Ta'lim nazorati
108K subscribers
3.93K photos
959 videos
402 files
5.77K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi taqdimoti.pdf
7.7 MB
#taqdimot

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovi uchun hujjatlar 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinayotgani e‘lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Quyida e‘tiboringizga “El-yurt umidi” jamgʻarmasining faoliyati hamda 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi toʻgʻrisida TAQDIMOTni havola qilmoqdamiz.

Tez fursatda onlayn muloqot videosi ham kanalimizda e‘lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
4-aprel – Butunjahon internet kuni

🗓 Har yilning 4-aprel sanasi turli mamlakatlarda Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan internet haqida eng qiziqarli beshta faktni havola etamiz:

1️⃣ Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismi internetdan foydalanadi, 2,7 milliard odamda esa bunday imkoniyat yo'q.

2️⃣ Internet foydalanuvchilarining 22,8 foizini 18-24 yoshdagilar tashkil qiladi.

3️⃣ Internet tarmog‘idagi eng mashhur va foydalanuvchisi ko‘p ilova "TikTok" hisoblanadi.

4️⃣ Internet orqali yuborilgan birinchi xabar 1969-yilda Kaliforniyaning turli joylarida joylashgan ikkita kompyuter o'rtasida amalga oshirilgan.

5️⃣ Hozirgi kunda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan ortgan.

Kanalga
ulanish👇
https://t.me/uztdi
Vazir jamgʻarmasidan ustama olish malaka toifasi talabi mavjud emas

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama oladigan 1697 nafar oʻqituvchilar ro‘yxati e‘lon qilinganidan soʻng:

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga faqat oliy toifali oʻqituvchilar nomzod boʻladi oladimi?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qarori (№425, 02.08.2022) bilan tasdiqlangan nizomda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlikka talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Nomzod bo‘lish uchun pedagoglarga malaka toifasi bo‘yicha talab belgilanmagan.

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida👉 Batafsil: https://t.me/uztdi/6464

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️ Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

📆 Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

👨🏻‍💻 Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ota-onalar diqqatiga!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan my.maktab.uz platformasida yana bir davlat xizmati joriy etildi!

📚 Endilikda ota-onalar yurtimizning istalgan hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan farzandlarini Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn tarzda o'tkazish bo'yicha ariza berishlari mumkin.

☎️ Batafsil maʼlumotlarni ushbu video yo'riqnoma orqali yoki +99871 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
🗓 5-aprel – Xalqaro vijdon kuni

Ushbu kunni nishonlash tashabbusi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2019-yilda o‘tkazilgan Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Bahrayn Qirolligi Bosh vaziri Shayx Xalifa ibn Salmon tomonidan ilgari surilgan.

2020-yildan boshlab, bu kun xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.

Unga ko‘ra, tinchlik faqat zo‘ravonlik va mojarolarning yo‘qligi emas, u adolat, taraqqiyot va yaxshi boshqaruv tamoyillarini o‘z ichiga olgan uzluksiz evolyutsiya holatidir.

Vijdon esa buni odamlarga tushunishga yordam beradi. Shuningdek, u adolat tuyg‘usini yaratishi va xalqlar o‘rtasida yaxshiroq aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi.

❗️Shuningdek, abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️ May-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari may-iyun oylari davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
OTB hisoboti: O‘zbekistonda ko‘proq umumta’lim maktablari va sifatli ta’lim zarur

Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) “Osiyo taraqqiyoti istiqbollari” nomli yangi hisoboti e’lon qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, aholi soni yiliga 2 foizga o‘sayotgan O‘zbekistonda ko‘proq umumta’lim maktablari va sifatli ta’lim zarur.

O‘rta taʼlim, jumladan, kasb-hunar maktablari 2022-yilda taʼlimga davlat xarajatlarining qariyb 72,3 foizini o‘zlashtirgan.

Maktabga qabul qilishni yana 1,2 million o‘quvchiga oshirish uchun hukumat taxminan 1 961 maktab qurishi yoki ikki smenali darslarga ruxsat berish uchun o‘quv kunini qisqartirishi kerak.

OTB o‘rta ta’lim sifati tashvishga solarli darajada ekanini va O‘zbekiston o‘rta maktab taʼlimi sifatini qiyosiy baholash uchun hali ham Xalqaro talabalarni baholash dasturini o‘tkazishi kerakligini qayd etgan.

Hisobotda O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ta’kidlangan.

👉Batafsil

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
🗓 7-aprel – Butunjahon salomatlik
kuni

1950-yil
dan beri 7-aprel dunyo hamjamiyati tomonidan Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.

Bugun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solinganiga 75 yil to‘ldi (1948-yil 7-aprel).

Har yili kun uchun alohida shiorlar tanlanib, turli marafonlar, tadbirlar uyushtiriladi. Bu yil esa "Salomatlik barcha uchun" shiori ostida o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha test namunalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha test namunalari e’lon qilindi.

Ushbu topshiriqlar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

Quyida TIMSS test topshiriqlari namunalarini yuklab olishingiz mumkin:

👉
4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oylarida mamlakatimizdagi 166 ta maktab TIMSS 2023 dasturida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#savol_javob

Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish bo‘yicha asosiy ma‘lumotlar

Apostil nima? – hujjatni imzolagan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, rasmiy hujjatga chet elda foydalanish uchun qoʻyiladigan maxsus shtamp;

Rasmiy hujjatlarga elektron hamda anʼanaviy tarzda apostil qoʻyish joriy etilgan.

Apostil qoʻyish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza.
b) ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan (pasport) hujjatning nusxasi.
v) taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjat.

g) apostil qoʻyilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra apostil qoʻyish uchun hujjatlar asl nusxalarda yoki notarial tasdiqlangan nusxalarda topshirilishi mumkin.

Rasmiy hujjatga apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 2 ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Agar imzo namunasini va apostil qoʻyish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qoʻyish vakolatlarini tasdiqlash yoki rasmiy hujjat chiqadigan tashkilot muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur boʻlgan taqdirda 10 ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Shuningdek, oʻz arizasida maxsus belgi qoʻyilgan taqdirda apostil qoʻyish boʻyicha arizaning koʻrib chiqish natijasini murojaatchiga yetkazish, uning xohishiga koʻra pochta xizmatlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Apostil qo‘yish bo‘yicha 3 xil usulda ariza berish mumkin:

1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Bilim va malakalarni baholash agentligining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga apostil qoʻyishga mas`ul boʻlimi telefon raqami:
☎️+998712344683

Kanalga ulanish
👇
https://t.me/uztdi
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Мактаб ва олий таълим муассасаларида футбол бўйича янги мусобақалар ўтказилди

"Оммавий ва профессионал футболни ҳар томонлама ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент қарори қабул қилинди.

🔰Қарор билан футболни янада оммалаштириш ва ривожлантиришнинг қўшимча йўналишлари белгиланди.

▶️ Қарорга кўра, ҳар йили қуйидагилар ўтказилади:

▫️март-июнь ойларида маҳалла ёшлари ҳамда қизлари ўртасида “Оммавий футбол” дастури доирасида футбол фестиваллари;

▫️10 декабрь
– Бутунжаҳон футбол куни муносабати билан аҳоли ўртасида оммавий “флешмоб” тадбирлари;

▫️сентябрь-май
ойларида умумий ўрта таълим мактабларида “Мактабларда футбол” дастури доирасида футбол мусобақалари, маҳорат сабоқлари ва фестиваллари;

▫️сентябрь-май ойларида ОТМда “Талабалар лигаси” дастури доирасида 3 босқичли республика футбол мусобақалари.

Шунингдек, Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги тизимидаги футбол маҳорат мактаблари Ўзбекистон футбол ассоциацияси тасарруфига ўтказилиб, футбол академиялари сифатида қайта ташкил этилади.

📌 Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида Ўзбекистон футбол ассоциацияси ҳузурида футбол мактаблари ташкил қилинади.

🗓 2023 йил 1 июлдан:

🔸нодавлат футбол муассасалари учун Ўзбекистон футбол ассоциацияси аъзоси бўлиши талаби ўрнатилади;

🔸Ўзбекистон футбол ассоциацияси томонидан нодавлат футбол муассасаларининг рейтинги юритилади.

🏢 Ўзбекистон футбол ассоциацияси ҳузурида юридик шахс мақомига эга бўлмаган Ўзбекистон футболини қўллаб-қувватлаш жамғармаси ташкил этилади.

🗒 2023/2024 ўқув йилигача халқаро тажриба асосида Ўзбекистонда футболчиларни тайёрлаш модели ишлаб чиқилади.

Каналга уланиш:👇
https://t.me/uztdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi

Tashrif chog‘ida Prezident maktabga kiraverishdagi Halima Xudoyberdiyeva haykaliga gul qo‘ydi. Shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mo‘jaz muzeyni ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilar Halima Xudoyberdiyeva she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.

Ijod maktabida umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyot chuqur o‘rgatiladi. Ayni paytda 7-11-sinflarda 180 nafar iqtidorli yigit-qiz ta’lim olmoqda. Sinflar, kompyuter xonasi, laboratoriya, sport zali va yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Maktab kutubxonasida 3 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

Muallim va ziyolilar bilan suhbatda ta’lim sifati, sohadagi islohotlar haqida so‘z bordi.

