"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
11.5K subscribers
9.92K photos
357 videos
49 files
2.72K links
Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.me/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.me/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050/
Download Telegram
Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
Zakovat intellektual oʻyinlarini ommaviy harakatga aylantiramiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-yanvardagi 96-sonli "Zakovat intellektual oʻyinlarini ommaviy harakatga aylantirish hamda boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash hamda 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Ijro va nazorat boʻlimi tashabbusi bilan ilk marotaba uzelda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida Zakovat ochiq turniri tashkil etildi.

2022 yil 4-mart kuni Intellektual oʻyinda 3 ta jamoa oʻzaro bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
1-oʻrinni "Intizom" jamoasi,
2-oʻrinni "Afrosiyob" jamoasi,
3-oʻrinni "Yuksalish" jamoasi qoʻlga kiritishdi.
G'oliblarga va ishtirokchilarga uzel rahbariyatining esdalik sovg'alari topshirildi.
Bu kabi intellektual oʻyinlar ishtirokchilarga alohida ruxiyat va bayramona kayfiyat ulashdi.

https://t.me/bmtu_press
8 Март – Халқаро Хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида

О награждении в связи с Международным женским днем – 8 марта

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak, aziz va muhtarama ayollar!
Bugun “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyatida 8 mart – Xaqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri va konsert dasturi o’tkazildi. Bayram tadbirida dastlab Jamiyat boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov so’zga chiqib, barcha temiryo’lchi ayollarni ushbu go’zal ayyom bilan chin dildan muborakbod etdi ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA

С международным женским днем, дорогие и любимые женщины!
Сегодня в АО «Узбекистон темир йуллари» состоялась торжественное мероприятие с большой концертной программой, посвященной праздничной дате - 8 марта. На праздничном мероприятии и.о. председателя правления Общества Х.Хасилов искренне поздравил прекрасную половину железнодорожников с этим прекрасным весенним праздником ... 👉 ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
135 nafar eng faol temiryo‘lchi xotin-qizlarimiz taqdirlandi
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati tomonidan tarmoqning barcha hududlaridagi temir yo‘l korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 135 nafar eng ilg‘or, mehnatkash va fidoyi opa-singillarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA

135 женщин-железнодорожниц поощрили за активную работу
В канун Международного женского дня в акционерном обществе «Узбекистон темир йуллари» руководством республиканского Совета профсоюза железнодорожников и транспортных строителей Узбекистана состоялась церемония награждения 135 самых трудолюбивых и самоотверженных женщин, работающих на железнодорожных предприятиях во всех регионах страны ... 👉 ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" keng nishonlanmoqda.

Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli unitar korxonasida o'z ish faoliyatlarini olib borayotgan xotin-qizlarni, 8 mart - "Xalqaro xotin qizlar bayrami" munosabati bilan uzel rahbari chin qalbdan muborakbod etib har bir sohada mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

https://t.me/bmtu_press
“Qarshi temir yo'l ta'mirlash” korxonasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Yig'ilishni ochgan korxona boshlig'i S.X.To'rayev korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor va go'zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladi.
Tadbir so'ngida temir yo’l sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

👉@rjukarshi 👈
Joriy yilning 4-mart kuni “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarda ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro‘z bayrami munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar!” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.
Termiz MTU binosi hovlisidagi bog‘da tadbirga ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlar o‘zlari uchun ajratilgan joylarda o‘zlari tanlab olgan viloyatlarning milliy madaniyatlari, urf odatlari, an’analari va kiyinish madaniyatlarini ko‘rgazmalar bilan qolaversa milliy taomlari dasturxonini bezatgan holda ishtirok etishdi.
Ushbu madaniy tanlov tadbirida korxona, tashkilot va muaasalarda faoliyat yuritayotgan faol, ijodkor, fidoyi va tashabbuskor xotin-qizlaridan bir nafarlari tanlab olinib o‘z jamoalarining nomidan ishtirok etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegramm | Facebook | Web|