UzReport.news
42.7K subscribers
65.5K photos
7.24K videos
5 files
61.1K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Mart oyida O‘zbekistonda biznes muhiti yaxshilandi

Mart oyida biznes muhiti indeksi fevral oyiga nisbatan 4 punktga oshib, 60 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning faolligi yana-da kengayganidan dalolat beradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/mart-oyida-o-zbekistonda-biznes-muhiti-yaxshilandi

Lotin|Кирилл
DXXga yolg‘on xabar bergan shaxs 3 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudida yolg‘on xabar berish bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dxxga-yolg-on-xabar-bergan-shaxs-3-yilga-qamaldi

Lotin|Кирилл
AQSh Qirg'iziston, Qozog'iston va Tojikistonga qurol eksporti tartibini kuchaytirmoqda

AQSh Savdo vazirligi bayonotida aytilishicha, Qo'shma Shtatlar o'qotar qurol va o'q-dorilar eksportini "yuqori xavfli" davlatlarga, jumladan Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga eksport qilish tartibini kuchaytirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-qirgiziston-qozogiston-va-tojikistonga-qurol-eksporti-tartibini-kuchaytirmoqda

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di

27-aprel kuni tunda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi yuqori dam olish maskanlarida va Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining yuqori qismlarida qor yog‘di.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonning-tog-li-hududlarida-qor-yog-di

Lotin|Кирилл
Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida Rossiya, importida esa Xitoy yuqori ulushga ega bo'ldi

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksporti va importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro'yxatini e'lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/yanvar-mart-oylarida-o-zbekiston-eksportida-rossiya-importida-esa-xitoy-yuqori-ulushga-ega

Lotin|Кирилл
The New York Times: AQSh universitetlaridagi Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlari tufayli 700 dan ortiq talaba hibsga olindi

Namoyishchilarning aksariyati Bostondagi Emerson kolleji kampusidagi chodir lagerini yo'q qilish paytida hibsga olingan, deb yozadi gazeta.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/the-new-york-times-aqsh-universitetlaridagi-falastin-tarafdorlari-norozilik-namoyishlari-t

Lotin|Кирилл
Toshkentda o‘zi bilan yashashni xohlamagan o‘g‘lini kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi

O‘rganish davomida aniqlanishicha, bu oilada er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda kuzatilganligi sababli joriy yilning 2-fevral kuni O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan erkakni tazyiq harakatlarini cheklash maqsadida uning turmush o‘rtog‘iga himoya orderi berilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-o-zi-bilan-yashashni-xohlamagan-o-g-lini-kaltaklagan-ota-5-sutkaga-qamaldi

Lotin|Кирилл
Yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligidan qancha daromad olingani aniqlandi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 45,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/yanvar-mart-oylarida-qishloq-o-rmon-va-baliqchilik-xo-jaligidan-qancha-daromad-olingani-an

Lotin|Кирилл
Birlashgan Millatlar Tashkiloti: G‘azo sektorida dunyodagi oxirgi 4 yildagi barcha mojarolardan ko'ra ko‘proq bolalar halok bo‘ldi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri G‘azo sektorida 13 mingga yaqin bola halok bo‘lgan. UNRWA rahbari aniq maʼlumot olish juda qiyinligini taʼkidladi, biroq qurbonlar soni bundan ham koʻproq boʻlishi mumkinligini istisno etmadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/birlashgan-millatlar-tashkiloti-g-azo-sektorida-dunyodagi-oxirgi-4-yildagi-barcha-mojarola

Lotin|Кирилл
Toshkentda ko‘p qavatli uylarni sotish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar uy uchun to‘lovlarni olib, firibgarlik sodir etgani ma'lum bo'ldi

Ularning bittasi ushlangan, qolgan ikkitasi esa qidiruvga berilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ko-p-qavatli-uylarni-sotish-huquqiga-ega-bo-lmagan-shaxslar-uy-uchun-to-lovlarn

Lotin|Кирилл
Qurilish obyektlarida gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyundan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III–IV toifa bo‘lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi. Agar quruvchi tomonidan qo‘yilgan talab loyhida aks ettirilmasa shaharsozlik hujjatlari ekspertizasidan o‘tkazilmaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qurilish-obyektlarida-gaz-va-elektr-tarmoqlarini-kuchli-zilzila-paytida-avtomatik-bloklash

Lotin|Кирилл
Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga uchib ketdi

Reuters manbasining xabar berishicha, Mask Xitoyga tashrif buyurib, avtomashinalar uchun dasturiy ta'minotni muhokama qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ilon-mask-kutilmaganda-xitoyga-uchib-ketdi

Lotin|Кирилл
1-aprel holatiga O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni ochiqlandi

Unga ko'ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikada nikohlar soni 48 582 tani, nikohdan ajralishlar soni esa 11 481 tani tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/1-aprel-holatiga-o-zbekistonda-nikohdan-ajralishlar-soni-ochiqlandi

Lotin|Кирилл
Astmani davolashning yangi usuli aniqlandi

Astma keng tarqalgan kasallik bo‘lishiga qaramay, uning inson organizmida qanday boshlanishi noaniqligicha qolmoqda. Olimlar endi ushbu xastaliknining kelib chiqish sababini, eng muhimi, uning asosiy alomatlarini oldini olishga qaratilgan yangi davolash usulini aniqladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/astmani-davolashning-yangi-usuli-aniqlandi

Lotin|Кирилл
Turkiya tashqi ishlar vaziri G‘azodagi urush masalasini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Hoqon Fidan Saudiya poytaxtida hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/turkiya-tashqi-ishlar-vaziri-g-azodagi-urush-masalasini-muhokama-qilish-uchun-saudiya-arab

Lotin|Кирилл
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medallarini qoʻlga kiritdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogida 3-o‘rin uchun Tojikistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/o-zbekiston-futzal-milliy-terma-jamoasi-ketma-ket-3-bor-osiyo-kubogi-bronza-medallarini-qo

Lotin|Кирилл
Italiya G7 davlatlarini ko'mirni bosqichma-bosqich tugatish sanasini belgilashga chaqirmoqda

G7 energetika vazirlari yig'ilishidan oldin Italiya o'z sheriklaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko'mirdan foydalanishni bosqichma-bosqich to'xtatish uchun umumiy vaqtni belgilashni so'ramoqchi. Italiyaning o'zi 2025-yilgacha Sardiniya orolidan tashqari barcha ko'mir elektr stansiyalarini yopishni rejalashtirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/italiya-g7-davlatlarini-komirni-bosqichma-bosqich-tugatish-sanasini-belgilashga-chaqirmoqd

Lotin|Кирилл
Sirdaryoda yong‘in sodir bo‘lgan uydan qotillik alomatlari bilan ayol va ikki bolaning jasadi topildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/sirdaryoda-yong-in-sodir-bo-lgan-uydan-qotillik-alomatlari-bilan-ayol-va-ikki-bolaning-jas

Lotin|Кирилл
Biz 10 yoshdamiz! O‘zbekistondagi birinchi informatsion telekanal - UzReport TV ochilganiga 10 yil bo‘ldi

Faoliyatimizning birinchi kunlaridan boshlab xabarlarni tezkor, ishonchli, yangi formatda yetkazishni o‘zimizning asosiy missiyamiz deb bildik.

O‘tgan 10 yilda tajriba orttirdik, tomoshabinlarimiz ishonchini qozondik.

Maqsadimiz - haftasiga yetti kun, kuniga yigirma to‘rt soat voqealar rivojini faqat Uzreport TVda kuzatadigan tomoshabinlarimiz uchun qiziqarli ko‘rsatuvlar, loyihalar yaratish. Biz izlanishdan to‘xtamaymiz!

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/biz-10-yoshdamiz-o-zbekistondagi-birinchi-informatsion-telekanal-uzreport-tv-ochilganiga-1

Lotin|Кирилл
Isroil HAMASga Rafah operatsiyasidan oldin “so‘nggi imkoniyat” beradi

Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yanvar oyi oxiridan beri davom etmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-hamasga-rafah-operatsiyasidan-oldin-so-nggi-imkoniyat-beradi

Lotin|Кирилл