Personalised
258 subscribers
62 photos
3 videos
3 files
11 links
Download Telegram
Hozirgina bir bemor keldi. 17yoshli qiz.
Shikoyati : bosh ogrigi, bosh aylanishi, quvvatsizlikka
Anamnezidan 3kun oldin tufli tozalaydigan spirtli , o'tkir xidga ega vosita olgan, tuflisini tozalayotganda o'tkir xid hisobiga hushidan ketgan. 1-yordam ko'rsatilgan va o'ziga kelgan. Shundan beri yuqorigi shikoyatlar bezovta qilmoqda . Bosh aylanishi oldin ham bazan o'tirib o'rnidan turganda bo'lib turgan. Xushidan ketgandan keyin bosh aylanishi kuchayib ketgan.

Bosh ogrigi kallani orqasida ezib turuvchi koproq zoriqishdagi bosh og'rig'iga o'xshaydi. Lekin bemorda xech qanday stress, asabiylik , aqliy nagruzka bolmagan.

Bemor oldindan hidlarga sezgirlik bor bo'lgan. Ozgina o'tkir hid ham bosh og'rig'iga sabab bo'lgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib bemorda jigar detoksi yaxshimasligini hulosa qilsa bo'ladi. Jigar detoksi buzilishi o't qopi dimlanishi bilan keladi. Bu esa bosh og'rig'iga olib keladi.

Jigar detoksi buzilishini yana bir belgilaridan biri bemor qo'ltig'i kuchli terlashga moyilligi ortgani va piyoz yesa bu kuchayayotgani aytadi. Piyoz tarkibida esa oltingugurt bor bo'lib, jigar detoksini transsulfiratsiya jarayoni buzilsa , kuchli hidli terlash jarayoni yuzaga keladi.

O'rnidan o'tirib turganda bosh aylanib, keyin o'tib ketishi esa buyrak usti charchash sindromini belgisi hisoblanadi.
Bemorni analizlar topshirgani yubordim.

Shu bemorga integrativ yondashmasak tuzalib ketishi qiyin bo'ladi. Faqat miyasiga dorilar bersak bu holati o'tib ketmaydi. Bemorni keyingi holatini kuzatamiz, davolashdan keyingi jarayonni keyingi postlarda aytib o'taman.

@nevrolog_zokirov
2👍1
Hozirgina shu odam javobni deb bloklavordi😂
Javob:
Forwarded from Elyor Fayzulla
1) hushdan ketish sabablari:
vazovagal sincope

ortostatik intolerans (POTS spektri)

giperventilyatsiya

yoki o‘tkir hiddan qo‘rqish–stress javobi

2) buyrak usti bezi charchash sindromi degan sindrom mavjud emas. ( Tibbiyotda yoq bunaqa sindrom)

Addison kasalligi bor ammo u buyrak usti bezi ogir yetishmovchiligini


Terlash : apokrin bezlar faolyati sabab , yoki bazan bakteriyalar sabab masalan : Karine bakteriyaga

Ilmiy jihatdan yoki patofizioligik jihatdan buni jigar detoksiga aloqasi yo'q.

Jigar detoksi degan so'zni o'zi isbotlanmagan.

https://www.hopkinsmedicine.org/health/wellness-and-prevention/detoxing-your-liver-fact-versus-fiction#:~:text=While%20some%20common%20ingredients%20in,not%20drink%20alcohol%20in%20excess.


Xulosa : bu yerda yozilgan aksar gaplar daje kasalliklar tibbiyotda yo'q tushunchalar )
😁2
😁3
Meni qiziqtiradigan narsa bu odamlaram med institutda o'qiganmikan? Qanaqa kitob o'qigan ekana
😁6🤣2
Bitta qiziq kasallik bor

Unda GKS qon bosimni oshirmaydi aksincha tushurib beradi

Kasallik irsiy
Biznes qilgim kelyabdi , menam so'ng instagramda aqllilik qilaman hamma menga ishonadi
😁8👍1
😁52💯2
Qanday biznes qisa boladi o'zi medik odam masalan?
🤣13
Yana bitta bomba kitobcha tayyor bolyabdi.

Case-based cardiology o'zbek tilida to'liq milliy kitobcha

Case-based degani bu kasallikni asosan klinik vaziyat asosida o'rganatadigan kitob
21👍1
Sport endocrinologiyasiga qiziqyabman. Chota ikkinchi mutaxasislikka shuni o'qiymanov
1
Tibbiyotda davolashni yakunlash strategiyasi: Nega kursni oxirigacha yetkazish hayotiy zarurat?

Bemorning ahvoli yaxshilanishi har doim ham to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Davolash jarayonining eng muhim bosqichi — bu uning to‘g‘ri yakunlanishidir (Exit Strategy). Ko‘pchilik bemorlar simptomlar yo‘qolishi bilan dori qabul qilishni to‘xtatadilar, ammo bu jiddiy asoratlarga va kasallikning surunkali shaklga o‘tishiga sabab bo‘ladi.

Quyida davolashni yakunlashdagi asosiy tamoyillar va hayotiy misollar keltirilgan:

1. Antibiotiklar va mikroblar rezistentligi
Antibiotik terapiyasida "ozgina qoldi" degan tushuncha xatolidir. Dori qabul qilinganda dastlabki kunlarda eng kuchsiz bakteriyalar nobud bo‘ladi va bemor o‘zini yaxshi his qiladi. Agar kurs to‘xtatilsa, organizmda eng kuchli va yashovchan bakteriyalar qoladi. Ular ko‘payib, dorigan o‘rganib qoladi.

Misol: Bemorga yiringli angina tashxisi bilan 7 kunlik antibiotik yozildi. 3-kuni tomoq og‘rig‘i va isitma qoldi. Bemor dorini to‘xtatdi. Natijada, bakteriya to‘liq o‘lmadi va biroz vaqt o‘tib kasallik qaytalandi (retsidiv). Eng yomoni, endi o‘sha antibiotik ta’sir qilmaydi va yurak yoki bo‘g‘imlarda revmatizm rivojlanish xavfi bir necha barobar ortadi.

2. Bekor qilish sindromi va dozani asta-sekin kamaytirish
Ba’zi guruh dori vositalarini birdaniga to‘xtatish organizm uchun o‘ta xavflidir. Buni tibbiyotda "bekor qilish sindromi" deyiladi. Bunday dorilarni shifokor ko‘rsatmasi bilan maxsus sxema asosida kamaytirib borish kerak.

Misol: Yurak ritmini nazorat qiluvchi beta-blokatorlar (masalan, Bisoprolol yoki Metoprolol) uzoq vaqt ichilganidan so‘ng birdan to‘xtatilsa, "rikoshet effekti" yuzaga keladi. Qon bosimi keskin ko‘tarilib ketishi, yurak urishi tezlashishi (taxikardiya), hatto miokard infarkti xavfi yuzaga kelishi mumkin.

3. Laboratoriya nazorati va yashirin jarayonlar
Klinik sog‘ayish (simptomlar yo‘qolishi) va biologik sog‘ayish (tahlillar normaga kelishi) o‘rtasida farq bor. Davolashni tugatishdan oldin nazorat tahlillari o‘tkazilishi shart.

Misol: Temir tanqisligi kamqonligida (anemiya) preparatlar qabul qilinganda gemoglobin miqdori tezda normaga kelishi mumkin. Ammo organizmning temir zaxirasi (ferritin) hali to‘lmagan bo‘ladi. Agar shu nuqtada davolash to‘xtatilsa, 1-2 oydan keyin anemiya yana qaytalanadi. Shuning uchun gemoglobin ko‘tarilgandan so‘ng ham bir necha oy davomida davolash davom ettirilishi shart.
👍2
Tibbiyotni yerga urayotganlar alternativechi doxtirlarni bitta bitta debat qilib ezishlik kayfiyat
1
Shular yerni tekis deb o'ylaydi
😁5
Biz kasallikni sababini aniqlay olmasak yoki bilmasak:

Sabab: idiopatik
😁7
https://t.me/dietauz1


Sog'lom ozish bo'yicha professional ma'lumotlar kanalim

Kerak bolganlarga tavsiya qilamiz)
2