UzReport.news
43.8K subscribers
64.7K photos
7.18K videos
5 files
60.3K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarshida yangi tug‘ilgan chaqaloq shifoxona yerto‘lasiga tashlab ketildi

Chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qarshida-yangi-tug-ilgan-chaqaloq-shifoxona-yerto-lasiga-tashlab-ketildi

Lotin|Кирилл
2024-yilda Popda 1 ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi barpo qilinadi

Shuningdek, joriy yilda 60 ming gektarda suv tejovchi texnologiyani joriy qilish va 40 ming gektarni lazerli tekislash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/2024-yilda-popda-1-ming-megavattli-2-ta-quyosh-elektr-stansiyasi-barpo-qilinadi

Lotin|Кирилл
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assambleyasida ishtirok etmoqda

Assambleyada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva nutq so‘zlab, muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. U o‘z nutqida tez o‘zgarib borayotgan va oldindan aytish qiyin bo‘lgan xalqaro vaziyat hamda davlatlararo munosabatlarda bir-birini tushunish tobora taqchil bo‘layotgan bir davrda parlamentlar roli har qachongidan muhim ahamiyatga ega bo‘layotganini taʼkidlab o‘tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-parlamenti-delegatsiyasi-parlamentlararo-ittifoqning-148-assambleyasida-ishtir

Lotin|Кирилл
Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxona tashkil etiladi

Yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/popda-asal-ishlab-chiqarish-bo-yicha-yirik-korxona-tashkil-etiladi

Lotin|Кирилл
Chust, Pop, Namangan va Mingbuloqda ichimlik hamda oqova suvini yaxshilashga $70 mln jalb qilinadi

Yo‘llarni qurish, taʼmirlash va saqlashga xususiy sektorni yana-da keng jalb qilish, bu borada aniq loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/chust-pop-namangan-va-mingbuloqda-ichimlik-hamda-oqova-suvini-yaxshilashga-70-mln-jalb-qil

Lotin|Кирилл
Ekspertlar 2017-2023-yillar mobaynidagi O'zbekistonda pul-kredit va bank tizimida ro'y bergan o'zgarishlarni tahlil qildi

Tahlil natijalariga ko'ra, 2017-2023-yillar oralig'ida tijorat banklaridagi jami depozitlar qoldig'ida o'sish kuzatildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/ekspertlar-2017-2023-yillar-mobaynidagi-ozbekistonda-pul-kredit-va-bank-tizimida-roy-berga

Lotin|Кирилл
Prezident: Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti keldi

Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o‘qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-namangan-universitetida-o-zgarish-qilish-vaqti-keldi

Lotin|Кирилл
Barhayot Meliyev Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/barhayot-meliyev-toshkent-viloyati-ekologiya-atrof-muhitni-muhofaza-qilish-va-iqlim-o-zgar

Lotin|Кирилл
Diyora Keldiyorova jahon reytingida hamon peshqadam

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Tbilisi shahrida o‘tkazilgan "Katta dubulg‘a" turniri yakunlariga ko‘ra, o‘zining yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/diyora-keldiyorova-jahon-reytingida-hamon-peshqadam

Lotin|Кирилл
Bugun "Muborak oy suhbatlari" ko'rsatuvining 17-sonini 17:30 da UZREPORT TVda hamda telekanalning ijtimoiy tarmoqlarida onlayn tomosha qiling!

Dastur mehmoni
— Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi qoshidagi "Fatvo" markazi bosh mutaxassisi Saidahmad domla Saydaraliyev

Mavzu: Jannat va Jahannam haqida suhbat

🌐 youtube.com/@Muborakoysuhbatlari

🌐 facebook.com/uzreport.tv

🌐 t.me/UzReport_uz

Savollar uchun maxsus bot: https://t.me/Muborak_Oy_bot

Lotin | Кирилл
Xitoyning robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochmoqda

Offshore Outsourcing Tour 2024 tadbiri doirasida IT Park ijrochi direktori Abdulahad Qo‘chqorov va NUWA Robotics kompaniyasi direktori Hung Jui-Jen o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xitoyning-robotlar-ishlab-chiqarish-bo-yicha-dunyoda-yetakchi-kompaniyasi-o-zbekistonda-of

Lotin | Кирилл
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklif etildi

“Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” partiyasi raisi Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish taklifIni ilgari surdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/rossiyada-markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-vizasiz-rejimni-bekor-qilish-taklif-etildi

Lotin|Кирилл
Live stream started
Prezident Namangandagi bunyodkorlik loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Yangi Namangan shahri bosqichlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Uning qurilishi ikki yil oldin boshlangan edi. Bugungi kunda 2 ming 764 ta xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilgan, yana 648 ta xonadonli uylar qurilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-namangandagi-bunyodkorlik-loyihalarini-ko-zdan-kechirdi

Lotin|Кирилл
Birjada 1 654,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, shakar va paxta yog'i narxi pasaydi

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 654,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 51,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 82,7% birja savdolariga, qolgan 17,3% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/exchange/birjada-1-654-8-mlrd-so-mlik-tovarlar-sotildi-suyultirilgan-gaz-shakar-va-paxta-yogi-narxi

Lotin|Кирилл
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Perm va Blagoveshensk shahrida qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga moddiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/rossiyada-qiyin-ahvolda-qolgan-o-zbekistonliklarga-yordam-ko-rsatildii

Lotin | Кирилл
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi

Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari qurilishi rejalashtirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/shavkat-mirziyoyev-namangan-xalqaro-aeroportini-modernizatsiya-qilish-loyihasi-bilan-tanis

Lotin | Кирилл
Live stream finished (1 hour)
Ko‘p kvartirali uylarning konstruksiyalarini buzish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Qonun loyihasining qabul qilinishi shaharsozlik faoliyati sohasida ko‘payib borayotgan noqonuniy qurilishlarning oldini olishga, tasdiqlangan bosh rejalarga rioya etilishini taʼminlashga, aholining sog‘ligi, hayoti va xavfsizligini taʼminlashga, qurilish sifatini oshirish, sodir etilgan huquqbuzarliklarni kamaytirib, jazoning taʼsirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ko-p-kvartirali-uylarning-konstruksiyalarini-buzish-jinoiy-javobgarlikka-sabab-bo-ladi

Lotin|Кирилл
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormay turishni tavsiya qildi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Moskva yaqinidagi “Krokus siti holl” majmuasida ro‘y bergan teraktdan keyin butun Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgani munosabati bilan qirg‘izistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qirg-iziston-o-z-fuqarolariga-rossiyaga-bormay-turishni-tavsiya-qildi

Lotin|Кирилл
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi tayinlandi

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin u Jidda shahrida bosh konsul lavozimida ishlagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonning-saudiya-arabistonidagi-yangi-elchisi-tayinlandi

Lotin | Кирилл