- Biz birinchi kundan ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning maqomi va obro‘sini ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Bu haqdagi me’yorlarni Konstitutsiyaga ham muhrlayapmiz. Ko‘ryapsizlar, zamon murakkab bo‘lib ketyapti. Qachon biz bu raqobatga munosib bo‘lamiz? Bilimli bo‘lsak. Shuning uchun ta’lim mazmunini isloh qilib, yoshlarga sharoit yaratyapmiz. Zamonlar o‘tadi, muhit o‘zgaradi. Bugungi poydevor natijasini xalqimiz albatta ko‘radi. Yoshlarimizdan yana ko‘plab Buxoriylar, Beruniylar, Ulug‘beklar chiqadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ijod maktablarini universitetlarga biriktirish, viloyatdagi maktablar bilan aloqasini kengaytirish, iste’dodli yoshlarning kitoblarini chop etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
“OpenBudjet“da 921 ta taʼlim muassasalariga oid tashabbuslar gʻolib boʻldi

1,6 trln soʻm mablagʻni qayerga sarflashini bevosita fuqarolar hal etishiga qaratilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi.

Unda taʼlim muassasalariga oid jami 17795 ta tashabbus ilgari surilgan boʻlib, ulardan 921 tasi eng koʻp toʻplay olgani uchun gʻolib deb topilgan.

Xususan:

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 10346 ta tashabbusdan 689 tasi;

maktabgacha taʼlim muassasalari
boʻyicha 4404 ta tashabbusdan 91 tasi;

musiqa va maktabdan tashqari ta’lim
yoʻnalishida 360 ta tashabbusdan 11 tasi;

boshqa taʼlim muassasalari
(kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va boshqa) boʻyicha 1061 tadan 61 tasi;

sport
muassasalari boʻyicha 1514 tadan 39 tasi;

oliy taʼlim muassasalari
boʻyicha 110 ta tashabbusdan 22 tasi gʻolib boʻlgan.

Shuningdek, bolalar maydonchalari yoʻnalishiga joylashtirilgan maktablar hududiga maydoncha qurish boʻyicha 8 ta tashabbus tasdiqlangan.

🏅Gʻolib tashabbuslar roʻyxati:

➡️ Umumtaʼlim maktablari
➡️ Maktabgacha taʼlim muassasalari
➡️ Oliy taʼlim muassasalari
➡️ Musiqa va maktabdan tashqari ta‘lim
➡️ Sport muassasalari

Saytda hududni tanlab filtrlash orqali oʻzingiz izlayotgan muassasani osonroq topa olasiz.

👉 Кирилда ўқиш

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda MATEMATIKA ustozlari uchun eng muhim va og'riqli bo'lgan mavzulardan biri haqida gaplashamiz!

Bu
👨‍🎓 GMAT sertifikati! Ammo,

Juda ko'pchilik ustozlarimiz INGLIZ TILIdan yetarli bilimga ega bo'lmaganligi uchun ham bu imtihonni topshirishdan qo'rqib turishadi

Nima uchun ushbu sertifikat hozir aktual deyapman? Keling, agar siz MATEMATIKA fani o'qituvchisi bo'lsangiz nima uchun ushbu sertifikat sizda bo'lishi kerakligi haqida gaplashamiz.

Ushbu sertifikat imtihonida siz maksimal 51 balldan 37 ball va undan yuqori ball to'playdigan bo'lsangiz, 3 yil davomida har oylik oyligingizga qo'shimcha 50% miqdorida ustama olishingiz mumkin bo'ladi

Sizda ushbu sertifikatning borligi, qolgan jamoadoshlaringizdan 1 qadam oldinda ekaningizni bildiradi va sizga chet el adabiyotlaridan masalalar yechish qiyin bo'lmay qoladi

O'quvchilaringizga eskirib ketgan va siyqasi chiqqan masalalarni emas, balki kundan-kunga yangilanib borayotgan masalalarni oson usullari bilan o'rgata olasiz

Agar sizning ham INGLIZ TILIni bilish darajangiz yetarli bo'lmasa, ammo, ushbu sertifikatni 2 oy ichida olishni xoxlasangiz sizni bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi hamda GMAT imtihonida 51 balldan 50 ball olgan Abbosxon Sayliev tomonidan 15-16-17-aprel kunlari bo'lib o'tadigan mutlaqo BEPUL MASTERKLASSga taklif qilamiz.

Ushbu MASTERKLASS orqali siz o'zingizni qiynayotgan barcha savollarga javob topishingiz mumkin

GMAT SIRLARI kanaliga qo'shilish uchun havola: 👉 https://t.me/+IzzOaiUSYjtlMWFi

P.S. Agar siz ushbu xabarni 3 ta matematika ustozlari bor guruhga yuborib, skrinshotini @easygmat adminiga yuboradigan bo'lsangiz GMAT imtihoniga oid 1-repetitsion TEST savollari sovg'a sifatida tashlab beriladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli

Kalkulyatorga qarshi namoyish

1966-yil aprelda boshlangʻich sinf matematika fani oʻqituvchilari kalkulyatordan foydalanishga qarshi namoyishga chiqqan.

Ular oʻquvchilarning kalkulyatordan erta foydalanib, matematika qoidalarini oʻrganmay qoʻyishidan xavotirlanishgan.

📰 “Daily mail” gazetasida chiqqan surat

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi