Uzun tumani hokimligi axborot xizmati
4.5K subscribers
33.4K photos
4.27K videos
277 files
14K links
Мурожаатлар учун саҳифа: @Uzun404bot
Страница для подачи обращений: @Uzun404bot

76-447-35-45 Ishonch telefoni
55-451-10-64 Devonxona bo’limi
55-451-10-65 Axborot xizmati

Web-site: www.uzun.uz
Facebook: fb.com/uzunaxborotxizmat
Download Telegram
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

🔘Bugun erta tongda Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov, sektor rahbarlari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar tuman markazining eng ko‘rkam manzillaridan biri-“Yoshlar” istirohat bog’iga yig‘ildilar.

Ishtirokchilar, ikkinchi jahon urushida va mustaqillik yillarida el-yurt tinchligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlarning porloq xotirasini yod etib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi.

✔️Tuman hokimi ibratli umr yo‘lini bosib o‘tgan keksalar, mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Ularni bayram bilan tabrikladi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faxriylar va xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi  

🔘9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yana-da yorqin namoyon bo‘ladi. Yoshlikning navqiron chog‘larini urush yillarida frontda va front ortida mehnat qilib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir.

✔️Xususan, Uzun tuman hokimi X.Bozorov hamda DXX chegara qo‘shinlari rahbariyati tomonidan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi marhum kichik serjant Shokirov Jamoliddin Hasanovichni oilasi holidan xabar olinib, oila vakillariga esdalik sovg‘alari berilib, marhumning haqqiga duolar qilindi!

Sana munosabati bilan xabar olingan xonadon sohiblarining yashash sharoitlari, sog‘liklari, muammo va takliflari tuman hokimi tomonidan o‘rganildi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
#kursatkichlar

📊 Surxondaryo viloyatida parvarishlanayotgan chorva va parrandalar soni

🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga, viloyatning barcha toifadagi xo‘jaliklarida:

🐄 yirik shoxli qoramol - 1 045,0 ming bosh, shundan, sigirlar 376,2 ming bosh;

🐏 mayda shoxli mol (qo‘y va echkilar) - 2 574,9 ming bosh;

🐎 otlar - 16 410 bosh;

🐓 parranda - 5 408,5 ming bosh parvarish qilinmoqda.

📈2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan:

🍗 tirik vaznda 38,3 ming tonna go‘sht;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 103,7 foizga ko‘p)

🥛 149,9 ming tonna sut;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 103,6 foizga ko‘p)

🥚 116,5 mln dona tuxum;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 106,8 foizga ko‘p)

🐠 463,8 tonna baliq yetishtirilgan.
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 189,2 foizga ko‘p)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

🔘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

✔️Bugungi “Siyosiy-maʻrifat soati”da hokimlik apparat xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
🇺🇿Tug’ilgan kun muborak bo’lsin

🔘Bugun, Nuroniylar jamg‘armasi Uzun tuman bo‘linmasi raisi Toshboyev Bo’ri Ishmamatovichning tug’ilgan kuni

Hurmatli Bo’ri Ishmamatovich tug‘ilgan kuningiz muborak bo’lsin! Sizni metinday sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va farovon turmush hech qachon tark etmasin! Shu bilan bir qatorda tuman miqyosida rejalashtirgan ishlaringizni muvaffaqiyat bilan ijobiy yakun topishida hamda ular orqali ulkan natijalarga erishib, tumanimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga munosib hissa qo‘shishingizda tilakdoshmiz! Xushchaqchaqlik va samimiy tabassum sizga hamroh bo‘lsin! Tavallud ayyomi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Uzun tuman hokimligi jamoasi

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatida mavjud imkoniyatlarni ishga solish, joylarda Sayxunobod tajribasi asosida aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
Президент раислигида маҳаллий саноат тармоғидаги ички имкониятларни сафарбар этиш орқали аҳолини ишли ва даромадли қилиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Ҳозирда амалга оширилаётган йирик инвестиция лойиҳалари билан бирга тез фурсатда маҳаллада юзлаб иш ўрни ва экспортбоп маҳсулот яратадиган, юқори даромад келтирадиган кичик ва ўрта корхоналар кераклиги таъкидланди.

Бу борада энг катта захира маҳаллий саноат тармоқлари ҳисобланади. Шу муносабат билан учта муҳим соҳа – чарм, гилам ва пиллачилик саноатида ҳал қилиниши лозим бўлган муаммолар бор.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда айрим вазир ва ҳокимлар бу соҳа тадбиркорларини эшитмаётгани, тайёр имкониятлардан тўғри фойдалана олмаётгани кўрсатиб ўтилди.

Ўтган йили чармсаноатда ишлаб чиқариш ҳажми ўсиб, қарийб 3 триллион сўмга етди. Лекин, шуни ярми Андижон ва Фарғонага тўғри келади.

Республикадаги жами терининг 40 фоизини берадиган Қорақалпоғистон, Бухоро, Жиззах, Сурхондарё ва Хоразмнинг чармсаноатдаги улуши уларнинг имкониятига мос эмас.

Маҳсулотига бозор топиш, айланма маблағ масалалари сабабли айрим корхоналар ўтган йилни зарар билан якунлаган. Ўтган йили чармсаноат экспортида тайёр маҳсулот улуши атиги 30 фоиз бўлган.

Facebook|Instagram|X