I got a bad idea🚬
3.58K subscribers
961 photos
272 videos
10 files
280 links
Kayfiyatga qarab yozaman (18+)

Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot

Kitoblar haqida: @shisha_bino
Shaxsiy sahifa: @vasilota
Download Telegram
Yulduzlar jangi kuni bilan jedaylarim.

Yangi kutubxona, yangi mehmon.
🔥71❤‍🔥1714😁9😢3🍾3
3327 ta bo’libmiz. Ashinchaaaa odam. Bemalol qo’shin to’plab biror maydaroq davlatni bosvosak bo’ladi )
😁1891413🗿6🍾3❤‍🔥1
O’ylab qarasam telegram juda ko’p vaqtimni olyapti, bajarilishi kerak bo’lgan ishlar bisyor. Shu sababli kanal faoliyatini vaqtinchalik to’xtatishga qaror qildim. O’zlaringni asranglar Karllarim. Yarim soatda qaytaman.
😁212🗿23165🔥4💔2
Agar biz hamma narsani shunchaki didga yo'ysak, unda san'at haqida gapirishdan ma'no qolmaydi.
🔥671514❤‍🔥11
Bjezinskiyning Buyuk shaxmat taxtasi chiqgan kezlar, Turkey (Turkiya) so’zini kurka deb tarjima qilishganini eslayman. Umuman olganda bu noto'g’ri tarjima ham emas, inglizchada turkey so’zi ham kurkani, ham Turkiyani anglatadi, faqat qo'llayotganda kontekstga qarash kerak. So'zning tarixi qiziq bo'lsa, o'qib qo'yarsizlar.

Shimoliy Amerika kurkasi bundan qariyb 2000 yil avval Meksikada xonakilashtirilgan. Yevropaliklar kurkalarni ilk bor taxminan 1500-yilda, ispan tadqiqotchilari Amerikaga yetib kelib, ularni o'z ona vatanlariga olib qaytganlarida ko'rishgan. 1520-yillarga kelib kurkalar Ispaniyada ko'paytirila boshlandi va tez orada bu tansiq taom butun Yevropa bo'ylab boylarning dasturxonida ko'rina boshladi. Yangi Dunyodagi yevropaliklar o'zlari ko'rgan yangi o'simlik va hayvonlardan hayratda qolishgan va ko'pincha notanish turlar uchun tanish nomlarni ishlatishgan. Masalan, ispanlar kurkalarni tovusga o'xshatishgan, shuning uchun pavos - tovuslar so'zini qo'llashgan. Fransuzlar esa ularni poules d’Indes yoki hind tovuqlari deb ataganlar, keyinchalik bu nom qisqarib dindega aylangan. Inglizlarga esa yangi kashf etilgan Amerika qushlari Gvineya tovug'iga o'xshab ko'ringan. Gvineya tovug’i aslida Afrikada yashaydi, Yevropaga 14-15-asrlarda arab va turk savdogarlari tomonidan olib kelingan. Hikoyaning mana shu nuqtasida zamonaviy kurka (turkey) so’zi sahnaga chiqadi.

O'sha paytda Usmonli imperiyasi o'z cho'qqisida edi. Konstantinopolda (hozirgi Istanbul) joylashgan etnik turklar Yaqin Sharq, O'rta Sharq va Shimoliy Afrikani qamrab olgan imperiyani boshqarishgan. Natijada, ko'plab yevropaliklar uchun sharqdan kelgan har qanday kishi turk edi. Usmonlilar O'rta yer dengizining sharqiy qismidagi savdoda ustunlik qilganliklari sababli, Yevropaga kelayotgan ko'plab mahsulotlar turkiyaniki deb qaralgan. Masalan, Forsdan kelgan qimmatbaho tosh - Turkiya toshi deb nomlangan va bu nomning fransuzcha shakli pierre turquoise bizga firuza (turquoise) so'zini bergan. Xuddi shu tarzda, turk savdogarlari tomonidan olib kelingan Afrika gvineya tovuqlari turkey-cock (turk xo'rozi) yoki turkey-hen (turk tovug'i) deb atala boshlagan. Vaqt o'tishi bilan bu nom shunchaki turkey (kurka) bo'lib qisqargan.

Yangi Dunyo kurkalari Yevropada paydo bo'lganidan beri ular bayramona taomlarning ajralmas qismi bo'lib kelgan. Inglizcha turkey so'zi ilk bor 1555-yilda siyosatchi Jon Pridoning banket hisobotida bosma nashrda ko'rinadi: menyuda 38 ta kiyik, 43 ta qirg'ovul, 50 ta behi pirogi, 63 ta oqush, 114 ta kabutar, 120 ta quyon, 840 ta to'rg'ay, 325 gallon Bordo sharobi va har biri 4 shillingdan baholangan 2 ta kurka bor edi.

Ashnaqa gap.
🔥2096😁3🍾2❤‍🔥1🗿1
Baurlarimning Dasturini ko’rib chiqdim. Horror bo’yicha diplom ishi yoqlaganimni hisobga olib, ul-bul qoralab ketsam.

Yaxshi debyut, umuman biz yashayotgan o’lkalar asrlar davomida shakllangan afsonalar va cho’pchaklarga boy. Biroq, Markaziy Osiyo kinematografiyasida bu boy meros doim e’tibordan chetda qolib kelgan. G’arbning zombilari yoki poltergeystlari haqida bilamiz-u, lekin o‘zimizning qon-qonimizga singib ketgan qo’rquvlarimizni ekranda ko‘rishga kelganda oqsaymiz. Qozoqlar birinchi qadamni qo’yib berdi.

Filmga kelsak dinamikasi tez, vizual effektlar va atmosferaga ko’proq urg’u berilgan, biroq hikoyaning suyagi bo’lgan ssenariy xomroq chiqqan. Syujet chiziqlari orasidagi bog’lamlar bo’yicha ham ishlash kerak. Tasvirga olish sifati va grim bo’yicha daraja chakki emas. Muhimi faqatgina baqir-chaqirga yopishib olmay, dramalashtirishga harakat bor.

Mukammal asar emas, lekin bizning mintaqa uchun juda muhim eksperiment, yaxshi poydevor.

5.5/10
🔥431511❤‍🔥7🗿7🍾3
Bugun qizim Mollyning tug’ulgan kuni. 1 yoshga to’ldi. Shu munosabat bilan fotosessiya qildik.

Balog’atga yetganligi sababli uzatmoqchi bo’lib turibman. Ota Karlga kuyov bo’lishni istagan, aslzoda, yuragida myovi bor mushukvachchalar izohlarda o’z rasmlarini qoldirsinlar. Molly nomzodlarni ko’rib chiqadi )
😁1671413🍾7🗿4❤‍🔥3
I got a bad idea🚬
Photo
Més que un club
❤‍🔥5821🗿9🔥6🍾44💔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Valar Dohaeris

Zabarjadga muhtasham to’plam uchun tashakkur.

@vasilbro
3915❤‍🔥9🔥4🍾1
Oskar mezonlari

Kino san'ati va fanlari akademiyasining "Eng yaxshi film" (Best Picture) nominatsiyasi uchun taqdim etilgan vakillik hamda inklyuzivlik standartlari ekranda va ekran ortida adolatli vakillikni rag‘batlantirish hamda global aholi xilma-xilligini yaxshiroq aks ettirish uchun ishlab chiqilgan. Film "Eng yaxshi film" nominatsiyasida ko‘rib chiqilishi uchun to’rtta standartdan kamida ikktasiga javob berishi talab qilinadi. Bundan tashqari, film saralanish uchun "Eng yaxshi filmning kengaytirilgan kinoteatr namoyishi" (Best Picture Expanded Theatrical Run) mezonlarini ham bajarishi kerak. Film quyidagi sohalardan kamida bittasidagi mezonlarga javob berish orqali ushbu standartga erishishi mumkin:

A1. Kam vakillik qilinadigan irqiy yoki etnik guruhlardan bo‘lgan yetakchi yoki muhim yordamchi aktyorlar

Oskarga taqdim etilgan yetakchi aktyorlar yoki muhim yordamchi aktyorlardan kamida biri ishlab chiqarish amalga oshirilgan muayyan mamlakat yoki hududdagi (kino ishlangan hudud nazarda tutilyapti) kam vakillik qilinadigan irqiy yoki etnik guruhdan bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilar kirishi mumkin:

Afro-amerikalik / Qora tanli / Afrika yoki Karib dengizi havzasi vakillari
Sharqiy osiyoliklar (shu jumladan xitoy, yapon, koreys va mo‘g‘ul)
Ispan yoki Lotin
Tubjoy xalqlar (shu jumladan tubjoy amerikaliklar / Alyaska tubjoylari)
Yaqin Sharq / Shimoliy Afrika
Tinch okeani orollari aholisi
Janubiy osiyoliklar (shu jumladan bangladeshlik, butanlik, hindistonlik, nepalik, pokistonlik va shrilankalik)
Janubi-sharqiy osiyoliklar (shu jumladan birma, kambodja, filippin, xmong, indonez, laos, malayziya, mien, singapur, tay va vyetnamliklar)

A2. Umumiy ansambl kasta (aktyorlar tarkibi)

Oskarga taqdim etilmagan barcha aktyorlarning kamida 30 foizi quyidagi kam vakillik qilinadigan kamida ikkita guruhdan bo‘lishi kerak:

Ayollar
Irqiy yoki etnik guruh
LGBTQ+
Kognitiv yoki jismoniy nuqsoni bo‘lgan shaxslar, yoki karlar va eshitish qobiliyati past bo‘lganlar

Bu yerda gap asosiy nominatsiyalarga masalan, "Eng yaxshi aktyor" yoki "Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor" ga da'vogarlik qilmayotgan, lekin filmda rol o‘ynagan boshqa barcha aktyorlar haqida ketmoqda. Ya'ni, filmdagi umumiy aktyorlar tarkibining 30 foizi xilma-xil bo'lishi talab qilinadi

A3. Asosiy syujet liniyasi/mavzu mazmuni

Filmning asosiy syujet liniyasi (liniyalari), mavzusi yoki narrativi kam vakillik qilinadigan guruh(lar)ga qaratilgan:

Ayollar
Irqiy yoki etnik guruh
LGBTQ+
Kognitiv yoki jismoniy nuqsoni bo‘lgan shaxslar, yoki karlar va eshitish qobiliyati past bo‘lganlar
 
Xullas Nolanning maqsadini tushungan bo’lsanglar kerak. Brat Oskarga davogarlik qilmoqchi. Yana bir narsa, Odisseya dostonida Axill va Yelena markaziy qahramonlar emas, bu bilan Nolanni oqlamoqchi emasman, shunchaki u nimaga harakat qilayotganini tushuntirmoqchi bo’lyapman. Agar biz Nolan ijrosidagi Troyani ko’rganimizda edi, umuman boshqacha kartina guvohi bo’lardik.
 
Eng muhimi esa filmni 2004 yilgi Troya bilan solishtirmaslik kerak. Ko’zingizga muhtasham ko’ringan kartina ham aslida kanonga tupurib qo’ygan.

@vasilbro
❤‍🔥2013🗿4🔥3🍾2😁1
Axiyri qo’limga oldim. Kitob sifati ko’zni quvnatadigan darajada. Tarjima ham shunday deb umid qilaman. Ikki qator aytar so’zim bor.

Avvalo bu muazzam dunyoni o’zbek kitobxonlariga yaqindan tanitgani uchun Asaxiyga tashakkur. Ammo, katta bir nashriyotning o’z imzosiga ega bo’lolmasligi xunuk holat. G‘arbdagi nashriyotlarni oling, aytaylik Penguin Books yoki Faber & Faber. Ularning kitobini muqovadagi logotipini ko‘rmasdan ham, faqat shrifti, ranglar gammasi va kompozitsiyasidan qaysi nashriyotga tegishli ekanini srazu taniysiz. Bu imzo, brendga bo‘lgan hurmat.

Umuman bizning nashriyotlarda dizaynerning o‘rni qayerda ? Afsuski, ko‘p joylarda u ijodkor emas, balki rahbarning ana u joyini ko‘k qil, mana bu harfni kattaroq qil degan buyruqlarini bajaruvchi kishi xolos. Kitobni o‘qib chiqib, uning ruhiyatini his qilib muqova chizadigan illyustratorlar barmoq bilan sanarli.

Bizda kitob psixologiya haqida bo‘lsa albatta miya tasviri yoki chalkash chiziqlar bo‘lishi shart. Agar biznes haqida bo‘lsa kostyum-shim kiygan odam yoki yuqoriga qarab ketgan grafik bo‘lishi kerak. Nashriyotlar o‘z auditoriyasining didini o‘stirish haqida o‘ylashmaydi, aksincha, bozordagi eng arzon va ommaviy stereotiplarga moslashishadi.

Kitob shunchaki matn yig‘indisi emas. Agar noshirlarimiz o‘z brendi, o‘z prinsiplari va eng muhimi o‘z kitobxonining didiga hurmat bilan qaramas ekan, biz hali uzoq vaqt do‘konlarda bir xil qolipdan chiqqan, ruhiyati yo‘q, soxta muqovali kitoblarni tomosha qilib yuraveramiz.

Vizuallik ham savodxonlikning bir qismi ekanligini unutmaylik.
56🔥18❤‍🔥14💔6😁3
Pozitiv fikrlash aslida insonga o’z hissiyotlarini inkor etishni o’rgatadigan eng toksik narsadir.
🗿48❤‍🔥2816🔥7🍾7💔4
Shuningdek tinmay kitob o’qish insonni avtomat ravishda aqlli yoki madaniyatli qilmaydi. Ko’p hollarda bu shunchaki o'zini boshqalardan ustun qo'yish uchun ishlatiladigan intellektual snobizm xolos.
🔥95❤‍🔥24😁2219😢6🍾5🗿4💔3
- Sizlarni nima birlashtirib turadi ?

- Nu "shedever" final blyat.

@vasilbro
😁104❤‍🔥175💔3🍾1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sohibjamol va Maxluq. 1978 yil. Juraj Herz versiyasi. Kanonga eng yaqinlaridan biri. Ko’rdim, chakki emas - 6.5/10. Zerikkanda bosvorarsizlar.
😢27🍾11💔76❤‍🔥5🔥3
Forwarded from Bobil Kutubxonasi
Kecha yarim tunda Erdo'g'an hech kimga xabar bermay bitta rasmiy qaror bilan butun boshli universitetni yopdi.

Istanbuldagi Bilgi Universiteti Turkiyada ijtimoiy fanlar bo'yicha eng oldi dargohlardan sanalardi. Yolg'on bo'lmasin, men ham aslida uning Qiyosiy Adabiyotshunoslik bo'limida o'qishni istardim, lekin yillik kontrakti 8.000 dollar bo'lganidan keyin jimgina Anqaraga ketaverdim.) Xususiy universitetni qimmatlik bilan ayblolmaymiz, albatta.

Yopilish sababi sifatida universitetning egasi bo'lmish qaysidir holdingdagi noqonuniy pul yuvish jinoyatlarini bahona qilishyapti. Lekin akademiyadagi hamma asil sababni bilib turibdi.
Turkiyadagi davlat universitetlarida siquvga olingan demokratik, liberal va sekulyar professorlar ko'pincha Bilgiga bosh urib borardi. Bo'limlaridagi domla profili ayni chempionlar ligasiga o'xshardi. Kimdir Harvardda dars bergan, boshqasi Sorbonnaning qaysidir fakultetida dekanlik qilgan va hokazo...

2021-yili Turkiyaning eng hurfikr universiteti bo'lmish Bo'g'ozichiga Erdo'g'an shaxsan o'zi yangi rektor tayinladi. Vaholanki, Bo'g'ozichi qurilgan kunidan beri o'z rektorini o'zi saylar va davlat uning ichki siyosatiga umuman aralasholmasdi. Shu bois Bo'g'ozichini demokratiyaning qal'asi deb atashardi. Keyin esa Erdo'g'an keldi va viloyatlardagi bilim dargohlariga men rektor tayinlayman, sening ulardan nima farqing bor, deb qaysidir tanishini shundoq o'tqazib qo'ydi. Undan avval ham o'z rektorini o'zi saylaydigan Anqara, Yaqin Sharq Texnik va Bilkent kabi liberal universitetlar Erdo'g'anning bu 'qishloqilashtirish' siyosatiga qurbon bo'lgandi. Uning bu qaroriga qarshi chiqqan barcha professor o'qituvchilar ishdan haydaldi, akademiyada ishlashlari ta'qiqlandi. Lekin, haydalgan domlalarning ko'pi shundog'am yaxshi mutaxassis bo'lgani uchun Amerika va Yevropadan osongina ish topdi. Turk universitetlari esa bo'm-bo'sh yo Toyyibning besavod tarafkashlari bilan qolaverdi.

Bo'g'ozichi va boshqa universitetlardan ketib, Turkiyada qolgan domlalarning ko'pi Bilgi Universitetidan qo'nim topgandi. Endi u ham yopildi va Turk akademiyasi tom ma'noda avomga taslim bo'ldi.
Bugun fakultetda o'tirgan paytim domla yonimga keldi. Yosh avloddan kechirim so'rashimiz kerak, dedi. Davlat Oliy Ta'lim Komissiyasini qurgandayoq qarshi chiqishimiz kerak edi. Biz, ha biz, katta avlod universitetlar erkinligi va suveren muhtoriyatini saqlab qolsak bo'lardi. Endi o'sha komissiya orqali davlat hamma universitetni inkubatorga aylantiradi, dedi.

Avval kimgadir aytgandim... Oliy Ta'lim Vazirligi degan vazirlik bor mamlakatda universitet bo'lmaydi. Bunga qarshi chiqqan odamlar esa hamon kommunizm sarqitidan qutulolmagan, umrida tuzuk-quruq akademiya ko'rmagan bechoralar, xolos.

@bobil_kutubxonasi
💔50🗿6🔥53❤‍🔥2
Do‘stlik tushunchasiga deyarli imkonsiz ma’naviy majburiyatlar yuklab yuborganmiz.

Nega boshqa bir inson o‘zining tirikchiligi, oilasi va shusiz ham arang sudrab yurgan hayoti turib, bizning xatolarimiz yoki injiqliklarimiz uchun javob berishi kerak ? Insonlarning do‘stlikdan ko‘ngli qolayotganining sababi qarshisidagi odamning yomonligidan emas, balki unga qo‘yilgan kutilmalarning absurd darajada kattaligidandir. Hech kim sen uchun qahramon bo‘lishga majbur emas. Birovdan u bera olmaydigan fidoyilikni talab qilish va u buni berolmaganda undan nafratlanish bolalik xolos.
🗿45💔30❤‍🔥2617🔥8😁3🍾3
Kim qanday kitob o’qiyapti ?

Ulashinglar.
150❤‍🔥11🔥9🍾2
Kelayotgan bayram munosabati bilan sizlarga hayitlik bo’lsin. Tanlov uyushtirmoqchiman. Rasmga olish mahoratlaringizni sinovdan o’tkazamiz. O’zingiz o’qigan biror kitobni suratga oling va rasmni shu post ostida qoldiring. Nimalarga e’tibor beraman:

- Rasmning tiniqligi, yorugʻlikdan qanchalik toʻgʻri foydalanilganligi.

- Kitobning kadrda joylashuvi. Atrofdagi detallar kitob kayfiyatini ochib bera olganligi.

- Kitob muqovasi va fondagi ranglarning oʻzaro mosligi.

- Kreativ va orginal yondashuv.

1-o’ringa - 200.000

2-o’ringa - 150.000

3-o’ringa - 100.000

Qabul 24 maydan 27 maygacha - 3 kun. Natijalarni 29 may kuni e’lon qilaman.

Eslatma: Faqat o‘zingiz olgan (mualliflik) rasmlar qabul qilinadi. Internetdan olingan tayyor fotolar tanlovda qatnashmaydi. Shunigdek, faqat obunachilargina rasm yuborishi mumkin.

Hammaga omad.
137❤‍🔥27💔14😢4🗿4🔥1🍾1
Occisus ab origine mundi
💔61❤‍🔥136😢6🗿6😁33
Film seansiga 16 kishi kirgandik, yakuniy titrlar aylanayotganda zalda 5 kishi qolgandi. Yo’q, film rasvo chiqqanidan emas, shunchaki, undagi og’ir va nafasni bo’g’adigan atmosferani ko’pchilikning psixikasi ko’tara olmadi.

Kurry Barker men bilan tengdosh - 26 yoshda. Nafaqat rejissyorlik, balki Obsessiya uchun ssenariyni ham o’zi yozgan. Pista po’choq byudjet va noneym aktyorlar bilan shedever yaratgan, Karl. Shlyapamni yechaman.

Mana tirjayib uyga qaytyapman, kayfiyat chog’. Ko’ringlar. 8.5/10
79❤‍🔥23😁8🔥54🗿22💔1🍾11