UzReport.news
31.8K subscribers
80.2K photos
7.87K videos
5 files
76.3K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Apple AQSH bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

Apple kompaniyasi Tramp boshlagan savdo urushi fonida kelasi yildan AQSH bozori uchun mo‘ljallangan barcha iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chirishni rejalashtirmoqda, deb yozdi Financial Times.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/apple-aqsh-bozori-uchun-iphone-ishlab-chiqarishni-hindistonga-ko-chirmoqchi

Lotin|Кирилл
Jizzax shahri uchun 22 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Joriy yil yakuniga qadar Jizzax viloyatiga tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yana 30 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jizzax-shahri-uchun-22-dona-zamonaviy-avtobuslar-olib-kelindi

Lotin|Кирилл
Mart oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 1,5 mlrd dollarga yetdi

2025-yil mart oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 1,5 mlrd dollarga yetdi, bu umumiy tashqi savdo hajmining 8,5%ini tashkil etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/mart-oyida-o-zbekistonning-markaziy-osiyo-mamlakatlari-bilan-tashqi-savdo-hajmi-1-5-mlrd-d

Lotin|Кирилл
Toshkent - Issiqko‘l yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar tiklanmoqda

2025-yil 1-iyuldan boshlab "Silk Avia" aviakompaniyasi Toshkent - Issiqko‘l - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-issiqko-l-yo-nalishi-bo-yicha-mavsumiy-aviaqatnovlar-tiklanmoqda

Lotin|Кирилл
Gruziya sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini eʼlon qildi

"Men endi partiya raisi lavozimida va umuman siyosatda qolish zaruratini ko‘rmayapman, shuning uchun "Gruziya orzusi" raisligi va siyosatdan ketishga qaror qildim. Vatanimga boshqa pozitsiyadan xizmat qilishda davom etaman", — deydi Garibashvili.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/gruziya-sobiq-bosh-vaziri-va-hukmron-partiya-raisi-irakliy-garibashvili-siyosatdan-ketishi

Lotin|Кирилл
Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Bugun Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor boʻldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/zamoxshari-bekmurodov-osiyo-chempionatida-kumush-medalni-qo-lga-kiritdi

Lotin|Кирилл
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Dehqonobod dalalarini chigirtka bosgani aytilgan video eskiligini maʼlum qildi

Shu bilan birga, hududlarda zararli chigirtka borligi haqiqatligi qo‘shimcha qilingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-simliklar-karantini-va-himoyasi-agentligi-dehqonobod-dalalarini-chigirtka-bosgani-aytilg

Lotin|Кирилл
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tailandda yengil motorli Twin Otter samolyoti halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tailand-politsiyasiga-tegishli-samolyot-qulashi-oqibatida-olti-kishi-halok-bo-ldi

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston 3 oyda xorijga 629,3 mln AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan

Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 7,8 % ini tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-3-oyda-xorijga-629-3-mln-aqsh-dollarlik-to-qimachilik-mahsulotlari-eksport-qil

Lotin|Кирилл
"Xalqaro biznes forum – Jizzax – 2025" tadbiri yakunida umumiy qiymati 700 mln dollarga teng shartnomalar imzolandi

Shuningdek, Jizzax viloyati va hududdagi tumanlar hokimliklari xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/xalqaro-biznes-forum-jizzax-2025-tadbiri-yakunida-umumiy-qiymati-700-mln-dollarga-teng-sha

Lotin|Кирилл
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/namanganda-oilaviy-bog-cha-tarbiyachisi-1-5-yosh-bolaning-oyog-ini-kuydirib-qo-ydi

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda 3 oyda 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-3-oyda-304-3-ming-tonna-avtomobil-benzini-ishlab-chiqarilgan

Lotin|Кирилл
Forwarded from FTV telekanali | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉🌟 Oʻzbekiston Got Talent – BUGUN Nihoyat SUPERFINAL!

Bugun sahna nurga to‘ladi, yuraklar ehtiros bilan uradi! 9 nafar finalchi orasidan yorqin isteʼdod egasini aniqlash vaqti keldi. 💖

🗳️ Ovoz berish uchun: @uzgtvotebot
📲 Botga kiring va eng sevimli nomzodingizga ovozingizni bering!

👑 G‘olib kim bo‘lishini hal qiling!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlar delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida buloqdan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi Bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-va-qirg-iziston-chashma-bulog-idan-birgalikda-foydalanish-bo-yicha-kelishuvga-

Lotin|Кирилл
Vatikanda Rim papasi bilan vidolashuv, Indoneziyada gullagan xrizantema, Barselonadagi moda haftaligi. Kun suratlari

UzReport tahririyati dunyo bo'ylab e'tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to'plab boradi. Bu safar ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/photos/vatikanda-rim-papasi-bilan-vidolashuv-indoneziyada-gullagan-xrizantema-barselonadagi-moda-

Lotin|Кирилл
3 oyda samolyotda qancha yuk tashilgan?

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havo transportida tashilgan yuklar hajmi 13,9 ming tonnani tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/3-oyda-samolyotda-qancha-yuk-tashilgan-

Lotin|Кирилл
“Real Madrid” “El-Klasiko”dan avvalgi rasmiy tadbirlarni bekor qildi

Bunga o‘yindan avval hakamlar ishtirokidagi matbuot anjumanida aytilgan gaplar sabab bo‘lgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/real-madrid-el-klasikodan-avvalgi-rasmiy-tadbirlarni-bekor-qildi

Lotin|Кирилл
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi

Rossiyalik sayyohlar agar vizani 3 mayga qadar rasmiylashtirsa, Fransiyaga nobiometrik pasport bilan kirishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fransiya-rossiyaning-nobiometrik-xorijga-chiqish-pasportlarini-tan-olishni-to-xtatadi

Lotin|Кирилл
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

Yangi usul 99 foiz aniqlikda ishlaydi. Hozirda u yakuniy sinov bosqichlaridan o‘tkazilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/britaniyada-saratonni-kasallik-belgilari-paydo-bo-lishidan-oldin-aniqlashga-qodir-qon-tahl

Lotin|Кирилл
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

Amerika rahbari yana bir bor ta’kidladiki, agar Pekin evaziga «qandaydir muhim narsani taklif qilmasa», Xitoy uchun tariflar pasaytirilmaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-tariflarga-moratoriy-uzaytirilishi-ehtimoli-kamligini-aytdi

Lotin|Кирилл