UZTELECOM
47K subscribers
1.66K photos
179 videos
1.46K links
Sayt: uztelecom.uz
Telegram bot: @utc_uzbot
MyUZTELECOM ilovasi: utc.uz/app
Ijtimoiy tarmoqlar: utc.uz/scl
Texnik qo'llab quvvatlash:facebook.com/groups/uztelecom.uz

Сайт: uztelecom.uz
Telegram bot: @utc_uzbot
MyUZTELECOM: utc.uz/app
Соц.сети: utc.uz/scl
Download Telegram
Hamkasblarimizni yuksak mukofotlar bilan tabriklaymiz!🎉

Eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 3️⃣0️⃣ yilligi arafasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktab va "O‘zbektelekom" AK bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadiqov va soha tashkilotlari rahbariyati ishtirokida Vatanimizning yuksak mukofotlarini AKT sohasi xodimlariga topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 3️⃣0️⃣ yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, samarali ilmiy-amaliy faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh telekommunikatsiya sohasi xodimlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishdi. Jumladan:

“Do‘stlik” ordeni bilan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi muhandisi Ibragimov Kuatbay Turganbayevich;

Sirdaryo viloyati Guliston shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi muhandisi Soy Aleksandr Samsonovich;

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi elektromontyori Azamova Gulchexra Djumayevna
taqdirlandilar.

Shuningdek, taqdirlash marosimlari doirasida Kompaniyaning Toshkent shaxrida faoliyat yurituvchi 269 xodimiga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" 🇺🇿esdalik nishonlari topshirildi. Bundan tashqari, 22 nafar sohaning eng faol vakillari "Mohir aloqachi", "O‘z ishining ustasi" kabi AKT vazirligining idoraviy va tarmoq mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Kompaniyaning 13 nafar xodimi faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

“O‘zbektelekom” AK jamoasi hamkasblarini ushbu yuksak mukofotlar bilan samimiy tabriklaydi!🥳
Поздравляем коллег с высокими наградами!🎉

В преддверии самого великого и самого дорогого праздника – 3️⃣0️⃣-летия Независимости Республики Узбекистан в специализированной IT школе имени Мухаммада аль-Хорезми и главном офисе АК «Узбектелеком» состоялись церемонии вручения высоких наград Родины представителям телекоммуникационной сферы с участием министра по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан Шухрата Садикова и руководства отраслевых организаций.

В соответствие с Указом Президента Республики Узбекистан «О награждении в связи с тридцатилетием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации» за достойный вклад в дело укрепления независимости нашей Родины, повышение духовности народа, яркий талант, многогранное творчество, плодотворную научно-практическую деятельность, большие заслуги в развитии сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры и искусства страны, воспитании молодежи в духе любви и преданности Родине, уважения общечеловеческих ценностей, а также активное участие в общественной жизни ряду сотрудников телекоммуникационной сферы присвоены высокие награды. В частности,
орденом «Дустлик» награждены:
инженер Нукусского городского телекоммуникационного узла Республики Каракалпакстан Ибрагимов Куатбай Турганбаевич;

инженер Гулистанского городского телекоммуникационного узла Сырдарьинской области Цой Александр Самсонович.

медалью «Содиқ хизматлари учун» награждена:
электромонтер Гиждуванского районного телекоммуникационного узла Бухарской области Азамова Гулчехра Джумаевна.

Также в рамках церемоний награждения 269 сотрудникам Компании по городу Ташкенту были вручены памятные знаки🇺🇿 «Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллиги». Кроме того, 22 самых активных работников сферы получили ведомственные и отраслевые награды министерства ИКТ, такие как «Умелый связист», «Мастер своего дела» и другие. 13 работникам отрасли вручены почетные грамоты Компании.

Коллектив АК «Узбектелеком» искренне поздравляет коллег с этими высокими наградами!🥳
Shoshiling! Vaqt juda ham oz qoldi!

2021-yil 31-avgustgacha UZTELECOM'dan bonuslarni qo‘lga kiriting!
👍

Buning uchun siz UZTELECOM GSM mobil aloqa standarti abonentlari uchun o‘tkazilayotgan «MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va BONUSLARGA ega bo‘ling» aksiyasida ishtirok etishingiz zarur.

Qanday qilib bonuslarga ega bo‘lish mumkin? Buning 3 ta usuli bor: ⬇️

MyUZTELECOM ilovasini yuklab olish va bonus — 3 kungacha amal qiladigan 500 MB internet-paketini qo‘lga kiritish;

Mobil ilova yordamida internet-paketlar sotib olish va 7 kungacha amal qiladigan 50 MB dan 3750 MB gacha nominalli bonus internet-paketlarni qo‘lga kiritish;

Mobil ilova orqali UZTELECOM mobil aloqa xizmatlari to‘lovini amalga oshirish va 5 kungacha amal qiladigan 100 MB dan 500 MB gacha nominalli bonus internet-paketlarni qo‘lga kiritish.

Eslatib o‘tamiz!

🎁 Aksiya GSM tarmog‘idagi UZTELECOM mobil aloqa abonentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda «Faol» statusidagi «Mobil byudjet» xizmati faollashtirilgan korporativ mijozlar uchun amal qiladi.

Qator bonuslar sizni ham chetlab o‘tmasin. 😊

UZTELECOM – Milliy operator!🇺🇿

Website | Facebook | Instagram | Telegram

MyUZTELECOM ni bu yerdan yuklab oling:👇

📱AppStore 📱Google Play
Осталось мало времени! Поторопитесь получить бонусы от UZTELECOM до 31 августа 2021 года! 👍

Для этого вам необходимо принять участие в акции под названием «Пользуйтесь мобильным приложением MyUZTELECOM и получайте БОНУСЫ» для абонентов мобильной связи стандарта GSM от UZTELECOM.

Как получить бонусы? У вас есть 3 способа: ⬇️

Скачать мобильное приложение MyUZTELECOM и получить бонус – интернет-пакет 500 МБ со сроком действия до 3 дней;

Купить интернет-пакеты с помощью мобильного приложения и получить бонусные интернет-пакеты номиналом от 50 МБ до 3750 МБ и сроком действия до 7 дней;

Оплатить через мобильное приложение услуги мобильной связи UZTELECOM и получить бонусные интернет-пакеты номиналом от 100 МБ до 500 МБ и сроком до 5 дней.

Напоминаем!

🎁 Акция действует для абонентов физических лиц мобильной связи UZTELECOM сети GSM, а также для корпоративных клиентов с включенной услугой «Мобильный бюджет» в статусе «Активный».

Пусть череда бонусов не обойдет вас стороной. 😊

UZTELECOM – Национальный оператор!🇺🇿

Website | Facebook | Instagram | Telegram

Скачайте MyUZTELECOM тут:👇

📱
AppStore 📱Google Play
Xush kayfiyat tark etmasin desangiz!

Bugungi kunda yer yuzida gul turlarining son-sanog‘iga yetib bo‘lmasa kerak. Xususan, ularning xonaki va manzarali turlari mavjud. Biroq ularning ayrimlari insonning ishchanlik kayfiyatini oshirishga ijobiy ta’sir o‘tkazishini hamma ham bilavermasligi mumkin. Ammo bu fanda isbotlangan fakt hisoblanadi.

Shularni inobatga olgan holda joriy yilning 27-avgust kuni “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi “Flowers Garden” bilan hamkorlikda soha mutaxassislari uchun gullar ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yillik bayrami oldidan Kompaniya ishchi-xodimlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rgazmada poytaxtimizdagi dekorativ o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha yirik tashkilotlardan biri “Flowers Garden”ning 28 turdagi gullari namoyish etildi. Tashkilot mutaxassisning ta’kidlashicha, o‘simliklar va o‘g‘itlar mamlakatimizga Turkiya, Shvesiya, Litva va Gollandiya kabi xorijiy davlatlardan keltiriladi.

Ko‘rgazmada xona va dekorativ gullarning yuka, kardinal lobeliya, sanseviyeriya kabi bir-biridan bejirim to‘plami taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilariga har bir gulning xususiyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jumladan, kaktus guli insonlarni elektromagnit nurlanishdan himoya qilishi, shu bois ham uni odatda doimo kompyuterlar va boshqa elektr asbob-uskunalari yonida saqlash tavsiya qilinishi aytib o‘tildi.

Tadbirda Kompaniya xodimlari gul turlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javob olish barobarida, o‘zlariga manzur bo‘lgan gul turlarini xarid qilish imkoniga ham ega bo‘lishdi.

UZTELECOM – Milliy operator!🇺🇿
______________________________________

И хорошее настроение не покинет больше вас!

Сложно перечислить, сколько сегодня в мире существует разновидностей цветов. Среди них домашние и живописные разновидности. Однако не все знают, что некоторые из них также положительно влияют на улучшение настроения человека. Это доказанный наукой факт.

Именно в связи с этим 27 августа текущего года АК «Узбектелеком» совместно с компанией «Flowers Garden» организовали своеобразную ярмарку цветов для специалистов отрасли.

В преддверии самого великого и самого дорого праздника – 30-летия независимости Республики Узбекистан в целях повышения праздничного настроения работников Компании совместно с “Flowers Garden” была проведена презентация 28 видов декоративных экзотических цветов. По словам эксперта цветочной организации, зерна растений и удобрения к ним завозятся из Турции, Швеции, Литвы и Голландии.

На выставке представлена уникальная коллекция комнатных и декоративных цветов, таких как липа, кардинальная лобелия, сансевиерия. Участникам была предоставлена интересная информация о характеристиках каждого цветка. Например, цветок кактуса защищает людей от электромагнитного излучения, поэтому обычно рекомендуется держать его рядом с компьютерами и другим электрическим оборудованием.

На мероприятии сотрудники компании смогли получить ответы на свои вопросы о сортах цветов, а также приобрести понравившиеся виды цветов.

UZTELECOM – Национальный оператор!🇺🇿
POYTAXTDAGI YANGI ZAMONAVIY SOTUV VA XIZMAT KO’RSATISH OFISI O’Z ABONENTLARINI KUTMOQDA.😎

2️⃣0️⃣2️⃣1️⃣ yilning avgust oyi biz uchun poytaxtimizda uzoq kutilgan UZTELECOM savdo ofisining tantanali ochilishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Zamonaviy ergonomik sotuv ofisi 5 avgust kuni o'z abonentlari uchun eshiklarini ochdi va endilikda ular UZTELECOM milliy operatori xizmatlari bilan bog'liq barcha masalalar bo'yicha sifatli xizmatlarni bir joyda olishlari mumkin.

Malakali va mas'uliyatli operatorlar har bir abonentga yordamni berishga, UZTELECOMdan kerakli xizmatni ulashga yoki ishlatilayotganlarini o'zgartirishga eng qulay sharoitda yordam beradi.

📌Manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 8
Savdo ofisining ish vaqti: dushanba-shanba, 09:00 dan 19:00 gacha, yakshanba 09:00 dan 18:00 gacha

UZTELECOM - Milliy operator!🇺🇿
________________________________

НОВЫЙ СТОЛИЧНЫЙ МОДЕРНИЗИРОВАННЫЙ ОФИС ПРОДАЖ И ОБСЛУЖИВАНИЯ UZTELECOM ЖДЕТ СВОИХ АБОНЕНТОВ 😎

Август 2️⃣0️⃣2️⃣1️⃣ стал знаменателен для нас торжественным открытием долгожданного офиса продаж UZTELECOM в столице. 5 августа современный эргономичный офис распахнул двери своим абонентам, которые могут получить качественное обслуживание по всем вопросам, касаемо услуг национального оператора UZTELECOM.

Грамотные и ответственные операторы помогут каждому абоненту получить необходимую помощь, подключить нужную услугу от UZTELECOM либо модифицировать уже используемые, находясь в самых комфортабельных условиях.

📌Адрес: г.Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунедкор, 8
График работы офиса продаж:

Понедельник-Суббота с 8:00 до 19:00, воскресенье с 9:00 до 18:00

UZTELECOM - Национальный оператор!🇺🇿
Joylarda sayyor qabullar davom etmoqda

“O‘zbektelekom” AK tomonidan respublika bo‘ylab muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida bo‘lib o‘tdi.

📌Joriy yil avgust oyining so‘ngi kunlarda hududdagi jismoniy va yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan sayyor yig‘ilishda Kompaniya rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bugungi kunda Kompaniya tomonidan butun respublika bo‘ylab, shu jumladan, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida telekommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari, aholiga zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli va har tomonlama qulay telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish, mavjud infratuzilma obyektlarida optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Tadbir davomida Kompaniya hamda Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan aloqa xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha fuqarolarning 3️⃣0️⃣ dan ziyod taklif va murojaatlari o‘rganib chiqildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ushbu vazifalarning qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishini Jizzax filiali rahbariyati o‘z nazoratiga oldi.

🔰Shuningdek, sayyor qabul mobaynida Kompaniya mutasaddilari bunday uchrashuvlar abonentlarni qiynab kelayotgan muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali o‘rganish imkonini berishi va ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etishdi.

UZTELECOM – Milliy operator!🇺🇿
_____________________________________

Продолжаются выездные приемы в регионах

Очередной выездной прием граждан со стороны «АК Узбектелеком» состоялся в Пахтакорском районе Джизакской области.

📌В конце августа текущего года в выездном приеме физических и юридических лиц приняли участие представители руководства Компании и ответственные работники.

В рамках мероприятия была представлена информация о проектах развития телекоммуникационных сетей, предоставления населению современных и удобных телекоммуникационных услуг, покрытию имеющихся объектов инфраструктуры волоконо-оптическими линиями связи по всей республике и, в частности, в Пахтакорском районе Джиззакской области.

В ходе приема специалисты Компании и Джизакского филиала изучили более 3️⃣0️⃣ предложений и заявлений граждан по использованию услуг связи. Ответственным лицам даны соответствующие поручения о принятии необходимых мер на основе предложений и замечаний, а также руководство Джизакского филиала взяло на себя контроль за положительным решением этих задач в кратчайшие сроки.

🔰В ходе визита представители Компании также отметили, что такие встречи позволяют узнать о проблемах абонентов, с которыми они сталкиваются, посредством прямого общения и играют важную роль в дальнейшем повышении качества услуг связи.

UZTELECOM – Национальный оператор!🇺🇿