UzReport.news
43.6K subscribers
64.9K photos
7.19K videos
5 files
60.5K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O'zbekistonda 3 oyda xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘lagan soliqlar 6,7 trln so‘mdan oshdi

Shundan 1,5 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 22,5 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 15,3 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1 trln so‘mni tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/ozbekistonda-3-oyda-xizmat-ko-rsatish-korxonalari-to-lagan-soliqlar-6-7-trln-so-mdan-oshdi

Lotin|Кирилл
Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi

Bugun davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyev-qisqa-muddatli-mehnat-ta-tilidan-qaytdi

Lotin|Кирилл
Tbilisida namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashdi

Tbilisida xorijiy agentlar haqidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishchilar va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Parlament binosi yaqinida ham to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tbilisida-namoyishchilar-bilan-politsiya-to-qnashdi

Lotin|Кирилл
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi: mingga yaqin mamlakat fuqarosi Moskva aeroportlarida qolib ketgan

Mamlakat TIV vakili Shoxin Samadiyning soʻzlariga koʻra, “Vnukovo” aeroportidagi vaqtinchalik hibsxona zonasida 954 nafar Tojikiston fuqarosi bor. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova tekshiruvlarni Crocus City Halldagi teraktdan keyin kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan izohladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tojikiston-tashqi-ishlar-vazirligi-mingga-yaqin-mamlakat-fuqarosi-moskva-aeroportlarida-qo

Lotin|Кирилл
O'zbekiston 3 oyda xorijga 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

Batafsil
👉 https://uzreport.news/economy/ozbekiston-3-oyda-xorijga-375-3-ming-tonna-meva-va-sabzavotlar-eksport-qilgan

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonliklar Volkswagen va Volvo kompaniyalariga ishga taklif etilmoqda

Oylik maosh 1200 yevrodan 2400 yevrogacha.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonliklar-volkswagen-va-volvo-kompaniyalariga-ishga-taklif-etilmoqda

Lotin|Кирилл
Turkiya faqat mamlakat ichida quriladigan samolyot tashuvchi kema loyihasini taqdim etdi

Turkiya faqat mamlakat ichida quriladigan 60 ming tonna sig'imli samolyot tashuvchi kema loyihasini taqdim etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/turkiya-faqat-mamlakat-ichida-quriladigan-samolyot-tashuvchi-kema-loyihasini-taqdim-etdi

Lotin|Кирилл
Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 29-30-aprel va 1-3-may kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/boshlangan-ish-haftasi-davomida-o-zbekiston-hududining-katta-qismida-yog-ingarchiliksiz-ob

Lotin|Кирилл
O'zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar uch oyda 6 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-mart oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 149 544 ta yuridik shaxs tomonidan 5,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/ozbekistonda-savdo-sohasidagi-korxonalar-uch-oyda-6-trln-so-mga-yaqin-soliq-to-ladi

Lotin|Кирилл
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda

Saudiya Arabistoni Isroil va Hamas o‘rtasida davom etayotgan urushning global iqtisodiyotga ta’siri haqida ogohlantirarkan, mintaqaviy «barqarorlik»ka chaqirdi.

Batafsil
👉 https://uzreport.news/world/saudiyadagi-sammitda-isroil-va-hamas-o-rtasida-muzokaralarni-tiklashga-harakat-qilinmoqda

Lotin|Кирилл
Mutaxassis AQShdagi inflyatsiya tufayli oltinning rekord bahosini bashorat qildi

Vektor Iks investitsiya kompaniyasi bosh strategi Maksim Xudalovning RIA Novostiga aytishicha, AQSHda inflyatsiyaning davom etishi yil oxirigacha oltin narxini yangi tarixiy rekordlarga olib kelishi mumkin.

Batafsil
👉 https://uzreport.news/world/mutaxassis-aqshdagi-inflyatsiya-tufayli-oltinning-rekord-bahosini-bashorat-qildi

Lotin|Кирилл
Jomboy tumanidan V-VIII asrlarga oid Kabudan shahri qoldiqlari topildi

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti, Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi va Yaponiyaning Kiota sanʼat universiteti olimlari hamkorligida Jomboy tumanidagi Mingtepa yodgorligida olib borilayotgan arxeologik o‘rganishlar natijasida V-VIII asrlarga oid Kabudan shahri qoldiqlari topildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jomboy-tumanidan-v-viii-asrlarga-oid-kabudan-shahri-qoldiqlari-topildi

Lotin|Кирилл
Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududdagi Koreyalararo yo‘lni minalashtirdi

Yonhap agentligi xabariga ko'ra, Janubiy Koreya harbiylari KXDR demilitarizatsiya qilingan hudud ichidagi tuproq yo‘lga mina qo‘yganini birinchi marta 2023-yil oxirida aniqlagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/shimoliy-koreya-qurolsizlantirilgan-hududdagi-koreyalararo-yo-lni-minalashtirdi

Lotin|Кирилл
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hajga boruvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni to‘lang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar ko‘paymoqda. Qo‘mitaning bildirishicha, ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yo‘q.

Batafsil
👉 https://uzreport.news/society/din-ishlari-bo-yicha-qo-mita-hajga-boruvchilarga-ogohlantirish-bilan-chiqdi

Lotin|Кирилл
Xitoy iqtisodiyotga yordam berish uchun xitoyliklardan eski mashinalari va muzlatgichlarini sotishni so'ramoqda

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Xitoyning dunyodagi yetakchi elektromobil sanoati AQSH va Yevropa bilan savdo ziddiyatlarining kuchayishi markazida bo‘lib, hukumatning iqtisodiy o‘sishni oshirishga qaratilgan so‘nggi harakatlaridan katta yordam oladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xitoy-iqtisodiyotga-yordam-berish-uchun-xitoyliklardan-eski-mashinalari-va-muzlatgichlarin

Lotin|Кирилл
Shavkat Mirziyoyevga Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi

Davlat rahbari forumni yuqori darajada tashkillashtirish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini to‘la namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Batafsil
👉 https://uzreport.news/society/shavkat-mirziyoyevga-toshkent-xalqaro-investitsiya-forumiga-tayyorgarlik-bo-yicha-axborot-

Lotin|Кирилл
Faxriddin Boboyev "Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori etib tayinlandi

Faxriddin Boboev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi hamda bir qator rahbar lavozimlarda ishlagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/faxriddin-boboyev-angren-erkin-iqtisodiy-zonasi-direksiyasi-direktori-etib-tayinlandi

Lotin|Кирилл
Rossiyada elektron chaqiruv tizimi 1-noyabrdan ish boshlaydi

Federatsiyada kuzgi harbiy chaqiruvda elektron harbiy ro‘yxatga olish tizimi ishga tushiriladi, u elektron chaqiruv qog‘ozlarini tarqatish va harbiy komissarlikka kelmaslik uchun avtomatik ravishda taqiqlar joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiyada-elektron-chaqiruv-tizimi-1-noyabrdan-ish-boshlaydi

Lotin|Кирилл
Toshkentda "Ona uyi" ijtimoiy markazi ochiladi

“Ona uyi” loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ona-uyi-ijtimoiy-markazi-ochiladi

Lotin|Кирилл
Taniqli rejissyor Stiven Spilberg Baydenning saylov kampaniyasiga qo‘shildi

Ikkinchi muddat ham lavozimida qolish uchun kurashayotgan AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning saylov kampaniyasiga Gollivudning taniqli rejissyori Stiven Spilberg jalb etildi.

Batafsil
👉 https://uzreport.news/world/taniqli-rejissyor-stiven-spilberg-baydenning-saylov-kampaniyasiga-qo-shildi

Lotin|Кирилл