UzReport.news
31.9K subscribers
80.1K photos
7.87K videos
5 files
76.2K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Qo‘qonda shifokorlarga dam bermagan rahbar jazolandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida shifokorlarni ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida hujjatlashtirmasdan va haq to‘lamasdan ishga jalb qilgan rahbar jazolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qo-qonda-shifokorlarga-dam-bermagan-rahbar-jazolandi

Lotin|Кирилл
Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin - Bloomberg

Agentlik manbalariga ko‘ra, saylovlar o‘tkazish g‘oyasi Emmanuel Makronda Fransiyaning xalqaro maydondagi ta’siri oshib borayotgani sabab paydo bo‘lgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/makron-muddatidan-oldin-parlament-saylovlari-o-tkazishi-mumkin-bloomberg

Lotin|Кирилл
Toshkent viloyatida yirik golf majmuasi quriladi

«The Mines Resort and Golf Club» kompaniyasi bilan o‘tgan muzokaralarda Toshkent viloyatida zamonaviy golf klubi va mehmonxona majmuasini qurish loyihasi borasida kelishuvlarga erishilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-viloyatida-yirik-golf-majmuasi-quriladi

Lotin|Кирилл
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

Ish yuzasidan 4 kishi ushlangan, ular Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qirg-izistonda-rossiya-armiyasiga-yollash-bilan-shug-ullangan-russkiy-dom-xodimi-hibsga-ol

Lotin|Кирилл
IPAK YO'LI BANKI 35 YOSHDA!

🤝 UzReport Axborot Agentligi Ipak Yo‘li Banki jamoasini 35 yillik faoliyati bilan samimiy muborakbod etadi.

💰Moliya bozorida o‘zining ishonchliligi va innovatsion yondashuvi bilan ajralib turadigan bu bank — haqiqatdan ham eng zo‘rlar qatorida.

🚀 Sizga bardavom taraqqiyot, sodiq mijozlar va yangi yutuqlar tilaymiz. Kelajagingiz yanada porloq bo‘lsin!

Lotin|Кирилл
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar xalqaro bozorlarda xususiylashtiriladi

Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta'minlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-ishtirokidagi-yirik-korxonalar-xalqaro-bozorlarda-xususiylashtiriladi

Lotin|Кирилл
O'zbekistonda 3 oyda havo transporti orqali 1,7 millionga yaqin yo‘lovchilar tashildi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-mart oylarida havo transporti orqali tashilgan yo‘lovchilar soni 1,7 mln nafar yo‘lovchini tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekistonda-3-oyda-havo-transporti-orqali-1-7-millionga-yaqin-yo-lovchilar-tashildi

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-rossiya-tashqiy-ishlar-vazirini-qabul-qildi

Lotin|Кирилл
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

Tadbirkorning aytishicha, kelajakda u davlat ishlariga faqat «bir-ikki kunni» sarflaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/mask-tesla-savdolari-pasaygani-tufayli-dogedagi-faoliyatini-qisqartiradi

Lotin|Кирилл
Rasman: WBA Shahram G‘iyosov - Jaron Ennis jangiga buyruq berdi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Jaron Ennisga o‘z kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerakligi borasida buyruq berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/rasman-wba-shahram-g-iyosov-jaron-ennis-jangiga-buyruq-berdi

Lotin|Кирилл
O'zbekistonda 3 oyda qariyb 90 mingtaga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-mart oylarida 89 848 dona har xil turdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/ozbekistonda-3-oyda-qariyb-90-mingtaga-yaqin-avtomobil-ishlab-chiqarildi

Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) Marmara dengizida Silivri sohilida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/istanbulda-6-2-magnitudali-zilzila-sodir-bo-ldi

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda biznes muhiti yana-da yaxshilandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublika bo‘ylab tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida 2025-yilning mart oyidagi biznes muhitini tahlil qilish natijalarini taqdim etdi. Olingan maʼlumotlar asosida biznesning joriy holatlari va ularning taxminlarini tavsiflovchi biznes muhiti ko‘rsatkichi shakllantirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonda-biznes-muhiti-yana-da-yaxshilandi

Lotin|Кирилл
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi

Takliflar Rossiya manfaatlariga juda mos ekani va Ukrainani qoniqtirmagani ta’kidlanmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/trampning-tinchlik-rejasi-bo-yicha-ukraina-va-rossiyaga-nima-taklif-qilingani-ma-lum-bo-ld

Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Orol turizmi xalqaro haftaligi: qanday tashabbuslar ilgari surildi?

17-19-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol turizmi” xalqaro haftaligi oʻtkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/xalqaro-orol-turizmi-xalqaro-haftaligi-qanday-tashabbuslar-ilgari-surildi-

Lotin|Кирилл
Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/samarqandda-o-zbekiston-va-rossiya-tashqi-ishlar-vazirlari-uchrashdi

Lotin|Кирилл
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlat rahbari kutib oldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/gurbanguli-berdimuhamedov-samarqandga-keldi

Lotin|Кирилл
Rossiya Xitoy uchun gaz narxini 40 foizgacha arzonlashtirdi

Rossiya hukumati 2026-yilga kelib Xitoy uchun gaz narxini yana biroz kamaytirishni — ming kubometr uchun 241,8 dollargacha tushirishni rejalashtirgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-xitoy-uchun-gaz-narxini-40-foizgacha-arzonlashtirdi

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 15,9 trln so‘mga oshgan

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 120,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonda-asosiy-kapitalga-o-zlashtirilgan-investitsiyalar-hajmi-15-9-trln-so-mga-oshg

Lotin|Кирилл
Lavrov Samarqanddagi haykal poyiga gul qo‘yish chog‘ida u yerda yozilgan gaplar rus tilida ham keltirilmaganini aytib, norozi bo‘ldi

“Ko‘ryapman, bu yerdagi yozuv ingliz tilida ham bor. Xo‘sh, nega ruschasi yo‘q?”, degan Lavrov.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/lavrov-samarqanddagi-haykal-poyiga-gul-qo-yish-chog-ida-u-yerda-yozilgan-gaplar-rus-tilida

Lotin|Кирилл