Uzun tumani hokimligi axborot xizmati
5.67K subscribers
33K photos
4.24K videos
277 files
13.9K links
Мурожаатлар учун саҳифа: @Uzun404bot
Страница для подачи обращений: @Uzun404bot

76-447-35-45 Ishonch telefoni
55-451-10-64 Devonxona bo’limi
55-451-10-65 Axborot xizmati

Web-site: www.uzun.uz
Facebook: fb.com/uzunaxborotxizmat
Download Telegram
🔘Uzun tuman IIB boshlig'i 3-sektor rahbari O.X.Ergashov tashabbusi bilan axborot kutubxona markazi hamkorligida maktab o‘quvchi-yoshlarning, intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida sektor hududida joylashgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan “Zakovat” o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, tumanimizdagi 26-maktab jamoasi 1-o‘rinni, 60-maktab jamoasi 2-o‘rinni hamda 27-maktab jamoasi 3-o‘rinni egallab, bilim, ko'nikmalarini sinovdan o'tkazishdi.

✔️"Zakovat”ning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
Yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi

Uzun tumanidagi 33-32 umumta’lim maktablarida Termiz harbiy prokuraturasi vakillari hamda tuman mudofaa ishlar bo‘limi ishtirokida o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

✔️Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Венгрия, Эрон, Чехия, Ўмон ва Жазоирнинг мамлакатимизга янги тайинланган элчиларидан ишонч ёрлиқларини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял верительные грамоты у вновь назначенных в нашу страну послов Венгрии, Ирана, Чехии, Омана и Алжира.

#Mirziyoyev #qabul #elchilar #Vengriya #Eron #Chexiya #Umon #Jazoir #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ozod yurtning obod maskanlarida obodonlashtirish ishlari o'tkazilmoqda...

🔘
Bugun 8-may erta tongdan Uzun tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tumaning markaziy ko’chalarida tozalash ishlarini olib borishmoqda

Bunda ko'cha va xiyobonlar tozalanib, atroflarga suv sepilib, supirilmoqda, yo’l chetlari yovvoyi o't-o'lan va chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga shakl berilib, ularning taglari yumshatilib, ohak eritmasi yordamida oqlash ishlari amalga oshirilayapdi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
Uzundagi qabristonlarda hashar o‘tkazildi

🔘
Davlatimiz tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrash, ajdodlarimiz xotirasini ulug`lash, ularga hurmat-ehtirom ko`rsatish, qabristonlarni, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni obod qilish bo`yicha ko`plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida bugun, Uzun tumanidagi 58 ta qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilib, 9-may xotira va qadrlash kuni bayramiga o’zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyat bilan hozirlik ko‘rilmoqda.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram