PREP.UZ - 🏠👩‍💻👨‍💻
1.04K subscribers
759 photos
247 videos
35 files
1.18K links
Download Telegram
Qadrli do'stlar online testlarimiz boshlanishiga 10 daqiqa qoldi shoshiling!

@preptest_bot
test 28052022.xlsx
22.1 KB
28 - may kuni testimizda qatnashgan abiturientlar siz quyida o'z natijalaringizni ko'rishingiz mumkin
#yangiliklar

2022-2023 o'quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari soni maʼlum bo‘ldi

OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun:

Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

– Kunduzgi taʼlim shakliga —76 728 nafar;

– Sirtqi taʼlim shakliga — 27 365 nafar;

– Kechki taʼlim shakliga — 2 575 nafar;

– Masofaviy taʼlim shakliga— 3 610 nafar;

Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar talabaga kvotalar ajratiladi.

Prep.uz yangiliklardan tezkor xabar toping!
#logika
#qiziqarli savol

"Muz emas erib ketadi, qayiq emas suzib ketadi!"

Bu shunchaki o'ylashga undovchi savol😉

Prep.uz bilan birga bo'ling!
#fakt
H2O formulasi bo'yicha mutlaqo toza suv💧 tabiatda mavjud emas.

@uzprep
⚡️Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:

👉 ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
👉 yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
˗👉 nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
👉 fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
👉 boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.

Qo‘shimcha: Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

⚠️ ESLATMA: O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida ushbu sertifikatlarning birortasi amal qilmaydi

@uzprep
#юрак #факт

Ҳомила 4 ҳафталик бўлганда унинг юраги уришни бошлайди. Она қорнидаги боланинг юрак қисқариш частотаси (пулс) катта одамникидан, тахминан 2 баравар тез. Бу дақиқасига 140 марта юрак уришига тенг.

Янги туғилган болада қон айланиши 1 пиёла қон миқдорича келади.

Юрак 75 трлн ҳужайралардан иборат организмни қон билан таъминлайди. Фақат кўз устки пардаларигина бундан мустасно.

Машина 32 км масофани босиб ўтиш учун қанча енергия сарфласа, юрак ҳам организм учун ҳар куни шунча енергия сарфлайди. Юракнинг бутун ҳаёт давомида ишлаб чиқарган енергияси Ойга бориб келишга йетади.

Аёл юраги еркакникига нисбатан тезроқ уради. Еркак юраги тахминан дақиқасига 70 марта, аёл юраги еса 78 марта уради.

Катта ёшдаги инсон юраги, дақиқасига 72 та , кунига 100000 та, йилига 3 600 000 та ва бутун ҳаёти давомида 2.5 млрд марта уради.

@uzprep
Абитуриентлар тестга кириши учун вакцина олган бўлиши керакми?

ЖАВОБ:
йўқ, бундай талаб белгиланмаган.

Юқоридаги саволга жавоб олиш мақсадида ДТМ расмийлари билан боғландик. Уларнинг маълум қилишича, ҳеч бир ҳужжатда бундай талаб йўқ. Демак, бугунги кун ҳолатида айтиш мумкинки, абитуриентларнинг кириш имтиҳонларида иштирок этиши учун вакцина олганлик ёки коронавирус-тестини топширганлик талаби қўйилмаган. Агар ёз ойларида юртимизда эпидемиологик ҳолат ёмонлашмаса, бундай талаб қўйилмаса ҳам керак.


©️xushnudbek

@uzprep
«Yangi O‘zbekiston» universitetining iqtidorli talabalariga davlat granti beriladi
Xorijiy OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga esa subsidiya beriladi.


Hukumat qarori bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, davlat granti “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.

Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:

xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston fuqarolariga;
universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga.
Davlat grantini olgan talabalar universitetni tamomlagach Prezident ta’lim muassasalari agentligi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.

O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi belgilandi.

Bunda Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasining bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi. Talabgorlar o‘quv yilining 15 dekabrigacha Prezident ta’lim muassasalari agentligiga ariza bilan murojaat qiladi (o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi).

Subsidiya olgan talabalar universitetni tamomlagach agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi. Magistratura yoki doktoranturada o‘qish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.

