Oʻzbekiston XDP
12.3K subscribers
18.5K photos
2.81K videos
14 files
17K links
Download Telegram
❗️ O‘zA:
Xorijdagi yoshlar taqdiri: ular bilan qanday ishlanmoqda?


Yaqinda parlament quyi palatasi majlisida Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev yoshlarni himoya qilish, bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar, tizimli chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berar ekan, xorijdagi yoshlar haqida ham to‘xtaldi. Unda O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Anvarxon Temirov xorijdagi 268 mingdan ortiq yigit-qizning bir qismi bilan muloqot o‘tkazilgani, lekin ularning keyingi taqdiri nima bo‘lgani, agentlik qanday yordam ko‘rsatgani bilan qiziqdi.

Bunga javoban Alisher Sa’dullayev quyidagilarni ta’kidladi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Bolalar hamisha partiyamiz e’tiborida

O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbir A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tiliga yanada mazmun ulashish maqsadiga qaratildi. Xususan, Toshkent shahridagi akvaparkda sog‘lomlashtirish dasturi tashkil qilindi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari orasidan futbol bo‘yicha Jahongir Ochilov, rassomchilikda Mirjahon Hakimov nom qozongan bo‘lsa, Sevinch Jabborova ashula va raqs yo‘nalishi bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishdi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Munosabat

Anvarxon TEMIROV,
O’zXDP fraksiyasi a’zosi:


– Respublikamiz ichida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz mumkin, lekin chet elda yurgan yigit-qizlar ham bor. Axborotingizda 268 mingdan ortiq shunday yoshlar bilan muloqot o’rnatildi, dedingiz. U yerdagi yoshlarga Agentlik tomonidan nima yordam ko’rsatilayotgani ochiqlanmagan. Qolaversa, siz aytgan ma’lumot o’tgan yilning noyabr oyiga tegishli. Bugungi kungacha nima ishlar qilingani haqida ma’lumot bersangiz?

Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev ushbu deputat savoliga xorijdagi yoshlar orasida 1000 AQSH dollaridan kam daromad topayotganlariga yurtimizdan ish taklif qilinayotgani, qolaversa, joriy yilda o’zini o’zi band qilish va ish bilan ta’minlash maqsadida yer ajratilishi 30 mingga yaqin yoshlarimizning ona Vatanga qaytib kelishiga sabab bo’lganini aytib o’tdi.

Savol-javob va muhokamalarga boy bo’lgan parlament eshituvida deputatlar yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berishdi.

Mamlakatimiz aholisining ulkan qismini tashkil qiladigan yoshlar masalasini birgina Agentlikka yuklab qo’yish bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Demak, har birimiz, hechqursa, o’z farzandimiz, yaqinimiz haqida qayg’urishimiz, uni qo’llab-quvvatlashimiz lozim. O’zbekiston yoshlari uchun hammamiz mas’ulmiz. Shundagina yoshlar qo’lidagi kelajagimiz bugunimizdan-da yaxshiroq bo’lishiga umid qilish mumkin...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar hamisha partiyamiz e’tiborida

Toshkent shahridagi akvaparkda O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbir 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tiliga yanada mazmun bag‘ishladi...

🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.

«Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Loyiha bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablari hamda huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, mahalliy Kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi va uni muddatidan oldin lavozimdan ozod qilinishi mumkinligi belgilanmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish hamda bu yo‘nalishda ichki ishlar organlarining vakolatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlarida nazorat ostida turgan maxsus toifa shaxslar o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, ular ongida qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-ijroiya va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi taklif etilmoqda.

Deputatlar qonun loyihasida ko‘rsatilayotgan moddalar va me’yorlar bo‘yicha qizg‘in muhokama o‘tkazdi, ko‘plab savollar berildi. Xususan, oqibatlar bilan kurashibgina qolmay, profilaktikaga ham xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan hududdagi profilaktika inspektorining ishga mas’uliyatsizigi uchun choralar ko‘rish, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarning probatsiyaga olinishini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalarda o‘z fikrlarini bildirdi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Aholining uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish zarur.

Buning uchun ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

Fraksiya yig‘ilishida muhokama qilingan yana bir masala mazkur tizimga taalluqli bo‘lib, “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda aks etgan.

Fraksiya a’zolari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan garov xati mexanizmini takomillashtirish orqali ipoteka bozoriga uzoq muddatli resurslarni jalb etish va ipoteka kreditini aktiv sifatida muomalaga kiritish bo‘yicha taklif etilayotgan me’yorni mahqulladi.

Savol-javoblar va muhokamalardan so‘ng loyiha birinchi o‘qishda ma’qullandi
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Deputat va yoshlar» forumi

O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tashabbusi bilan Xo‘jayli tumanida «Deputat va yoshlar» forumi o‘tkazildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
❗️ Jinoyatning oqibati bilan emas unga qarshi kurashish kerak

Aholini uy-joy bilan ta’minlash, ayniqsa, uy-joyga muhtoj yoki kengaytirish ehtiyoji bo‘lgan, kam ta’minlangan, yetarli daromadga ega bo‘lmagan kishilarga yengilliklar yaratish maqsadida ipoteka krediti bozoridagi qonunchilik takomillashtirilib, qator imtiyoz va qulayliklar yaratildi. Natijada bir necha yil oldin kimlargadir orzu bo‘lgan uy sotib olish masalasi bugun qonuniy yechimiga ega bo‘lyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ana shunday yaxshiliklarga ishora, deyish mumkin.

Parlament quyi palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining bugungi yig‘ilishida mazkur loyiha birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Qonun odamlarga nima beradi?

Fraksiya yig‘ilishida “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
ℹ️ Infografika:

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi

___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Deputatlar e’tiroz bildirdi

Fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish hamda bu yo‘nalishda ichki ishlar organlarining vakolatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Forwarded from Odiljon Tojiyev
Спикер тўғри қарор қабул қилди

Аслида ялпи мажлисни ўтказиш билан боғлиқ Регламентга кўра, танаффус эълон қилиниши масаласи овозга қўйилмайди.

Бироқ бугун Раислик қилувчи депутатларнинг фикри, нуқтаи назарини ўрганиш мақсадида сўровнома ўтказишга қарор қилди.

Агарда депутатларнинг 100 фоизи мажлис давом эттирилишини қўллаб-қувватлаганида, йиғилиш, шубҳасиз, давом эттирилган бўлар эди.

22 нафар депутат танаффус эълон қилинишини маъқуллаб, овоз бердими, демак, камида шунча вакил қонун лойиҳаларини суст кайфиятда кўриб чиқарди.

Ваҳимага ўрин йўқ: Тушлик танаффусидан кейин ялпи мажлис қизғин тортишувлар билан давом этди. Қизиққанларни тўғридан-тўғри эфирларни кузатишга чорлаб қоламиз.

P.S. Тармоқдаги муҳокамаларни ўқиб, тушликка нима еганим ҳам эсимдан чиқиб кетди)) Ўртоқлар, тушлик қилдингларми ўзи? 😉

Одилжон Тожиев
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Axborot 24 | Qonun loyihasi muhokamasi

Parlament quyi palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi...

Anvarxon Temirov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.


👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Siyosiy_puls
#Munosabat

❗️ O‘zbekiston va Qirg‘iziston:
Do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlari rivojlanmoqda


Xabaringiz bor, o‘tgan haftada, ya’ni 18 iyul kuni davlatimiz rahbari taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Ushbu tashrif ham ikki davlatlararo munosabatlarning yanada mustahkamlanishida muhim siyosiy hodisa bo‘ldi, desak mubolag‘a sanalmas...

ℹ️ Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi. Jumladan:

Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;

Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma;

Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

2024−2030 yillarda o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

2024−2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;

2024−2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;

2024−2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti o‘rtasidagi memorandum va boshqalar...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Og‘irroq jazo qo‘llashga nega ehtiyoj tug‘ildi?

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Dilbar Mamadjanova Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslariga asosiy jazo tariqasida muayyan huquqdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo chorasi qo‘llanilganda, jazo o‘tayotgan shaxs jazo o‘tash tartibi va shartlarini buzganlik uchun uning asosiy jazosini og‘irroq jazoga almashtirilishi bo‘yicha kiritilayotgan normaga nega ehtiyoj tug‘ilgani haqida tushuntirish so‘radi.

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Markaziy studiya | Bolalarga zo‘ravonlik

Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi

Mavjuda Hasanova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.


📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#XDP_tashabbusi

❗️ Qonuniy yechimga muhtoj

17 iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari “Eng katta “xufyona iqtisodiyot” ham qurilishda”, deya sohada sog‘lom raqobatni yaratishga to‘siq bo‘layotgan omillarga e’tibor qaratdi.

Yodingizda bo‘lsa, bundan avval ham, aniqrog‘i, 16 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident qurilishda 50 trillion so‘mlik mahsulot “soyada qolayotgani”ni tanqid qilib, Toshkent shahridagi “BM Group” qurilish kompaniyasi atigi uch nafar xodimi bilan umumiy qiymati 20 mlrd so‘mlik 62 xonadonli turar joy barpo etganini misol sifatida keltirgan edi...

Endilikda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkazilib, vakolatlari kengaytirilishi, ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytirilishi, yangi loyihalarda tadbirkorlar uchun elektr va gazdan texnik shartlar olishda inson omili ishtirok etmay, tizim raqamlashtirilishi belgilandi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ayollarga ko‘mak» loyihasi o‘tkazildi

O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va partiyaning Qonliko‘l tumani kengashi tomonidan o‘tkazilgan "Ayollarga ko‘mak" loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Kasalligi aniqlangan xotin-qizlar va bolalarga davolanish yo‘llanmalar va dori-darmonlar berildi.

Shuningdek, partiya mas’ullari va deputatlar shu hududdagi «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi.

🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok