Ta'lim nazorati
109K subscribers
3.93K photos
959 videos
402 files
5.77K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 30-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bugun magistraturaga qabul tugaydi

Bugun, 30-iyul magistraturaga hujjat topshirishning oxirgi kuni.

Hujjat topshirishga ikkilanib turganlar ixtiyorida bugun 00:00gacha vaqt qoldi.

30-iyul ertalab holatiga ko‘ra, 18 179 nafar odam magistratura uchun hujjat topshirgan. Kvota esa 17, 1ming.

Katta ehtimol bilan hujjat topshirganlar zo‘rg‘a kvota sonidan oshsa kerak. Hali chet tilidan sertifikati tasdiqdan o‘tmaydiganlar ham bo‘ladi.

🔰 Magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalari

👉 Magistratura bo‘yicha umumiy
qabul kvotasi

👉 Magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2023

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi

📌 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlandi.

🔰Mazkur qarorda oʻtgan oʻquv yilidagi Sertifikatlar roʻyxatiga bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi koʻzda tutilgan.

Jumladan:

Roʻyxatga yangidan qoʻshilgan yoki ustama toʻlash ballari oʻzgartirilgan sertifikatlar:

1️⃣ GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali oʻzgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan oʻzgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);

2️⃣ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlangʻich taʻlim (Ona tili va adabiyot (Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));

3️⃣ Teaching English as a Foreign Language (TEFL);

4️⃣ Teaching English as a Second Language (TESL);

5️⃣ SAT subject score ( yangidan qoʻshilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);

6️⃣ A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan);

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, ertadan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

📺📺 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikatlar ro‘yxati 2023-2024.pdf
255.9 KB
⚡️2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

📌 Sertifikatlarning toʻliq roʻyxati bilan yuqoridagi fayl orqali tanishib olishingiz mumkin!

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar, 2022-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx sonli qoʻshma qarorda keltirilgan xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan barcha sertifikatlarga ega pedagog xodimlarning ustamalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanib qolinadi (2023-yil 1-avgustga qadar olingan Sertifikatlar yangi Roʻyxatdan chiqarilgan boʻlsa ham, ular uchun belgilangan muddat davomida haq toʻlanishda davom etadi, 1-avgustdan keyin olinganlariga esa haq toʻlanmaydi.)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning
1-avgust sanasi, soat 12:00dan mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn qabul jarayoni boshlanishini ma'lum qilamiz!

👉 Ushbu video-yo'riqnomada,
mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

❗️ Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 1-iyun sanasidagi 295-sonli Qaroriga asosan, umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.

☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari boshlanyapti — Nimalarga amal qilish kerak?

◼️ Ertaga, 1-avgustdan kirish imtihonlari boshlanadi va 13-avgustgacha davom etadi. 948 ming nafar abituriyent testda ishtirok etadi.

Test 2 smenada bo‘ladi. Abituriyent qaysi smenada bo‘lsa, imtihon boshlanish vaqtidan kamida 1 soat oldin imtihon o‘tadigan binoga yetib borishi, yarim soat oldin o‘ziga belgilangan joyga borib o‘tirgan bo‘lishi kerak.

📍Test bo‘ladigan manzillar.

👉 Imtihonda qatnashish uchun faqatgina 2 ta hujjat: pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bo‘lsa, yetarli. Ruxsatnomani oddiy qog‘ozga chiqarib olsa yetarli.

📄 Imtihonda abituriyent test topshiradigan faniga qarab kimyoviy elementlar jadvali, doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali hamda kimyo, fizika va matematikadan asosiy formulalar javdallari berilishi mumkin. Alohida qoralama berilmaydi, test kitobchasini qoralama sifatida ishlatish mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonda jami 5 ta fandan 90 ta savol bo‘ladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalarning farzandi taʼlimi uchun toʻlagan pullari daromad soligʻidan ozod qilinadi

2023-yil 1-avgustdan
soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi.

1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi pedagogik jamoasini kengaytirish maqsadida ona tili va adabiyoti, kimyo va fizika o’qituvchilariga vakant e’lon qiladi.

Talablar
:
🔹 Yuqori toifaga ega o’qituvchi;
🔹 Pedagogik yo’nalishidagi diplom;
🔹 Pedagogika sohasidagi ish tajribasi

Imkoniyatlar:
🔸 Ahil va professional jamoa;
🔸 Doimiy malakaviy o’sish;
🔸 Qulay joylashuv;
🔸 Iqtidorli o’quvchilar;
🔸 Zamonaviy bino va texnologiyalar;
🔸 Xorijiy universitetlarda malaka oshirish;
🔸 Xizmat safarlari;
🔸 Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸 va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

📌 Oylik maoshi: Pedagog toifasi va til bilish darajasiga bog'liq.

📍 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 2/6

Talabgorlar quyidagi havola orqali joriy yilning 6-avgustiga qadar ro'yxatdan o'tadilar va kelishgan holda suhbat tashkillashtiriladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan:

👉 pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi;

👉 ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga oqituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi;

👉 biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanishi va Prezident tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

✔️ Biznes fani
✔️ Iqtisod fani
✔️ ona tili va adabiyot fani

Talablar:
🔹Oliy toifali;
🔹O'z sohasida ish tajribasi (ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq);
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma yuborish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i ushlandi
 
Institut bolim boshlig‘i, 2023-2024-oquv yili uchun qabul komissiyasi masul kotibi fuqaroni ushbu institutga oqishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar pora talab qilib, shundan 4 ming 800 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Akademik litseylarga qabul test natijalari yuzasidan apellyatsiya uchun arizalar qabul qilinmoqda

Ma’lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingan edi.

Ushbu kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali apellyatsiya shikoyatini 3-avgustga qadar (shu kuni ham) yuborishlari mumkin.

Arizalar faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

Apellyatsiya shikoyati vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, abituriyentga Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida javob xati yuboriladi.

Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

🔹
apellyatsiya belgilangan Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
🔸shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.

Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul boshlandi

2023-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Adliya vazirligining yuridik texnikumlari” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️SAVOL: Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

JAVOB:
Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ushbu 5 ta test topshiriqlari kitobining hech biri bugun bo‘lib o‘tgan test sinovlariga tegishli emas!

Bugun barcha hududlarda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat talim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari boshlanishi bilan ayrim telegram kanallar tomonidan test topshiriqlari kitobining rasmlari e’lon qilinib, bugun bo‘lib o‘tgan test sinovlariga tegishli ekanligi iddao qilindi.

Internetdagi rasmlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 https://telegra.ph/Ijtimoiy-tarmoqlarda-tarqalayotgan-test-materiallari-yuzasidan-08-01

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich va yuqori sinf oʻqituvchilarining oʻquv yuklamalari qisqartiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining 2024-yil 1-yanvardan boshlab boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf oʻqituvchilariga esa 20 soatdan 18 soatga qisqartirish belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi

Hukumatning tegishli qaroriga (№328, 02.08.2023 y.) binoan:

Xasanov Azizbek Baxtiyarovich (O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori) Termiz davlat pedagogika institutining rektori etib;

Madraximova Feruza Ruzimbayevna (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti birinchi prorektori) Urganch davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
2025-yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanadi

Prezidentning tegishli qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.)ga binoan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;

oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM