✎﹏ѵɑɷρıɾ ɦıƙσყɑɭɑɾ
180 subscribers
697 photos
82 videos
97 files
342 links
Download Telegram
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹

-Qora kuzim biram chiroylisanki. Ota onang bulishganida bu mayus kuzlaring chaqnab turardi afsus seni yolgiz tashlab ketishga majburman. Ammo seni mana bu yeringda yashayman abadiy sen bilan birga,-deb Klarisiya Yuliyani yuragiga ishora qildi.
-Meni yolğiz tashlab ketolmaysiz. Sizsiz qanday yashayman. Hali hammasi yaxshi buladi. Men shifo topaman,-deb yosh tula kuzlari bilan buvisiga tikildi va chidolme yuzini yashirib yiglab yubordi.
-Yuliya esingdami bir quyoncha olib berganim.
-Hmm.. keyin.. keyin..
-Ölib qolgandi. Sen bulsang ovqat ham yemaganding gapirmey quyganding faqat quyonchangni kumgan joyingda yiglab turarding
-....
-Qizalogim seni qalbing guzal va mehrga tula iltimos uzgarma nima buishidan qat'iy naz.. -Klarisiyani gapi yarmida tuxtab nafas oloshi qiyinlashdi. Yuliya esa asabiylashib, yiglab endi shifokor chaqirish uchun chiqib ketayotgan edi Klarisiya tuxtatdi.
- Va'da ber... Va... da..
-hop va'da beramn ammo ketmang buvijon, meni tashlab ketmang, iltimos.
- Dunyo baxtlari sen bilan bulsin...- bu Klarisiyani sungi gaplari buldi. Yuliya dod solib yiğlab yubordi. Honaga Franchesko kirib keldi va eshik oldida toshdek qotib qoldi. Keyin ortiga yurib chiqib ketdi. Zalda kimgadir dafn marosimiga tayyorlaninglar degani va oyoq tovushlari eshitildi holos.
Mana dafn marosimigayam ikki hafta buldi ammo haligacha Yuliya uziga kelgani yuq. Hali 19 yoshda bulgan qiz uchun bu ogir judolik edi. Franchesko eshikni taqqillatdi va honaga kirdi. Yuliya buvisini kursisida utirb orqasiga ugirilb ulkan deraza ortidagi urmonni kuzatar edi. -Honim siz bardam bulishiz kerak
-Franchesko iltimos mulozamat shart emas. Birdan bir yaqinim sizsz sizdan uzoqlasish niyatim yuq.
-Yuliya sen kuchli bulishing kerak huddi buving kabi ishini davom ettir iltimos taslim bulma senga ishonman buving ham shuni hohlar edi uzingni ulga ol,- deb chiqib ketdi. "Qulga olish, ammo qanday ahir enni butkul yolgizman. Bu qasr ham meni tinchlantirolmaydi. Ming lanat hayotim zulmatga nursiz olamga uxshab qoldi."shu hayollar bilan uz honasiga kelib uzini yotoqqa tashlab uyquga ketdi."Tushlar olamiga yana usha daxshatli tushni kurish uchun keldim. NMA?? Buvi buvijon. Nahotki bu sizmi?"
- Sen bizni davomchimizsan nmaga uzingni qiynayabsan Yuliya? Qalbingda yashaymiz doim sen bilanbirga. Buldi qizalogim uzingni qulga ol uygon yangi kunni gangi Yuliya bulib kutib ol.
-Erta tong! Hammasi tugri bu kundan boshlab "men yolgizman" degan gao yoq. Qani Yuliya olg'a,-shu gaplar bilan Yuliya nonushtaga shodon qiyofada yul oldi uni Franchesko kutib oldi va yuziga tabbasum yugurdi. Nonishtadan keyin mahinaga chiqdi va haydovchiga
- Maktabga Mexayel,- deb derazadan chaqnoq kuzlari bilan atrofga sevinchla boqdi
Davomi bor....
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
4 QISM
Hayot bamisoli yulga uxshedi umumn thxtatib bulmaydiyaa. Bu manzaralar kuz ochib yumgunimcha utib ketyapti. Ammo qoyil..-Bu maroqli jarayon ekan .-beihtiyor hayolidagi gaplari tiliga chiqb ketdi. Mexayl oynadan bir razm solib "ha tugri " degandek boshini qimirlatib yana nigohini yulga qaratdi. Mashina quyish joyi maktabdan sal uzoqda edi biroz piyoda yurish kerak. Maktabni oldidan yul utgan maktab yonida katta devor bn qoplangan ichi hammaga sirli ayniqsa öspirin yoshlar uchun qiziqarli mashgulot edi. Tugri uni ulkan darvozasi ochilardi bir qora mashin ckirib cbiqardi ammo oynalari qoraytirilgani boyis battar qiziqish uygotar edi. Keyin u mashina haddan ortiq tez haydalar edi. Mashinani kurishi bilan bolalar har tarafga qochar edi yulda hech kim qolmasdi. Maktab uquvchilari uni "UCHAR"deb nomlab oloshgan edi. Bu Yuliyaniyam nazaridan qochmas edi. Hatto bir gap darsdan qochib uwa ulkan binoni ishģol qilmoqchi bulgan edi ammo befoyda bulib chiqdi.
Yuliya shu hayollar bilan usha imoratga qarab maktabga kirib ketdi. Yulda uni dugonasi Anya orqasidan kelib qurqitib hayollarini uchirib yubordi. Bu ikki dugona maktabdagi booor ayyorlik va tupolonlarda quli bor. Bu maktabda ziyoli oila farzandlari uqiloshini aytib uqituvchilarni jaģi oģrib ketgan. Tugrida ziyoli bulgan degani quvnoq bulishni chetlaydi degani emasda. Anya bu gap sinfdoshi Yuzifni shaxsiy shkafiga suv tuldirilgan stakanni qiya quyib eshigini mahkamladi. Uni miriqib uz ishidan kungli tulib Yuliyaga aytib berdi. Bh shumlikni oxirini kurish uchun shaxsiy shkaflar qarshisidagi stullarga joylashib huddi kitob uqiyotgandek zimdan Yuzifni keishini kutishdi.
- Doimgidek yana sizlar ahir bu nmasi. Nima balo butun maktabni portlatib kungliz joyiga tushadimi,- bu gaplarni jon kuydirib Svetlana Kirkorovna unga zimdan tirjayib turgan Anya va Yuliyaga gapirayotgan edi.
- chakki fikrmas nma deysan Ayna
- Portlatamzmi? rostanmi?
- Axir men majoziy ma'noda aytdim-ku. Axir qizlar sizlar ziyoli oila farzandlarisiz davomchilari, vorislarisz... Bu gaplarni shunchalik kop eshitganidan qizlar öqituvchisiga taqlid qilib gaplarini bir biriga kulb takrorlashdi.
- Yana qutulib qolganiz hayratlanarli.- kuzini kitobdan uzmas kuzoynakini biroz tugirlab Timofey qizlarga yuzlandi.
-Voy voy voy professor Timofey yana nimalar deb vaysaydilaraaa.-deb Yuliyani durtib kuz qisib quydi Anya.
- Ota onangiz keldilar muhtarama honim Anya Sergeyevna.-deb yarim tabassum bilan ularga qarab quydi. Anyani tok urgandek buldi va darrov ortiga qaytib yhgurib ketdi. Timifey bu xazlidan kungli tulib Yuliyaga kettik ishorasini qilib darsga ikkinchi qavatga ketdi. Yana ushalar Uzi ular kim? Qaydan paydo bulgan? Bu sovuq nigohlar hayratlanarli darajada qizil. Ular uch kishi bu yerlik emas yaqinda kelishgan birini ismi Martin sariq sochi yelkasigacha keladi buğib yuradi qoshlarini chimirib yuradi buyi baland nuqul kuk klitka kuylak ichidan esa oq yengli kuylak kiyib yuradi. Ikkinchisi Jozef odatda eng kup gapiradgani u edi. Sababi salomlashib hayrlashar edi holos. Uni sochlari biroz tuzgib turar yuzida qamnedir sovuqlik aks etar edi buyniga allaqanday tumori bor edi unga yaxshilab qaralsa ilonni yutayotgan ajdar ramzi bor edi. Vanihoyat uchinchisi Styuart edi. Eng yoshi shu bola edi. Uni nigohi burgutnikidek edi kup qizlar aynan shu bolaga gapirib kurishdi ammo besamar ketdi. Styuart sochi sargish bulib qulogi atrofi did bilan olingan edi. Ularning iforidan hamma mast bular edi. Hatto kuplar qanday atir ishlatishini surashdi lekin ahmoqlardek yarim yulda qolib ketishdi.Ular bir biri bilan gaplashmas Yuliya utib qolsa uchchovi ham kuz uzmay qarab turar edi. Darslarni yakunlab qulogiga naushnik taqib olgan Yuliya uz mashinasi tomon yura boshladi ammo dugonalarining kuch bilan orqaga tortib olishi bilan qulidagi telefoni tushib ketdi va zarb bilan tuxtagan mashina uni chil chil sindirdi. Yuliyani kuzlari kisasidan chiqib ketay dedi nigohini singan telefon bulagidan uzmay faqat- Buvim.. buvimni sovgasi.. buvimni hotiralari... ,-de
yardi holos. Usha mashina qoraytirilgan oynali qora mashina edi. Eshigi ochildi hamma hayratda judayam barvasta yoqimtoy yosh yuzi oq marmardek oppoq sochlari biroz besaramjon qop qora qoshlari chimirilgan yon yuzida tomirlari hira kurinib turar bu esa asabiylashayotganidan dalil edi.Yuliyaning oldiga Mexayel yugurib keldi hamma hayajonda Yuliya esa shok holatda edi yana uwa tanish suzlarni ayta olardi holos.
Asar muallifi @Jodu_gar белоснежка
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolicha qaytishi🔥💥🌹
5 - QISM
-Buvim...buvimni sovģasi... buvimni xotiralari... Yuliya shunchalik shokda ediki uzini ham bilmasdi. Keyin usha notanish yigitga shunday qaradiki uning qip qizil kuzlari yigitning tillarang kuzlariga tuqnashdi hatto yigitning tariflashga ojiz qiyofasiga ham qarab uttirmay yoqasiga yopishdi.
- Yaramas nimaga bunday qilding. Qanday hadding siģdi. Uldiraman seni uldiraman. Javob berasan bu qilmishing uchun javob berasan,-Yuliya bor zahrini notanish yigitga sochdi. Toqati toq bulgan yigit Yuliyani qullarini uz yoqasidan bir harakatda halos etdi va qzni siltab yubordi.
- Uzing kimsanki bunday deysan. Senday ziyoli zodagon odam bir telefon uchun meni haqorat qilishi ahmoqlikmasmi. Keyin men quloģimda quloqchin bilan seni yulingga chiqqanim yuq. Yuliya yana unga tomon yurmiqchi edi Anya yulini tusib uni tutib qolli. Yigit kuzidagi ģazab bilan qizga tikildi keyin tok urgandek atrofdagi qzlarga qarab beihtiyor yuz qiyofasi uzgardi endilikda qizga ģazab bilan emas achinish bilan nigih tashladi yuzi burushib ketdi. Yuliya biroz Anyani qulida tipirchilab hushini yuqotdi. Mexayl uni kutarib qizlarni qurshovida mashina tomon tez yurib ketdi. Notanish yigit bir oyoģi ostidagi telefonga bir hushsz Yuliyaga qarab qoldi. Bu voqeani yulni nargi tarafida uch kishi ham kuzatib turar edi hatto bittasi sovuq nimtabassum qilib ham quydi.
***
-Artyom nimaga buncha qolib ketding tinchlikmi uzingga uxshamayapsan,-Artyom kirishi bilan Vanya savolga tutdi.
- Hammasi joyida bugun bir ish buldi... Ha aytmoqchi Maksim qayerda zudlik bilan uchrashishim kerak zarur ishim bor,-deb Artyom atrofga alangladi. Vanya biroz kulib uzini kresloga tashladi va televizor kurisgni davom etdi.
- Biror gap bullimi nmagadir boshqachasan sen ham. Yo Maksim nimadir dedimi? Nahotki sevgingni qabul qildi! Bu gapdan Vanya urnidan otilib turdi va battar kula boshladi. U yoqdan bu yoqqa yurib uzidan mamnun jilmayardi qulini qovushtirib Artyomga "yuq" ishorasini qilib bosh silkidi.
- Ey hudo! Balkim men bilan bulisharsan hursandchiliging sababini. Buguni bilan yaxshi habarga zor yurdim,-deb yana Yuliya kuz oldida gavdalandi.
- Hop yaxshi! Yaxshilab joylashib ol,-deb kresloga utirib Artyomga yonini ishora qildi.
- Bugun Maksim bilan doimgidek shuģullanayotgan edik. Shunda zor ģoya keldi unga musobaqalashishimizni kim yutsa bir shart buyurishini aytdim bilasan u hech qachon musobaqadan qochmaydi baholangki u rozi buldi. Keyin hayot uchun jang boshlandi. Albattamen uchun. Sungi damda uning xatosi tufayli men yutdim. Keyin..
- Keyin nima bulgani aniq sening sharting ham,-deb Vanyani gapini buldi.
- Yuq unga shart aytishga ulgurmadim yugurib chiqib ketdi. Ishonasanmi hozirgacha uzini kechirolmagani aniq. Hozir uni kutib turibman shartmga kelsak tayyor.
Shu vaqt eshik ochilib tim qora sochi beligacha tushgan judayam chiroyli bir qiz eshikni zarb bilan ochib yigitlarga parvo qilmay nozik qadam tashlab utib ketdi. Vanya kreslodan sakrab utib uni yulini tusdi.
- Azizam bu nimasi bu qanday hol? Uzingni bos senga sevgi izhor qil demayman. Seni bu sehrli kuzlaring menga boqmay qolsa yuragim urishdan tuxtaydiku ahir.
- Agar yana hazl qilsang uldiraman. Tirik qolmaysan jinni. Mendan ikki metr uzoqda yur,- deb Maksim yigitning qulini qayrib devorga tiradi.-Bugundan boshlab musobaqayam shartlaram yoq. Agar yana jahlimni chiqarsang jungli urmonlarida kurasan uzingni,- degan ham edi Vanya bir harakat bilan urnini Maksimga almashtirdi. Va doimgi asabni buzadigan tabassum bilan
-Jonginam bilasanu seni butun borliģim bilan sevaman sen olov bulsang men suvman bizlar bir butunmiz,-deb qizni quyib yubordi. Maksim sochlarini tuzģitib jahl bilan xonasiga chiqib ketdi. Vanya orqasidan qullarini beliga qöyib tabassum bilan uni kuzatib quydi
#YETTI_GUNOH 3-FASL
5-QISM
LA'NATLANGAN KO'Z


–Qiziq...judayam qiziq. Kimni ko'ryapman? Uzr, biroz adashdim...kimni sezyapman deyishim kerak edi. Bu senmisan, Edmund?-Dorian olmos devor orqasida berkinib turgan qirol Edmundning isini darhol sezdi. Edmund olmos devorni yana yer tagiga kirgazib yuborib, qilichini chiqardi.
–O, demak o'sha mashhur zolim qirol shu ekanda?-Frederika ham qo'liga qora qilichini olib, Dorianning yoniga turib oldi,–Tan olaman, qirol Edmundni boshqacha tasavvur qilgandim.
–Dorian va Ovchi...Isming Frederika edimi?-so'radi Edmund,–O'sha mishqilar seni qanday mag'lub qilishganini o'z ko'zlarim bilan tomosha qilganman.
–Ko'zlar...ular Edmundning qo'lida!-baqirdi Dorian,–Hoziroq ularni tortib ol!

Frederika afsun yordamida kuchli shamol paydo qilib, Edmundga otib yubordi. Edmund yana olmosli devor paydo qilib, shamolni to'xtatib qoldi. Frederika Edmundning ustiga sakrab, uning kallasini nishonga oldi. Edmund yerdan yana uchli olmos chiqarib, uni Frederikaga sanchib olishga urindi. Olmos Frederikaga kiray degan payt u teleport yordamida g'oyib bo'ldi va Edmundning orqasida paydo bo'lib qoldi. Edmund joyidan jilib o'tirmay, shunchaki jilmayib qo'ydi. Uning qo'lini qilichi bilan yaralagan Frederika esa o'z qo'lida ham qattiq og'riq his qildi. Jarohat Edmundning qo'lida emas, Frederikaning qo'lida turardi...
–Bu yana qanaqa maynavozchilik...-Frederika Edmundning oyoqlari ostidan o'simlik chiqarib, o'rab tashladi. So'ngra o'rnidan sakrab turib, uning bo'ynini nishonga oldi. U endigina Edmundning bo'ynidan chopib tashlamoqchi bo'lgan payt nimadir uni havoda to'xtatib qoldi. Bu Dorianning afsuni edi.
–Yana nima?!-baqirdi Frederika unga qo'lini cho'zib turgan Dorianga g'azab bilan qarab.
–Nahotki tushunmayotgan bo'lsang, Edmund aks-ta'sir afsuni bilan himoyalanyapti. Uni jarohatlasang, jarohat unda emas, senda paydo bo'ladi...

–Nihoyat...ular meniki...ularni yo'q qila olishim mumkin...!-devor burchagida Dorianning ko'zlarini ushlab turgan Silviya ularga telbalarcha tikilib turardi. Uning ovozini eshitgan Dorian Frederikani o'z holiga tashlab, Silviya tomonga yugurdi. Silviya orqasidan o'sib chiqqan farishtanikiga o'xshash qanotlari yordamida havoga ko'tarilib, derazaga qarab uchib ketishga urindi. Dorian buni vaqtida sezib, uning bir qanotini afsun yordamida to'xtatib qo'ydi. Silviya yiqilib, boshi deraza tokchasiga urildi.
–Mening ko'zlarimni olib, o'zingcha jajji farishtaday uchib ketmoqchi bo'ldingmi, Silviya Van Hellsing?
–Ularni yo'q qilaman!-baqirdi Silviya,–Senga ikki dunyoda ham ko'zlagan niyatingni amalga oshirishingga yo'l qo'ymayman!
–Qo'ysangchi, azizam...men aslida nima xohlayotganimni bilmaysan-ku! Men shunchaki tinch va baxtli hayot xohlayman, xolos...
–O'tmishni o'zgartiribmi? O'tmishni o'zgartirib, nimagadir erisha olaman deb o'ylaysanmi?! Opam buni hech qachon istamagan bo'lardi!

Dorian Silviyani havoda ko'tarib, ongi yordamida barmoqlari orasini ochdi. Silviyaning jajji barmoqlari orasidan Dorianning ko'zlari dumalab tushdi. U endigina ko'zlardan birini olmoqchi bo'lib egilgan payt yer ostidan Edmundning uchli olmosi o'sib chiqib, uning kallasini teshib yuborishiga bir bahya qoldi. Dorian ortiga tisarilib, qo'liga hassasini oldi.
–Chindan ham meni mana shu notavon yordamida yenga olaman deb o'ylaganmiding?-so'radi Edmund atrofidan qizil nur taralib, bo'g'ilib turgan Frederikani ko'rsatib,–Aslida kim ekaningni bilmadim-ku, lekin mening oyog'im ostida o'ralashib katta xato qilding, Dorian.
–Kel, aniqlashtirib olamiz...-Dorian hassasini yerga qattiq urib qo'ydi,–Bu yerda kim kimning oyog'i ostida o'ralashyapti? Balki sen gapirgan gapning mutlaqo aksidir? Aslida sen mening oyog'im ostida o'ralashayotgan bo'lsang-chi?

Edmund Frederikani yerga otib atrofida Kristinanikiga o'xshash qizil qobiq paydo qilib qo'ydi. Dorianning hassasi urilgan yer ostidan esa qora rangli ko'rshapalaklar uchib chiqib, butun atrofni o'rab olishdi. Ulardan biri yerda yotgan ko'zlardan birini olib, Dorianga keltirdi.
Edmund bunga jim qarab turishni istamay, yer ostidan o'nga yaqin uchli olmos toshlar chiqarib tashladi. Silviya ham Dorian tomonga qanot qoqib, undan ko'zni tortib olishga urindi. Lekin Dorianning ko'rshapalaklari uning atrofini o'rab olishib, uchishiga qattiq halaqit berishdi. U tomonga yugurib kelayotgan Edmundning oyog'i ostidan yana Frederikaning o'simliklari o'sib chiqib, uni yerga yiqitdi. Frederika qobiq ichida qolib ketganiga qaramay, Edmundning butun tanasini o'simliklar bilan o'rab olib, qattiq siqdi. Ammo o'z tanasida ham xuddi shu og'riqni his qilgach, o'simliklarni biroz bo'shatishga majbur bo'ldi. Bu orada Dorian chap ko'zini o'ziga qaytarib, davolashga ulgurib bo'lgandi. U ko'zini to'sib turgan qora matosini yerga tashlarkan, endigina ko'ra boshlagan chap ko'zi yordamida atrofga yaxshilab nazar soldi.
–O, xonani biroz boshqacha tasavvur qilgandim. Ancha didsiz ekansan, Edmund...
"–Uning ko'zlariga qaray ko'rma!" -Edmundning qulog'iga Reginaning ogohlantirishi eshitildi. Edmund Dorianga qaramaslikka urinib, yerda yotgan ikkinchi ko'zni qidirishga tushib ketdi. Lekin undan avval yana Dorianning ko'rshapalaklaridan biri ko'zni topib havoga ko'tarishdi. Edmund yer ostidan yana uchli olmos toshlar o'stirib, ko'rshapalakni yerga yiqitishga erishdi. Dorian o'zi yerda yotgan ko'zini afsun yordamida ko'tardi, biroq juda kuchli shamol ko'tarilib, ko'z qizil qobiq ichida o'tirgan Frederikaning yoniga uchib tushdi. Frederika ko'zning atrofidan tikanli o'simlik o'stirib, uning atrofini o'rab tashladi.
–Bu nima qilganing?-Dorian iloji boricha xotirjamlik bilan savol berdi,–O'ylaymanki, menga xiyonat qilmayapsan.
–Avval atrofimdagi qizil qobiqni yo'qot!-Frederika qat'iyat bilan javob berdi.

Dorian sekingina uf tortib, Edmundning yoniga qadam bosdi. Edmund uning ko'ziga qaramaslikka urinib, o'z atrofida ham qobiq paydo qildi. Biroq qobiq Dorianga zarracha ham ta'sir qilmadi. U xuddi qobiq yo'qday bemalol o'tib ketdi. Edmund ko'zini yumgancha qilichi yordamida Dorianga hujum qildi. Dorian zarbalarga osongina chap berib, miyg'ida kulib qo'ydi.
–Xo'sh, endi kim oyoq ostida o'ralashyapti ekan? Endi kimning ko'zi ko'r bo'lib qoldi? Menga qara, Edmund...ko'zlarimga qara...

Edmund Dorianning gaplariga quloq solib o'tirmay, uning bo'ynidan qattiq bo'g'ib oldi. Dorianning bo'ynida chidab bo'lmas og'riq paydo bo'lib, nafas olishi qiyinlashib ketdi. Dorian avval bunga o'xshash joduni uchratmagani tufayli unga qarshilik ko'rsatolmadi. Bo'ynidagi og'riq esa tobora kuchayib, xuddi barcha tomog'idagi suyaklari bitta qolmay sinib ketayotganday tuyilardi. U hassasi yordamida Edmundning boshiga urib, arang qutulib qoldi.
–Jin ursin...zamondan ancha orqada qolib ketganing alam qilarkan...shunday yangi-yangi afsunlar chiqib ketibdi-ya?!
–Bu hali hammasi emas...o'lib ket, la'nati Dorian!-Edmund olmos qilichini Dorianning qorniga sanchdi. Marmardan yasalgan polga to'q qizil rangli qon tomib tushdi. Ammo bu qon Dorianniki emas, Edmundning o'z qonlari edi. Edmundning og'zidan qon kelib, qornida paydo bo'lgan jarohatini ushlagancha yerga yiqildi. Ularning atrofidagi qobiq ham, Frederikani qamab turgan qobiq ham g'oyib bo'ldi.
–Nima deb o'ylaganding, Edmund?...-Dorian yerga tizzalab qolgan Edmundga g'olibona jilmayib qo'ydi,–Aks-ta'sir afsunini faqat o'zim bilaman deb o'ylaganmiding? Agar shunday o'ylagan bo'lsang, qattiq adashasan. Sababi bu afsunni men...aynan men 950 yil avval yaratganman.
–Kim...kimsan?...Kimsan o'zi?!
–"Avlodlar" tashkiloti haqida eshitganmisan? Meni o'sha tashkilotning yangi rahbari deb qabul qil...
–Shoshlil, Dorian!-baqirdi Frederika,–Tashqaridan qadam tovushlari eshitilyapti! Bu yerga aristokratlardan biri kirib qolib, yangi g'alva paydo bo'lmagunicha tezroq uni o'ldirish kerak...
–Ko'z...yo'q qilaman. Yo'q qilaman...!-Silviya Frederikaga tashlanib, uning qo'lidagi ko'zni tortib olishga urindi. Frederika uning qanotlaridan ushlab, qattiq burab tashladi. Silviya qo'lidan oq nur chiqarib, Frederikaning tanasini o'sha nurlar yordamida o'rab oldi. Frederikaning qo'llari qaltirab, Silviyaning qanotlarin qo'yib yubordi.
–Men...men nima qilyapman o'zi...nega o'zimni judayam katta xatoga qo'l urganday his qilyapman...-Frederika atrofidan oq nur taralayotgan qo'llariga qarab tikilib qoldi.
–Hoziroq ko'zimni o'zimga qaytar!-baqirdi Dorian.
–Yo'q...bu xato! Men xato ish qilayotganimni sezib turibman...Lekin o'sha xatoyimni hali ham to'g'irlash imkoni bor...
–Tushunarli...-Dorian chuqur xo'rsinib qo'ydi,–Farishta nurlari, shundaymi? Sen uning miyasini tozalayapsanmi, Silviya?
–Men hech kimning, hattoki yovuzlarning ham o'lishiga jim qarab turolmayman!-Silviya qo'lidagi oq nurlarini yanada ko'paytirib, Frederikaning miyasini tozalashga kirishdi,–O'zgarish uchun imkon barchaga berilishi shart. Agar istasang bu imkonni senga ham beraman, Dorian. Opam haqqi...opamning eng so'nggi iltimosi uchun...

Dorian uning gaplariga quloq solib o'tirmay, shamolday tezlik bilan Frederikaning yonida paydo bo'lib qoldi va uni bo'g'ib oldi. Silviyaning atrofini esa yana qora ko'rshapalaklar to'dasi o'rab oldi. O'zining chap ko'zini Frederikaning moviy ko'zlariga tikib, Silviyaning oq nurlarini yo'q qilib tashladi.
–Sening otangni o'ldirishgan, Frederika...Sendan butum umr josus sifatida foydalanishdi, seni tahqirlashdi, xizmatkor qilib ishlatishdi. Butun umring davomida yiqqan va to'plagan tajribalaring ham foyda bermadi. Xo'sh, endi barchasi shunday osongina yakun topishini istaysanmi? Ularni shunchaki kechirasanmi?
–Yo'q...hech qachon!
–Bu yerga nima uchun kelganing esingdami? Nima uchun men shu yergacha kelding?
–Chunki...chunki seni sevaman.
–Judayam to'g'ri. Sen meni sevasan. O'z sevgan kishingga kerak bo'lsa joningni ham berishing kerak. Lekin men sendan joningni emas, shunchaki qo'lingdagi ko'zni so'rayapman.
–Ha, albatta...uni olishing mumkin...

Frederika musht qilib turgan o'ng qo'lini asta Dorianga cho'zdi. Dorian ham jilmayib, ko'zini qaytarib olish uchun uning kaftini ochdi. Lekin barmoqlari yordamida shunday narsani sezdi-ki, bu hissiyot uni shu zahoti Frederikadan uzoqlashishga majbur qildi.
–Ha nima, nima bo'ldi, Dorian?-Frederika sovuq tabassum qilib, o'ng qo'lining kaftini Dorianga cho'zdi. Ko'z uning kafti ichiga kirib uchinchi ko'zni hosil qilgandi.
–Nima, mening miyamga seni sevishim haqidagi soxta xotiralarni tiqib qo'yib, osongina aldab ketmoqchi bo'lganmiding? Lekin men sen o'ylaganchalik sodda emasman, Dorian. Senga ko'zingni qaytarib olishda yordam berdim, chap ko'zing endi o'zingda. O'ng ko'zing esa mening xizmat haqqim bo'ladi...
–Jin urgur ayyor tulki...sen katta xatoga yo'l qo'yyapsan!
–Tupurdim. Men bu ko'z qanday qudratga ega ekanligini hozirdanoq tasavvur qilyapman...birovning xotiralarini boshqara olish, ularga soxta xotira qo'shish, ularning hissiyotlari bilan istagancha o'ynashish...bir nigoh bilan kerak bo'lsa ming yillik umrga nazar solish, istalgan kishini va hattoki jonsiz narsani ham alday olish...
–Sen chindan ham xato qilyapsan!-aralashdi Silviya,–Drakulaning oilasidan bo'lmagan vampirlar bunday ko'zni boshqara olishmaydi! Ko'z seni aqldan ozdirib qo'yishi mumkin!
–Menga hech narsaning farqi yo'q!...Shundoq ham yo'qotadigan hech narsam qolmagan...Ko'z uchun katta rahmat, Dorian. Undan oqilona foydalanaman...

Frederika bundan bir necha daqiqa avval paydo bo'lib, teleport vazifasini bajargan aylana ichiga kirib oldi. Aylana atrofidan oppoq nur taralib, portal ochila boshladi. Dorian negadir hech narsa qilmay, shunchaki jilmayib qo'ydi. Silviya esa Frederika turgan aylana ichiga qanot qoqdi. Portal ularning ikkisini ham birinchi qirollikka olib ketdi...
–Bechora Frederika...aslida uning xotiralarini boshqarib, ikkinchi ko'zga ega chiqishiga majbur qilganimni hayoliga ham keltirmadi. Men emas, sen mening tuzog'imga tushding. Tez orada tanangni oyimning ruhi egallab oladi...

#Elen
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
6-QISM
" Bu ahmoqlikni o'zi men vazifamdan chalg'iy olmayman bu mumkinmas. Meni o'z burchim bor,maqsadim bor va buni hech nima va hech kim o'zgartirolmaydi." Makimning hayollarini eshiqni kimdir taqqilatgani buzdi.
- Kiraver Artyom.
- Mumkinmi. Uzr bezovta qilmoqchi emas edim ammo yordaming zarur. Ahvoling yaxshimi. Vanya bilan o'rtangizda nima bo'lganidan behabarman ammo u yaxshi yigit qalbida zarracha yomonlik yo'q...
-Artyom agar shu masala bo'lsa men dam olmoqchiman ma'zur tutasan,-deb urnidan turgan ham ediki Artyom uni to'xtatdi va jiddiy qarab:
- Qizil qirolichaning vorisi paydo bo'ldi,-deb Maksimni qo'lini qo'yib yubordi. Maksim hayratdan joyiga o'ttirib qoldi.
- Buni tushundim bu masala hal ammo menga yordam ber deding adashmasam,-deb sinchkov nigohi bilan Artyomga yuzlandi.
- Ha bu masalami..? Haa... Haligi men... aytmoqchi edim... Hullas bir qiz... juda ayanchli ahvolda uchratdim uni,uni birdan-bir xotirasini undan tortib oldim,- deb Artyom qog'oz qutidagi telefon bo'laklariga mayus qarab qo'ydi. Maksim Artyomni tushungandek bosh irg'idi.
- Anglashimcha Qizil Qirolicha va usha bechora qiz bir odam shundaymi,-deb ko'zini olib qochayotgan Artyomni yuzini o'ziga qaratdi.
- Uff ha topding. U biz yillar davoida qidirib yo'q qilib keladigan Qizil Qirolichani vorisi.
***
-Yuliya ko'zingni och, meni qo'rqitma. Biror nima degin, uyg'ongin iltimos. Hammasiga men aybdorman,-Anyaning kuzidan yoshlar oqib yaqin sirdoshini qo'lini mahkam ushlab turar edi. Eshik orqasidan Franchesko bilan shifokor suhbatlashayotgan edi.
- Bilasizmi, bemorga juda kuchli ruhiy zo'riqish bo'lgan hatto bir necha marta. Albatta uziga keladi ammo biroz keyinroq. Hozir bu dunyo g'amlaridan holi dam oloshi kerak men unga tinchlantiruvchi dori berdim.- Uni ahvoli yaxshilanadimi? Buni asorati qolmaydimi? Qanchada uziga keladi?
- Tinchlaning,uzizni qo'lga oling. Birozdan keyin uziga keladi. Dorilar mana muntazam ichib turishini nazorat qiling. Xayr,-deb shifokor zal bo'ylab Franchesko hamrohligida qasrni tark etdi. Bu vaqtda Yuliya uziga lekgan edi. Anyaning diydiyolari-yu uzini ayblashlari toqatini toq qilganidan jimginam Anyani bag'riga bosdi va "Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Axir buvim menga butun olam baxtini tilaganlar-ku" deb qo'ydi.
Oradan bir hafta o'tdi Yuliya o'ziga kelib qoldi, shifokor maslahati bilan ertalabdan qasr bo'ylab yugurishni boshladi. Erta tongdan darvoza yonida bir quti e'tiborini tortib, yugurishdan to'xtatdi. U qutini qo'liga olib biroz razm soldi oppoq quti tillarang hoshiyali qizil lenta o'ralgan va bir qog'ozcha bor edi. Yuliya atrofga alangladi o'zidan boshqa hech kim yo'q edi. Qog'ozga bosh harflarda"MENI KECHIR " deb yozilgan edi. Yuliya taajublanib qutini lentadan ozod etdi ochdi va hayratdan lol qoldi. Ancha avval buvisi bilan borib tanlagan va birinchi buvisini suratga olgan notanish"bezori" mashinaida sindirgan telefonining o'zginasi edi.
2fasl.pdf
5.4 MB
#Annaning_kundaligi asarining 2-fasli pdf formatda
Muallif @Farishta_Anna
🌹💥🔥Abadiy kuch toshi sari yohud Qizil Qirolichani qaytishi🔥💥🌹
7-QISM
"Bu qanaqasi bulishi mumkin emas. Axir uning parchalarini o'z ko'zlarim bilan ko'rgan edim. Kimdir o'ta qattiq xazl qilyaptimi. Mayli ochib ko'raychi." Shu hayollar bilan Yuliya telefonni qo'liga oldi va yoqdi ishonish qiyin ammo huddi o'zini telefoni darrov rasmlari ko'rdi va yig'lab yubordi avval ota onasini keyin buvisini rasmlari chiqib keldi. Yuliya shoshgancha qasri tomon yugurib ketdi undan uncha uzoq bo'lmagan butalar orasida esa qizning shodligini ko'rib o'zini aybdorlik hissidan halos bo'lgandek his qilib biroz o'tib ko'zdan yo'qolgan sharpayam bor edi.
*
Baland devorli o'sha maktab yonidagi uy. Devorlari haddan ziyod baland uy esa villa edi. Uch qavat uy hovlida har xil daraxt va gullar orqa tarafi o'rmonga olib boruvchi suqmoq yo'l o'tgan. Villaning uzida esa 9 ta yotoqxona uzun mehmonxona qabulxona va bitta shinam kaminli xonadan iborat edi. Uy did bilan bezalgan umuman olganda benuqson ammo ba'zi joylarda Vanyaning ovdan ortirgan o'ljalari dilni xira qiladi demasa yaxshi edi. Uyning ikkinchi qavati mutloq Maksimniki edi. U yarim vampir yarim jodugar edi. Bashorat qilish,zamon-u makon bo'ylab sayr qilish unga cho't emas edi. Shu bilan birga juda jozibador istagan odamini o'ziga tobe qila olar edi. Baxtga qarshi bu Vanyaga ta'sir qilmas ta'sir qilishiam shart emas edi. Birinchi uchrashuvdayoq Maksimga maftun bo'gan edi. Hatto una atab bug'uning shoxlarini topib kelgan edi. Maksim hissiyotlarini yashiruvchi jiddiy va mulohazali qiz edi. Vanya unga qancha hiralik qilmasin u yo'q bulib qolsa Maksim tushkun kayfiyatda qolib ketar edi.
- Vanya,Maksim bilyard xonaga yig'ilamiz zarur masala bor,-deb o'zini xonaga urdi Artyom. Hamma hayrat bilan qarab billyard xonaga yura boshlashdi.
-Do'star sizlarga ma'lumki bizlar himoyachilarmiz shu vaqtga qadar hammamiz yaxshilik uchun Qizil Qirolicha vorislarini yo'q qilib kelmoqdamiz. Bir necha ming yillar davomida bu oson bo'lmadi ammi uddaladik. Yana voris dunyoga keldi ammo endi uni o'ldirmaymiz o'zligini anglatib "Abadiy kuch toshi"ni topamiz va mazlumlardan himoya qilamiz...
-Artyom gapingda jon bor ammo tushun u toshga yetmasligi kerak,-deb gapini bo'ldi Vanya.
- Ming afsuslar bo'lsinkim Vanya haq unga qo'shilmay ilojim yo'q. Sen u qizni bilmaysan hali. Balkim kuchini anglab yetgandir,-deb Vanyaga yuzlandi Maksim. Vanya esa bir ko'zini qisib qo'yib Artyomga jiddiy qiyofada gap boshladi
-Qizil Qirolicha vorisi o'ladi va buni sen qasan bung majbursan." Bari befoyda, juda qiyin, Yuliya nima qilsam sen omon qolasan nima?"bu hayollar bilan boshi qotgan Artyom biroz tushgun ahvolga tushib qoldi.
- Ammo Artyomni gapidayam jon bor qachongacha bitti ibloslarni o'ldirib yuramiz?-deb Artyomni gapini ma'qulladi Vanya.
- Ya'ni sizlar iblisni yaratib keyin yo'q qilaylik demoqchimisiz aqlizni yeb qo'yibsiz. Bo'lmaydi tushunarlimi yo'q,-deb honani tark etdi Maksim.
*

Yuliya kompaniyada ba'zi malumotlarni ko'zdan kechirib yotgan edi. Boshi og'rib charchoq his qildi. O'n birinchi qavatdan ulkan derazadan butun shaharni tomosha qila boshladi. Ko'zi osmondagi ulakn qushga tushdi. Qush panjasida nimanidir ushlab olgan edi. Yuliya diqqat bilan qaradi yo'q u qushmas uning qo'lidagi odam edi borgan sari yaqinlasha boshladi. Yuliya uzini stol ostiga otdi deraza siniqlari hona bo'ylab sochildi va Yuliyagacha yetib keldi. Honada kimdir yurgani sezildi Yuliya boshini kutarib qaradi va daxshatdan toshdek qotib qoldi.
Davomi bor...
#ofat_khan
#Qasos_va_Sevgi💔💔💔

Menimcha rejang ish bermaydi Jayden sen o‘lim xabarchilarini qandayligini bilmaysan xatto seni xozir meni uyimdaligingni ham bilishadi
- Tris to‘g‘ri aytayapti Etin ham seni Bostindamasligingni allaqachon bilib bo‘lgan undan ochiqchasiga bostirib borishimiz kerak
- bizni ularga kuchimiz yetmaydi deb joyimdan turib ketdim axir men yaxshi jang qilolmayman
- yaxshi jang qilolmaganing uchun Erikni o‘ldiroldingmi, Erik kuchli vampirlardan edi unga kuching yetibdimi demak ancha munchasiga kuching yetadi
- rostan ham Anastasiya qanday Erikday kuchli vampirni yengding
- to‘g‘risi o‘zim ham bilmayman nafratim ichimga sig‘may ketganda ongimda bir maxluq uyg‘onadi, o‘sha maxluq meni boshqaradi
- keyin bu yerda Anastasiya degan ism aytilmasin Anastasiya o‘lgan men uchun tushinarlimi Jaydenning ko‘z qorachiqlari kengayab qizil tusga kirdi bundan uni g‘azablanayotganini bilib olish qiyinmasdi
- sen nima desang shu, lekin shuni bilishingni istardim bundan afsusdaman
- bolalar yetar endi oldimizda kuchli raqibimiz bor ularni yengishimiz xaqida o‘ylashimiz kerak nimalarni baxslashayapsiz o‘zi,
- bo‘ldi men ketdim borib ishonchli biz bilan birga jang qiladigan tanishlarimizni topib kelaman deb Jayden yana chiqib ketdi.
- Greys nima qilmoqchisan Jayden seni kechiradiganga o‘xshamaydiku
- agar trik qolsam Jayden uchun rejam bor!
- men faqat seni baxtli bo‘lishingni xoxlayman
- Tris agar menga nimadir bo‘ladigan bo‘lsa Jaydenga xech narsa qilmaysan qasam ich
- sen meni qo‘rqitayapsan, Trisga qarab kulib yubordim
- sen xuddi mexribon va g‘amxo‘r akaga o‘xshaysan
- eng yaqin sen xaqingda qayg‘uradigan g‘amxo‘r haqiyqiy do‘stman deb kelib peshonamdan o‘pib quchoqlab oldi. Seni xafa qildirib qo‘ymayman xatto Jaydenga ham bu gapdan to‘lqinlanib yig‘lab yubordim. Trisning quchog‘ida o‘zimni xotirjam xis qildim, meni ko‘tarib o‘rindiqqa o‘tirdi. Trisning issiq mexrga to‘la quchog‘ida uyquga ketdim
Tush ko‘rdim tushimda Jayden bilan o‘rmonda "bizning" gullarni terib yuribmiz birdan nimadir bo‘lib Jayden yo‘qolib qoldi Jaydenni izlab o‘rmon ichiga yugirib ketdim, ro‘paramdan Etin tirjayib chiqdi uning qo‘lida boshi uzilgan Jayden, uning ko‘zida hammasiga sen ayibdorsan degan ma'no qotib qolgandi. Yo‘q deb baqirib joyimdan turib ketdim, tushimni sovuqligidan etim junjikib ketdi. Tris ham men uxlagandan keyin chiqib ketgan shekilli uyda xech kim yo‘q edi. Ko‘rgan tushimdan ko‘nglim bezovta bo‘ldi, ozroq aylanib kelsam esimdan chiqar deb uy orqasidagi o‘rmon tarafga yurdim. Orqamdan kimdir kelayotganini o‘sha kimdir menday vampirligini sezib xushyor tortdim, uydan chiqqanimga afsuslandim, yurishimni tezlatdim begona oyoq tovushlari ham tezlashdi, men bor kuchim bilan yugirdim, ro‘paramdan chiqqan eman daraxtining yarmigacha chiqib orqam bilan sakradim, orqamdan yugirib kelayotgan vampirni orqasiga sakrab tushdim shu tezlik bilan vampirning bo‘ynidan o‘ng qo‘limni o‘tqazib bo‘g‘ib boshini uzib olgan vaqtim orqamdan nimadir sanchildi, sal avval yerga yiqilgan boshsiz jasadni oldiga xushsiz yiqildim.
Xushimga kelganimda keng zax xonada yotgandim nimalar bo‘layotganiga aqlim yetmasa ham meni tutqinlikda ushlab turishganini bildim.
Ozroq vaqtdan keyin meni ob chiqib ketishdi. Qorong‘u yulakdan yorug‘ katta bezatilgan xonaga chiqdik xonani ko‘rib Carmelliyani qo‘rg‘onidaligimni bildim. Oldin ko‘rgan o‘sha stol atrofidagi vampirlar xuddi men ketgandan keyin xech narsa o‘zgarmaganday edi. Meni stolga yaqin joyda tiz cho‘ktirib o‘tirg‘izdi. Boshini ko‘tarib menga qaragan Carmelliyani faqatgina ko‘zini rangi o‘zgaribdi, so‘yloq tishini ko‘rsatib menga qarab tirjaydi
- o kimlarni ko‘ryapman, mendan yalinib yolvorib qasos olish uchun ketgan bechora Greys nimalar qilib yuribsan o‘zingcha bizni aldab ketmoqchi bo‘ldingmi.
- menga Etinni chaqiring men u bilan gaplashmoqchiman meni yuzimga qarayolarmikin senga keladigan bo‘lsak Carmellya xonim o‘zingni kim deb o‘ylaysan sendan qo‘rqmayman tushindingmi qo‘lingdan keladigani stolda o‘tirib vampirlarni o‘limga xukm qilish boshqa xech narsaga yaramaysan!
- Etin kim biz unaqa ismli vampirni tanimaymaiz yo sen taniysanmi, Kreyvin balki sen tanirsan
- bizni a'zolarimizda Etin degani yo‘q deb miyg‘ida kuldi
- ex meni soddaginam seni shu xammaga ishonishing boshinga yetdi deb stolni nargi tarafidagi eshikdan Etin kirib keldi. Etin kirib kelishi bilan stol atrofidagilar ham Carmelliyaga qo‘shilib egilib ta'zim qildi. Men Etinni ko‘rishim bilan qo‘limni majburlab ushlab turgan vampirlarni bor kuchim bilan itarib yuborib Etin tomonga yugurdim Etinga yetay deganimda stolda o‘tirgan Ambrossi bir sakrashda oldimdan chiqib qo‘li bilan devorga tarafga uchirib yubordi, joyimdan turib yana Etinni o‘ldirishga urindim bu ishim bir necha bor takrorlansa ham Etinga yetib borolmadim xar safar xujum qilganimda Ambrosseni kuchli zarbalari to‘sqinlik qildi. Oxiri urinishlarim bekor ketayotganidan xujum qilishdan to‘xtadim va yiqilgan joyimda turmasdan Etinga qaradim - nima uchun? Nima sabab bo‘ldi o‘z ota - onangni ularga qo‘shib qondoshingni o‘ldirishga?
- senga oldin o‘zimni tanishtiray men shu gruxni tuzgan vampirman milyon yillar oldin Kenton Duyitti ya'ni meni otam tomonidan yo‘q qilingan bu tashkilotni men yana qayta tikladim
- bu ish shuncha yo‘qotishlarga arziydimi bo‘g‘zimdagi yig‘i aralash zo‘rg‘a gapirdim
- arziydi, odamlar biz uchun shunchaki xo‘rak bo‘lishi kerak bir vaqtlardagiday, vampirlar odamlarni boshqarishi kerak, vampirlar oliy irq, vampirlar qayerdagi xayvonlarni emas odam qonini istemol qilishi kerak. Etin telbalarcha bir nimalarni gapirdi.
- yetar! Bas o‘zingcha nimalar deyapsan sen aytgan gaplarni xech qaysisi o‘z oylangni o‘ldirishga arzimasdi. Bu stol atrofida o‘tirganlar seni qul qilib, miyyangni aynitib manqurtga aylantiribdi
- sen xaligacha kimligimni bilmadingmi, men bu jamoani oddiy a'zosimas jamoani yaratgan vampirman, meni ismim Baron von Aktausen ana endi xaqiqatdan taniding meni
- xa tanidim sen men ko‘rgan vampirlar ichida eng razil va manqurt ekansan. O‘ldirmoqchimisan meni o‘ldir seni safsatangni eshitishdan o‘limni afvzal bildim
- shoshma men xali senga hammasini gapirib bermadim, otangni qanday o‘ldirganimni bilishni xoxlaysanmi
Uning xotirjam gapirishi battar g‘azabimni keltirayotgandi bundan a'zoyi badanim titrab qashardi
- o‘sha kecha xammasi men o‘ylaganimday ketayotgandi agar Jayden kelib qomaganida sipsilliq kechardi rejam, otang o‘lgandan keyin Xarillsonlar va Duyittilar o‘rtasida jang bo‘lib hamma o‘lib ketishini rejalashtirgandim Jayden kelib otangni uy oldigacha ob keldiyu uy ichiga ob kirmadi eshik oldida tashab ketdi. Otang men men o‘q uzganimni ko‘rmagandi bu menga qo‘l keldi oldiga borib nima bo‘lganini kim qilgan bo‘lsa ham uni o‘ldirishim va shunga o‘xshash gaplar gapirib o‘zimni qayg‘urayotganday ko‘rsatdim, qarasam o‘ladiganga o‘xshamaydi qornidagi pichoqni sug‘urib olib ko‘ksiga qadadim bilasanmi Nik o‘lishidan oldin nima dedi, seni o‘ldirmasligimni so‘radi ko‘zida ikki tomchi yoshi bilan jon taslim qildi keyin uyga ob kirdim. Medison o‘ch olaman deb turib olgandan keyin Nikni vasiyatini o‘ylab chiqdim shu bilan bu ish ham yopildi. Keyin meni orzularimga tezroq erishishim uchun o‘zing bir ish qilding ya'ni Jaydenni sevib qolding shunda menda rejalar paydo bo‘ldi. Nikni o‘lgan kuni xaqida so‘rab surishtirayotgan Patrik ikkinchi o‘ljam bo‘ldi bu yog‘i o‘z o‘zidan amalga oshdi bunga seni ishonib ketishing qo‘l keldi menga. Erikni o‘ldirshimga xojat qolmagandi buni o‘zing bajarding Xarilsonlarni qolgan a'zolarini ham o‘zing tinchitding menga qolgani otam, onam va Medison bo‘ldi ularni o‘ldirish ham uncha qiyin bo‘lmadi. Jaydenni o‘ldirganingdan keyin seni o‘ldirmoqchiydim lekin nimadir bo‘lib Bostindan ketib qolding, uyidagilarini o‘ldirganingni bilganidan keyin Jayden ham izingdan ketdi bir biringlarni o‘ldirishlaringni kutgandim bunday bo‘lmadi keyin bitta bitta qo‘lga oldim, xa aytgancha Jayden va Tris ham shu yerda
- sen vaxshiy xayvonsan!
- azizam Anastasiyam biz vampirmiz vaxshiy bo‘lish bu biz uchun ta'biy. SHu vaqti Jayden bilan Trisni ob kirishdi uchchalamizni bir joyda tiz cho‘ktirib qo‘yishdi. - men bilan meni yo‘limdan ketsangiz trik qolasiz bo‘lmasa o‘limga hukim qilinasiz! Bizni yorqin kelajak kutmoqda odamlar biz uchun xizmat qiladigan kelajak agarda kimnidir fikri o‘zgarsa o‘limdan qutiladi yo‘qsa xozirning o‘zida o‘lim topadi. SHu vaqti Tris boshini ko‘tarib men sizni yo‘lingizdan ketishga roziman lord Aktausen dedi Jayden ham men ham Trisga qaradik ikkimizning ham ko‘zimizda Trisga nisbatan cheksiz nafrat bor edi. Trisni shu zaxotiyoq ob chiqib ketishdi. - Anastasiya Tris seni sotdi ko‘rdingmi bu dunyo shunaqa sen mendan nafratlanmasang ham bo‘ladi. Kimni birinchi o‘ldiray tanlanglar
- meni birinchi o‘ldir uni o‘lishini ko‘rish men uchun azobli deb Jayden boshini menga qarama qarshi tarafga burib oldi
- yo‘q! Jaydenni qo‘yib yubor meni o‘ldirishni istaganmiding unda o‘ldir meni deb yig‘lab yubordim
- ooo qanday sevgi bo‘ldi bu Jaydenni o‘ldiraman birinchi seni qanday azoblanishingni ko‘rmoqchiman Jaydenni ushlab turganlar uni Etinni oldiga olib bordi Ertin yonidan kumush qurol chiqarib meni oldimga kelib engashib qulog‘imga shivirladi - qara aynan shu quroldan Nik va boshqalarni otib o‘ldirganman va oxirida sen ham shu quroldan o‘lim topasan deb Jaydenni oldiga bordi peshonasiga qurolni tirab menga qarab jilmaydi. Bu manzaradan g‘azabim ortib ongimdagi maxluqni uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Yelkamdan bosib turgan vampirlarni qo‘lidan ushlab oldinga o‘n metirlar uzoqlikka otdim, shamoldan ham tez yugirib Jaydeni itarib yubordim Etin otgan o‘q Jaydenni orqasida turgan Mariyus ismli vampirga tegdi Etin bir muddat chalg‘iganidan foydalanib shu tezlik bilan stol atrofida o‘tirgan va menga yaqin joyda turgan Viktirni boshini uzib tashladim. Buni ko‘rgan Etin menga qarata o‘q uzdi xar bir o‘qga chap berib tirik qolayotganimdan o‘zim ham xayratda edim. Etinning o‘qlari tugadi men ham ulardan uzoqroq joyda to‘xtadim tirnoqlarim oldingida uzunroq va o‘tkirroq bo‘lib ko‘rindi ularga xujumga shaylanib turgandim xonada faqat Etin Carmelliya Kreyvin Ambrosse Jayden va men qolgandik bu orada Jayden ham o‘ziga kelib qoldi joyidan turib meni oldimga keldi - kuchimiz yetarmikin deb menga qaradi
- seni bu yerdan trik
chiqib ketishing uchun qo‘limdan kelganini qilaman deb ishonch bilan gapirdim
- senga bir gapni aytmoqchiman
- trik qolsak albatta aytasan xozir esa trik qolishimiz va bir birimizga aytishimiz kerak bo‘lgan gaplar uchun ham kurashishimiz kerak! SHu vaqt jang boshlandi men Etinga tashlandim Etin meni bir urinshdayoq bir qo‘li bilan bo‘g‘ib zarb bilan yerga yotqizdi, men oyog‘imni Etinning bo‘ynidan bo‘g‘ib olib orqaga tortib yiqitdim joyimdan turib olginicha Etin ham bir sakrashda turib oldi. Jaydenga xujim qilayotgan Kreyvin tomon yugirib bo‘ynidan ushlab devorga oyog‘imni tirab aylandimda otib yubordim tanasi stol ustiga boshi Carmellyani oyog‘i ostiga tushdi menga qaxr bilan qaradi. SHu payt eshik ochilib Tris kirib keldi qo‘lida eshik oldida turgan vampirning boshi uni Etinga qaratib otdi - sen nima deb o‘ylaganding meni sotiladi deb o‘ylaganmiding axmoqona yo‘lingdan senga o‘xshagan axmoqlar yuradi meni kechiring lord Aktausen men siz taraf emasman deb bir qo‘lini orqaga qo‘yib ikkinchi qo‘li bilan ta'zim qildi. Va Ambrossega tashlandi, Jaydenga qarab yugirib kelayotgan Carmelyani mushti bilan uchirib yubordi Carmelya yiqilgan joyida sakrab Jaydenni oldiga tushdi unga qarama qarshi turib olib bo‘ynidan ushlab orqasiga zarb bilan tashladi yuzi bilan tushgan Jaydenni bo‘ynini qayrib uzayotgan joyida Tris tepib yubordi. Etin meni devorga tirab bor kuchini qo‘liga yig‘ib boshimni uzib tashlamoqchi bo‘ldi oyog‘im bilan qorniga tepib yerga yiqitdim yotgan joyida qo‘lini orqaga qayirib bir qo‘lini sug‘irib oldim.Joyidan bir sakrashda turib menga qarab yugurdi oyog‘i bilan boshimga tepib yiqitdi bir qo‘li bilan ushlab devorga otdi zarb bilan devorga borib urildim shu zarb bilan yerga tushdim orqamdan kuragimga pichoqani sanchilganini og‘rig‘idan baqirib yubordim pichoq sanchilgan joyidan pastga qarab tortilib oyog‘imgacha bordi o‘zimni xis qilganim tanamni ikkiga ochilib qolgani bo‘ldi meni oyog‘i bilan og‘darib pichoqni chap ko‘ksimga tiqdi yana pastga qarab tortayotganda bor kuchimni yig‘ib yana oyoqlarim bilan Etinni bo‘ynini bo‘g‘ib bor kuchimni oyog‘imga yig‘ib bo‘ynini uzib oldim bunga ham qanoat qilmay qo‘lida ushlab turgan pichoqni olib oldimda jonsiz yotgan tanasini to‘g‘ri kelgan joyiga tiqib olayotgandim xar bir pichoq sanchilganda qalbimdagi og‘riqlar kamaygandi.
Carmelya Jaydenga qarab yugirib kelayotganda Jayden bir sakrab orqasiga tushib Carmellyani qo‘li bilan belidan bor kuchi bilan ushlab oldi kuchini qo‘liga yig‘ib siqib belidan uzib oldi. Ambrosse Trisni bo‘g‘ib boshini uzib olganini ko‘rib daxshatga tushib qotib qoldim. Jayden yugirib Ambrosseni tepib yubordi yerga ham tegmasdan turib olgan Ambrosse shamol tezligida kelib yelkasiga bir sakrashda chiqib boshini uzib olayotgan joyida xushimni yig‘ib olib Jaydenga yordam yugurdim qo‘limdagi pichoq bilan sakrab Ambrosseni boshiga sanchdim pichoq boshidan tanasini yarmigacha kirib ketgandi men stol ustiga borib tushdim Jaydenni yelkasida turgan tana shilq etib yerga tushdi. Jasadlarni qo‘rg‘oni bilan qo‘shib yoqib yuborib, Jaydenni ham Stivni oldiga ko‘midik meni deb shu yerga kelgan ikki yaqinimdan ayrildim ancha vaqt o‘zimga kelishim qiyin bo‘ldi.
- endi nima qilmoqchisan deb so‘rab qoldi Jayden qabr yonida o‘tirganimizda
- senga o‘zimni topshiraman kelishganimizday endi meni o‘ldirishing mumkin!
- senga shu xaqida gapirmoqchiydim jangdan oldin, men bu fikrimdan qaytdim seni o‘ldirmayman ya'ni o‘ldirolmayman! Tushinayapsanmi bu qo‘limdan kelmaydi. Finlandiyadan Norvegiyaga ketdik Bostinga borgimiz kelmadi achchiq va alamli xotiralar yana bizni qiynashini xoxlamasdan Trisni uyiga qaytdik. Jayden men bilag‘ yaxshi munosabatda ediyu, ko‘zida mayuslik bilan birga g‘azab ham borligi meni qiynardi.
- Jayden nimaga menga birvaqtlar otang o‘lgan kecha ovda edim deb yolg‘on gapirgansan
- qo‘rqqandim klubga borgandim desam xuddi sen bilib qolib meni ayiblashingdan qo‘rqib ovga ketdim deb yolg‘on gapirishga majbur bo‘ldim
- sendan bir narsa iltimos qilsam maylimi
- nima iltimos qilmoqchisan
- men yaxshi ko‘rgan bizning gullardan terib kelib berolasanmi
- mayli deb chiqib ketdi. Uyni ramatik qilib yasatib chiqdim, rejamni o‘ylab qo‘yganimda ob qo‘ygan ko‘ylagimni olish uchun Trisni xonasiga chiqdim javondan olib kiyivoldim Tris agar sen ham shu yerda bo‘lganingda axmoqona rejamni ustidan ancha janjallashgan, sen rejalarimni buzgan bo‘larding. Trisni ham Stivni ham yo‘qotdim, sevgan insonim meni sevadi buni bilaman lekin kechirolmay qiynalayapti kechirolmaydi ham umirbot qalbida yashayman men ham uni sevaman ming pushoymonman qilgan ishlarimdan. Uni vijdon azobidan qutqarishim kerak bunday yasholmaydi. Men xato qildim qiyin bo‘lsa ham o‘zim to‘g‘irlashim kerak.

Jaydenga xat....

Azizim Jayden seni sevaman! Telbalarcha seni vijdon azobidan qutqarib oxirgi marta yaxshilik qilmoqchiman..
Anasteyshing..... 💋💋 deb labimni bosib qo‘ydim yozgan daftarimga
​​Men o‘rmonga gul tergani bordim gullarni terib uyga qaytsam uy bezatilgan ramantik kayfiyat edi.
- Greys men keldim gullarni ob keldim
- qani deb yon tarafdagi xonadan oq ko‘ylakda Greys chiqib keldi. U naqadar maftunkor o‘ziga rom etuvchi ko‘zlari odamni o‘ziga asir qiladigan darajada chiroyli. Greys gullarni olib yarmini guldonga solib, yarmini yerga sochib chiqdi. bir chetda uni kuzatib xaliyam telbalarcha sevishimni tushinib yetdim, birdan oldimda men sevgan qiz emas qotil turganini xis qilib vujudimda titroq turdi.
- Greys nima qilmoqchisan, Greys kelib qo‘li bilan yuzimni ushlab
- shunchaki baxtli bo‘lishingni xoxlayman shunga xarakat qilyapman dedi
- Greys iltimos bunday qilma seni kechirdim, lekin bu degani qilgan ishlaring butunlay esimdan chiqib ketadi degani emas meni tushinding deb o‘ylayman,
- buni bilaman Jayden bir kungina menga ruxsat ber seni baxtli qilishimga keyin ikkimiz ham o‘z yo‘limizdan ketamiz deb yuzimdan o‘pib chiqib kelgan xonasiga qaytib ketdi.
Kechga yaqin yoqimli qo‘shiq eshitila boshladi bu Greysni sevimli qo‘shig‘i shu bilan meni ham yoqtirgan qo‘shig‘ini ovozini eshitib entikib ketdim. Sochlari yoyilgan labidagi qizil bo‘yog‘i o‘ziga yarashgan Greys kelib meni raqsga taklif qildi men ham qo‘shiq ta'sirida o‘tirgan joyimdan turib taklifini qabul qildim. Qo‘shiq tugaguncha raqisga chiqdim qo‘shiq tugaganda Greysdan bo‘sa oldim
- baxtlimisan deb shivirlab so‘radi
- bir vaqtlardagiday dedim
- seni sevaman Jayden meni deb ko‘p azoblanding meni deb yaqinlarim jabr ko‘rdi asosiysi seni bir kun bo‘lsa ham baxtli qiloldim, meni deb vijdon azobida yashashingni istamayman deb boshini yelkamga qo‘ydi qattiq quchoqlab mendan ozroq uzoqroqga borib - meni kechir dediyu qo‘lidagi pichoqni yuragi ustiga sanchdi, xar doim yonimda olib yuradigan pichog‘imni olganini sezmadim va birinchi marta pichoqni olib yurganimdan afsuslanib pushaymon bo‘ldim. Bu manzaradan qotib qoldim yuragim go‘yo urishdan to‘xtab qoldi bir muddat vaqt to‘xtab qolganday tuyildi. Yerga yiqilayotga Greysni ko‘zlarida mamnunlik va baxtni ko‘rdim, Greysni yerda yotgan jasadini quchoqlab oldim qo‘yib yuborgim kelmas quchog‘imdan qo‘yib yuborsam meni tashlab ketadiganday bor kuchim bilan quchoqlab oldim
- nimalar qilib qo‘yding Greys sen ham meni tashlab ketasanmi! ovozimni boricha baqirib yig‘ladim yuragim og‘rirdi bu og‘riqqa chidolmayotgandim, oq ko‘ylagi qondan qorayib ketgan tanasi oldingidan ham oqarib ketgandi. Greysni quchoqlagancha bir necha kun joyimdan turmasdan o‘tirdim. Nafas olmaganda ham shunchalar chiroyli ediki labidan o‘psam ko‘zini ochadiganday qayta qayta labidan o‘pdim.
Greysni ko‘tarib yotoqxonaga ob kirib yotqizib kiyimlarini to‘g‘irladim, o‘rmondan birpasda quchog‘im to‘lib gul ko‘tarib kelib ularni Greys yotgan joyga sochib chiqdim. Xuddi uxlab yotganday xayolimda, oylab turishini kutdim yonida bo‘ldim tashlab ketmadi ketolmasdim men unga kechirganimni xayotimiz davomida qotilligi menga ko‘p azob bersa ham birga yashashni taklif qilmoqchi bo‘lganimni aytolmadim Gryes vijdon azobida meni o‘ylab o‘zini o‘zi o‘ldirdi meni vijdonim xaqida o‘ylamasdan o‘ldirdi Greysni o‘limiga o‘zimni ayibdor xis qilib yashayapman. Bostinga qaytib bormadim Trisni uyida yashay boshladim Greysga xar tong o‘zi sevgan gullarni ob kelaman men baxtli edim telbalaracha sevgan qizni xech bo‘lmasa sovuq jasadi bilan yashayotgandim.......

SENI TELBALARChA
SEVUVCHI JAYDEN........