"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
10.9K subscribers
8.45K photos
290 videos
31 files
2.38K links
Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.me/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.me/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050/
Download Telegram
Forwarded from Temiryo‘lchi yoshlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O’ztemiryo’lmashta’mir” AJda “Kasbim-faxrim” ko’rik tanlovining saralash bosqichi o’tkazildi.

📣“O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining 376-N-sonli buyrug’iga asosan “O’ztemiryo’lmashta’mir” AJ yosh mutaxassislari o’rtasida “Kasbim-faxrim” ko’rik tanlovining saralash bosqichi o’tkazildi. Unga ko’ra: Eng yaxshi chilangar-RMS Doniyor Karimov, Eng yaxshi tokar-IMS Ilxom Gazibekov, Eng yaxshi payvandchi-LYS Bekzod Mulladjonov, Eng yaxshi chilangar elektrik-ESS Jaxongir Anorov hamda Eng yaxshi defektoskopist-TNB Lobarxon Xazratqulovalar g’olib ishtirokchilar etib belgilandi.

📌Jamiyat saralash bosqichi g’oliblari 23-24 iyul kunlari “Quyuv mexanika zavodi”da bo’lib o’tadigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.
Manba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Shahrisabz vokzali atrofidagi xabarga munosabat.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ “Temiryo’linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli” filialining Qarshi-Kitob temir yo’l uchastkasi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi yo’lovchilarni tashishida, temir yo’l izi hamda barcha qurilmalar texnologik jarayonda ko’rsatilgan talablarga to’liq javob beradi va yo’lovchilarga o’z manzillariga yetib olishlarida hech qanday noqulayliklar yuzaga keltirmasligini ta’kidlab o’tamiz.

Shuni ta’kidlash joizki, «Afrosiyob» elektropoyezdi shoxobcha yo’lidan emas balki stansiyaning asosiy yo’lidan harakatlanadi. Stansiya hududidagi shoxobcha yo’llardagi mavjud yog’och bruslarni temir beton bruslarga almashtirish jarayoni yillik reja asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Shuningdek, video murojaat bilan chiqqan fuqaro bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Barcha stansiya va stansiya oraliqlarida doimgidek kunlik reja asosida ishlar davom etmoqda.

Ta'kidlash joizki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJning asosiy vazifasi yuk va yo'lovchi poyezdlari harakati xavfsizligini ta'minlashdan iborat.
___

Комментарий о распространившейся информации о железнодорожных путях близ вокзала «Шахрисабз».

Накануне в социальных сетях распространилась информация о ненадлежащем состоянии железнодорожных путей на железнодорожном участке «Карши – Китаб».

Отметим, что железнодорожный участок «Карши – Китаб» АО «Узбекистон темир йуллари», относящийся к УП «Каршинский региональный железнодорожный узел» АО «Темирйулинфратузилма» полностью соответствует требованиям, заданным в технологическом процессе, и не доставляют пассажирам высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob» никаких неудобств при движении до места назначения.

Следует отметить, что электропоезд «Afrosiyob» движется не по ответвленному, а по основному пути станции. Процесс замены существующих деревянных брусьев на подъездных путях в районе станции реализуется на основании годового плана.

В связи с этим была проведена профилактическая разъяснительная работа с гражданином, распространившим видеообращение. Отмечалось, что на всех станциях и на участках между станциями на постоянной основе, ведутся работы согласно ежедневному плану.

Стоит особо отметить, что основной задачей АО «Узбекистон темир йуллари» является обеспечение безопасности движения грузовых и пассажирских поездов.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
“O‘zbekiston temir yo‘llari” chiptalarni aldab sotmaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarda 12-iyul kuni o‘zbek kino-estrada yulduzlari tomonidan tarqalgan xabarlar har xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu holat bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda izoh berdi.

Ma’lumot uchun:

Mazkur yo‘lovchi vagon 1991-yilda qurilgan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatlarida texnik ta’mirlardan o‘tkazilgan.
Ushbu vagonga o‘rnatilgan sovutish tizimi, texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketganda, tizimning sovutish samaradorligi yo‘qoladi. Hozirgi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘ylab kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning sovutish tizimlarida nosozliklar kuzatilmoqda. Video lavhaga tushirilgan poyezdning yo‘l davomida havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketganligi sababli sovutish tizimining kompressor uskunasi ishlamay qolgan, natijada vagon sovutilmagan. Poyezd Toshkent-Janubiy vokzaliga yetib kelganidan so`ng, unga qo`shimcha qilib soz holatdagi vagon ulandi va yo`lovchilar ushbu vagonga o`tkazildi.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ o‘tgan asrlarda ishlab chiqarilgan yo‘lovchi vagonlarni sovutish tizimlari, ichki interyeri, elektr tizimlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun kerakli choralarni ko‘rgan holda, sifatli bo‘lgan texnik jihozlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilayotganligini va vagonlar bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotganligini, oxirgi 1 yil davomida zamonaviy talablarga mos bo‘lgan 27 ta yo‘lovchi vagonlar xarid qilinganligini ma’lum qiladi.

❗️“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yo’lovchilarga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍Mehnatkash temiryo'lchilar taqdirlandi.

Buxoro - Miskin yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi uchastkasida elektrlashtirish va temir yo'l atrofiga himoya to'siqlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning 16-iyun kuni yetakchilar Kengashi va “Temiryo‘linfratuzilma" AJ raqamlashtirish bo'limi mas'ullari "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosarining 231-NZ va "Temiryo'linfratuzilma" AJ boshqaruvi rasining 346-JDS buyruqlari ijrosi yuzasidan ishchi - xodimlarga yaratilgan shart - sharoitlar, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o'rganish, qurilish va elektrlashtirish ishlarida mehnat qilayotgan temiryo'lchilar faoliyatini yoritish maqsadida Buxoro-Miskin temir yo'l uchastkasining Qorlitog' stansiyasida bo'lishdi. Namunali mehnat qilayotgan temiryo'lchilar taqdirlandilar.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ўзбекистон темир йўллари” АЖ “Темир йўл инфра тузилма” МЧЖ Ҳарбийлаштирилган қўриқлаш бошқармаси бошлиғи  А.К.Кочкаров, бошқарма бошлиғининг биринчи ўринбосари И.М.Хўжабеков, бошқарма бошлиғи ўринбосари-Қамчиқ отряди бошлиғи К.Р.Каримов ва бошқарманинг бўлим бошлиқлари томонидан темир йўл инфратузилмасини  бутлигини таъминлаш, ўта мухим ва тоифаланган объектларда хизмат олиб бораётган Қамчиқ отрядининг Орзу ва Чодак ўқчилик-ёнғин ўчириш команда ишчи ва хизматчиларининг рухий ва жанговар шайлиги, кўникма ва малакаларини ошириш мақсадида Наманган вилояти Поп туманида жойлашган Ғурумсарой дала ўқув майдонида амалий ўқ отиш тайёргарлиги бўйича машғулотлар ўтказилди.