UzReport.news
31.8K subscribers
80.2K photos
7.87K videos
5 files
76.2K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari "UNESCO"da taqdim etildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Alisher Salomov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 221-sessiyasi doirasidagi axborot sessiyalarida ishtirok etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonning-ekologik-tashabbuslari-unescoda-taqdim-etildi

Lotin|Кирилл
NATO Bosh kotibi: AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyani uzoq muddatli tahdid deb biladi

Qo'shma Shtatlar va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiya ularga uzoq muddatli tahdid solayotganiga rozi, dedi NATO bosh kotibi Mark Ryutte. AQSh ittifoqqa sodiq qoladi, deya qo'shimcha qildi u.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nato-bosh-kotibi-aqsh-va-yevropa-ittifoqi-rossiyani-uzoq-muddatli-tahdid-deb-biladi

Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqanddagi uchrashuv qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.

Lotin|Кирилл
Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi boshlandi

Bugun poytaxtimizda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. Bellashuvlarda 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchi oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/toshkentda-badiiy-gimnastika-bo-yicha-jahon-kubogi-boshlandi

Lotin|Кирилл
Estoniya prezidenti rus pravoslav cherkoviga qarshi qonunga veto qo'ydi

Qonun kuchga kirganidan keyin Estoniya pravoslav xristian cherkovi Moskva patriarxiyasi bilan barcha aloqalarini uzishi shart edi. Aks holda, uning faoliyati milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/estoniya-prezidenti-rus-pravoslav-cherkoviga-qarshi-qonunga-veto-qoydi

Lotin|Кирилл
Turkiy davlatlar hamkorlikdagi sun’iy yo‘ldoshni uchirishga tayyorlanmoqda

Muhokamalar davomida Turkiy davlatlar tomonidan yaratilishi rejalashtirilayotgan kubsat turidagi qo‘shma sun’iy yo‘ldosh loyihasining ayni vaqtdagi bosqichlari, unda Uzcosmos vakillarining ishtiroki haqida so‘z bordi. Belgilangan rejaga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldoshining dvigatel qismi o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan yasalishi ko‘zda tutilayotgani qayd etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/turkiy-davlatlar-hamkorlikdagi-sun-iy-yo-ldoshni-uchirishga-tayyorlanmoqda

Lotin|Кирилл
Yevropa Ittifoqi mudofaa dasturi Ukrainani qo'llab-quvvatlash vositasini o'z ichiga oladi

Yevroparlamentning tegishli qo‘mitalari Yevropa mudofaa sanoatini kuchaytirish, qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Ukrainaga yordamni oshirishga qaratilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-mudofaa-dasturi-ukrainani-qollab-quvvatlash-vositasini-oz-ichiga-oladi

Lotin|Кирилл
Mart oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17,3 mlrd dollarni tashkil etdi

TSAda eksport hajmi 8,1 mlrd dollarni (+24,4%) tashkil qildi. Eksport tarkibida tovarlar 6,4 mlrd dollarni, xizmatlar esa 1,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/mart-oyida-o-zbekistonning-tashqi-savdo-aylanmasi-17-3-mlrd-dollarni-tashkil-etdi

Lotin|Кирилл
Kiyev 2015-yilgi qarzni qayta tuzish bo‘yicha kelisha olmadi

Ukraina Moliya vazirligi order egalari bilan kelishuvga erisha olmadi. XVF kelishuvga erishishni o'zining kredit dasturi uchun muhim shart deb ataydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kiyev-2015-yilgi-qarzni-qayta-tuzish-bo-yicha-kelisha-olmadi

Lotin|Кирилл
Dam olish kunlari O'zbekiston hududlari bo'ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi

"O'zgidromet"ning xabar berishicha, ushbu kunlarda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dam-olish-kunlari-ozbekiston-hududlari-boylab-yog-ingarchilik-kutilmaydi

Lotin|Кирилл
Yevropa Ittifoqi Moldovaga havo mudofaa tizimini yangilash uchun 60 million yevro ajratadi

Yevropa kengashi Kishinyovga havo hujumidan mudofaa tizimini modernizatsiya qilish uchun 20 million yevro va Yevropa tinchlik jamg‘armasi dasturi doirasida quruqlikdagi qo‘shinlarning harakatchanligini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million yevro ajratishga qaror qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-moldovaga-havo-mudofaa-tizimini-yangilash-uchun-60-million-yevro-ajratadi

Lotin|Кирилл
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

Afg‘oniston Jamoat ishlari vazirligi «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘l liniyasini ishlatish va saqlash bo‘yicha O‘zbekistonning «Sogdiana Trans» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomani ikki yilga uzaytirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/afg-oniston-hayraton-mozori-sharif-temiryo-li-bo-yicha-o-zbekiston-bilan-shartnomani-uzayt

Lotin|Кирилл
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Kiyev Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarda eng yomon ssenariyga tayyorlanmoqda — Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishning tugashiga, deb yozdi Bild Ukraina hukumatidagi manbaga tayanib.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukraina-aqsh-yordamining-to-xtatilishiga-tayyorgarlik-ko-rmoqda

Lotin|Кирилл
Dubayda o‘zbekistonliklar ishtirokida pichoqbozlik bo‘ldi, 15 kishi qo‘lga olindi

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dubayda-o-zbekistonliklar-ishtirokida-pichoqbozlik-bo-ldi-15-kishi-qo-lga-olindi

Lotin|Кирилл
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Donald Tramp badavlat amerikaliklarga solinadigan soliq miqdorini oshirishni «o‘ta falokatli» deb atadi. Uning fikricha, bunday holatda boy odamlar mamlakatni tark eta boshlaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-millionerlar-uchun-soliqlarni-oshirishdan-bosh-tortdi

Lotin|Кирилл
Yashil texnologiyalar sohasida ekologik standartlarni joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi

Toshkentda “Ma’suliyatli biznes uchun ekologik vositalar” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirkorlik faoliyatida ekologik standartlarni amalda tatbiq etish, barqaror biznes modellarini rivojlantirish va yashil texnologiyalar sohasida xalqaro investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan joriy yildagi birinchi tadbirdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yashil-texnologiyalar-sohasida-ekologik-standartlarni-joriy-etish-mexanizmlari-muhokama-qi

Lotin|Кирилл
Kolumbiya prezidenti giyohvandlikda ayblanmoqda

Kolumbiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Leyva prezident Petroni giyohvandlikda aybladi. Avvalroq Gustavo Petro Kolumbiyada kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan edi. Shu bilan birga, u ushbu dori turini taqiqlash sababini tushunmasligini ta'kidlagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kolumbiya-prezidenti-giyohvandlikda-ayblanmoqda

Lotin|Кирилл
Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Uchrashuvda Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/malayziyaning-airasia-x-aviakompaniyasi-toshkentga-parvozlarni-yo-lga-qo-yishni-rejalashti

Lotin|Кирилл
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi

Niderlandlar tinch va xavfsizlikda yashash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun «tish-tirnog‘igacha qurollanishi» kerak. Bu haqda mamlakat qiroli Villem-Aleksandr Limburg provinsiyasida joylashgan harbiy bazadagi chiqishida ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/niderlandiya-qiroli-mamlakatni-tish-tirnog-igacha-qurollantirishga-chaqirdi

Lotin|Кирилл
2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

Baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2024-yil-yakunlari-bo-yicha-ochiqlik-indeksi-e-lon-qilindi

Lotin|Кирилл