✎﹏ѵɑɷρıɾ ɦıƙσყɑɭɑɾ
180 subscribers
697 photos
82 videos
97 files
342 links
Download Telegram
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
5-QISM
"Atlantik" mexmonxonasi 1034-xona. Ikkita bir kishilik yotoq. Yuliya va Alita aynan shu joyga joylashishdi. 1035-luks xonaga Jastin joylashdi. Alita vaziyatni o'rgangani chiqib ketdi xonada Yuliya va Jastin yolg'iz qolishdi.
- Ho'sh qizaloq nechta toshlarni jamlading?
- Bu bilan ishing bo'lmasin. Sen omadsizni bu ishlar qiziqtirmasligi kerak.
- Ko'p tilinga erk berma bo'lmasa...
- Nima ? Hooosh nima qilolasan? Usha oyimchalaringa o'xshatib qonimni ichib o'zimni kanalizatsiyaga tashlab yuborasanmi.
- O'chir jodugar. Tiling seni boshinga yetadi. Usha Artyom senga azob berib to'g'ri qilgan ekan sendaqalarga buyam kam.
- Nima deding.- Yuliya kuch bilan Jastinga tashlanmiqchi bo'ldi ammo kursichaga urilib Jasninni ustiga yiqilib ketdi. Jastin ham muvozanatni yuqotib yerga quladi.

Bu yana qanaqa ifor bo'ldi. Juda yoqimli ekan. Nima bu hid mana shu yalmog'izdan kelyaptimi? Bo'lishi mumkin emas. O'zi zahar bo'lsa ham undagi nimadir meni magnitdek tortadi. Ey hudo aqldan ozyapman shekilli huddiki zaharli ilonni momiq degandek buldiyu. Ha bu jodugardan yaxshilik kutish befoyda.
Qiz Jastinni ko'zlariga tikilgancha qotib qoldi. Uning ko'zlari samimiy porlab turar edi. Yuliya qimirlamay qoldi huddiki ko'zlar uni gipnoz qilib olganu butun umr shunday qolib ketadigandek.

Bu ko'zlar tanish. Artyom... Yoq u duahmanim uni o'ldirishim kerek. Ammo bu yigitda meni bog'lab oladigan nimadir bor u hatto Artyomda ham bo'lmagan.
- Alooo, balki ustimdan turarsan? To'g'ri hammayam menchalik momiq va yoqimli emas ammo kuni bilan harakatlanishim kerak bulmasa bajonu dil devan o'rnini bosib berardm....
- Bas qil ahmoq. Ufff Qayerdagi dovdir meni ustimdan kulmoqchimi. Mabodo "V.S" klubingni tomidan yiqilmaganmisan.
Yuliya Jastinni itarib o'rnidan turdi keyin Jastinga qaradi. Jastin polda o'ttirgancha qizga kulib qarab turar edi.
- Ufff Alita qayerlarda qoldi aa? Men bunday o'ttirolmiman boshqa.
- Unda yot.
- Hozir o'zingcha aqlli gap aytgan bo'ldingda aa?
- Sendaka dovdir qizlar doim shunday muomalaga munosib.
- Sen buni kanalizatsiyada yotgan qizlaringa ayt. Sendaylarga ishonib bo'lmaydi.
- Aynan mana shu gapingni Artyomga aytishing kerak edi.
- Bas qil tovushing asabimni buzyapti. Sendaqa ahmoqni ko'rmaganman oldin.
- Doim yigitlarni ustiga yiqilib sinaysanmi ularni?
Yuliya nogahon yuzi qizarganini bildirmaslik uchun xonadan uchib chiqib ketdi.
- Shoh va mot jonidan.- deb o'zini devanga tashlab gazetani uqiy boshladi.

Hammasi umuman kutmagan tarafga burilib ketgani Arturni biroz holdan toydirdi. Nahotki eng yaqin dustim sevgan insommi qotili bo'lsa bu nimasi? Nima uchun Artyom? Nega? Maksim doim unga yaxshi muomala qilar edi hatto bazida rashk ham qilar edim. Bu nimasi bo'ldi. Mana umrboqiylikning yomon tarafi. Suyukligim hayotimda yo'q men esa hatyo o'zim hohlab o'lolmimanam.
Natasha Arturni oldiga o'tirfi ,Artur qizga tikildi. Uning moviy ko'zlari yorqin sochi va qirmizi lablari benuqson edi. Unga tikilib o'tmish hotiralari tiklamdi. Maksim yana hayolida paydo bo'ldi.
- Bilaman Maksimga uxshayman. Ammo men sizni sevib qolganimda va hayotizni saqlab qolganimda Maksim haqida bexabar edim. Shunchaki ko'ximga siz bilan baxtli sayr qilib yurganimiz ko'rindi. Qiz bilagidagi "A" tatiurovkani ohista siladi va mayuslanib qoldi.
- Demak endi men azoblanmasligim kerak. Shundaymi?
Qiz ha degandek bosh silkidi.
- Har na kimni yashashi uchun yashashimga sabab bor ekanku. Mayli Natasha men seni sen esa... Immm.. Mayli o'zingni asragin. Hop.
- Yoq sizni. Agar o'limga yuliqsangiz yonizda bulaman. Endi hohlasam ham sizdan uzoqlasholmiman.- Yigit Natashani peshonasidagi sochini qo'li bilan olib qo'ydi va mehrla tikildi.
- Yan qayerga ketdi?
- Ha umi? U bizni mexmonlarimizni , sizni yaqinlarizni kutib olgani ketdi. Ha demay kelib qolishadi.
- Sen bashorat ham qila olasanmi?
- Oq jodugarlar bashoratchi ham bo'lishadi. Yana ba'zi bir daxshatli ishlarga qodir.
- Yan Zu akangmi? O'z o'tmishing haqida aytib ber.
- Biz Asli yaponiyalikmiz. Bizni qabilamiz necha yi
llik jodugarlardan bo'lishgan. Yan Zu qabila boshlig'ini o'g'li bo'lgan onasi erta vafot etgan. Meni onam sayoxatchi rus bo'lgan uni qabilani sakronlari ya'ni jangchilari tutib olishgan. Otam Han Son onamni sevib qoladi. Han Son va Svetlanani turmushidan jajji qizaloq tug'uladi, ammo men qabilaning eng kuchli jodugari bo'lib tug'ulaman. Ismimka kelsan Natasha ya'ni Nat Asha bu buyuk kelajak degani. Onam rus bo'lgani uchun Natasha deb chaqirishlari yoqadi.
- Keyinchii? Artyomga nima aloqalarz bor? Qanday qilib qotillar jamiyatiga qo'shilib qoldiz?
- Aslida biz oq jodugarlar tog'da chiniqamiz asosan tog' bag'rida kuchimizni boshqara olamiz. Mrn ham tog' bag'rida yetti kun qolishim kerak edi. Ammo meni tutib olishadi ,keyin mahsus laboratoriyada uxlatib qo'yishadi. Qancha uxlaganim nomalum. Bir kuni ko'zimni ochdim, Artyomni qo'llarida. Atrof qonga bo'yalgan, olimlar jonsiz yotar edi, hamma joyda oyna siniqlari. Bu holat qonni ko'rmay ulg'aygan qiz uchun daxshat edi.-Natasha ma'yuslashib qoldi. Artyom qizning kechinmalarini his qildi va qo'llarini qizning qo'llariga qo'ydi. Qiz Artyomga jilmaydi va boshini Uning yelkalariga qo'ydi.
- Qolganini aytishing shart emas. Bu aniq.
- Kimdir bilishini hohlayman..... Keyin men bilan akamni ham uxlatishgan ekan Artyom uni ham ozod qildi. Bilasanmi nimaga meni qutqarishgan? Sababi yengilmas kuchim uchun. Men bir tog' adirini qip qizil qonga to'ldirganman ya'ni oppoq qor bir zumda qip qizil qonga bo'yalgan. Ularga laboratoriya natijasi yanayam yoqqan akamniki ham.
Natashani gapini mashina ovozi to'xtatdi. Mashina oldiga yonma yon chiqishdi. Eshik ochilib avval Alita keyin notanish yigit va Yuliya tushishdi. Arturni ko'zlarida yosh paydo bo'ldi qancha urinmasin bo'lmadi. Yuliya yugurib kelib Artutni quchoqlab oldi va yig'i aralash
- Mahluq uni o'ldirdi. O'ldirdi men qutqarib qololmadim. Meni oldimda o'ldirdi. O'ldirdiii.
- Bo'ldi, bo'ldi tinchlan. Habarim bor seni aybim yo'q.
- Aybim bor meni kechirma Artur kechirma. Men sababchiman. Sen aybdorman.
- U uchun qasos olamiz. Menga ishon Yuliya.
Yuliya Arturdan uzoqlashim yonidagi kursiga o'tirib qoldi, ko'zidagi yoshlari hali ham quyilib kelar edi. Alita jiddiy qadam bosib keldiva Arturni qo'lini siqib qo'ydi ammo biroz o'tib Arturni o'ziga tortib quchoqlab oldi. :
- Afsustaman Maksim uchun.- boshqa gap aytolmadi. Ularni ko'rishishi boshlaganda Natashani ichida og'riq turdi. U Artur va qolganlarga sezdirman ichkariga kirib ketdi va yiqilib qoldi.

- Artur bu meni dustim Jastin. Bu Artut bizlarning qadrdonimiz.- Jastin jiddiy qo'l uzatdi Artur ham qo'lini siqib qo'ydi.
- Tanishinglar bu... Natasha qani?.... Natasha.. Nat- Artur va Yan asabiy uyga yugurib ketishdi. Qolganlar ham hech nimani tushunmay ularni izidan ergashdilar.

*
yillar avval
Xatni mazmuni g'alati emasmi. Nima uchun Artyomga bunday xat yo'lladi bu mahluq. Hmmm biror gap borligi aniq. Ammo qanday? Buni bilishim kerakka o'xshaydi. Huuush qadrdonim nimani sezmay qoldim. Albatta buni tagiga yetaman ammo zinhor buni Vanyaga bildirmaslik kerak sababi u do'stiga juda qattiq ishonadi.
Maksim qo'lidagi xatni olib yana bir bor o'qib chiqdi:

" Qadrli Himoyachilar biz anchadan beri tanishligimizni hisobga olib Qizil Qirolichadan uzoqlashinglar. Sizlarning joningizni o'rtaga qo'yib aytishim mumkinki bu yaxshilik bilan tugamaydi. Artyom eski qadrdonligimiz hurmati jamoangni olda, ko'zdan yo'qol. Hurmat bilan
M.B "
Juda g'alati. Devanni qirrasiga Vanya asta suyanib Maksimni sochlarini siladi. Maksim Vanyani ko'rishi bilan xatni qatlab stol chetiga qo'ydi.
- Nima u?
- Jamiyatni xati. Bor gap shu. Shunchaki qiziqdim.
- Mayli hop nimadir dedimmi? Maksim dam ol, ertaga og'ir kun bo'ladi.- deb Maksimning peshonasidan o'pdiyu xonasiga ravona bo'ldi. Yuliya asabiy mexmonxonaga yo'l oldi va Maksim devanda hayol surib turgan holicha uchradi.
- Nima gap? axvoling yaxshimi? Yuliya asabiy kurinasan.
- Maksim ha asabiyman sababi ko'zimga olov rang tosh ko'rinayapti.
- Nima bu yana qanaqasi. Ha to'g'riii ahir sen u bilan bog'langansan kuu.
Ikki soat oldin.
Yuliya uyquga ketdi. Tush ko'rdi. Ustiga oq libos kiyib olgan ko'l bo'yida o'tirar emish. Biroz o'tib qayiqda paydo bo'ldi. Suv jilvalanib ko'zni qamashtiradi atrof juda go'zal ammo behosdan qayiq ag'darildi. Yuliya cho'ka boshladi. Suv tubi chuqur va chirmovuqlar bilan to'la ekan asta sekin chirmovuqlar Yuliyani chirmab ola boshlashdi. Avval qo'llarini, oyoqlarini keyin belini Yuliya deyarli hushini yo'qotgan edi. Ammo kimdir o'zini suvga tashladi. U Yuliyaga qo'l cho'zdi va chirmovuqlarni uza boshladi. Yuliyani qo'ltiqlab suv yuziga olib chiqdi. Yuliyani yerga yotqizdi va yelkasini ura boshladi. Yuragini uqaladi ammo Yuliya hushini yo'qotgan edi yuragi urmay qo'ygan edi. Yigit sun'iy nafas berib yana yuragini uqalay boshladi Yuliyani og'zi va burnidan suv chiqib ketdi va chuqur chuqur nafas olib yigitga qaradi. Yigit mayin tabassum qilib ko'zdan yuqoldi. Yuliya unga qarab qoldi shunda ko'l tubidan sarg'ish olov rang nur tarala boshladi. Yuliya ko'lga yaqinlashdi va nurga termuldi. U yerdan nimadir suv yuziga ko'tarilib Yuliyani qo'liga tushdi. Bu olov rang tosh edi. Yuliya yana qandaydir kuchni his qildi,kuchli narsa tanasiga singa boshladi qattiq og'riqdan uyg'onib ketdi. Atrofga alangladi. Hamma joy zim ziyo edi. Xonada o'ttirolmay yugurib zalga chiqib ketdi.
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
6-QISM
HOZIRGI KUN(Norvegiya)
Natasha xonada tepaga qarab yotar edi. Artur bilan ilk uchrashuvi ko'z oldiga keldi. O'shanda Artur bilan qismati birlashishini ochiq oshkor ko'rgan edi.

Ancha yillar oldin(Rossiya)
Natasha va Yanning Moskvaga kelganiga bir hafta bo'ldi. Natasha ko'cha aylangani yo'l oldi. Ko'ziga qora ko'z oynak, boshiga malla oq aralash sharf yopib olib Moskva ko'chalari bo'ylab sayr qila boshladi. Qadimiy va zamonaviy uyg'unlik uni hayratga solgan edi. Baland imoratlar,sariq qora soch qizlarning shodon ovozlari, hamma joydagi quvonch Natasha uchun o'zga dunyodek edi. Bir mahal unga kimdir urildi va Natasha muvozanatni yo'qotib yiqildi, g'azab bilan notanish yigitga qaradi. Yigit qayergadir shoshayotgandek tuyular edi va Natashaga qo'l uzatdi. Natasha yigitni qo'lini ushlashi bilan kozini qorachig'i oqardi ammo ko'zoynagi bu o'zgarishni bildirmadi. Kelajakni ko'rdi:
Bog'. Hamma yoq yashil Natasha aynan shu yigit bilan qo'l ushlashib baxtiyor sayr qilmoqda.

Natasha hayrat bilan yigitga yanada yaxshiroq tikildi va o'rnidan turdi. Yigit mayin va ayyorona ovozda
- Kechirasiz ko'rmay qolibman. - dedi va orqasiga qaradi. Keyin yugurgancha ketib qoldi. Natasha biroz turib u qaragan tarafga qaradi ikkita barzangi qo'lida xanjarlar bilan yugurib o'tib ketishdi. Natasha beixtiyor yigit ketgan tomonga yo'l oldi.
Tor ko'cha. Artur qarshididagi yigitlarga mamnun qarab turar edi. Hayoti havf ostida bo'lsa ham hursand edi. Bu hol ularni uzoqdan kuzatayotgan Natasha uchun hayratlanarli tuyuldi.
- Bu yigit yo o'ta dovyurak yo o'ta ahmoq-deb o'yladi va kulib qo'ydi. Nima bo'lishiga qiziqib tomoshani davom ettirdi.
- Ho'sh yigitlar balkim kelishib olarmiz? Yo'qmi? O'zlariz bilasizlar unda.
Barzangilar birin ketin yigitga tashlandi. Avval birini keyin ikkinchisini urib yiqitdi. Barzangi unga yana tashlandi. Yigit uning xanjarini ushlab itarib yubordi. Og'riqdan baqirib yuborgan barzangini tepib yiqitdi. Ortidan unga tashlanmoqchi bo'lgan ikkinchi barzangiga chekkada turgan metall idishni qo'li bilan imlab uni devorga yopishtirdi. Yigit mahorat bilan ikkisiga bas kelar bu esa Natashani hayratiga hayrat qo'shardi. Yigitga birinchisi tashlandi unga chalg'ib ikkinchisini sezmay qoldi. Ortidan kelib xanjarni unga sanchdi. Yigitni yuzi burishib qimirlay olmay qoldi. Ortidagi uni oyog'idan tepib tiz cho'ktirdi. Shunda ularni orqasidan qiz paydo bo'ldi. Birinchi barzangi qizga tashlandi. Qiz bemayli hotir ko'z oynagini yechdi va barzangiga qattiq tikildi. Qizning qorachig'i oqardi va barzangi joyida to'xtadi. Barzangining suyaklari birin ketin sina boshladi. Qoni ko'pirib azobiga azob qo'sha boshladi. Barzangi jon holatda baqirib yubordi. Qiz battar tikildi va bu safat tanasiga sig'may ketgan qon barzangini parchalab atrofga sochildi. Kalla kesardan faqat yer bilan bitta bo'lib yotgan qon qoldi holos. Ikkinchisi qo'rquvdan qocha boshladi, Natasha ohista o'ng qo'lini tepaga ko'tara boshladi. Kalla kesar barzangi joyida to'xtab qoldi va bo'g'zini ikki qo'li bilan ushlab tizzalab qoldi. Qiz qo'lni balandroq ko'tardi va barzandigi tanasidagi bor qon tashqariga otildi,kallakesar esa jonsiz yiqildi. Qiz shoshib yigitni oldiga bordi.
- Yo'q "o'lim quroli"ku bu. Agar avvalroq bilganimda mana bular bilan pachakilashib turmas edim. Hop tinchlan Natasha bu qo'lingdan keladi. Demak boshladik.- deb Natasha jodu o'qiy boshladi va bir harakat bilan xanjarni sug'urib oldi. Yigit chuqur nafas olib yiqildi. Natasha yigitga mehrla qarab yuzini siladi va peshonasiga labini bosdi. Qo'lida qandaydir achishishni sezdi va darrov yengini ko'tardi. Uning qo'liga "A"harfi paydo bo'lgan edi. Natasha o'rnidan turib tor ko'cha boshigacha jim ketdi va to'xtab qiya yonboshga boshini egdi va:
- Demak Artur ekanda isming. Yana ko'rishguncha Artur.- deb ko'zdan g'oyib bo'ldi.
* * *
Hozirgi kun(Norvegiya)
Qizning behush tanasi oldiga birinchi Artur keyin Yan kirib keldi. Ularni ketidan Yuliya Alita va Jastin kirishdi. Yuliya hayratdan og'zin
i yopib qoldi. Alita esa qoshlarini chimirib nimadirlarni o'ylab jim kuzatar edi. Jastin yerda behush yotgan parivashni ko'rib ichida
- Hayriyate meni hayotimda faqat jin ajinalar va jodugarlar o'rin olganmi desam farishtalar ham bor ekan ku.- deb qizga yaqinlashdi. Artur Natashani dast ko'tarib xonasiga olib ketdi. Yuliya izlaridan yurmoqchi bo'lganida Yan to'xtatdi.
- Axir bu... bu...Maksim ku.
- Yo'q Yuliya bu mening singlim Natasha. U Maksimga o'xshaydi, to'g'ri, ammo u emas.
- Yo'q, u Maksim ammo sochlari oq holos. Balki sen adashayotgandirsan.
- Yuliya o'zingni bos, bu Maksim emas.- deb Alita Yuliyani qo'lini ushladi. Biroz sukunatdan keyin Yan mexmonlarni xonalariga kuzatib qo'ydi. Xonasida yolg'iz qolgan Yuliya ancha yillardan keyin ilk bor uyquga ketdi.
* * *
Yotoqda oq sochlari yayralib Natasha behush yotar, uning tepasida esa Artur qizning yuzini oq doka bilan ohista artar edi. Natasha asta ko'zini ochdi va Arturga termuldi.
- Biror yo'li bormi? Bu rishtani uzishni. Men senga ortiq azob berishni hohlamiman tushun Natasha. Qalbim endi butun umr azobda o'tishga mahkum.- deb Natashaga mayus qaradi. Natasha joyidan qo'zg'alib o'tirib oldi va qo'llarini Arturni yelkasidan o'tkazib bag'riga bosdi.
- Bilaman,tushunaman, ammo imkonsizman. Sen azob bilan kurashishga kuchsizlik qilasan ammo yoningda men bo'lsam hammasini yengib o'tamiz. Lekin bir yo'li bor bu rishtani uzishni.- deb jim bo'lib qoldi. Artur qizni o'zidan uzoqlashtirib sinchkov nigoh bilan unga qardi.
- Tanamdan ruximni vaqtincha chiqarib boshqa ruxni joylash keyin ruxim tanamga qaytib, yangi hayot boshlashi kerak va hammasi tamom.
- Buni iloji yo'q ku. Yo tangrim nima qilib qo'ydik? Ruxing chiqishi uchun sen o'lishing kerakku. Bu hozirgidan ham battar yomon.
* * *
Tush. Yuliya va Anastasiya qorli o'rmonda sayr qilib yurishibdi. Ikkisi ham jim. Bu sujunatni Yuliya buzdi.
- Anchadan beri ko'rishmadik. Hayotimda ancha narsalar o'zgardi. Anna... seni Anna desam bo'ldimi?
- Kop narsalar o'zgarganini bilaman axir ruxim tanangni bir qismi ku. Hayot seni ancha tarbiyalabdi. Yuliya hali hammasi oldinda,hammasi endi boshlandi. Sen bilishim bo'yicha qizil qirolicha kuchini ancha boshqarishni o'rganib olding bu senga qo'l keladi hali.
- Hammasidan charchadim. Senga o'z tanamni bersam men bu dunyoni tark etamanmi?
- Afsuski yo'q, bu sen o'ylaganindek osonmas. Seni tanangdan ruxni majburlab chiqarib olishsa sen bezovta rux bo'lib qolasan. Bunga ancha katta kuch va marosim kerak.
- Charchadim. Hammasidan charchadim endi yaqinlarimdan ajralsam chidolmayman.
- Hammasi yaxshi bo'ladi. Har holda umid qilaman. Mayli uyg'onish vaqti yetti.
- Mayli xayr.
- Yuliya
- Ha
- Meni Anna deb chaqirishing mumkin.
- Rahmat zoti oliyalari. Xayr.
Bu gal Yuliya qurqmay hotirjam o'zlarini ochdi. O'rnidan turib oshxonaga yo'l oldi.

Oshxonadan suv ichmoqchi bo'lgan ham ediki. Asabini buzuvchi ovoz yangrab cho'chitib yubordi.
- Hali tong otmasidan oshxonada o'g'ri mushukday yurishing nimasi?
- Esing joyidami? Ovoz chiqarb kelsang bo'lmaydimi?- O'takasi yorilgan Yuliya asabiy Jastinga o'shqirib berdi.
- Senday yalmog'iz ham kimdandir qo'rqadimi? Judayam kulgili.- Jastinni xandon otib kulishi asabinibuzgan Yuliya qo'lidagi suvni uni yuziga sepib yubordi. Jastinni kulgisiga muzdek suv nuqta qo'ydi. G'azab bilan,tishlarini g'ijirlatib Yuliyaga qaradi. Yuliya stakanni joyiga qo'yib o'z xonasiga yo'l oldi. Zinadan odimlab borar ekan Jastinni oxirgi yuz qiyofasi ko'z oldidan ketmas edi. Ikkinchi qavatga yetganida qayerdandir Jastin paydo bo'ldi bundan cho'chib tushgan Yuliya ortga ketib qoldi ammo Jastin uni qo'lidan ushlashga ulgurdi. Yuliya g'zab va shu bilan birga hayratini yashirolmay Jastindan ko'z uzmas edi. Boyagi voqeani hisobga oladigan bo'lsa bu qo'llar uzoq ushlab turmasligini bilib ko'zlarini yumib oldi. Qandaydir kuchli harakat va nimagadir tiralganini his qildi.

Adashmasam ortimda devor balki ko'zmni ochib qararman yo'q Jastinni nafasi shundoqqina yuzimni oldida sezilib turibdi. Ochishga kuchim yetmaydi. Qo'limni haliyam qo'li bilan ushlab turibdi
bu yana nimasi. Avval ham huddi shunday holga tushgandekman,hozir ko'zimni ochsam nima bo'lishini biladigandekman. Uning qarashlarini his qilyapman menimcha stakandagi suvni oshirib yubordim shekilli.

- Nima bo'ldi hazrati oliyalari? Qo'rquv begona edi sizga, adashmasam. Qani ko'zlaringni och. Bo'l nimaga jimsan.- deb qizning yuziga qip qizarib ketgan ko'zlari bilan tikildi. Yuliya ko'zlarini ochdi ammo yuzini yonboshga burib oldi. Hech nima demay qo'llarini Jastinni qo'llaridan ozod qilishga urunar edi. Jastin yuzini Yuliyani yzi tarafga burdi, nigohlari bilan qizning ko'zlarini qidirar edi. Qizning bilagini shunchalik qattiq qisdiki qizning bilak uzugi sinib, sinig'i Yuliyani qo'llarini kesib yubordi. Jastinni qo'llari orasidan qon sizib chiqdi. Og'riqni tanasida his qilgan Yuliya o'zida kuch topib Jastinga qaradi. Ko'zlari to'qnashdi. Qizil qonga to'lgan kozlarga qarab og'riqni ham unutdi. Jastin qizning tubsiz ummonga teng ko'zlariga biroz termulib tinchlandi, hatto o'zini bosib olib Yuliyani qo'lini asta sekin qo'yirdi. Yuliyani qo'llaridagi qonga ko'zi tushdi, unga qarab turdi lekin qonni ko'rsa boshqarolmaydigan holat kuzatilmaganidan yana bir bor hayratlandi. Haliyam nigohini Jastindan uzmay turgan Yuliyaga yaqindan bir qarab qo'ydida zumda g'oyib bo'ldi. Yuliya biroz turib holsiz o'tirib qoldi va o'ziga o'zi:
- Ha aniq bu holat yuz bergan menda va aynan Jastin bilan. Ammo qachon? Eyy hudooo, men jinnibo'lib qolayapman.- deb biroz o'tib kesilgan qo'lini ushlab xonasiga yo'l oldi.

Bu yana nimasi. Uni o'rnida boshqasi bo'lganida burdalab tashlagan bo'lardim. Qonini hamma joyga oqizib suyagini bittalab maydalagan bo'lardim. Lekin bu qizga oddiy jaroxat yetkazganimdan o'zimni kechirolmay qoldim. O'z o'zimdan nafratlandim. Ufff bu yana nimasi. Avvallari hoh oddiy qiz hoh vampir va hoh jodugar bo'lsin menda bunday his bo'lmas edi. Bas. Eingni yig' Jastin, u yalmog'iz hatto undanam battar, tilini oldida zahar hijolat axir. Bo'ldi o'ylama uni, bas.
O'ziga o'zi dalda berib Jastin xonasi eshikini zarb bilan yopib oldi. Yotoqqa o'zini tashlab avvalgi mashuqalarini ko'z oldiga keltirdi. Ular benuqson, go'zal hilqatlar edi ammo birortasi ham ikki haftadan ortiq Jastin bilan yurmagan. Jastin zerikkan qizlarni o'zidan uzoqlashtirar agar xirapashshadek yopishib olsa vilasiga chaqirib asl qiyofaasini ko'rsatib, qonini maroq bilan ichib, qizni izsiz yo'q qilar edi. Eng oxirgi mashuqasi Lima ismli model qiz edi. Boylikka o'chligi hayotiga uqta qo'ydi.

Jastin shuncha qizni hayotiga zomin bo'lgan bo'lsa ham birortasiga zarracha ham achinmagan edi toki hozirgacha, Yuliyagacha.
* * *
Qotillar jamiyati bosh qarorgohi.
Ziyra Magdakarni hissiz qiyofasiga deyarli o'rganib qolgan edi toki Yuliya ismli qiz uning hayotida paydo bo'lgunigacha. Hamon esida uning hayotiga bir emas bir becha marta qasd qilgani ammo bari befoyda bo'lgandi o'shanda.

Ancha yillar avval
Rossiya. Moskva.
Yuliya olovrang tosh va tushi haqida Katarinaga aytib berdi.
- Ha bilaman u qayerdaligini. Sen emas Anastasiya suvga tushib ketgandi aslida. U Qizil qirolicha bo'lihidan avval, uni qutqarib qolgan yigit esa Uilyam edi. Bu voqea Apollon ko'li yonida bo'lgan edi.
- U qayerda hozir?
- Bunga asrlar o'tdi qidirib ko'rish kerak.
- Topdim. Mana - deb Timofer katta qadimgi harita olib keldi.
- Apollon ko'li qadimgi mabud sharafiga qo'yilgan ekan. Hozirda esa u joy...
- Italiyada. - deb Artyom Timofeyni gapini to'ldirib qo'ydi.- Bizlar ya'ni men Timofey Katarina hoziroq aeraportga boramiz.
- Unda men Maksim va Vanya sizlarning izingizdan boramiz. Alita kelganidan keyin albatta.- deb eshikka qarab qo'ydi Yuliya. Artyom va sheriklari ketganidan keyin Yuliya va Maksim narsalarni yig'ishtira boshladi Vanya esa Alitani topish uchun ko'chaga otlandi.
- Maskim ikkinchi toshni ham topamizmi?
- Ha albatta ammo qotillar jamiyati ham bor bilsang. Yuliya nima bo'lsa ham taslim bo'lma uqtingmi?
- Hop, albatta taslim bo'lmayman.
Shu vaqt esikni kimdir sndirgani eshitildi. Ikkisi ham asta pastga yo'l olishdi. E
shik olida oltita qotil qasrni ko'zdan kechirishar edi. Bittasi qizlarni ko'rdi va tepaga yugudi. Qizlar eshikni qamab olishdi ammo eshik osongina buzuldi.
- Portal paydo qil
- Unga vaqt yoq. Jang qilamiz qo'linga ilinganini ol.
Yuliya yerda turgan soyabonni oldi. Ikki qotil xujumga o'tdi Maksim iloji boricha Yuliyaga ikkisini hm yaqinlashtirmadi. Maksim bittasini portal ochib Gavaye orollariga jo'natishga ulgurdi ammo ikkinchisi Maksimni yilkasini yaralshga ulgurdi. Yuliya soyabonni qotilni bo'yniga tirab bug'a boshladi. Yuliya bilan chalg'igan qotilni Maksim yana portal ochib Karib orollariga ravona qldi. Ikkisi ham endi nafas rostaganda eshikdan qotilar kirdi qora plash kiyib olgani qattiq baqirdi bu tovsh to'lqinlari qizlarni derazadan tashqariga uloqtirib yubordi. Ular o'rinlaridan turishdi
- Yuliya aeraportga yugur. Biror taksi ushla tez ket. Qooch. Ming lanat Vanya qaylarda yuribsanaa.
Yuliya yugurib ketdi. Joni boricha yugura boshladi va bir taksi tutib haydovchini mashinadan tushishini ongi yordamida buyurdi. Mashinani uchirib haydab ketdi.

- Hali shunaqami. Hozir Maksim kimligini ko'rasan.- deb Maksm oldidan va qora plashlini orqasidan portal ochdi. U baqirishni boshladi. Tovushlar bir portaldan o'tb qotillarni orqasida paydo bo'ldi va ularni uchirib yubordi. Endi unga tashlanmoqch bo'lishganuda Alita paydo bo'ldi va temir tirnoqlari bilan boshlarini uzib tashladi.
Yuliya aeroportga yetib keldi, mashina qarshisida mana yana bir mutant. Yuliya daxshat bilan qarab qalban nohushlikni sezdi. Qotil qo'liga g'alati qurolni oldiva mashinani mo'ljalga oldi. Qiz joni boricha mashinadan tushib uzoqqa qochishga harakat qildi va ortidan kuchli portlash eshitildi, qizni uzoqqa uloqtirib yubordi. Yuliya qulog'i g'uvillab boshi aylana boshladi. Oldiga qotil kelib qurolni Yuliyaga to'g'irladi Yuliya ko'zlarini yumib oldi ammo hech nima sodir bo'lmadi asta ko'zlarini ochdi. Yerda qotilni ayanchli murdasi yotar edi uni ustida esa hansiragancha Artyom turar edi. Yuliya arang o'rnidan qo'zg'alib turdi ammo boshi aylanib yiqildi Artyom uni tutib qoldi va yuziga ayanchli tikildi:
- Kechir meni seni yolg'iz qoldirmasligim kerak edi. Kechir.
Yuliya hushini yo'qotdi. Artyom Yuliyani ko'tarib aeraportga yo'l oldi kozlari esa Yuliyada edi. Ularni daraxt panasida g'azab bilan Ziyra kuzatib turar edi.
Aeraportda Yuliya uziga keldi. Sal nariroqda Vanya va Maksim gapashib kelishar edi.
- Ikkita dumni ergashtirib qayergacha bording?
- Uncha uzoqqamas ikki ko'cha naridagi tor yo'lakkacha.
- Vanya bu o'yinlaring boshinga yetadi oxiri. Sal jiddiy qara bu o'lim jamoasiga.
- Ammo meni bir farishta qutqardi.
Ammo Maksim uni so'ngi gapini eshitmay Yuliyani oldiga yugurib ketdi.
21:00da Quiz viktorinasi boʻladi Qotil muhabbat hikoyasidan quiz gruppada😊😊😊kech qoganla kritilmidi testga😁😁😁
#YETTI_GUNOH 3-FASL
10-QISM
OG'IR TANLOV


Ba'zida shunday vaziyatlar bo'lib qoladi-ki, oldingizda turgan 2 ta yo'ldan birini tanlashga majbur bo'lasiz. Ish yoki oila; Vijdon yoki boylik; O'zlik yoki boshqalar uchun yasalgan soxta "niqob"...
Lekin bulardan eng qiyini siz uchun qadrli bo'lgan ikki insondan birini tanlashdir...

–Xo'sh, qo'g'irchoq teatrim yoqdimi? Mariyanetta kim bo'lganligini va ayni damda kimga aylanganini tushunib oldimgizmi? Yoki san'atim yaxshilab tushuntirishga unchalik yetmadimi?-malika Jasminning tanasi xuddi ipda boshqariladigan qo'g'irchoqday harakat qilib, havoga ko'tarildi.
–Ko'nglim bu yerda yomonlik borligini sezgandi-ya...-Kristina asabiy pichirlab qo'ydi,–Barcha ayb sizda, buvi!
–Mariyanetta xonim...Barchasini yaxshilik va tinchlik bilan hal qilishim mumkin,–Violetta Mariyanettani tinchlantirishga urinib, u tomonga qadam bosdi,–Balki men qizingiz va eringizni ko'rib qo'yarman? Tumorim har qanday kasallik va jarohatlarni davolashga qodir...
–Bu kasallik emas!-Jasminning tanasini boshqarayotgan Mariyanetta qo'pollik bilan ovozini ko'tardi,–Bu la'nat! Mening oilam hayotimni to tug'ilganimdan beri zaharlab keladigan la'natning qurboniga aylandi. Men tumorlar yordamida o'zimdagi la'natni yo'q qilib yubormoqchiman. Axir yettita tumorni birlashtirgan kishi istalgan orzusiga erisha oladi deyishadi, shunday emasmi?
–Qarshingda faqat ikki dona tumor bor xolos!-Kristina ham baland ovozda baqirib yubordi,–Birinchidan, qolgan tumorlarga ega chiqish sen o'ylaganingdek oson emas. Ikkinchidan esa, toza qonli vampirlar tumorlardan uzog'i bilan ikki yil foydalana olishadi. Keyin tumor ularning tanasini chiritib, holsiz qilib qo'yadi. Filip bunga yaqqol misol.
–Yolg'on! Meni bu ahmoqona yolg'onga ishonadi deb o'ylayotgan bo'lsang, qattiq adashasan!-Mariyanetta Jasminning tanasini havoda uchirib, Kristinaga otib yubordi. Jasmin uning tanasiga urilib, ikkalasi ham devorga qapishib qolishdi. Violetta eshik yonidagi temir panjarani qilichi yordamida kesib tashlab, tashqariga yo'l ochdi:
–Hoziroq bu jinnixonadan chiqib ketamiz!
–Undan ko'ra "Chaqmoq, birinchi mamlakatga portal och" deb buyursangiz osonroq emasmi?-Chaqmoq kesatiq bilan nayzasini yerga sanchib, portal ochishga shaylandi. Biroq uning qo'lidan qizil nur taralib, o'zini o'zi mushtlay boshladi.
–Kristi, aqldan ozib qolganmisan?!-baqirdi Violetta Chaqmoqni qizil tumor yordamida portal ochishiga yo'l qo'ymayotgan Kristinaga qarab.
–Bu men emas...Men tanamni boshqarolmayapman!

Jasminning tanasi havoga ko'tarilib, uning qo'llarida yana yog'ochdan yasalgan krest shakli va unga bog'langan yaltiroq iplar paydo bo'ldi. Yaltiroq iplarning bari Kristinaning tanasiga bog'lanib, uni xuddi qo'g'irchoqday o'ynatayotgandi.
–Voy sen la'nati qo'g'irchoqboz...!-Lara yer ostidan qalin o'simliklar o'stirib, Jasminning tanasini o'rab tashladi. Jasmin Kristinaning tumoridan foydalanib, Laraning bo'ynidan qattiq bo'g'ib, nafas ololmaydigan qilib qo'ydi. Izabella ham jim qarab turmay, qumlari yordamida Jasminning atrofini hech narsa ko'rolmaydigan qilib o'rab tashladi. Sehrli iplarga o'ralgan Kristina o'zi istamagan holda Jasmin tomonga yugurib, uning atrofida qizil qobiq paydo qildi va Izabellaning qumlari uchib ketdi.
–Bunday muhitda portal ocholmayman!-baqirdi Chaqmoq,–Menga tinchroq joy kerak!
–Ishlar pachava...-Violetta tor va qorong'i yo'lakka chiqib, ular tomonga bostirib kelayotgan bir talay askarlarga ko'zi tushdi.

–Meni qo'yib yubor, la'nati lo'ttiboz! Meni qandaydir qo'g'irchoqday o'ynatishlariga aslo yo'l qo'ymayman!-Kristina Mariyanettaning iplaridan chiqib ketishga urinardi. Biroq u qancha chiranmasin, tanasiga bog'langan sehrli iplar hech ham uzilmasdi.
–Lara, qobiq ichidan biror narsa o'stir!-Izabella qumlari foyda bermayotganidan asabiylashib, baqirib yubordi. Lara Mariyanettani yo'q qilish uchun avvalo Kristinani ozod qilish kerakligini tushunib, uning oyoqlari ostidan chirmovuqqa o'xshash narsa chiqarib o'rab tashladi.
Mariyanetta Jasminning kamariga osilgan pushti rang xanjarni chiqarib, Kristinaning oyog'idagi o'simliklarni chopib tashladi. Kristina esa qobig'ini yanayam kengaytirdi.

–Kimga qo'l ko'tarayotganingni ichida hali hech ham ishlatilmagan miyasi bor kallang bilan o'ylab ko'ryapsanmi, o'zi?!-eshik ortidan Violettaning g'azabnamo ohangdagi baqirig'i eshitildi. Izabella bu yerdagi jangda foydasiz ekanligini tushungani uchun Violettaga yordam berishga yugurib ketdi.

–Chaqmoq...Meni qobiq ichiga kirgaza olasanmi?-so'radi Kristian Lara bilan jang qilayotgan Kristinaga ishora qilib.
–Uni yengish uchun Jasminning tanasini yo'q qilish kerak!-burchakka berkinib olgan Zed past ovozda ogohlantirib qo'ydi.
–Unda begunoh qiz halok bo'ladi-ku...nahotki boshqa yo'li bo'lmasa?
–U allaqachon o'lib bo'lgan. Qarshingda uning qo'g'irchoqday jonsiz tanasi turibdi, xolos. Qutqarish mumkin bo'lgan yagona odam bu qizil tumor egasi. Agar qutqarishni istasang, albatta.
–Portal tayyor!-Chaqmoq oppoq nur taratib turgan portal ochib, unga Kristianni taklif qildi. Kristian kechagi jang sabab haliyam qaqshayotgan qo'liga qilichini olib, portal ichiga kirib ketdi va chindan ham qobiq ichida paydo bo'ldi. Uni ko'rgan Lara yordam berish uchun bor kuchini yig'ib, Jasminning tanasini chirmovuqlar bilan o'rab tashladi. Mariyanetta Kristinaning tanasidan foydalanib, Kristianni tumor yordamida bo'g'ib oldi.
–Men...men buni xohlamayapman...Kris, kurash, kurash!-Kristina qancha urinmasin, tanasini hech boshqarolmasdi. Uning chap qo'lida qizil xanjar paydo bo'lib, tanasi o'ziga bo'ysunmagan holda Kristianga yaqinlashdi.
–Yo'q...Kris, biror narsa qilsang-chi! Axir mendan kuchlisan-ku! Chaqmoq paydo qil!
–U holda senga ham zarar yetishi mumkin...Bunday qilolmayman.
–Unda nega kelding, tentak?! Men bilan kurasholmasang, nega kelding? Agar yashashni istasang, menga chaqmog'ingni urasan!
–Men...men yoningga senga ishonganim uchun keldim...-Kristian bo'ynidagi og'riqqa qaramay, Kristina tomonga qadam bosdi. Kristinaning qo'lidagi xanjar uzun qilich qiyofasiga kirdi.
–Ket, Kris...Hoziroq ket!
"–Nima bo'ldi? Tanang o'zingga bo'ysunmay qoldimi?" -Kristinaning qulog'iga Reginaning kulgu aralash ovozi eshitidi,- "–Agar menga o'z tanangni bersang, seni bu jahannamdan qutqaraman. Shahzodamiz o'lib ketishini xohlamaysan-ku, to'g'rimi? Men ham buni xohlamayman. Axir ikkimiz ham bir kishimiz, qalbimiz bir..."

Kristian Kristinaning qilich tutgan qo'lidan ushlab, o'ziga yaqinlashtirdi. Tinaning uni bo'g'ib turgan qo'llari pastga tushib, o'zini erkin qo'ydi.
–Naqadar ajoyib tomosha...-Laraning o'simliklaridan halos bo'lgan Jasmin soxta tabassum bilan jilmayib qo'ydi,–Qani shahzoda, so'nggi so'zingni ayt. So'z beraman, bu sahnani albatta keyingi teatrimda olib chiqaman. Lekin menga nimadir qilishga urinsang, Kristina qo'lidagi xanjarni o'z yuragiga sanchadi.
–Anavi Gridning gaplari esingdami?-pichirladi Kristian,–Tumoring yana tillarangda tovlanishi uchun...
–Yo'q! Aslo! Undan ko'ra Reginaning taklifini qabul qilaman! Agar yana birgina so'z aytadigan bo'lsang...
–U aytib bo'ldi!-Jasmin telbalarcha kulib, qo'lidagi iplari yordamida Kristinaning tanasini boshqardi. Tanasi o'ziga bo'ysunmayotgan Kristina qo'lidagi qilichini Kristianning yuragiga sanchib oldi.
–Y-yo'q...K-Kris...bu tush...shunchaki la'nati tush, xolos!
Kristian qo'lidagi qilichi yerga tashlab, og'zini ochganch daxshat bilan bir nuqtaga tikilib turgan Kristinani quchoqlab oldi.
–Nega...nega taslim bo'lding?! Boshqa yo'lini ham topish mumkin edi!
–Sening Regina ekanligingga hech qachon ishonmaganman...va ishonmayman ham. Uning yo'liga kirib ketishingga yoki Jasminga o'xshab jonsiz qo'g'irchoqqa aylanib qolishingga aslo yo'l qo'ymayman...Seni sevaman...Tina...
Kristian qonga to'lgan lablari bilan Kristinadan bo'sa oldi. Uning qonga belangan tanasi yog'ochday qotib turgan Kristinaga osilib, yerga qulab tushdi.
"–Endi men nimani his qilganimni tushungandirsan?-" -so'radi Regina,- "–Men ham yaqinlarimdan senga o'xshab ayrilib qoldim. O'sha la'nati Drakula men uchun aziz bo'lgan barchani qirib tashladi...
Endi nega men ham Frederikaning yo'liga kirib qolganimni his qilyapsanmi? Hattoki qarshingda turgan jonsiz qo'g'irchoqda ham zulmat yo'liga kirishiga sababi bor. U ham o'z oilasini, o'z yaqinlarini qaytarishni xohlaydi va bu yo'lda istalgan ishiga qo'l uradi. Men yovuz emasman, Kristina. Frederika ham, Filip ham va hattoki seni shu ahvolga solgan Mariyanetta ham yovuz emas. Biz shunchaki o'zining ezgu maqsadiga erishish uchun bel bog'lagan bechoralarmiz, xolos. Senga o'z kuchimni taklif qilishim mumkin edi, biroq senda Van Hellsing ruhi qayta uyg'ona boshladi. Qani bo'l, Kristina. Vujudingda paydo bo'lgan nafrat yordamida Mariyanettadan qasos ol. Men his qilgan g'azabni, men his qilgan qasos o'tini sen ham his qil. Uni o'ldir..."
Kristinaning tumoriga tillarang kirib, xuddi Filip bilan jang qilgan payti singari g'ayrioddiy kuch paydo bo'ldi. U o'rnidan turib, tanasiga o'ralgan iplarni ushladi va qattiq silkitib, telbalarcha tabassum qilib turgan Jasminning tanasini o'z iplari bilan o'rab tashladi. Kristinaning ko'zlari olovday tovlanib, Jasminni nur sochib turgan qo'llari bilan bo'g'ib oldi.
–Sen...sen...
–Nima men? Nima qilib qo'yding, demoqchimisan? Lekin bu ishni sen qilding. Uni o'zing, o'z qo'llaring bilan o'ldirding...
–Burdalab tashlayman!!!-Kristina g'azab bilan bor ovozida chinqirib, Jasminning tanasini zarb bilan yerga urdi. Kristinaning o'tkir ovozi va yerga urilgan zarbadan atrofdagi qizil qobiq parchalanib ketdi. Zarba qattiqligidan marmar pol darz ketib, Jasminning tanasi shaklida iz qolib ketdi.
–Men baribir og'riq sezmayman,-dedi Jasminning tanasiga kirib olgan Mariyanetta,–Lekin sen sezasan...!

Mariyanetta sehrli iplarini yerda yotgan Kristianning jasadiga o'rab, Kristinaga tashlanishga majbur qildi. Kristina shu zahoti ortiga sakrab, Kristianning qilichiga chap berib qoldi. Kristianning qo'lidagi qilich esa to'ppa to'g'ri yerga qadalib qolgan Jasminning qorniga sanchildi.
–Baribir og'rimayapti...Ayniqsa qalb og'rig'i turganda...qalb og'rig'i turganda, tig' og'rig'i nima bo'libdi?-Jasminning og'zidan qon oqib, o'rnidan turishga urindi. Kristina qo'lida tillarang qilich paydo qilib, uni Jasminning yuragiga sanchib oldi. Jasminning yuziga battar tabassum yugurib, hissiz ko'zlarini tepaga tikkancha yana yerga yiqildi.
–Bu...bu hali hammasi tugadi deganimas...Mariyanetta albatta yana baxtli hayotiga qaytadi...2-akt ham tragediya bilan yakun topdi, lekin 3-aktda u o'z maqsadiga erishadi...so'z beraman...

Jasminning tanasi harakatdan to'xtab, tirjaygancha o'lim topdi. Uning qo'lidagi sehrli iplar shu zahoti g'oyib bo'lib, Kris va Tinaning tanasi butunlay ozod bo'ldi. Kristina yerga qulab tushayotgan Kristianning tanasini tutib qolarkan, kamariga osilgan halta ichidagi idishga behosdan qo'li tegib ketdi. U halta ichidagi idishni chiqarib, "Marko" degan yozuvga ko'zi tushdi.
–Meni kechir, Marko...Bu ishim uchun meni aslo kechirmasligingni bilaman...Lekin xudbinlik qilishga majburman. Majburman...
# Zulmat_Ogʻushidagi_Muhabbat
ZOM

NUR 2-qism.

Bugun hayotim iziga tushgan. Yaqinlarim, oilam va doʻstlarim bor. Volter doimo akam boʻlgan Elizabet esa singlimdek. Ular koʻp sinovlarni birga yengib oʻtishdi. Hozir ular juda baxtli. Yana Kallenlar bilan ham doʻstmiz. Ularning oilasi va oʻzaro munosabatlariga doimo havas qilganman. Volter va Elizabet koʻp vaqtlarini asosan Volterrada oʻtlazishadi. Ularning zimmasida katta mas'uliyat bor. Endi ular Volturilarning vazifalarini bajarishmoqda. Koʻplab boshqa mamlakat va hududlardagi vampirlarni kuzatib qoidalarga boʻysinmagan va qonga tashna vaxshiylarni yoʻq qilishmoqda. Men esa hozirda Saylemdagi uyimizdaman. Forksda ham shinamgina uyim bor. Ammo u yerda Kallenlarsiz zerikarli. Ular ham hozirda boshqa joyga koʻchib oʻtishgan. Bizning umrboqiy hayotimizning yoqimsiz jihatlaridan biri uzoq muddat bir yerda yasholmaymiz. Menga esa bir joyda yashash yoqadi. Inson uchun qadrli boʻlgan bir makon boʻlishi kerak. Shirin xotiralar va qalbing xotirjam boʻladigan, doimo seni oʻz bagʻrida ushlab turuvchi senga tegishli boʻlgan makon. Menga Saylemdagi uyimiz koʻproq yoqadi. Menga qadimiylik va hashamat yoqadi. Bu uy Volterning oilasiga tegishli. Qadimgi goʻzallik menga juda yoqqan. Oʻzimni chalgʻitish va qoʻshimcha daromad uchun Saylemda antiqa va qadimgi buyumlar doʻkonini ochdim. Bu ish oʻzimga ham zavq beradi.