@uzprep
«IT-Park University» raqamli universiteti tashkil qilindi


Hukumat qarori bilan “IT-Park University” raqamli universiteti tashkil qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi va talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

Universitetda o‘qitish masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa ta’lim shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

@uzprep
10 ta OTM Asia University Rankings – 2022 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo'ldi

🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education Asia University Rankings – 2022 (Osiyo universitetlar reytingi – 2022) reyting natijalarini e'lon qildi.

➡️Ushbu reyting dunyo bo'yicha har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni tadqiqot, ta'lim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo'yicha baholaydi.

☑️Ro'yxatdan o'rin egallagan 10 ta oliy ta'lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yo'nalishda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yil ushbu reytingda 829 ta universitet qayd etilib, ular orasida 625 ta o'rin va 200 dan ortiq universitetlar “reporter”, ya'ni da'vogar universitetlar nominasiyasiga ega bo'lishdi.


@uzprep
IT Park universiteti O‘zbekistonda onlayn universitet ochadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 6-yanvardagi 297-sonli (“IT Park University raqamli universitetni tashkil etish to‘g‘risida”gi) qaroriga muvofiq O‘zbekistonda IT Park universiteti tashkil etilmoqda.

Universitet asoschilari IT Park va EPAM. Universitet dasturi IT sohasida zamonaviy va talab qilinadigan kasblarni olishga qaratilgan. Ta’lim gibrid, asosan onlayn formatda olib boriladi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab kelgan talabalarga poytaxtga ko‘chib o‘tmasdan mutaxassislik olish imkonini beradi.
Ta'lim quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha olib boriladi:

veb-dasturchi
Tarmoqlar muhandisi
Dasturiy ta'minot tester
Backend Developer (Java)
Mobil dasturchi (Android)
Front End Developer
QA muhandisi
Katta ma'lumotlar muhandisi
Masofadan yoki IT Park ofislarida (poytaxtda yoki viloyatda) o‘qish mumkin bo‘ladi. Bakalavriatda oʻqish muddati 3 yil, asosiy oʻqitish tili ingliz tilidir. Qabul qilish uchun siz amaldagi IELTS sertifikatlarini (minimal ball 4,5) yoki TOEFL (minimal ball 34) taqdim etishingiz yoki ro‘yxatdan o‘tishingiz va IT Park filiallaridan birida imtihon topshirishingiz kerak. Tilni bilishning talab qilinadigan darajasi - O'rta ("CEFR B1").

Kirish imtihonlari 25 iyundan boshlanadi.

Batafsil maʼlumot olish uchun https://itpu.uz/ru/ saytidagi shaklni toʻldirishingiz kerak.

Siz so'ragan va qidirgan ma'lumotlar faqat prep.uz da🔥
Testlarni 100% to’g’ri bajarish

Imtihon – barcha abituriyentlar kuchli hayajon bilan kutadigan kun. Bu kunda kimdir bilimiga, kimdir omadga, yana kimdir esa boshqa biror narsaga ishonib kirish imtihonlari testlarini 100% to’g’ri bajarish hamda talabalik baxtiga muyassar bo’lish orzusi bilan imtihon o’tkazilish binosiga yo’l oladi. Har kim testlarni o’zi bilganicha, bilimiga tayangan holda, o’z uslubidan kelib chiqib bajaradi. Quyida testlarni to’g’ri bajarishingizda muhim bo’lgan zaruriy bosqichlarni keltirib o’tmoqchiman. Bu bosqichlarga qat’iy amal qilsangiz, testlarni 100% to’g’ri bajarishingiz ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Testlarni to’liq to’g’ri bajarishni istasangiz, quyidagilarga amal qiling:

1. BILIMINGIZGA ISHONING. Bu birinchi qoida! Test imtihoniga kirishishdan avval imtihon kuniga qadar olgan bilimingizga ishoning. Agar abituriyent o’ziga, bilimiga ishonsa, u o’z oldiga qo’ygan har qanday vazifani uddalay olishiga ishoning. Sizda bilim bo’lsa-yu, o’zingizga ishonmasangiz, tahminlar va qo’rquvlar og’ushida test bajarishga kirishsangiz, ortiqcha hayajon ta’sirida javobi oddiy bo’lgan savollarni ham ijobiy hal qila olmay qolishingiz mumkin. O’zingizga ishoning va Siz hammasini uddalaysiz!

2. BARCHA SAVOLLARNI KO’ZDAN KECHIRIB CHIQING. Bajarishni boshlashdan avval savollar kitobidagi barcha savollarga tezlik bilan ko’z yugurtirib chiqing. Bunday qilish orqali Siz uchun oson bo’lgan savollarni topish va qiyinroq bo’lgan savollarni aniqlab olishingiz mumkin bo’ladi. Oson bajariladigan savollarni birinchi o’rinda hal qiling. Javobini topish qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab qiladigan savollar ustida keyinroq bosh qotirasiz. Har doim eng oson savollarni birinchi bajaring!

3. QOLGAN NARSA QOLIB KETMASIN. Yuqoridagi tavsiyaga amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan savollarni tashlab ketilgan holida unutib qoldirmang! Oson savollarni bajarib bo’lganingizdan so’ng albatta qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin bo’lgan savollarga qaytib, ular ustida bosh qotiring.

4. VARIANTLARGA QARAMASDAN, O’ZINGIZ FIKRLANG. Savolni o’qiganingizdan so’ng variantlarga qarashga shoshilmang. Variantlar berilmagan, deb hisoblab, savolga o’zingiz mustaqil ravishda, o’z fikringizga tayangan holda javob berishga urinib ko’ring. Javob topganingizdan so’ng variantlarga qarashingiz mumkin! Agar Siz o’ylagan javobning aynan o’zi variantlar orasida bo’lmasa ham, unga eng yaqin bo’lgan javob bo’lishi mumkin. Bu usuldan foydalangan holda to’g’ri javobni tez topish imkoniga ega bo’lasiz.

5. XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI O’CHIRIB TASHLANG. Variantlarda berilgan javoblarning faqat bittasi to’g’ri bo’ladi. Qolgan tanlovdagi xato javoblarni o’chirib tashlang va ularga umuman e’tibor qilmang. To’g’ri javobni topishdan avval noto’g’riligi aniq bo’lgan javoblarni o’chirib tashlash fikringizni jamlashingizda yordam beradi. Ortiqcha javoblarni olib tashlang, shunda to’g’ri javobning o’zi Sizga ko’rinib qoladi.

6. ABSOLYUT JAVOBLARNI TANLASHDA EHTIYOT BO’LING. Absolyut javoblarga “Yuqoridagilarning hech qaysi emas”, “Yuqoridagilarning barchasi”, yoki “Barcha javoblar to’g’ri” kabi variantlar kirishi mumkin. Bu turdagi javoblar deyarli har doim noto’g’ri variant bo’ladi va agar rostdan ham yuqorida keltirilgan javob variantlarining kamida ikkitasi to’g’ri ekanligiga to’liq ishonch hosil qilmasangiz, bunday javoblarni to’g’ri javob sifatida belgilamang!

7. OQIM BO’YLAB SUZING. Javobni qo’yishingiz kerak bo’lgan bo’sh joydan oldingi so’z yoki iboraga e’tibor bering. Javob variantlaridagi qaysi javob Sizga to’g’ridek tuyulayapti? Agar bo’sh joydan avvalgi so’z yoki ibora bilan Siz tanlagan javob variantidagi so’z mutanosib bo’lsa, ma’no jihatidan to’g’ridek bo’lib tuyulsa, demak bu testning to’g’ri varianti ham aynan shu ekanligining ehtimoli yuqori.

©️DtmYangiliklari

@uzprep
Bugun soat 19:00 da onlayn Test!!
Respublika miqyosida o`tkazilayotgan onlayn testda ishtirok eting va bilimingizni tekshiring!!
Sifat va ishonch bizning ustunligimiz!
Prep.uz bilan talaba bo`lish baxtiga sazovor bo`ling!
Test o'z nixoyasiga yetdi ishtirokchilar javoblarini yaqin soatlar ichida bilib olishlari mumkin

Prep.uz
❗️Rasman: bu yilgi qabul 20 iyundan boshlanadi.

O'zAning ma'lum qilishicha, prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat OTMlariga qabul jarayonida abiturientlarni onlayn ro'yxatdan o'tkazish Yagona portal hamda DTMning rasmiy sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

@uzprep
⚡️Joriy yil ham 5 tagacha yo‘nalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli ta'lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta'lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
O‘zAning xabar berishicha, endilikda OTMlarga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ilgari imtiyozga ega ayrim abituriyentlar umumiy kvota doirasida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinar va mavjud grant o‘rinlarini band qilishar edi.


@uzprep