✎﹏ѵɑɷρıɾ ɦıƙσყɑɭɑɾ
188 subscribers
697 photos
82 videos
97 files
342 links
Download Telegram
shik olida oltita qotil qasrni ko'zdan kechirishar edi. Bittasi qizlarni ko'rdi va tepaga yugudi. Qizlar eshikni qamab olishdi ammo eshik osongina buzuldi.
- Portal paydo qil
- Unga vaqt yoq. Jang qilamiz qo'linga ilinganini ol.
Yuliya yerda turgan soyabonni oldi. Ikki qotil xujumga o'tdi Maksim iloji boricha Yuliyaga ikkisini hm yaqinlashtirmadi. Maksim bittasini portal ochib Gavaye orollariga jo'natishga ulgurdi ammo ikkinchisi Maksimni yilkasini yaralshga ulgurdi. Yuliya soyabonni qotilni bo'yniga tirab bug'a boshladi. Yuliya bilan chalg'igan qotilni Maksim yana portal ochib Karib orollariga ravona qldi. Ikkisi ham endi nafas rostaganda eshikdan qotilar kirdi qora plash kiyib olgani qattiq baqirdi bu tovsh to'lqinlari qizlarni derazadan tashqariga uloqtirib yubordi. Ular o'rinlaridan turishdi
- Yuliya aeraportga yugur. Biror taksi ushla tez ket. Qooch. Ming lanat Vanya qaylarda yuribsanaa.
Yuliya yugurib ketdi. Joni boricha yugura boshladi va bir taksi tutib haydovchini mashinadan tushishini ongi yordamida buyurdi. Mashinani uchirib haydab ketdi.

- Hali shunaqami. Hozir Maksim kimligini ko'rasan.- deb Maksm oldidan va qora plashlini orqasidan portal ochdi. U baqirishni boshladi. Tovushlar bir portaldan o'tb qotillarni orqasida paydo bo'ldi va ularni uchirib yubordi. Endi unga tashlanmoqch bo'lishganuda Alita paydo bo'ldi va temir tirnoqlari bilan boshlarini uzib tashladi.
Yuliya aeroportga yetib keldi, mashina qarshisida mana yana bir mutant. Yuliya daxshat bilan qarab qalban nohushlikni sezdi. Qotil qo'liga g'alati qurolni oldiva mashinani mo'ljalga oldi. Qiz joni boricha mashinadan tushib uzoqqa qochishga harakat qildi va ortidan kuchli portlash eshitildi, qizni uzoqqa uloqtirib yubordi. Yuliya qulog'i g'uvillab boshi aylana boshladi. Oldiga qotil kelib qurolni Yuliyaga to'g'irladi Yuliya ko'zlarini yumib oldi ammo hech nima sodir bo'lmadi asta ko'zlarini ochdi. Yerda qotilni ayanchli murdasi yotar edi uni ustida esa hansiragancha Artyom turar edi. Yuliya arang o'rnidan qo'zg'alib turdi ammo boshi aylanib yiqildi Artyom uni tutib qoldi va yuziga ayanchli tikildi:
- Kechir meni seni yolg'iz qoldirmasligim kerak edi. Kechir.
Yuliya hushini yo'qotdi. Artyom Yuliyani ko'tarib aeraportga yo'l oldi kozlari esa Yuliyada edi. Ularni daraxt panasida g'azab bilan Ziyra kuzatib turar edi.
Aeraportda Yuliya uziga keldi. Sal nariroqda Vanya va Maksim gapashib kelishar edi.
- Ikkita dumni ergashtirib qayergacha bording?
- Uncha uzoqqamas ikki ko'cha naridagi tor yo'lakkacha.
- Vanya bu o'yinlaring boshinga yetadi oxiri. Sal jiddiy qara bu o'lim jamoasiga.
- Ammo meni bir farishta qutqardi.
Ammo Maksim uni so'ngi gapini eshitmay Yuliyani oldiga yugurib ketdi.
21:00da Quiz viktorinasi boʻladi Qotil muhabbat hikoyasidan quiz gruppada😊😊😊kech qoganla kritilmidi testga😁😁😁
#YETTI_GUNOH 3-FASL
10-QISM
OG'IR TANLOV


Ba'zida shunday vaziyatlar bo'lib qoladi-ki, oldingizda turgan 2 ta yo'ldan birini tanlashga majbur bo'lasiz. Ish yoki oila; Vijdon yoki boylik; O'zlik yoki boshqalar uchun yasalgan soxta "niqob"...
Lekin bulardan eng qiyini siz uchun qadrli bo'lgan ikki insondan birini tanlashdir...

–Xo'sh, qo'g'irchoq teatrim yoqdimi? Mariyanetta kim bo'lganligini va ayni damda kimga aylanganini tushunib oldimgizmi? Yoki san'atim yaxshilab tushuntirishga unchalik yetmadimi?-malika Jasminning tanasi xuddi ipda boshqariladigan qo'g'irchoqday harakat qilib, havoga ko'tarildi.
–Ko'nglim bu yerda yomonlik borligini sezgandi-ya...-Kristina asabiy pichirlab qo'ydi,–Barcha ayb sizda, buvi!
–Mariyanetta xonim...Barchasini yaxshilik va tinchlik bilan hal qilishim mumkin,–Violetta Mariyanettani tinchlantirishga urinib, u tomonga qadam bosdi,–Balki men qizingiz va eringizni ko'rib qo'yarman? Tumorim har qanday kasallik va jarohatlarni davolashga qodir...
–Bu kasallik emas!-Jasminning tanasini boshqarayotgan Mariyanetta qo'pollik bilan ovozini ko'tardi,–Bu la'nat! Mening oilam hayotimni to tug'ilganimdan beri zaharlab keladigan la'natning qurboniga aylandi. Men tumorlar yordamida o'zimdagi la'natni yo'q qilib yubormoqchiman. Axir yettita tumorni birlashtirgan kishi istalgan orzusiga erisha oladi deyishadi, shunday emasmi?
–Qarshingda faqat ikki dona tumor bor xolos!-Kristina ham baland ovozda baqirib yubordi,–Birinchidan, qolgan tumorlarga ega chiqish sen o'ylaganingdek oson emas. Ikkinchidan esa, toza qonli vampirlar tumorlardan uzog'i bilan ikki yil foydalana olishadi. Keyin tumor ularning tanasini chiritib, holsiz qilib qo'yadi. Filip bunga yaqqol misol.
–Yolg'on! Meni bu ahmoqona yolg'onga ishonadi deb o'ylayotgan bo'lsang, qattiq adashasan!-Mariyanetta Jasminning tanasini havoda uchirib, Kristinaga otib yubordi. Jasmin uning tanasiga urilib, ikkalasi ham devorga qapishib qolishdi. Violetta eshik yonidagi temir panjarani qilichi yordamida kesib tashlab, tashqariga yo'l ochdi:
–Hoziroq bu jinnixonadan chiqib ketamiz!
–Undan ko'ra "Chaqmoq, birinchi mamlakatga portal och" deb buyursangiz osonroq emasmi?-Chaqmoq kesatiq bilan nayzasini yerga sanchib, portal ochishga shaylandi. Biroq uning qo'lidan qizil nur taralib, o'zini o'zi mushtlay boshladi.
–Kristi, aqldan ozib qolganmisan?!-baqirdi Violetta Chaqmoqni qizil tumor yordamida portal ochishiga yo'l qo'ymayotgan Kristinaga qarab.
–Bu men emas...Men tanamni boshqarolmayapman!

Jasminning tanasi havoga ko'tarilib, uning qo'llarida yana yog'ochdan yasalgan krest shakli va unga bog'langan yaltiroq iplar paydo bo'ldi. Yaltiroq iplarning bari Kristinaning tanasiga bog'lanib, uni xuddi qo'g'irchoqday o'ynatayotgandi.
–Voy sen la'nati qo'g'irchoqboz...!-Lara yer ostidan qalin o'simliklar o'stirib, Jasminning tanasini o'rab tashladi. Jasmin Kristinaning tumoridan foydalanib, Laraning bo'ynidan qattiq bo'g'ib, nafas ololmaydigan qilib qo'ydi. Izabella ham jim qarab turmay, qumlari yordamida Jasminning atrofini hech narsa ko'rolmaydigan qilib o'rab tashladi. Sehrli iplarga o'ralgan Kristina o'zi istamagan holda Jasmin tomonga yugurib, uning atrofida qizil qobiq paydo qildi va Izabellaning qumlari uchib ketdi.
–Bunday muhitda portal ocholmayman!-baqirdi Chaqmoq,–Menga tinchroq joy kerak!
–Ishlar pachava...-Violetta tor va qorong'i yo'lakka chiqib, ular tomonga bostirib kelayotgan bir talay askarlarga ko'zi tushdi.

–Meni qo'yib yubor, la'nati lo'ttiboz! Meni qandaydir qo'g'irchoqday o'ynatishlariga aslo yo'l qo'ymayman!-Kristina Mariyanettaning iplaridan chiqib ketishga urinardi. Biroq u qancha chiranmasin, tanasiga bog'langan sehrli iplar hech ham uzilmasdi.
–Lara, qobiq ichidan biror narsa o'stir!-Izabella qumlari foyda bermayotganidan asabiylashib, baqirib yubordi. Lara Mariyanettani yo'q qilish uchun avvalo Kristinani ozod qilish kerakligini tushunib, uning oyoqlari ostidan chirmovuqqa o'xshash narsa chiqarib o'rab tashladi.
Mariyanetta Jasminning kamariga osilgan pushti rang xanjarni chiqarib, Kristinaning oyog'idagi o'simliklarni chopib tashladi. Kristina esa qobig'ini yanayam kengaytirdi.

–Kimga qo'l ko'tarayotganingni ichida hali hech ham ishlatilmagan miyasi bor kallang bilan o'ylab ko'ryapsanmi, o'zi?!-eshik ortidan Violettaning g'azabnamo ohangdagi baqirig'i eshitildi. Izabella bu yerdagi jangda foydasiz ekanligini tushungani uchun Violettaga yordam berishga yugurib ketdi.

–Chaqmoq...Meni qobiq ichiga kirgaza olasanmi?-so'radi Kristian Lara bilan jang qilayotgan Kristinaga ishora qilib.
–Uni yengish uchun Jasminning tanasini yo'q qilish kerak!-burchakka berkinib olgan Zed past ovozda ogohlantirib qo'ydi.
–Unda begunoh qiz halok bo'ladi-ku...nahotki boshqa yo'li bo'lmasa?
–U allaqachon o'lib bo'lgan. Qarshingda uning qo'g'irchoqday jonsiz tanasi turibdi, xolos. Qutqarish mumkin bo'lgan yagona odam bu qizil tumor egasi. Agar qutqarishni istasang, albatta.
–Portal tayyor!-Chaqmoq oppoq nur taratib turgan portal ochib, unga Kristianni taklif qildi. Kristian kechagi jang sabab haliyam qaqshayotgan qo'liga qilichini olib, portal ichiga kirib ketdi va chindan ham qobiq ichida paydo bo'ldi. Uni ko'rgan Lara yordam berish uchun bor kuchini yig'ib, Jasminning tanasini chirmovuqlar bilan o'rab tashladi. Mariyanetta Kristinaning tanasidan foydalanib, Kristianni tumor yordamida bo'g'ib oldi.
–Men...men buni xohlamayapman...Kris, kurash, kurash!-Kristina qancha urinmasin, tanasini hech boshqarolmasdi. Uning chap qo'lida qizil xanjar paydo bo'lib, tanasi o'ziga bo'ysunmagan holda Kristianga yaqinlashdi.
–Yo'q...Kris, biror narsa qilsang-chi! Axir mendan kuchlisan-ku! Chaqmoq paydo qil!
–U holda senga ham zarar yetishi mumkin...Bunday qilolmayman.
–Unda nega kelding, tentak?! Men bilan kurasholmasang, nega kelding? Agar yashashni istasang, menga chaqmog'ingni urasan!
–Men...men yoningga senga ishonganim uchun keldim...-Kristian bo'ynidagi og'riqqa qaramay, Kristina tomonga qadam bosdi. Kristinaning qo'lidagi xanjar uzun qilich qiyofasiga kirdi.
–Ket, Kris...Hoziroq ket!
"–Nima bo'ldi? Tanang o'zingga bo'ysunmay qoldimi?" -Kristinaning qulog'iga Reginaning kulgu aralash ovozi eshitidi,- "–Agar menga o'z tanangni bersang, seni bu jahannamdan qutqaraman. Shahzodamiz o'lib ketishini xohlamaysan-ku, to'g'rimi? Men ham buni xohlamayman. Axir ikkimiz ham bir kishimiz, qalbimiz bir..."

Kristian Kristinaning qilich tutgan qo'lidan ushlab, o'ziga yaqinlashtirdi. Tinaning uni bo'g'ib turgan qo'llari pastga tushib, o'zini erkin qo'ydi.
–Naqadar ajoyib tomosha...-Laraning o'simliklaridan halos bo'lgan Jasmin soxta tabassum bilan jilmayib qo'ydi,–Qani shahzoda, so'nggi so'zingni ayt. So'z beraman, bu sahnani albatta keyingi teatrimda olib chiqaman. Lekin menga nimadir qilishga urinsang, Kristina qo'lidagi xanjarni o'z yuragiga sanchadi.
–Anavi Gridning gaplari esingdami?-pichirladi Kristian,–Tumoring yana tillarangda tovlanishi uchun...
–Yo'q! Aslo! Undan ko'ra Reginaning taklifini qabul qilaman! Agar yana birgina so'z aytadigan bo'lsang...
–U aytib bo'ldi!-Jasmin telbalarcha kulib, qo'lidagi iplari yordamida Kristinaning tanasini boshqardi. Tanasi o'ziga bo'ysunmayotgan Kristina qo'lidagi qilichini Kristianning yuragiga sanchib oldi.
–Y-yo'q...K-Kris...bu tush...shunchaki la'nati tush, xolos!
Kristian qo'lidagi qilichi yerga tashlab, og'zini ochganch daxshat bilan bir nuqtaga tikilib turgan Kristinani quchoqlab oldi.
–Nega...nega taslim bo'lding?! Boshqa yo'lini ham topish mumkin edi!
–Sening Regina ekanligingga hech qachon ishonmaganman...va ishonmayman ham. Uning yo'liga kirib ketishingga yoki Jasminga o'xshab jonsiz qo'g'irchoqqa aylanib qolishingga aslo yo'l qo'ymayman...Seni sevaman...Tina...
Kristian qonga to'lgan lablari bilan Kristinadan bo'sa oldi. Uning qonga belangan tanasi yog'ochday qotib turgan Kristinaga osilib, yerga qulab tushdi.
"–Endi men nimani his qilganimni tushungandirsan?-" -so'radi Regina,- "–Men ham yaqinlarimdan senga o'xshab ayrilib qoldim. O'sha la'nati Drakula men uchun aziz bo'lgan barchani qirib tashladi...
Endi nega men ham Frederikaning yo'liga kirib qolganimni his qilyapsanmi? Hattoki qarshingda turgan jonsiz qo'g'irchoqda ham zulmat yo'liga kirishiga sababi bor. U ham o'z oilasini, o'z yaqinlarini qaytarishni xohlaydi va bu yo'lda istalgan ishiga qo'l uradi. Men yovuz emasman, Kristina. Frederika ham, Filip ham va hattoki seni shu ahvolga solgan Mariyanetta ham yovuz emas. Biz shunchaki o'zining ezgu maqsadiga erishish uchun bel bog'lagan bechoralarmiz, xolos. Senga o'z kuchimni taklif qilishim mumkin edi, biroq senda Van Hellsing ruhi qayta uyg'ona boshladi. Qani bo'l, Kristina. Vujudingda paydo bo'lgan nafrat yordamida Mariyanettadan qasos ol. Men his qilgan g'azabni, men his qilgan qasos o'tini sen ham his qil. Uni o'ldir..."
Kristinaning tumoriga tillarang kirib, xuddi Filip bilan jang qilgan payti singari g'ayrioddiy kuch paydo bo'ldi. U o'rnidan turib, tanasiga o'ralgan iplarni ushladi va qattiq silkitib, telbalarcha tabassum qilib turgan Jasminning tanasini o'z iplari bilan o'rab tashladi. Kristinaning ko'zlari olovday tovlanib, Jasminni nur sochib turgan qo'llari bilan bo'g'ib oldi.
–Sen...sen...
–Nima men? Nima qilib qo'yding, demoqchimisan? Lekin bu ishni sen qilding. Uni o'zing, o'z qo'llaring bilan o'ldirding...
–Burdalab tashlayman!!!-Kristina g'azab bilan bor ovozida chinqirib, Jasminning tanasini zarb bilan yerga urdi. Kristinaning o'tkir ovozi va yerga urilgan zarbadan atrofdagi qizil qobiq parchalanib ketdi. Zarba qattiqligidan marmar pol darz ketib, Jasminning tanasi shaklida iz qolib ketdi.
–Men baribir og'riq sezmayman,-dedi Jasminning tanasiga kirib olgan Mariyanetta,–Lekin sen sezasan...!

Mariyanetta sehrli iplarini yerda yotgan Kristianning jasadiga o'rab, Kristinaga tashlanishga majbur qildi. Kristina shu zahoti ortiga sakrab, Kristianning qilichiga chap berib qoldi. Kristianning qo'lidagi qilich esa to'ppa to'g'ri yerga qadalib qolgan Jasminning qorniga sanchildi.
–Baribir og'rimayapti...Ayniqsa qalb og'rig'i turganda...qalb og'rig'i turganda, tig' og'rig'i nima bo'libdi?-Jasminning og'zidan qon oqib, o'rnidan turishga urindi. Kristina qo'lida tillarang qilich paydo qilib, uni Jasminning yuragiga sanchib oldi. Jasminning yuziga battar tabassum yugurib, hissiz ko'zlarini tepaga tikkancha yana yerga yiqildi.
–Bu...bu hali hammasi tugadi deganimas...Mariyanetta albatta yana baxtli hayotiga qaytadi...2-akt ham tragediya bilan yakun topdi, lekin 3-aktda u o'z maqsadiga erishadi...so'z beraman...

Jasminning tanasi harakatdan to'xtab, tirjaygancha o'lim topdi. Uning qo'lidagi sehrli iplar shu zahoti g'oyib bo'lib, Kris va Tinaning tanasi butunlay ozod bo'ldi. Kristina yerga qulab tushayotgan Kristianning tanasini tutib qolarkan, kamariga osilgan halta ichidagi idishga behosdan qo'li tegib ketdi. U halta ichidagi idishni chiqarib, "Marko" degan yozuvga ko'zi tushdi.
–Meni kechir, Marko...Bu ishim uchun meni aslo kechirmasligingni bilaman...Lekin xudbinlik qilishga majburman. Majburman...
# Zulmat_Ogʻushidagi_Muhabbat
ZOM

NUR 2-qism.

Bugun hayotim iziga tushgan. Yaqinlarim, oilam va doʻstlarim bor. Volter doimo akam boʻlgan Elizabet esa singlimdek. Ular koʻp sinovlarni birga yengib oʻtishdi. Hozir ular juda baxtli. Yana Kallenlar bilan ham doʻstmiz. Ularning oilasi va oʻzaro munosabatlariga doimo havas qilganman. Volter va Elizabet koʻp vaqtlarini asosan Volterrada oʻtlazishadi. Ularning zimmasida katta mas'uliyat bor. Endi ular Volturilarning vazifalarini bajarishmoqda. Koʻplab boshqa mamlakat va hududlardagi vampirlarni kuzatib qoidalarga boʻysinmagan va qonga tashna vaxshiylarni yoʻq qilishmoqda. Men esa hozirda Saylemdagi uyimizdaman. Forksda ham shinamgina uyim bor. Ammo u yerda Kallenlarsiz zerikarli. Ular ham hozirda boshqa joyga koʻchib oʻtishgan. Bizning umrboqiy hayotimizning yoqimsiz jihatlaridan biri uzoq muddat bir yerda yasholmaymiz. Menga esa bir joyda yashash yoqadi. Inson uchun qadrli boʻlgan bir makon boʻlishi kerak. Shirin xotiralar va qalbing xotirjam boʻladigan, doimo seni oʻz bagʻrida ushlab turuvchi senga tegishli boʻlgan makon. Menga Saylemdagi uyimiz koʻproq yoqadi. Menga qadimiylik va hashamat yoqadi. Bu uy Volterning oilasiga tegishli. Qadimgi goʻzallik menga juda yoqqan. Oʻzimni chalgʻitish va qoʻshimcha daromad uchun Saylemda antiqa va qadimgi buyumlar doʻkonini ochdim. Bu ish oʻzimga ham zavq beradi.
@vampir_hikoyalar kanali a'zolarining bariga salom.
Sizlar bilan #Elen (yoki #ovchi) anchadan beri qiynab kelayotgan masala haqida izoh qoldirmoqchiman.
Bizga, aniqrog'i menga kanalga o'z hikoyasini tashlamoqchi bo'lgan ko'pchilik murojaat qilyapti. Har biriga iloji boricha tezroq javob berishga harakat qilyapman, lekin oxirgi murojaat mening shaxsiyatimga tegib ketdi!
Hurmatli Nuriya xonim, birinchidan meni bloklab qo'yib, gapirgan gaplaringizni isbotlab bermasdan ketolmaysiz.
Birinchidan, men hech qanaqasiga tanish-bilishlardan hikoya olib, ularni kanalga admin qilib qo'ygan joyim yo'q. Kimgadir hikoyasi kanalga chiqarilmaydi deb javob berdimmi, demak u yozgan asarning saviyasi va uslubiy xatolari judayam ko'p va shaxsan o'zimning qarashlarimdan kelib chiqqanda, "hikoya" deyishga arzimaydi. Bunday asarlar kanal reytingi va saviyasini yanayam pasaytirib yuborishi mumkin. Men hech qanday tanish-bilish yoki dugonalarimni emas, yozgan asari kanalga joylanishiga arziydigan, odamlarni kanalga admin qilaman.

Ikkinchidan, siz yozgan hikoyani o'qiy olmagan yoki javob yozolmagan bo'lsam, vaqtim kamlik qilgan. Chunki hozir uchta proyekt ustida ishlayapman. Hali o'qib javob yozmaganim, menga murojaat qilganlarni nazarimga ilmadim deganimas(hammamiz ham odammiz va odamligimizcha qolamiz)

Uchinchidan, oxirgi kunlarda adminlar kengashi bilan kelishmay turib menga murojaat qilayotgan yozuvchilarning hikoyalarini kanalga qo'yyapman. Bunga sabab adminlar kengashi tarqab ketganida va ayni damda faqatgina uch dona tajribali adminlar qolganida(Men, #red_rose96 va #serpent)

Agar menga murojaat qilishni istamasangiz va haliyam tanish-bilish bilan kanalga admin oladi va yozganlarimizga javob bermaydi deb o'ylasangiz, bemalol @Red_rose96 yoki @L_o_a_d_i_ng larga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmat bilan @future_writer
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
7-QISM
Hozirgi kun. Norvegiya.
Yuliya kechagi voqeadan so'ng uxlay olmadi, tong otishi bilan uy ichidagilar jonlana boshlagach istar istamas pastda tushdi. Oshxonada Yan, Alita va Jastin bemayli xotir ovqatlanishar edi. Yuliya ularga arang salom berib Alitani yoniga Yanni qarshisiga o'tirdi. Qo'lini stol ustidagi sharbatga uzatdi va Alita uning bog'langan qo'lini ko'rib qoldi.
- Senga nima Boldi? Ahvoling yaxshimi?
- Hmm. Yaxshiman kecha oyna sinib qo'limni kesib ketdi.
Bu o'xshamagan yolg'onga hech kim ishonmadi, Alita bo'lsa albatta ohiriga yetaman deb mavzuni o'zgartirdi. Jastin hech nima bo'lmagandek tirjaydi.
- Nahotki ehtiyot bo'lsang bo'lmaydimi yalmog'iz. Ahir toshlar yo'g'ay swn bizga keraksan.- Atayin gapini xato aytib Yuliyaga ma'noli qarab qo'ydi.
- Havotirim senga tushmasin. Sen undan ko'ra AQSHga ketishga tayyorlan kanalizatsiya bo'ylab kimladir sayohatini yakunlamoqda.- bu gapni aytib Jastinni yuzidagi holatdan mamnun sharbatdan ichdi.
- Bu oddiy gapni senday yalmog'iz biladimi boshqami meni qo'rqitmaydi.
- Yug'eee. Ofarin. Qoyilmaqom.-Yuliya stakanni stolga qo'yib achchiq tabassum bilan qarsak childi, nigohini Jastindan uzmadi.
- Bu maqtovlaringni mengamas suyukli Artyominga saqla qizaloq.- Uning asabiy qiyofasiga mamnun jilmayib gapini davom ettirdi.- U sen va yaqinlaringni jonni ola boshlaganda yarab qoladi bu so'zlar.
Yuliya o'rnidan turdi va ishtaxam yuqoldi deb xonasiga chiqib ketdi. Uning izidan Jastin ham odimladi, Yuliyaga yetib olib blagidan tortib o'ziga qaratdi. Qizning jiqqa yoshga to'la ko'zlari bir narsa bo'lsa quyulib oqishga shay turganini ko'rib qalbida achinish va g'oliblik paydo bo'ldi. Qiz yonidagi stolni ustidan qadimiy huldonni olib Jastinni boshiga tushurdi va halos bo'lgn qo'li bilan itarib yubordi. Xonasiga yetib kelishi bilan eshikni ichkaridan qulflab oldi va o'zini burchakka otdi, qo'lli busht bo'lib tugulib devorga bir necha marta zarba berdi. Qo'llarida og'riq turdi biroz o'tib qon chiqa boshladi ammo u to'xtamadi battar devorni ura boshladi ko'z oldida Maksimni jonsiz tanasi jarqa yiqilayotgani, Artyomni Yuliyadan raqsga taklif qilgani, Vanyaning ilk paydo bo'lgani Timofeyni so'ngi ko'rgan holatlari. U azob boridan baqirolmay bo'g'ziga tiqildi. Alamini shu qo'llardan oldi. Shu payt qayerdandir Artur paydo bo'ldi va Yuliyani to'xtatdi. Yuliya ortiq chidolmay baqirb yubordi ham qo'llarini og'rig'idan ham qalbini cheksiz yaralariga sepilgan tuzdan. U tizzalab qoldi Artur bo'lsa Yuliyaga taskin berib biror jinnilik qilib qo'ymasidan uxlatmochi bo'ldi. Uni asta turg'azib yotog'iga yotqizdi Yuliyani yuzini alam va xiyonat ko'z yoshlari yuvar edi. Ahiyri tinchlanib qoldi ko'zlarini yumdi Artur doka olib kelib uning qo'llarini bog'ladi, Yuliyaga achinish bilan qarab qo'ydida xonani tark etdi.

Ximolay. Qarorgoh
Timofey ulkan panjarali derazadan xira ko'rinayotgan manzarani tomosha qilib hayolga berildi. Alita bilan so'nggi uchrashuvi esiga keldi.

Ancha yillar oldin
Rossiya.
- Demak hammasiga men sababchiman shundaymi?
- Men unday demoqchi emas esim Timofey. Shunchaki sen menga qancha yaqin yursang hayoting havfda qoladi.
- Yo'q hozirgina sen menga qarab dardisarsan dedi.
- Timofey ha sen menga shunaqasan, sen yonimda bo'lsang senga nimadir bo'lishidan qo'rqib hotirjam yurolmayman. Senga biror nima bo'lsa o'zimni kechirolmas darajada bo'lib qolaman. Sen meni hech qanday maqsad va rejalarsiz yaxshi ko'ra olgan insonsan. Sendan shunchaki ayrilish menga og'ir.
- Nimalar deyayapsan? Nima alahlayapsanmi? Alita sen haqiqiy farishtasan, jasur farishta. Menga kelsak havotir olma hammasi yaxshi bo'ladi hali beri o'lmayman.- Timofey bishi yer chizayotgan Alitaga qo'l uzatdi. Alita biroz o'ylanib qoldi va jiddiy qarorga keldi, kechir Tima men bunday qilolmayman biz ular singari baxtli bo'lolmaymiz- deb ulardan uzoqroqdagi Vanya va Maksimni ko'rsatdi.
- Axir men.... Sen menga keraksan... Tushunn...
Alita Timofeyni gapiga javobsiz ortiga qayrilib keta b
oshladi. Boshini quyi solgancha ko'zidagi alam yoshlarini yerga to'kilishiga zamin yaratib berar edi go'yo. Ortidan qo'l uzatgancha qolgan Timofey
- Axir men... men seni... Sevaman Alita. Sevaman.

Hozirgi kun. Qarorgoh.
" afsus oxirgi gaplarimni eshitmading Alita. Agar yana biroz vaqt berganingda seni qanchalar yoqtirishimni tushungan bo'lar eding. Hozir qayerlardasan? Nimalar bilan mashg'ulsan? Ehhhh... Bu dunyidagi yashashim sababi sen eding. Bu qarorgohning har tarafiga bormay har ishga bosh suqmay, sen hayolimni egallab olaverasan. Sen mening hayotimdagi eng sirli hilqat bo'lib qolding. Tashqi tarafi metindek irodali jangchi qiz, qalban himoyasiz, musichadek beozor Alita."

Timofey fikrini jamlash uchun yuzini bir ikki silkitib majburan ishga kirishdi. Kechgacha bosh ko'tarmay ishladi. Uning jamiyat tomonidan yuklanan vazifasi " Mutatsion siatemani shakllanish jarayoni" edi.

Ancha yillar avval. Italia

- Yuliya malagim ahvoling yaxshi bo'lib qoldimi?
- Ha Vanya yaxshiman. Ammo biroz boshimni aylanishi bor va yana qandayfir g'uvillash.
- O'tib ketadi biroz dam olishing kerak.- Uning tirnalgan peshonasiga achinib qarab turgan Maksim davom etdi.
- Uzr meni biroz ishim chiqib qoldi. Bu jarohatlar deyarli meni sharofatim bilan.
- Sen hozir bu buchora qizning yuzidagi momataloqlarni maqtadingmi o'zingcha Alita?- Asabiy Alitaga tikildi va kulib yubordi Timofey. Biroz vaqt o'tib Artyom kirib keldi va yotoq ustidagi "bezorilarga" jiddiy qarab qo'lidagi dori idishni stolg eshitarli ovozda qo'ydi va qo'llarini qovushtirib qoshlarini chimirdi.
- Aaa... Haligi.. Vanya kirilmasin degan yozuvim.. sen olib qo'ydingmi? Hoziroq qaytar.
Bu ayyorona qochish rejasini tushungan Vanya jilmayib
- Hmm... men bu yozuvni o'zmga tegib o'tib ketganini his qildi... Yur topib beraman. - deb ikkisi xonanu tezda tark etdi. Artyom ularni sovuq nigoh bilan kuzatib qolganlarga tikildi.
- Artyom kechir. Bezovta qilmasligimiz kerak ammo qadrli Yuliyani ahvolini bilmay turolmasdik, ha u toliqib qolishi mumkin ammo harakat qildirmadik ishon. Zero..-Timofeyni og'zini Alita yopdi va kuch bilan uni sudirab xonani takr etdi. Xonada Yuliya Artyomga qarab turar edi. Artyom dori idishni qo'liga oldi va asta Yuliyani yoniga o'tirdi. Uni yaralarini biroz kuzatib yuzi burushib ketdi o'zi o'ldirgan o'lim jamoasi a'zosini yana bir marta o'ldirgisi keldi. Malhamni oldi va va Yuliyani yuziga yaqinlashtirdi. Yuliya og'riq azobida " Ayy" deb uzini nari oldi. Artyom yana biroz yaqinlashib dorini tekizdi, yuzini Yuliyani yuzida yaqinlashtirib achishmasligi uchun ofista puflay boshladi. Yuliya biroz yengil his qildi o'zini ammo yana og'riq boshlanishi va achishishini o'ylab Artyomni qo'llarini mahkam ushlab oldi toki dorini yaralarga qo'yib bo'lmaguncha qo'yib yubormadi.
Yuliya o'rnidan turdi va erkin nafas oldi.
- Ooo naqadar go'zal Italia! Butun umr shu yerda havflardan holi qolib yashasa. Bunchayam go'zal bo'lmasa bu joy.- deb ulkan deraza qarshisida hissiyotlarini yashirib tura olmadi. Qizil italyancha bosh kiyim, qalinroq qizil kofta va ko'k shim kiyib pastga otlandi. Hamma shay holatda uni kutib turushar edi hatto Katarina ham ertalabdan yetib kelibdi u Yuliyaga yoqimli tabassum hadya etdi.

Hamma birgalikda Italiya bo'ylab qidiruv ishlarini boshlashdi.
- Hammamiz tarqalishimiz kerak. Bu turush hech nimani eplay olmaymiz, quruq vaqt yuqotganimiz qoladi.- deb hammani Timofey oldiga to'xtatdi.
- Judayam kallang yaxshi ishlaydi-da bolajonim- deb Vanya Timofeyni sriq sochlarini qollari bilan to'zg'itib tashladi. Timofey unga qahr bilan qarab qo'ydida gapini davom etti.
- Yuliya metroga tushasan hamma eshitayapsanmi hamma yerni tekshirasan.
- Aha! Men kettim.
Yuliya ketganidan keyin hamma yana himoyachilarni aqllisiga qarashdi.
- Artyom menimcha Yuliya bilan toshni yolg'iz qoldirib bo'lmaydi sen uni yoniga bor.
- Vanya sen...
- Men Maksim bilan shahar kutubxonasiga boramiz.
- hamma fikrlarimni to'g'ri uqib olibsan ammo Maksimdan tashqari.
- Men Maksimsiz toshni ko'rolmayman- deb tirjayib Maksimni qo'lidan ushlab Timofeyni javobini kutmasdan yugurib ketdi. Unig izidan Timofey
- Bu sevishganlarni sayrga chiqishi emasss.
- Nima hasading keldimi?- Ortida qo'llarini qovushtirib sovuq tabassum bilan Alita tuar edi.
- Sen shahar muzeyiga bor. Biz esa... Katarina bilan ko'l havzalarini izlaymiz. Marhamat xonim- deb Alitaga qaramay Katarinaga yo'l ochdi.
Alita ularni ketishgunicha sovuq nigohlari bilan kuzatib turdi va yonidagi pochta qutisini zarb bilan majaqlab tashladi, hech narsa bo'lmagandek shahar muzeyiga qadam tashlab ketdi.

Hozirgi kun. Norvegiya.

Qadimiy kitobni varoqlab Yan va Natasha niadirlarni titkilash bilan ovvora edi. Yuliya ularni oldiga jiddiy qiyofad paydo bo'ldi.
- Bu qanaqa kitob , juda qadimiyligi undan kelayotgan hiddan ayon.
- Bu kitob qadim tarixning haqiqiy guvoxi. U "qadim qora kunlar" kitobi. Buni albatta eshitmagansizlar bu bu kitob haqqoniy voqeani bizga aytb beradi.
- Aytmiqchisizki bizga kerak tosh ya' ni siyoh rang tosh qayerdaligini kirsatoladimi.
- Yuliya jaa unchalik emasku ya ammo deyarli. Bilishim bo'yicha toshlar Anastasiyaning hotiralari qo'nim topgan joylarda joylashgan. Tushunarlimi? Biz uning hayotini o'rganyapmiz.
- Bu sariq chayon nimani ham tushunsin.- Eshikdan uzun yoqali kostyum kiyib olgan old tugmalarini yarmi ochiq, qora ko'z oynakda achchiq tabassum bilan kirib keldi. Yuliya ham bas kelmay
- Ha albatta kimsan Jastin "V.S" Klubi boshlig'i, minglab go'zallar qotili va allambalolarga ega senday tovuqmiya buni tushunadidaa. Hayvon tilini hayvon bilishi tabiiy hol.
- Yalmog'iz.
- Jirkanch zuluk.
Alita bu ikkisini bir biriga aytayotgan gaplaridan hayron qarsak chalib ularni to'xtatdi.
- Qadrdonim Yuliya va Jastin bunday "shirin va iliq" so'zlarni keyinga sursak nima deysizlar?
- Hmm
- Mayli qadrligim Alita sizlar bemalol boh qotirib turinglar men biroz sayr qilib kelaman, havotir olmanglar aloqada bo'laman. Bugun yangi ferrari kelishi kerak kutib olay.
- Keyingi go'zal qurbon qidirgani deb qo'y oddiy qilib- Yuliya ensasi qotib kitobga qaradi.
Jastin ko'chaga chiqdi va kuta boshladi. Biroz vaqt o'tib yoniga qip qizil ferrari to'xtadi va ichidan bo'ydor kelishgan sariqdan kelgan yigit tushib kalitni Jastinga otdi. U mashinaga o'ttirib shaxarni aylandi. Go'zal Norveigiya, go'zal qizlar tariflashga til ojiz edi. Hama yoqda o'zini maftun qiadigan qizlar hamma joyda yoqimli ifor kechgacha shaxar bo'ylab aylanib kun kech bo'lgan kazeno oldida to'xtadi. Bashang ustuboshda kazinoga kirib ketdi ikki soat o'tmay Linda ismli qiz bilan qo'ltiqlashib chiqdi. Qiz bir badavlat kelishgan yigitga bir o'z ko'ylagiga mos qip qizil ferrariga qarab yettinci osmonlarni hayol qildi. Jastin qizni jentelmenlardek mindirib o'zi ham minib "Zevs" mexmonxonasiga kelishdi u yerdan luks xona buyurtirdi uni butun bir tun kutmoqda edi.
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
8-QISM
Hozirgi vaqt. Norvegiya.
Alita Yuliyani sayrga taklif qildi. Tor yulak bo'ylab sayrni boshlashdi atrof biroz hiralashgan, kun sovushga ulgurgan,balki shungadir Yuliyani biroz terisi junjikdi ammo buni sezdirmadi. Biroz o'tib Alita gap boshladi.
- Yuliya Jastin haqida gaplashmoqchiman.
- Ufff zuluklar bilan ishim yoq. To'g'risi uni nima keragi bor bilarga.
- Yuliya! Jastin vampir emas.
- Nimaa??? Bo'lishi mumkin emas. Adashyapsanmi deb qo'rqaman.
- Yo'q adashmadm u hatto bo'ritus ham emas. U-Geronlarga mansub.
- Nima ron?- Yuliya hayrat ko'zlari bilan Altaga qaradi. Alita bu qarashda hozirgi so'z Yuliyaga umuman begona ekanini fahmlab bo'lgan edi.
- Geronlar juda g'aroyib mavjudodlar. Ularni jahli chiqsa o'zlarini boshqarolmaydilar, hohishlariga qarab qon ichishadi bo'lmasa odamlardek yashayverishadi. Geronlar bundan bir necha asr oldin butun jonzodlardan ayirib surgun qilingan ammo Anastasiya ularga imkon bergan. Ular insonlarga bezarar, hissiyoti o'ta kuchli, deyarli odamladan farq qilmaydi, tug'ma shunday yaralshadi. Ular o'ta ta'sirchan shu bilan birga ayollarga o'ch bo'lishadi bu tug'ma nuqson desayam bo'ladi. Yillar o'tib geronlar deyarli odamlardek yashay boshlashgan ayrimlaridan tashqari. Ular vampirlardek yashashni tanlashgan va huddi shundayam qilgan. Jastinga kelsak uni birinchi uchratganmda hayratda qolganman. Ungaayollarni rom etish tabiatning tuxfasi edi. Jastinni hayotini avval men keyin u menikin asrab qolgan u deyarli qizlar bn oziqlansada jahlini chiqarmagan ma'qul.

Ancha yillar avval. AQSH

- Alita jangga chiqmasang ular seni burdalab tashlashadi va men ularga buni boshlab beraman.
- Bas qil Migel.- Alita g'aab bilan boshqaruvchiga qaradi ammo bu nigoh biroz o'tib ayyorona tabassum bilan qorishib ketdi- Sen bunday qil may san. Shundaymiii? - U nigohlarini Migelga qadadi Migel o'zini yuqotib qo'ydi. Boyagina tagipast, jangchi erkak sifat qiz deb uylayotgan Migel endi tamomila unga oshiq bo'lib qolgandi bu tuyg'udan o'zi ham hayratda edi. Alita biroz tikildida barmoqlarini ohista Migelni o'sib ketgan soqoliga olib bordi. Tabassum bilan ko'zini qisib qo'ydida xonasiga yo'l oldi. Migel toshdek qotib qolgan edi hayolida esa bitta soz
- Farishta....

Alita ishi yakunlangach biroz toza havo olishga tomga chiqdi ortidan kimdir kelganini sezib tirnoqlarini chiqardi va ortidagi kimsani devorga tiradi. Yosh yigit unga judayam yoqimli tabassum bilan qarab turar edi.
- Salom "omadli"..
Alita nafas ololmagan yigitni qo'yib yubordi. Yigit o'ziga kelib qizni yoniga keldi.
- Men Jastinman! Bu jahannamning egasi- deb "V.S" klubiga ishora qildi. Alita biroz yigitga qarab turdida tabassum qildi. "Bunchalik ahmoqni endi ko'rshim. Qizlarga suyagi yuqligi ayon. Darrov o'zini maqtadiyaa. Ovsar. Ammo qalbi toza ekan. Bu qiziq." Alita shu hayollar ila yigitni yolg'iz qoldirib ketishga tushdi va to'xtadi hayolan havfni sezdi.
- Uff! La'nati. Hullas mendan qarizdor bo'lasan. Unutma. Jastin.- dedida gplarini deyarli tushunmagan yigitni ustiga o'zini tashlab yerga yiqitdi. Soniya ham o'tmay o'qlar uzila boshladi hamma joyda shovqin suron boshlandi. Jastin bu ayovsiz parivashni sochlarini hidlab unga ayyorona tikilib turar edi.
- Boshimni aylantiraman deb ovvora bo'lma bo'lmasa..
- Nima? -Jastin boshini sal ko'tardi. Alita boshi bilan Jastinni burniga zarba berdi.
- Qoyileee! Ustimga yotib ham, minglab o'qlarni ostida ham menga zarba berding. Xazllashdim. Senga tegachog'lik qilmoqchi emasmn. Sen meni standartlarimga to'g'ri kelmaysan.
- Yo'qol... Yo'q jim bo'l- deb yigitni og'zini qo'libilan yopdi. Ikki kishi oyoq tovushi kela boshladi va ular tepasiga kelishdi.
- Endi meni galim qarzimni uzdim hisob. - deb ustidagi qizni tortib o'zini qalqon qildi. Bir nechta o'qlar uni tanasiga kira boshladi. Yigit asabiy ko'zlari qonga to'ldi. Yuzi qorayib ko'kardi. Sochlari tepaga ko'tarilib asabiy o'kirdi. Alita ustidagi yoqimtoy yigitni mahluqqa aylanishini bemayli hotir kuzatib turar edi.
- Demak sen Geronsan? Ajaboo! Yirtqich qizning bir
tuki ham uzgarmaganidan biroz hayratlaib ortidagi ikkita qotilga tashlandi ularni burdalab asta sekin o'ziga keldi. Devanga holsiz o'tirib qoldi. Alita singan stakanga suv quyib unga uzatdi va tabassum qilib quydi.

Ancha yillar avval. Italia

- Hamma aloqada bo'lib turishsin. Hech kim nimanidir ko'zdan qochirmasin. Taxminiy tretoriani tekshiramiz. Xaritalarimizdagi qizil bilan belgilanganlarni takshiring.- Timofeyning gaplariga hamma baravar "Hop" deb javob berishdi.
Alita muzey eshigi oldiga keldi endi kirmoqchi edi bir barzangi yo'lini to'sdi, uning ko'ksiga mitti metalga "qorovur J.R" yozulganini ko'rdi.
- Kechirasiz honim muzey yopiq. Kirish mumkin emas.
Alita asabiy ortiga o'girildi va a'loqaga chiqdi.
- Nimadir qil Alita, biror yo'lini o'ylab top.
- Mayli uzing hohlading.- Alita asabiy boshini silkidida ortiga mayin tabassum bilan qayrildi. Qorovul unga yana endi so'z ochmoq uchun og'iz juftlovdi Alita ko'rsatkich barmog'i bilan jim ishorasini qildi. Unga o'zgacha nigohlar bilan qarab yaqinlashdi.
- Sen menga nimanidir ko'rsatmoqchi emassanmi? Mmm... Masalan muzeyni... Yoki biror toshlarni.
-Haa...Jonim bilan...
- Jimbo! Bechoraginam Jimbo. Ancha qiyin bo'lgandir mensiz. Muzey... Sen... Men... Yolg'iz.
-......
- Kettik jasoratli ritsart-O'z ishidan mamnun bir qobiliyati ta'siridagi ovsarga bir yoniq radsiyaga qarab, Timofeyni holatini tasavvur qilib, muzeyga kirib ketdi.
Artyom Yuliyaga yetib oldi biroz o'tib metroga yetib kelishdi. Zinadan pastga yer ostiga tusha boshlashdi. Odam gavjum, hamma qayergadir shoshar edi. Yuliya ham vaqtni boy bermay atrofga alanglay boshladi.
- Yuliya metroda ratsiya ishlamasligi mumkin bu hozir sen ucun havfli.
- Artyom quysangchi hammasi joyida bo'ladi. Balki qidirarmiz?
- Hmmm. Men ana u yerni izlayman. Sen devorlarni qarab ko'r.
Yuliya betakror bezaklarga diqqat bilan qaray boshladi bazan hayratdan qotib qolsa bazan nimagadir quvonib ketar edi. Artyom ham qidirishni boshlagan bo'lsa ham nigohi Yuliyada edi.
" Jinni qiz ichida nima kechmishlar kechayotganini yuzidan bilib olsa bo'ladi. Qaysi aqlli umriga kecha qasd qilishgan bo'lsa bugun bamayli hotir metroni tomosha qiladi alatta bu- Yuliya" Hayollari bilan yana Yuliyaga bir nigoh tashlab tabassum bilan ishinidavom ettirdi.
Vanya bilan Maksim shahar kutubxonasiga kelishdi. Shhar haqida bir dunyo kitob topishdi, ilashadigan biror ma'lumotni Timofeyga yetkazib turushdi.
- Mana eshit "Apollon ko'li qurushi hammani hayratlantirdi. Olimlar uni sun'iy hosil qilishmoqchi bo'lishdi."
- Yo'q bu biz izlagan malumot emas.
Timofey sun'iy yasalgan ko'l oldiga keldi. Ulkan harsang oldida tuxtadi.
"Ancha yillar oldin men keldim, yugurdim, yetolmadim uni asrashni topshiroldim holos. Ancha yil o'tadi u topiladi, bezak shaklida o'z egasini kutib yotadi." Katarina o'lik tilni o'qidi va
- Bu Anastasiyani bashorati bizga ishorasi. Tushunyapsanmi? Toshni topishgan.
- Hozir.-Timofey ratsiyani oldi- yorqin toshlarni qidiringlar hammaga tushunarlimi?
- Topdim men.- Maksim qaysidir kitobni havoda muallaq ko'tarib uqiy boshladi.-"...Hamma toshni ko'rib hayratlandi. Olimlar bu tosh muzeyda turishi shartligini takrorlashdi. Lekin muzey aniq tarixi yo'q toshni qabul qilmasligini aytib o'tdi. Ularni oldiga Jeyms Barton keldi va toshni olib ketdi." Shu..
- Ajoyib Jeyms Bartonni shahar kitobidan, gazetalardan, qabristonlardan qidiramiz endi.-Asabiy gapirdi Alita-bilsangiz bu Barton o'zi kimli....-Alita jim bo'lib qoldi va qarshisidagi byustni pastki yozuvini o'qiy boshladi.-Jeyms Barton buyuq arxeolok va shu bilan bir qatorda arxitektor.
- Nima? Ular arxitektorga toshni shunchaki berib yuborishganmi?- Vanyaning kulgusi yangradi.
- Ahmoq oddiy arxitektirga byust qo'yishmaydi. U ilk metroni asoschisi va arxitektori....La'nati Yuliyalarga habar berr.- Deb Alita yugurib ketdi.
-Yuliyalar metroni ichida ratsiya ishlamayapti. Ufff. Yugurdik biz ham.-Vanya Maksimni tortib yugurib ketmoqchi bo'ldi ammo Maksim uni to'xtatdi.
- Portal ochsam bo'ladiku? Yugurish shartmi?
-Azizam yana qachon seni qo'lingdan ushlab maftunkor Italiya bo'ylab yugurishimiz