Uzun tumani hokimligi axborot xizmati
4.33K subscribers
33.4K photos
4.27K videos
278 files
14K links
Мурожаатлар учун саҳифа: @Uzun404bot
Страница для подачи обращений: @Uzun404bot

76-447-35-45 Ishonch telefoni
55-451-10-64 Devonxona bo’limi
55-451-10-65 Axborot xizmati

Web-site: www.uzun.uz
Facebook: fb.com/uzunaxborotxizmat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

🔘Bugun erta tongda Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov, sektor rahbarlari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar tuman markazining eng ko‘rkam manzillaridan biri-“Yoshlar” istirohat bog’iga yig‘ildilar.

Ishtirokchilar, ikkinchi jahon urushida va mustaqillik yillarida el-yurt tinchligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlarning porloq xotirasini yod etib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi.

✔️Tuman hokimi ibratli umr yo‘lini bosib o‘tgan keksalar, mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Ularni bayram bilan tabrikladi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faxriylar va xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi  

🔘9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yana-da yorqin namoyon bo‘ladi. Yoshlikning navqiron chog‘larini urush yillarida frontda va front ortida mehnat qilib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir.

✔️Xususan, Uzun tuman hokimi X.Bozorov hamda DXX chegara qo‘shinlari rahbariyati tomonidan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi marhum kichik serjant Shokirov Jamoliddin Hasanovichni oilasi holidan xabar olinib, oila vakillariga esdalik sovg‘alari berilib, marhumning haqqiga duolar qilindi!

Sana munosabati bilan xabar olingan xonadon sohiblarining yashash sharoitlari, sog‘liklari, muammo va takliflari tuman hokimi tomonidan o‘rganildi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
#kursatkichlar

📊 Surxondaryo viloyatida parvarishlanayotgan chorva va parrandalar soni

🏢Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga, viloyatning barcha toifadagi xo‘jaliklarida:

🐄 yirik shoxli qoramol - 1 045,0 ming bosh, shundan, sigirlar 376,2 ming bosh;

🐏 mayda shoxli mol (qo‘y va echkilar) - 2 574,9 ming bosh;

🐎 otlar - 16 410 bosh;

🐓 parranda - 5 408,5 ming bosh parvarish qilinmoqda.

📈2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan:

🍗 tirik vaznda 38,3 ming tonna go‘sht;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 103,7 foizga ko‘p)

🥛 149,9 ming tonna sut;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 103,6 foizga ko‘p)

🥚 116,5 mln dona tuxum;
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 106,8 foizga ko‘p)

🐠 463,8 tonna baliq yetishtirilgan.
(2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 189,2 foizga ko‘p)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

🔘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

✔️Bugungi “Siyosiy-maʻrifat soati”da hokimlik apparat xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram