O‘zsuvta'minot
99.4K subscribers
12.8K photos
7.2K videos
18 files
11.3K links
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ

🏢Manzil: Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`chasi 152-uy

☎️1255
📩 info@uzsuv.uz

📍websayt: https://uzsuv.uz/uz
📍Facebook: facebook.com/UzSuvTaminot
📍Instagram: instagram.com/UzSuvTaminot

🤖Murojaat uchun: @suvmuammobot
Download Telegram
#Fotohisobot

Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida markazlashgan ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida "Yangi hayot" suv saqlash va tarqatish inshootida olib borilayotgan qurilish jarayoni.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 7 mln. dollar pul talon-taroj qilinganligi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
O‘zsuvta'minot
📢 Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 7 mln. dollar pul talon-taroj qilinganligi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat…
RASMIY MUNOSABAT

📢 Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 7 mln. dollar pul talon-toroj qilinganligi haqidagi xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

📝 2016-yil 23-avgust kuni "Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tuman markazlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilgan edi.

🇺🇿🇹🇷 Xalqaro tender komissiyasining bayonnomasiga asosan pudratchi sifatida Turkiyaning "Alke Insaat Sanayi ve Ticaret" kompaniyasi g‘olib deb topildi.

💸 Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jami 7 mln. 310 ming dollar pul ajratilgan edi. Loyiha xabarda aytilayotganidek Osiyo taraqqiyot banki emas, balki Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan bo’lib, bunda Jahon banki tomonidan 6 mln. 250 ming dollar, O‘zbekiston tomonidan esa 1 mln. 060 ming dollar ajratilgan.

🛠Ushbu mablag‘lar talon-toroj qilinmay, pudratchi tomonidan loyihada ko‘zda tutilgan barcha ishlar bajarilgan. Xususan, pudratchi tomonidan subpudratchi "Mega-Mebiko" qo‘shma korxonasi bilan birgalikda "Sirg‘ali" suv inshootidan Xovos tumanining "Oqchangal" aholi yashash punktigacha 28 km masofaga diametri 700 mm bo‘lgan shisha tolali quvurlar yotqizilib, qurilish-montaj ishlari 2019-yilning iyun oyida tugatildi.

❗️ Biroq, bugungi kunda quvurlar suv bosimini ko‘tara olmayotgani tufayli tarmoqda bir qancha sizgichlar paydo bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini bermayapti.

📌 Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda:

🔹 birinchidan, shisha tolali quvurlarni polietilen quvurlarga almashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda;

🔹 ikkinchidan, mazkur obyekt “O‘zsuvta’minot” AJ balansida turmayotganligiga qaramasdan, aksiyadorlik jamiyati mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda;

🔹 uchinchidan, aksiyadorlik jamiyati pudratchi va quruvchi tashkilotlarga quvurlardagi havo chiqarish uskunalarini yangisiga almashtirish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda;

🔹 to‘rtinchidan, ayni paytda mazkur holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar!

Shu o‘rinda, sizlardan aholiga faqat ishonchli va tekshirilgan ma’lumotlarni yetkazishingizni so‘rab qolamiz. Zero, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun amaldagi qonunchilikda tegishli javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
💦Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Buyuk Ipak Yo’li” QFY aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida polietilen suv quvurlarini yotqizish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Energiya tejamkor uskunalarning afzalligi

Ulug‘nor tumanida suv quduqlari transformatorlariga elektr tejamkor uskunalar o‘rnatilishi natijasida elektr energiyasi tejalib, moliyaviy iqtisod qilishga erishilmoqda.

#Andijon_viloyati

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
Mirishkor tumani Pomuq shaharchasining ichimlik suv ta’minotini yaxshilashga mablag‘ ajratilmoqda

📝Mirishkor tumani hokimining tegishli qarorlari bilan:

💦Tuman mahalliy budjetining 3-chorak yakunlari bo‘yicha soliq va tushumlar istiqbol rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga Pomuq shaharchasi aholisini ichimlik suvi tarmog‘ini ta’mirlash va suv o‘lchagich o‘rnatish harajatlari uchun 819 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

#Qashqadaryo_viloyati

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
✔️Hisoblagichlarni davlat qiyoslovidan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar ayrim hollarda iste’molchilarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

📌“Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ direktori Maqsud Abbasxanov
boshchiligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda ana shunday holatlarning oldini olish masalalari keng muhokama etildi.

📝“O‘zsuvta’minot” AJ Bo'lim boshlig'i Farhod Vasiyev va Boshqarma boshlig'i o'rinbosari Abror Rayimqulov ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda is’temolchilarga maksimal darajada imkoniyat yaratish, davlat qiyoslovi bilan bog‘liq noxush holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, avtomat axborot almashuv tizimini takomillashtirish va mavzuga aloqador boshqa masalalar ishtirokchilarning muhokamalari markazida bo‘ldi. Belgilangan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat