"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
11K subscribers
8.52K photos
294 videos
31 files
2.4K links
Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar:
https://hipolink.me/utyaj
Elektron chiptalarni xarid qilish:
chipta.railway.uz
Yo‘lovchilarni tashish:
https://t.me/uzrailpassuz
Yuklarni tashish:
https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050/
Download Telegram
Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
#XAVFSIZ HUDUD

"Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK hududida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash va hududlarda fuqarolar tomonidan chorva mollarini temir yo'lga yaqin bo'lgan joylarda boqishlarini oldini olish maqsadida uzel Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi xodimlari va Axborot xizmati bo'limi boshlig'i tomonidan joriy yilning 7-fevral kuni Buxoro uzeli hududida joylashgan qo'riqlash punktlari xodimlari hamda hudud fuqarolari bilan temir yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash, baxtsiz hodisalarni oldini olish, chorva mollarini temir yo'l yaqinida boqmaslik yuzasidan temir yo'l atrofida yashovchi fuqarolar bilan "Xavfsiz hudud" loyihasi bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
Tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “ Temir yo‘l bekati navbatchisi: “Vakolatimizga kirmaydigan topshiriqlar ko‘payib ketdi”mazmundagi xabar tarqalib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro hududidan hozirgi kunda bir nechta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tez yurar poyezdlari harakatlanib kelmoqda. Shularni inobatga olgan “Afrosiyob” poyezdining uchastkasida harakat xavfsizligini taʼminlash, baxtsiz hodisalarni oldini olish, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga betalafot yetib olishlarini taʼminlash hamda barcha hududlarda poyezdlar harakat xavfsizligini ikki karra nazoratini oshirish maqsadida “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli”UK rahbariyati tomonidan barcha ishchi-xodimlarga kerakli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berib kelinmoqda.

Shu jumladan bekat navbatchilariga ham navbatchilik davrida nazoratni kuchaytirish maqsadida uzel rahbariyatining vakolat doirasida topshiriqlar va ko‘rsatmalar berilgan bo‘lib bekat navbatchilariga navbatchilik vaqtidan tashqarida hech qanday topshiriq va ko‘rsatmalar berilmagan.

Taʼkidlash joizki, “Buxoro MTU” UK tasarrufidagi Uchquduq temir yo‘l masofasiga qarashli 1-tarmoq (okolodka) Navoiy shahar Tinchlik temir yo‘l bekatida joylashgan bo‘lib, ishchi-xodimlariga har oyda oklad, ovqat puli, tuman koeffitsiyenti, oylik rag‘batlantirish pullari berib kelinmoqda. Bundan tashqari korxona jamoa shartnomasining 8.16 bandiga asosan maxsus sut mahsulotlari berib kelinmoqda.

Tinchlik, Binokor temir yo‘l bekatlariga ustama belgilanmaganligi sababli ustama to‘lovi amalga oshirilmaydi, lekin 20% miqdorida tuman koeffitsiyenti belgilangan tartibda to‘lab kelinmoqda. Hozirgi kunga kelib Tinchlik temir yo‘l bekatida ishlovchi ishchi-xodimlarning ish o‘rinlarini shahodatlash qayta rejalashtirilgan.

Axborot-tahliliy media markazi

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент ерусти метроси қурилишининг иккинчи босқичи доирасида амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проводимой работой в рамках второго этапа строительства надземного метро Ташкента.

#Mirziyoyev #tanishuv #jamoattransporti #metro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Tuproq ko‘chkisi haqida maʼlumot

Bugun, 2023 yil 9 fevral kuni soat 06:10 da "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" unitar korxonasiga qarashli Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ining 103-km 5-6 piket qismida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Shu sababli poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Hozirgi paytda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tezkorlik bilan ushbu hududga yetib kelishdi va 3-dona ekskavator, 7-dona samosval, 2- dona buldozer, va boshqa texnikalar jalb etgan xolda tuproq ko‘chkilarini temir yo‘l izidan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Poyezdlar harakatini tiklash haqidagi maʼlumotlar to‘ldiriladi.

Axborot-tahliliy media markazi

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Информация о схождении оползня

Сегодня, 9 февраля 2023 года в 06:10 на 103 км 5-6 пикетов перегона железнодорожных станций Чашма – Окработ, относящиеся к УП «Каршинский региональный железнодорожный узел» произошел оползень грунта. В результате чего движение поездов временно приостановлено.

На данный участок оперативно прибыли специалисты и в настоящее время активно ведутся работы по очистке железнодорожного полотна от оползней, в которых задействованы 3 экскаватора, 7 самосвалов, 2 бульдозера и другая техника.

Информация о восстановлении движения поездов будет дополнятся.

Информационно-аналитический медиа центр

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
"Toshkent — Termiz — Toshkent" va "Qumqo`rg`on — Sariosiyo — Qumqo`rg`on" yo`nalishlaridagi poyezdlar harakati bir reysga to`xtatiladi

Hurmatli yo`lovchilar, 2023-yilning 9-fevral kuni 80/79-sonli "Toshkent — Termiz — Toshkent" va 682/681-sonli "Qumqo`rg`on — Sariosiyo — Qumqo`rg`on" yo`nalishlaridagi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko`ra bir reysga to`xtatiladi.

Xarid qilingan chiptalarni temir yo’l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.

Chipta narxi to`liq 100% qiymatda qaytariladi.

"O`ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ rahbariyati yo`lovchilardan kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 9-fevraldagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 6-soni bu yerda 👉 mutolaa uchun havola qilinmoqda

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
#Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab

"Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK Xotin-qizlar boshlang'ich Kengashi raisi, Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi, uzel rahbarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha maslahatchisi hamda uzelning kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida "Ikki nazm gulshani" mavzusida davra tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda shahar hokimi maslahatchisi hamda madaniyat va ma'rifat bo'yicha mutaxassislar taklif qilindilar. Ko'tarinki ruhda o'tgan tadbirda tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovg'alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat