandik, yakuniy titrlar aylanayotganda zalda 5 kishi qolgandi. Yo’q, film rasvo chiqqanidan emas, shunchaki, undagi og’ir va nafasni bo’g’adigan atmosferani ko’pchilikning psixikasi ko’tara olmadi.
Kurry Barker men bilan tengdosh - 26 yoshda. Nafaqat rejissyorlik, balki Obsessiya uchun ssenariyni ham o’zi yozgan. Pista po’choq byudjet va noneym aktyorlar bilan shedever yaratgan, Karl. Shlyapamni yechaman.
Mana tirjayib uyga qaytyapman, kayfiyat chog’. Ko’ringlar. 8.5/10

❤79❤🔥23😁8🔥5 4🗿2 2💔1🍾1 1
Aka-uka Grimmlarning ertaklar turkumini xarid qildim.
Ma’lumki Qizil shapkachaning orginalini Sharl Perro yozgan, Grimmlar esa ertakni ancha yumashitib, qayta talqin qilishgan. Bugungi kun kinematografiyasida ayni Grimmlarning versiyasini ma’qul ko’rishadi. Buning nimasi qiziq ?
Qiziq narsa shuki, Grimm ertaklaridagi qizil shapkachali qizaloqning ayni rasmdagi kabi bosh kiyimi bo’lgan. Bu ham o’z-o’zidan emas, Germaniyaning qadimiy Gessen knyazligida turmush qurmagan qizlar an’anaviy qizil qalpoqchalar kiyib yurishgan.
Biz ko’rgan va ko’rayotgan mult hamda filmlardagi Qizil shapkacha esa kopishyon kiyib yuradi. Ya’ni Grimmlar versiyasini ma’qul ko’rishsada, Perro ta’riflagan kopishyonli obrazdan foydalanishadi.

❤42 25 11 9 5
Qo’shimcha
Kinematografiyada Grimm versiyasini ma’qul ko’rishlarining asosiy sababi, orginalida bo’ri qizaloqni zo’rlab, keyin yeb qo’yadi. Qutqarilish missiyasi ham mavjud emas.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
I got a bad idea🚬
Video message
Agar Toshkent haqida yaxshiroq bilmoqchi bo’lsanglar, bemalol Nodir Nishonovni suhbatga tortsanglar bo’ladi. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa metin oyoqlar (kecha 11 kmdan ziyod piyoda yuribmiz)
Lekin shunga arziydi. Toshkentning kafellangan fasadlari ortida qolib ketgan haqiqiy estetikani, eski shahar va yangi shahar chorrahasidagi kontrastni his qildim. Shaharni piyoda kashf qilish baribir boshqacha.
Maroqli suhbat bo’ldi.

❤57🍾15❤🔥10 7🔥5 2
1 soat = 60 daqiqa
1 daqiqa = 60 soniya
1 soniya = 100 santisoniya
1 santisoniya = 10 millisoniya
1 millisoniya = 1000 mikrosoniya
26 yil 1 soniya = 60 millisoniya deb kelgan ekanman. Bolalik horam bo’ldi.

😁95 21 16❤7❤🔥1💔1🗿1
Film qanchalik shit chiqqan bo'lmasin, Sezar deganda ko'z oldimga Asteriks Olimpiada o'yinlarida komediyasidagi Alen Delonning obrazi kelaveradi. Mag'rur va kekkaygan.
Bolaligimizda shu filmni ko'p qo'yishardi, men ham ko'raverardim. Sezar va Brut munosabatlari haqida ham ayni shu film o'laroq tasavvurga ega bo'lganman. Umuman kinematografiyada Sezar va Brutning munosabatlarini juda dramalashtirishadi - o'z otasini o'ldirgan o'g'il. Padarkush. Aslida, Brut Sezarning o'gli emas. Shunday o'ylanishiga, turli talqinlarga sabab esa "Shayxpir" va Volterning pyesayu, asarlari sabab bo'lgan.

Denzil Vashington ijrosidagi The Equalizer trilogiyasini tugatganimda yengillik his qilganman. Film u qadar muhtasham bo’lmasada, qo’limga o’ziga xos chipta tutqazgan - deyarli istalgan konservativ ruhda tarbiya ko’rgan odamlar bilan gaplashishga mavzuim bo’lgan. Chunki bu qatlam uchun adolat, o’sha yo’ldagi qasos, odil samosud, ayniqsa jangari mavzular doim qadrli bo’lib kelgan. Tushunyapsizmi, ko’rgan filmlari men sanab o’tgan qatorlardan aqalli ikktasini ko’rsatib berolsa, qanchalik dyshovka bo’lmasin, ko’klarga ko’tarishadi. Shu sabab ham Dachani huv Everestga chiqarib qo’yganlar bisyor.
Filmning ssenariysi juda yuzaki yozilgan. Bosh qahramon tomonidan amalga oshirilayotgan qotilliklar va zo’ravonlik sahnalari yetarlicha psixologik zaminga ega emas. Ular shunchaki tomoshabinni shok qilish uchun qo’shilgani ko’rinib turibdi. Qahramonning ichki dunyosi, uni bu yo’lga boshlagan motivatsiya esa haminqadar.
Dialoglar alohida mavzu. Nafaqat badiiy saviyaning yo’qligini, balki tilimizning qashshoqlashganini ham ko’rish mumkin. Aktyorlarning og’zidan chiqayotgan gaplarda hayotiylik yo’q. Qatorlar pafosga to’la va eng yomoni mutlaqo zerikarli.
Aktyorlik haqida gapirishning o’zi qiyin. Bu yerda ijro emas, balki matnni yoddan o’qib berish jarayonini kuzatdim. Emotsiyalarda samimiylik juda past, bachalarning harakatlarida hech qanday psixologik o’sish yo’q. Ular o’zlari o’ynayotgan personajni tushunmagan yoki tushunishni xohlamagan.
Adolat yuzasidan aytish kerakki, filmning yagona ijobiy jihati bu o‘zbek kinosida kamdan-kam uchraydigan janr va yangilikka bo‘lgan urinish. Ijodkorlar klassik to‘y-bayram yoki maishiy drama qolipidan chiqib, yangi qadam tashlashga harakat qilishgan. G’oya bor, lekin uni amalga oshirish uchun kerakli professional baza: ssenariy va rejissura yo’q.
Eng qoyil qolgan jihatim esa filmning PR-kompaniyasi bo’ldi. Shunchalik bo’sh, saviyasiz mahsulotni qadoqlab, tomoshabinni pul evaziga ko’rishga majbur qila olish ham san’at. Kino yaratishda ham shunday tirishqoqlik bo‘lganida edi, balki natija boshqacha bo’lardi.
2/10 qo’ydim. Bir - yangilik uchun, ikkinchi bir - Murad Nasimovning raqsi uchun.

❤43😁32 12 4 3❤🔥2
Eng yomon va noprofessional tarafi: turli rivoyatlar va yana allambalo vatanparvarlik ruhidagi cho’pchaklar ortiga yashirinish.
Agar mahsulot yaxshi chiqmasa, darrov: bir-birimizni qo‘llab-quvvatlamaymiz, o’zbekmizayu, birlashaylik degan axloqiy nasihatlar bilan tomoshabinni vijdon azobiga solishga urinasizlar. Arzon manipulyatsiya. Tushuninglar, film vatanparvarlik ruhi bilan yaxshi bo’lib qolmaydi.
O’zi tomoshabinlarning katta qismi o’pisharmikan, sekis sahna bormikan degan yuzaki qiziqish bilan ko’rgan. Bunga aybdor ham o’zinglar: shu mavzuda PR qilaverib, qon qildinglar. Netflix daraja, fakenashteyn kinolayverib, reytingni sun’iy ko’tardinglar. Tanqidni ham shunga yarasha qabul qilinglar.

😁42🔥22❤6 6❤🔥4💔2🗿2 2
#11
Karl qonuni
Haqiqiy Karl hech zamonda sun'iy intellekt tayyorlgan musiqani tinglamaydi.

😁125 26🔥17❤11 8❤🔥7🍾5 2💔1🗿1
#maslahat
Ko’rishga film qidiryotganda Rotten Tomatoesning reytinglariga ko’p ham ishonmanglar. Aytaylik, biror film 85 foizlik ko’rsatkichda turibdi, bu 10 dan 8.5 ball degani emas. 85 foiz tanqidchilar filmni ko’rishga yaroqli, deb topganligini anglatadi. Tizmini ishlashini qisqacha tushuntiraman.
Agar tanqidchi filmga 10 dan 6 ball bersa, tizim buni fresh deb hisoblaydi. Agar hamma tanqidchilar birdek 10 dan 6 ball bersa, filmning reytingi 100 foiz bo’ladi. Ya’ni bu filming sifat darajasi emas, aksincha 100 foiz tanqidchi buni ko’rsa bo’ladi deb hisoblashidir. Yanada soddalashtirsam:
- Brat monov kinoni ko’rsam bo’ladimi ?
- Da ko’rur, chidasa bo’ladi.
Shunday ekan o’rtacha film ham Rotten Tomatoesda yuqori reytingda turishi mumkin.