"Toshkent shahar suv ta'minoti" AJ
2.43K subscribers
1.88K photos
476 videos
968 links
"Тошкент шаҳар сув таъминоти" АЖ расмий канали

Официальный канал АО "Toshkent shahar suv ta'minoti"

Telegram: @uzsuvtoshshahar
Facebook: @uzsuvtoshshahar
Site: www.toshkent.uzsuv.uz
Youtube: https://www.youtube.com/@uzsuvtoshshahar
Download Telegram
▫️“Toshkent shahar suv taʼminoti” АJ tasarrufidagi inshootlar strategik obʼektlar sirasiga kirganligi bois u joylarda har taraflama xavfsizlikni taʼminlash muhim ahamiyatga ega.

▫️Аyniqsa, favqulodda vaziyatlarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda yoʼqotishlar va yetishi mumkin boʼlgan har qanday zararni kamaytirish choralarini koʼrish talab etiladi.

▫️Shu sababli ham muntazam ravishda oʼtkazib kelinadigan oʼquv-taktik mashgʼulotlarda xodimlarni favqulotda vaziyatlarga tayyorlash, bunday holatlarda ularni toʼgʼri va tezkor harakatlanishni shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratiladi.

▫️Bu safargi mashgʼulotlarda ham huddi shunday boʼldi. Mehnat muhofazasi va tenika xavfsizligi boʼyicha oʼtilgan seminarlarda olingan bilimlar amaliy mashgʼulotlarda sinovdan oʼtdi.

▫️Janubiy suv inshootida uyushtirilgan oʼquv-taktik mashgʼulotlari Favqulotda vaziyatar, Sogʼliqni saqlash vazirliklari,shuningdek Milliy gvardiya bilan hamkorlik tashkil etildi. Mashgʼulotlar bir necha favqulotda vaziyatlar orqali xodimlarni yana bir karra sinovdan oʼtkazdi.

▫️Kimyoviy moddalar tarmogʼida yuzaga kelgan nosozlik sabab zaharlanish, shuningdek, yongʼin sodir boʼlganda harakatlanish tartibi hamda zilzila sabab jabrlanganlarga koʼrsatiladigan yordam va boshqa meyoriy harakatlarda soha kishilari yana bir bor oʼz bilim va koʼnikmalarini amaliyotda mustahkamladilar.

Facebook | Instagram |Telegram | Website | Cabinet | Chat
▫️Iste’molchilarning suv va kanalizatsiya uchun debitor qarzdorligi yoki ichimlik suvini isrof qilmaslik lozimligi haqida ko‘p bong urdik va bundan to‘xtayotganimiz yo‘q. Afsuski, “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlariga qaramay mazkur maslalarga panja ortidan qarab, arzimagan sanayotganlar bilan bugun muammolar yuzaga kelmoqda.

▫️O‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida ko‘plab qarzdor xonadonlarning suv quvurlarini asosiy tarmoqlardan uzilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki shahar iste’molchilarining suvdan umumiy qarzdorligi deyarli 200 milliarddan kamaymayapti.

▫️Kunlar isiy boshlagach esa ichimlik suvidan belgilanmagan vaqtlarda maishiy ehtiyojlardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari yana ortmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-sonli qaroriga ko‘ra har bir iste’molchi kelasi oy uchun kommunal to‘lovlarni 10-sanaga qadar to‘lashlari lozimligi belgilangan. Biroq, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarga go‘yo bu me’yor tegishli emasdek. “Istagan vaqtimda to‘layman” degan iste’molchilarning uchrayotgani debitor qarzdorlikning kamayishiga yo‘l bermayapti.

▫️Ushbu qarorda yana maishiy ehtiyojdan tashqari ehtiyojlar, xususan, sug‘orish ishlari uchun tungi 24:00dan tonggi 5:00ga qadar foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Ming afsuski, bu talabga ham aksariyat yurtdoshlarimiz qo‘l siltagan holda amal qilayotganlari yo‘q.

▫️Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida yuqoridagi me’yorlarga amal qilmayotgan iste’molchilarga tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Aziz iste’molchilar!
O‘zingiz va ta’minotchi korxona uchun ortiqcha muammo tug‘dirmaslik uchun ko‘rsatilgan xizmatlar va yetkazib berilgan ichimliksuvi haqini o‘z vaqtida to‘lang va undan belgilangan me’yorlar asosida foydalaning.

Facebook | Instagram |Telegram | Website | Cabinet | Chat
▫️Kuni kecha "Toshkent shahar suv ta’minoti" AJning Abonentlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Qodirov faoliyatidan norozi bo‘lib yozilgan murojaat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Albatta, ushbu vaziyat "O‘zsuvta’minot" hamda "Toshkent shahar suv ta’minoti" aksiadorlik jamiyatlari mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi. Hozirda murojaatda keltirilgan ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

▫️Biroq, shu o‘rinda ta’kidlash lozim "Toshkent shahar suv ta’minoti" AJ faoliyati samaradorligini oshirish, Jamiyat oldida turgan muammolar, xususan, yig‘ilib qolgan debitor qarzdorlikni undirish, zamonaviy hamda samarali ish tashkil etish maqsadida "O‘zsuvta’minot" AJ mutaxassislari tomonidan Respublikamiz bo‘yicha inspektor (nazoratchi) xodimlarning ish tartibi o‘zgartirilib, samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiq haq to‘lash (KPI) tizimiga o‘tilgan. Bundan asosiy maqsad, xodimlarga qulay, samarali ish rejimi va yuqori ko‘rsatkichga erishishdir.

▫️Ana shu nuqtayi-nazardan qaraganda yangi KPI tizimi orqali faoliyat olib borayotgan inspektorlar tashabbusi bilan hisoblagich ko‘rsatgichlarini olish va bazaga kiritish keskin ko‘paydi. Ya’ni o‘tgan yilning sentabr oyida hisoblagich ko‘rsatgichlari olinmagan iste’molchilar soni 401 mingdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib bu raqamlar 291 mingga tushdi.

▫️Albatta, bu o‘rinda inspektor (nazoratchi)larning bunday me’yor asosidagi faoliyati ularning iste’molchilar bilan bevosita ishlashi uchun qulay bo‘lib, ish kunlarida uyda bo‘lmaydigan iste’molchilarni, ularga qulay vaqtda o‘rganishni tashkil etish va o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda dam olish imkonini beradi. Bu ilg‘or davlatlar ichimlik suv korxonalarida sinovdan o‘tgan tizim bo‘lib, ish haqi ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijaga qarab belgilanadi.

▫️Bundan kutiladigan natija esa nozirlar oldiga qo‘yilgan vazifalarning to‘liq bajarilishi va muammolarning samarali hal etilishidir.
Qayd etish lozim, ayrim “soatbay” ishlagan xodimlar uchun ushbu yangi tizimga ko‘nikish biroz qiyin kechmoqda.

Facebook | Instagram |Telegram | Website | Cabinet | Chat
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Hurmatli vatandoshlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🎉Siz, azizlarni, 9-may-Xotira va qadrlash kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

🎊Faxr, g‘urur, muqaddas xotira va cheksiz hurmat-ehtirom kunida bizga yorqin kelajak, xotirjamlik va boshimiz uzra musaffo osmon tuhfa etganingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

🎆Siz, moʻtabar faxriylarimizning beqiyos qahramonligingiz insoniyat tarixiga abadiy o‘chmaydigan, buyuk sahifa bo‘lib yozilganini chuqur iftixor bilan eʼtirof etaman. Barchangizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik va qut-baraka tilayman!

🔸Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

"O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi v.b.
Dilshod Azimov

————————————————————
Уважаемые соотечественники! Дорогие ветераны войны и трудового фронта!

🎉Поздравляю всех вас с 9 мая - Днем памяти и почестей!

🎊В этот праздник светлой грусти, трепетного почтения и гордости хочу выразить вам глубокую благодарность за мирное будущее, спокойствие и ясное небо над головой!

🎆Мы благодарны вам, дорогие ветераны, за безграничное мужество, непоколебимую волю и стойкость, за ваш величайший подвиг, навечно вписанный в историю человечества. Желаю вам крепкого здоровья, семейного благополучия и достатка!

🔸Пусть сбудутся все наши благие мечты и устремления! Пусть всегда царит мир на нашей земле, счастлив будет наш народ!

И.о. председателя правления АО "Узсувтаъминот"
Дилшод Азимов
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Har yili yurtimizda 9-may alohida sana sifatida keng nishonlanadi.

▫️O‘tganlarni yod etish, zamondosh keksalarga ehtirom ko‘rsatish kabi azaliy qadriyatlarimiz shu kuni yanada o‘zgacha ahamiyat kasb etadi.

▫️Shu sababli ushbu sana Xotira va qadrlash kuni deya nomlangani ham xalqimizning ma’naviy qiyofasida muhim o‘rin tutishi shubhasiz.
Barchamizga azizu mukarram bo‘lish, izzatu ikromda umrguzaronlik qilish nasib etsin. Xonadonlarimiz obod va farovon, xalqimiz hayoti to‘kin bo‘lsin.

▫️O‘tganlarni Yaratgan o‘z rahmatiga olsin. Bugun bizga duogo‘y bo‘lib, hayotning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatib kelayotgan nuroniylarimiz hamisha e’zozu ehtiromda bo‘lishsin. Har kunimiz xotiralarga boy qadrga munosib bo‘lsin.

Facebook | Instagram |Telegram | Website | Cabinet | Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Facebook | Instagram |Telegram | Website | Cabinet | Chat
“Тошкентда истеъмол қилинаётган сувни ўлчаш учун смарт ҳисоблагичлар ўрнатамиз” — Сабрина Сюзан

Сув кун тартибида биринчи ўринда туриши керак, усиз нафақат ҳаёт, балки иқтисодий ривожланиш ҳам йўқ. Чунки саноатлаштириш сувни талаб қилади. Бу мавзу нафақат Марказий Осиё, балки кўплаб давлатлар учун ҳам долзарбдир.

Батафсил 👉 Ўқиш

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Forwarded from O‘zsuvta'minot
➡️Avstraliyada ishlab chiqariladigan ichimlik suvi plastik idishlari yorlig‘iga ingliz tilida “Oqib turgan daryo bo‘yida bo‘lsangiz ham suvni isrof qilmang – Muhammad payg‘ambar hadisidan”, deb yozib qo‘yilgan.

————————

💬Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilayotgan buyuk sahobalardan biri Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning suvni ko‘proq ishlatayotganini ko‘rdilar va unga: “Hoy Sa’d! Bu qanday isrofgarchilik?!“ dedilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu: “Ey Allohning Rasuli! Tahoratda ham isrof bo‘ladimi?“ dedi. U Allohning ibodati uchun tahorat qilayotganda suvni sal ko‘proq ishlatish isrof sanalmasa kerak, deb o‘ylagan ekan.

Shunda u zot alayhissalom: “Ha, hatto oqib turgan daryoning yoqasida bo‘lsang ham“, dedilar.

|🗝Cabinet       |🌐Website
|
🤖Bot                |😄Telegram
|
💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|
💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Hududingizdagi ichimlik suvi sifati sizni qoniqtiradimi? / Довольны ли вы качеством питьевой воды в вашем регионе?
Anonymous Poll
42%
На/ Да
46%
Yo'q/ Нет
12%
Men ichimlik suvini do'kondan sotib olaman/ Я покупаю питьевую воду в магазине
Forwarded from O‘zsuvta'minot
❗️Kunikecha "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari v.b. Xurshid Raxmatullayev boshchiligida "Toshkent shahar suv ta'minoti" AJ mas'ul xodimlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy ruhda yig'ilish bo'lib o'tdi.

📣Yig'ilishda Toshkent shahrida aholiga ichimlik va oqova suv xizmatlarini ko'rsatishda yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud debitor qarzdorlikni so'ndirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Asosiy e'tibor aholi orasida to'lov va iste'mol madaniyatini yanada oshirish bo'yicha qo'llaniladigan yangi usullarga qaratildi.

🔺Shu oʻrinda, "Toshkent shahar suv ta'minoti" AJning iqtisodiy ahvoli, boshqaruv tizimi, sohada olib borilayotgan islohotlar, isteʼmolchilar bilan hisob-kitobda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar keng muhokama qilindi.

🟣Shu bilan birga "Toshkent shahar suv ta'minoti" AJ Uchtepa tumani filiali rahbarining ish faoliyati tanqidiy ruhda ko'rib chiqilib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

|🗝Cabinet        |🌐Website
|
🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|
💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM