UTG.UZ
951 subscribers
3.12K photos
722 videos
1 file
1.9K links
"Ўзтрансгаз" АЖнинг расмий саҳифаси
Бизни кузатинг:
https://utg.taplink.ws
📞 +998712021012,
✉️ info@utg.uz
Manzil: Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 85A
Download Telegram
🚒“Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston va Tuley magistral gaz quvurlari boshqarmasida favqulodda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati hududiy bo‘linmalari va magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlarining birgalikdagi harakatlari bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🚑Tadbirlarda ishchi-xodimlarning mutasaddi tashkilot mutaxassislari bilan hamkorlikda bajaradigan ishlari sinovdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar jarayoni baholanib zarur tavsiyalar berildi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#axborot

Qashqadaryo viloyatidagi Karaktay gaz quvuri tarmog‘ining muhofaza maydonida noma'lum ekskavator tomonidan olib borilgan yer ishlarini bajarish vaqtida gaz quvurga shikast yetkazilgan. Nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun Karaktay gaz quvuri tarmog‘idan tabiiy gaz ta'minotini amalga oshiruvchi “Jalilbek” va “Karaktay” gaz taqsimlash stansiyalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va gaz ta’minotini tiklash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ta'mirlash-tiklash ishlari qisqa muddatda yakunlanadi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz!

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#axborot

“Hududgazta'minot” AJ xatiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatidagi gaz tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 14-fevral kuni soat 09:00 dan "Koson-1" gaz taqsimlash stansiyasining aholi tarmog‘i faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mir ishlari yakunlanganidan so‘ng tarmoq ishga tushiriladi. Vaqtinchalik noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz!

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️14-fevral — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar

Brifing

Mavzu: Sohaga oid normativ hujjatlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Vaqti: 14:00
Ishtirok etadi: Shahnoza Ravshanova, "O‘ztransgaz" AJ axborot xizmati rahbari

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Sohaga oid normativ hujjatlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzuida brifing bo‘lib o‘tdi. Ma'lumotlar bilan "O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati rahbari Sh.Ravshanova tanishtirdi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Энергетика, транспорт, урбанизация, замонавий архитектура, тиббиёт йўналишларида “Эл-юрт умиди” жамғармаси квоталари кўпайтирилади.

Бундан ташқари, дунёнинг нуфузли “топ-100” олийгоҳларида илмий даража олган 35 ёшгача бўлган ёш олимларга уй-жой учун 10 йил муддатга 800 миллион сўмгача фоизсиз ссуда ажратилади.

Нуфузли халқаро фан олимпиадаларида ғолиб ва совриндор бўлганлар учун бир марталик пул мукофоти миқдори 5 карра оширилади.

Ҳарбий олийгоҳларнинг намунали тингловчилари учун “Олий бош қўмондон” давлат стипендияси жорий этилади.

Ёшларни илмга қизиқтирувчи медиа контентлар, энг яхши интеллектуал шоулар яратишга Ёшлар агентлиги томонидан 100 миллион сўмгача грантлар ажратилади.

Ёшларда табиатга меҳрни ошириш, атроф-муҳитни муҳофаза қилишга қаратилган лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш учун “Яшил ташаббусларни қўллаб-қувватлаш жамғармаси” ташкил қилинади.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urganch tumanida 1,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi va novvoyxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va Urganch tumani IIB xodimlari hamkorligida “E-K." MCHJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi va novvoyxona binosida oʻtkazilgan oʻrganishda, MCHJ masʼul shaxslari umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 512,6 ming kub metr tabiiy gazdan oʻgʻirlik yoʻli bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari   o‘tkazilmoqda.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксарой қароргоҳида ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел открытый диалог с молодежью в резиденции "Куксарой".

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
266 ming xonadon yoki 10 kunlik metan: ayrim isteʼmolchilar tomonidan noqonuniy ishlatilgan tabiiy gaz haqida tahlil

Oxirgi vaqtlarda isteʼmolchilar tomonidan energoresurslar, xususan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi bilan bogʻliq holatlar koʻplab fosh etilyapti. Bu, avvalo, sohada raqamlashtirish koʻlamining kengaygani, qolaversa, tizimda nazorat mexanizmlari takomillashtirib borilayotgani bilan bevosita bogʻliq.

Masalan, “Oʻzenergoinspeksiya”ning bergan maʼlumotiga koʻra, 2024-yil 1-dekabrdan joriy yil 15-fevralgacha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga oid 167 ta holat aniqlangan. Bu orqali 82 million 158,9 ming kub metr tabiiy gazdan asossiz foydalanilib, davlat manfaatlariga 210 milliard 428,2 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJning bergan maʼlumotiga koʻra, jamiyat masʼul xodimlari tomonidan mazkur davrda 6472 ta noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Ushbu holatlar boʻyicha 50 million 890 ming kub metr tabiiy gaz uchun 117 milliard 300 million soʻm miqdorida  qayta hisob-kitob qilingan.

Qolaversa, shu vaqt oraligʻida 4942 dona maishiy gaz ballonida 77,8 tonna (36 ming kub metrga teng) hajmdagi suyultirilgan gazning noqonuniy sotilishi oldi olindi.

Aytish oʻrinliki, hisobot davrida noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 133 million 84,9 ming kub metr boʻlib, bu miqdordagi tabiiy gaz 266 ming 170 ta xonadonning qishki davrdagi bir oylik meʼyoriy bazasiga tengdir. Qolaversa, agar ushbu gaz resurslaridan oqilona foydalanilganida, metan zapravkalar 10 kun davomida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega boʻlardi.

Maʼlumot oʻrnida: aniqlangan barcha holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, nazorat organlariga yuborilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish boʻyicha Bosh prokuratura, “Oʻzenergoinspeksiya” va boshqa tegishli masʼul idoralar tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt